Turkiston xalqi Amudaryo suvining mazaliligi va yoqimliligi jihatidan dunyoda tengsiz ekanligi bilan albatta faxrlanadi. Unga bu jihatdan hatto ulug‘vor Nil daryosi ham bas kela olmaydi”



Yüklə 17,09 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü17,09 Kb.
#207236
1   2   3
Herman Vamberi 1-Mavzu. Kirish. O‘zbekistonda dehqonchilik madan-fayllar.org

Dehqonlar ijtimoiy guruh, aholining asosiy kasbi dehqonchilik boʻlgan maxsus toifasidir. Dehqonlar mehnat faoliyati, turmush tarzi, manfaati va koʻnikmalariga koʻra jamiyatdagi boshqa sinf va ijtimoiy guruhlardan farq qiladi. Dehqonlar agrar sohada faoliyat koʻrsatadi, yer va boshqa resurslarga egalik qiladi, oʻz ishlab chiqarish vositalari va oila aʼzolari mehnati bilan yakka xoʻjalik yuritadi. Dehqonlarning paydo boʻlishi ibtidoiy jamoat tuzumining parchalanishi jarayonida qishloq xoʻjaligida ixtisoslashuv yuz berib, dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi va mayda oilaviy xoʻjaliklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoda va Eronda dastlab jamoadan ajralib chiqqan katta yer egalari, baʼzan qishloq oqsoqollari "dehqon" deyilgan (ular oʻzlarining devor bilan oʻralgan mustahkam qoʻrgʻonlariga ega boʻlganlar). Oʻrta asrlarga kelib Dehqonlar qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotining asosiy tayanchini hosil etdi, natijada u aholining asosiy ijtimoiy qatlamiga aylandi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti va ijtimoiy meqnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida asosan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlgan Dehqonlar tovar-pul munosabatlari yuzaga keltiradigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tortildilar va astasekin ijtimoiy tabaqalanib mayda, oʻrtahol va yirik yer egalari boʻlgan Dehqonlar paydo boʻldi. Sanoat rivojlanishi bilan, birinchi navbatda, kambagʻal, mayda Dehqonlar hisobidan ishchilar shakllanadi va shu hisobiga Dehqonlar soni qisqardi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda Dehqonlar sonini kes-kin qisqartiradigan fermer xoʻjaliklarining oʻsishi bilan bir qatorda kooperatsiya ham yuzaga keldi. Hoz. rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining asosiy qismini tashkil qiladigan Dehqonlarning xoʻjalik ukladi rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiy qolokligi taʼsirida yanada murakkablashib bormoqda. Sobiq SSSRda, Sharqiy Yevropa va Osiyodagi bir qator mamlakatlarda kuch ishlatib, qatagʻon yoʻli bilan amalga oshirilgan dehqon xoʻjaliklarini jadal kooperatsiyalash (jamoa xoʻjaliklariga aylantirish) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini juda pasaytirib, Dehqonlarga ham, jamiyatga ham zarar keltirdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda tomorqa yeri boʻlgan mayda Dehqonlar, shirkat aʼzosi boʻlgan Dehqonlar, dehqon xoʻjaligi egalari boʻlgan Dehqonlar va davlatdan yerni uzoq muddatga (10— 50 yil) ijaraga olgan yirik fermer xoʻjaligi sohiblari boʻlgan Dehqonlar faoliyat koʻrsatadi (yana qarang Dehqonchilik). O‘zbekiston Respublikasida juda qadimdan boshlab yer-suv munosabatlari eng ustuvor masala bo‘lib keldi va hozirgacha shunday bo‘lib qolmoqda. Chunki O‘zbekiston Respublikasi aholisining oltmish foizdan ortig‘i qishloqlarda yashaydi. O‘zbekistonda iste’mol qilinadigan suvning yigirma foizigina O‘zbekiston daryolaridan qolgan sakson foizi esa qo‘shni respublikalar hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishining o‘zi O‘zbekistonda yer - suv munosabatlarining respublikada qanchalik muhim ekanligini isbotlaydi.
Respublikamizda har yili 53 milliard kub metr suv iste’mol qilinadi, bu hajmning 92 % i qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimizda yiliga har gektar yerga o‘rtacha 10 ming metr kubgacha suv sarflanadi. Bu ba’zi rivojlangan davlatlardagiga qaraganda ancha ko‘pdir.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda xususan “Er to‘g‘risida” gi (1990 yil 20 iyun), 1993 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish” bo‘yicha qonuni “O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksi” (1998 yil 30 aprel) va boshqa qonunlarda, Prezident farmonlarida qishloq xo‘jaligidagi tub islohotlarning huquqiy asoslari yaratildi.
Qishloqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklash, yerni sotish va olishga yo‘l qo‘ymasdan, balki uni uzoq muddatlarga meros qilish huquqi bilan vaqtincha yoki umrbod foydalanishga berish masalalari bugungi kunda hal qilindi. O‘zbekistonda ko‘p ukladli iqtisodiyot vujudga keltirildi. O‘zbekistonda yer-suv munosabatlari fani mamlakatimizda o‘tmishda va hozirgi kunda yer-suv munosabatlarida olib borilgan va olib borilayotgan islohotlarni o‘rganish va bu sohada erishilgan yutuqlar, muammolarni magistrlarga o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Ota-bobolarimiz juda qadim zamonlardan boshlab dashtu-dalalarga cho‘llarga suv keltirib, ularni bog‘u-bo‘stonlarga aylantirish to‘g‘risida bosh qotirganlar. Buning uchun albatta birinchi navbatda suv keltirish zarurligini chuqur anglashgan. Turli zamonlarda Amudaryo Vahvi Dantiya (Avesto), Oks, Ob, Oksus, Obu, Omuya, O‘kuz, Araks, Arang, Jayxun, Termiz, Guy-Shuy, Vaxrud, Vaxsh daryolari (20 dan ortiq nomlar bilan) deb atalgan.
Amudaryo faqat Markaziy Osiyodagina emas, jahondagi yirik daryolardan ham biri hisoblanadi. Amudaryo Hindiqush tog‘ining 4950 metr balandlikdagi Vrevskiy muzligi bo‘lgan Shimoliy yonbag‘ridan boshlanib, Pomirdaryoga kelib qo‘shilguncha Vaxandaryo deb ataladi. Zo‘rko‘ldan oqib chiqadigan Pomirdaryo Amudaryoning ikkinchi manbai hisoblanadi. Pomirdaryo boshlanishidan Vaxshga kelib quyilguncha Panj, yani besh daryo nomi bilan (Vahandaryo, Pomirdaryo, Gunt, Bartangdaryo va Vanch) ataladi.
Amudaryoning uzunligi boshlanish qismi bilan birga hisoblaganda 2500 kilometrni tashkil qiladi. Surxondaryo va Qorasuv daryosi Amudaryoning oxirgi irmoqlari bo‘lib, keyingi 1400 kilometr masofada unga bitta ham irmoq qo‘shilmaydi. Daryo Qoraqum va Qizilqum cho‘llaridan o‘tib, suvini Orol dengiziga quyadi. Daryoning kema qatnaydigan qismi uzunligi 1400 kilometrdan oshadi. Amudaryo haqiqatan ham sersuv daryo; uning suvi Dnepr suvidan 1,2 marta, Don suvidan uch marta ko‘p, lekin mashhur Nil daryosidan bir oz kamroq.
Ayrim manbalarga qaraganda, Amudaryo XIII asr boshlaridan toki XVI asrgacha yani uch yuz yil mobaynida o‘z suvini O‘zboy o‘zani orqali Kaspiy dengiziga quyib turgan. Xuddi shu davrda Termiz shahrining port sifatidagi ahamiyati ortgan. Qadimda Amudaryodagi eng qulay daryo kechuvi Termiz yaqinidagi Payg‘ambar oroli orqali amalga oshirilar edi. Shuning uchun ham V.F. Minorskiy o‘zining “Yunon kechuvi” nomli asarida Yorgoh (Yordagoh) kechuvi Termizning o‘ziga Aleksandr Makedonskiy tomonidan asos solinguncha ham bor edi”,-deb malumot beradi. Garchi Termiz shahrining kim tomonidan, qachon barpo etila boshlaganligi xususida V.F.Minorskiy fikriga qo‘shilmasakda, kechuv borasidagi fikri to‘g‘ri.
Hofizu Abro‘ ham Termiz shahri yaqinidagi kechuv haqida to‘xtalgan; “Burdag‘o‘y-Jayxun qirg‘og‘ida Termiz mavzelariga tutash joydir. Burdag‘o‘y-yunoncha so‘z bo‘lib, mehmonxona degan manoni anglatadi. Qadimda kemalarning sardorlari turgan”,-deydi. Xullas, bu tarixchi hozirgi Fayoztepa yaqinidagi kechuv joyi haqida fikr yuritgan. Shunday qulay kechuv joyida zarurat orqasida qo‘nalg‘a, karvonsaroyning, keyinroq esa qishloq va shaharning vujudga kelishi tabiiy bir hol edi.
Qadimgi zamonlarda o‘lkamizga tashrif buyurgan Di Chjan Syanning elchisi Amudaryoni Guy-Shuy degan nom bilan atab, uni kema yuradigan, savdogarlar mollarini uzoq masofalarga olib keta oladigan suv yo‘li sifatida tilga olgan. Polibiyning (Miloddan avvalgi 201-120 yillar) takidlashicha, “Oks (Amudaryo) katta va kema yuradigan bo‘lib, irmoqlari hisobiga Baqtriyaga kelganda, juda yiriklashib ketadi.”

Yüklə 17,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin