2
Mazkur o`quv qo`llanma 5220200-tarix ta`lim yo`nalishining
bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda
Turkiston va Rossiya o`rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy
munosabatlar tarixi o`z aksini topgan. O`quv qo`llanmani
yozishda
mualliflar asosan XVI asr boshlaridan
XX asr boshlariga qadar
Turkiston va Rossiya o`rtasidagi munosabatlarni tarixiy manbalar, arxiv,
vaqtli
matbuot materiallari, adabiyotlardan to`plangan ma`lumotlarning
umumiy xulosalariga asoslanganlar.
Mas`ul muharrir: tarix fanlari nomzodi B. A. Talapov
Taqrizchilar: tarix fanlari nomzodi M. A. Alixonov,
tarix fanlari nomzodi A. A. Erqo’ziyev
Ushbu o`quv qo`llanma Namangan davlat universiteti O’quv-
uslubiy kengashining 2011- yil 28- yanvardagi 5- sonli yig`ilishida
muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.
A. Rasulov, A. Isoqboyev.
Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi
(o`quv qo`llanma)