Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi


YANGI IQTISODIY SIYOSAT. YER SUV ISLOXATI



Yüklə 227,33 Kb.
səhifə10/45
tarix20.12.2022
ölçüsü227,33 Kb.
#76813
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
REFERAT - “O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN MA’RUZALAR TO’PLAMI

YANGI IQTISODIY SIYOSAT. YER SUV ISLOXATI.

Respublika iqtisodiyoti tabiatan agrar tusga ega, sanoati asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat bo‘lib, uning uchdan ikki qismini paxtachilik sanoati tashkil qilar edi. O‘lkaning ishlab chiqarish hayotida kustar-hunarmandchilik ishlab chiqarishi hamon oldingi o‘rinni egallab, aholining poyafzal, kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirar edi. Hunarmandlar bozorga chiqarilgan poyafzalning 86%ni, oshlangan terining 76%ni, kiyim-kechak va bosh kiyimlarining 85%ni, idish-tovoqlarning 60%ni ishlab chiqarar edilar. 1925 yilning oxiriga kelib sobiq SSSRda xalq xo‘jaligini tiklash ishlari asosan o‘z nihoyasiga etkazildi. 1925 yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan VKP(b) XIV qurultoyi sosializm g‘alabasining asosiy sharti sifatida sho‘rolar mamlakatida “sosialistik industrlashtirish”ni avj oldirishga e’tiborini qaratdi. Sanoatlashtirish O‘zbekistonda dastlab sekinlik bilan amalga oshirildi. CHunki kosibu-hunarmandchilik ustivor soha edi. Mamlakatni jadal industrlash uchun mablag‘ masalasi keskin munozaralarga sabab bo‘ldi. Industrlashtirishni jadallashtirish tarafdorlari mablag‘ni qishloq xo‘jaligi hisobidan olish rejasini ilgari surdilar, muxolif taraf esa,sanoatlashtirish siyosatini yoqlagani holda uni aholining moddiy ahvolini, turmush sharoitini yaxshilash va qishloq xo‘jaligida kooperasiyani asta-sekin ixtiyoriy ravishda amalga oshirish bilan birgalikda olib borishni taklif qildi. Keskin siyosiy bahs munozaralardan keyin mablag‘ni agrar sektordan olishga qaror qilindi. O‘zbekiston iqtisodiyoti agrar xarakterda edi, zero 1927-28 yillarda iqtisodiyotda qishloq xo‘jiligining hissasi 61,6%ni, sanoatniki esa 38,4 %ni tashkil qilardi edi. Respublikadagi mavjud sanoatning 90%i qishloq xo‘jalik xomashyosini ishlashga ixtisoslashgan edi, mahsulotlarni qayta ishlash korxonalaridan iborat bo‘lib, uning 2 dan 3 qismini paxtachilik sanoati tashkil qilardi.
Birinchi besh yillik (1928-1932)da 289 ta yangi sanoat korxonasi, jumladan, Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozlik zavodi, Quvasoy sement va ohak zavodlari ishga tushirildi, CHirchiqqurilish, Olmaliqqurilish, Toshkent to‘qimachilik kombinati qurilishi davom etdi. Farg‘onada to‘qimachilik fabrikasi va yog‘ zavodi, Toshkent, Buxoro, Marg‘ilon va boshqa shaharlarda tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi. Sanoatlashtirish yillari respublika paxta tozalash zavodlarining texnik imkoniyatlari oshib, 1927-28 yillarda 3363 tonna paxta tolasi etishtirdi va paxta tozalash sanoatining yalpi mahsuloti esa 165,7 mln rublni tashkil etgan edi.
Respublikani sanoatlashtirishda elektrlashtirish ham muhim o‘rinlardan birini egallaganligi tufayli, elektrstansiyalar qurilishi avj oldirildi. Masalan, Toshkent yaqinida quvvati 4 ming kilovatni tashkil etgan Bo‘zsuv GESi barpo etildi. 1932 yilga kelib esa, elektr stansiyalarining soni 49 taga etdi. SHuningdek, respublikada neft sanoati ham jadal sur’atlar bilan o‘sdi, 1925-26 yillarda neft ishlab chiqarish 5,6 tonna bo‘lgan bo‘lsa, 1927-28 yillarda bu ko‘rsatkich 47,7 tonnani tashkil etdi.
Ayrim sanoat mahsulotlari bo‘yicha O‘zbekiston sobiq Ittifoqda etakchi o‘ringa chiqdi. 1932 yilda paxta tolasining 89,7 %, sementning 54,2%, o‘simlik moyining 56,4%, xom ipakning 42% ishlab chiqarildi.
Faqatgina birinchi besh yillikning o‘zida yirik sanoatdagi ishchilar soni deyarli 3,5 baravar ko‘paydi. Lekin ular orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashkil qilganligi bois, ularni tayyorlashga yordam tariqasida ittifoqdosh respublikalar, asosan Rossiyadan ko‘plab sanoat mutaxassislari kela boshladi. 1926 yildan 1940 yilgacha O‘zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 ming kishiga yoki 10%dan ortiqroq ko‘paydi. Markazning rusiyzabon aholining ko‘chirib keltirishda milliy o‘lkalarda o‘zining tayanch ijtimoiy qatlamini vujudga keltirish hamda ruslashtirish siyosatini amalga oshirish manfaati yotar edi.
Sanoatni jadal rivojlantirish natijasida O‘zbekiston Markazga rangli va nodir metallar, oltingugurt, ozokerit, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak bilan ta’minlaydigan va sho‘rolar mamlakatini xom ashyo qaramligidan xalos etishga yordam beradigan yirik xom ashyo mintaqasiga aylandi. O‘zbekistonning oltin sanoati butun mamlakatning to‘lov balansini mustahkamlash uchun katta mablag‘lar berib turdi. Biroq, aholining ijtimoiy ehtiyojlari nazar-pisand qilinmadi, uning moddiy farovonligiga e’tibor berilmadi, bu esa turmush darajasining pasayib ketishiga olib keldi.
SHo‘rolar davrida shahar va portlarni birlashtiruvchi yangi temir yo‘l liniyalari qurilishiga ham e’tibor berildi. Farg‘ona (Iskobil)-Quvasoy (1922), Qarshi-Kitob(1924), Amudaryo (Samsonovo)- Termiz (1925). 1928-29 yillarda paxtachilikni rivojlantirish maqsadida Asaka –SHahrixon, Sirdaryo-Paxtaorol temir yo‘llari qurildi, shuningdek, Qorasuv-Osh (1935) va boshqa temir yo‘l liniyalari qurilib foydalanishga topishirildi. 1929-1931 yillarda uzunligi 1452 km bo‘lgan Turkiston-Sibir (Turksib) temir yo‘li qurildi.
20-yillardan O‘zbekistonda avtomobil trasporti vujudga keltirildi. 1921 yilda respublika avtomobil transporti ixtiyorida 40 engil va 15 yuk avtomobili hamda Toshkent avtomobil ta’mirlash ustaxonasi bor edi. 1940 yilgacha Lenin nomidagi katta avtomobil yo‘li (710 km), Farg‘ona avtomobil yo‘li (343 km) qayta ta’mirlandi va bir qancha yangi yo‘llar qurib bitkazildi.
Respublika hukumati 1940 yilda uzunligi 708 km bo‘lgan Katta O‘zbek traktini (Toshkent-Termiz avtomobil yo‘li) qurish haqida maxsus qaror qabul qildi. Bu yo‘lning 376 km Toshkent, 222 km Samarqand, 162 km Buxoro viloyatlari mehnatkashlari tomonidan 1941 yilning4 oyida qurib tugallandi.
1924 yilga kelib respublikadagi avtomobil korxonalarida 223 avtomobil bo‘lib, 145 ming tonna yuk tashildi. 30-yillarda avtomobil transportining rivojlanishi bilan qattiq qoplamali yo‘llar qurilishi boshlandi, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish korxonalari, kadrlar tayyorlaydigan o‘quv yurtlari ochildi.
YAngi iqtisodiy siyosat (NEP) tufayli O‘zbekiston qishloqlaridagi ahvol ancha yaxshilandi, dehqonlar o‘z mahsulotini sotish, g‘o‘za va boshqa ekin maydonlarini kengaytirish orqali turmush darajasini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Biroq, 20-yillarning ikkinchi yarmidan YAIS (NEP) o‘z mohiyatini yo‘qotib, erkin savdo va xususiy tadbirkorlikka chek qo‘yila boshladi. SHo‘rolar boylarning erlarini musodara qilish hisobiga kambag‘al dehqonlarni er bilan ta’minlash orqali qishloqda “sosialistik ijtimoiy tuzum” ning asosi bo‘lgan jamoa bo‘lib xo‘jalik yuritishni rivojlantirishni ko‘zlab, keng miqyosli agrar islohotini avj oldirdilar. 1925 yil 2-dekabrdagi O‘zSSR MIQning Favqulodda Sessiyasida qabul qilingan “Er va suvni nasionalizasiya qilish” to‘g‘risidagi dekreti qabul qilindi.
Yirik er egalaridan tortib olingan erlarda 60603 dehqon xo‘jaligi tashkil etiladi. Bulardan tashqari, yangi va tiklangan sug‘orma erlarida yana 14751 batrak va ersiz dehqonlar xo‘jaliklari tuzildi.
Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi er-suv islohoti davomida sug‘oriladigan 20 ga va 45 ga ortiq lalmi erlar, sobiq amir va xon xizmatchilari, ruhoniy hamda savdogar, sudxo‘rlarning xo‘jaliklari musodara qilindi. Umuman, 1925-29 yillardagi er-suv islohotini o‘tkazish natijasida O‘zbekistonda pomeshchik turidagi 4801 xo‘jaliklar tugatildi, 23036 xo‘jaliklarning ortiqcha erlari musodara qilindi, er jamg‘armasi 474893 desyatina erga ega bo‘ldi, 89729 xo‘jaliklar er bilan ta’minlandi. Er bilan birga ko‘pgina xo‘jaliklar mol-mulk, urug‘, asbob-uskunalarga ham ega bo‘ldilar.
Biroq islohot o‘tkazishning repressiv-majburiy usullari, boy dehqonlarning davlat tomonidan terror qilinishi o‘z navbatida ularning keskin norozilik chiqishlariga sabab bo‘ldi. SHu tariqa, er-suv islohoti qishloqda sinfiy kurashning keskinlashuviga olib kelgan edi. Davlat o‘z navbatida “boy-quloq unsurlari”ning qarshiliklarini bartaraf etish uchun o‘zining bor kuchini ishga soldi. Tortib olingan erlarning asosiy qismi kolxozlar va sovxozlar ixtiyoriga topshirilgan edi.
Islohotning jiddiy salbiy oqibatlaridan qishloq iqtisodiy hayotining qashshoqlashishi, fermerlik kurtaklarining bo‘g‘ib qo‘yilishi va bozor-savdo munosabatlarining rivojlanishining to‘sib qo‘yilishi hamda ijara imkoniyatlarining cheklanishi bo‘ldi.
SHunday qilib, 1925-29 yillardagi er-suv islohoti sho‘ro xukumatining mulkdor sinflarni tugatish, sinfsiz jamiyat qurish uchun qilgan chora-tadbirlaridan biri bo‘ldi. Ushbu jarayon keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini majburiy jamoalashtirishga zamin yaratgan edi.




  1. Yüklə 227,33 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin