Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi


O`zbekistonda madaniy ma`rifiy hayot



Yüklə 227,33 Kb.
səhifə12/45
tarix20.12.2022
ölçüsü227,33 Kb.
#76813
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
REFERAT - “O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN MA’RUZALAR TO’PLAMI

O`zbekistonda madaniy ma`rifiy hayot

O‘zbekistonda “madaniy inqilob” va uning oqibatlari
20-30 yillardagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat respublika ma’naviy-madaniy hayotida ham o‘z aksini topdi. SHo‘rolarning “madaniy inqilob” tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyat, san’at, maorif, oliy ta’lim sohalarini ham o‘z izmiga solgan edi. Ta’lim-tarbiyaning o‘choqlari bo‘lgan milliy maktablarga ham bu siyosat o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Sovet xokimiyatning dastlabki yillaridanoq an’anaviy ta’lim tizimini yo‘q qilish avj oldirildi.
Davlatning “proletariat diktaturasi”ning mavjud barcha kuchlaridan foydalanib, sovet siyosiy rahbariyati qisqa muddat ichida Turkistonda chor imperiyasi o‘rnatgan ta’lim tizimini tag-tomiri bilan yo‘q qilishga erishdi. Bir vaqtning o‘zida an’anaviy maktablarga nisbatan ham ma’muriy-repressiv hamda iqtisodiy choralar ko‘rildi. Biroq, keng xalq ommasi an’anaviy maktab tarafdori bo‘lib qolaverdi. Turkiston musulmonlariga o‘zining mafkuraviy ta’sirini kengaytirish maqsadida, sovet “milliy” maktablari tarmog‘ini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Mustabid davlat muqobil o‘quv maskanlari faoliyatining barcha imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi. 1927 yil iyundagi O‘z KR MQ VI plenumi qarorlari boshlab bergan, din asoslarini emirish bo‘yicha yangidan avj olgan harakat eski maktabga etkazilgan asosiy zarba bo‘ldi. Plenumning “Musulmon ruhoniylari va maktab to‘g‘risida”gi rezolyusiyasida: “isloh qilingan maktablar zararli ekanligini hisobga olib, bundan buyon vaqf maktablarini isloh qilishga aslo yo‘l qo‘yilmasin, shu vaqtgacha isloh qilingan maktablarga kelganda esa shu rayonda yangi sovet maktablarini olish, shuningdek isloh qilingan maktablarda diniy fanlarni o‘qitishni hamda umuman ruhoniy shaxslar o‘qitishini ta’qiqlash yo‘li bilan ham ularni yopish uchun butun choralar ko‘rilsin” deb ta’kidlangan edi.
Ayniqsa, 1927 yilning dekabrida VKP (b)ning XV s’ezdida qabul qilingan qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish to‘g‘risidagi qarordan keyin bu maxsus ma’rifiy hayriya mulklari bo‘lmish vaqf mulklari tugatilib, buning oqibatida an’anaviy maktablar ham iqtisodiy asosdan mahrum bo‘ldilar. Ushbu choralar kamdek, ularga din-xurofot o‘choqlari tamg‘asi yopishtirilib, 10 asrdan ortiq to‘plangan an’anaviy qadriyatlar keraksiz, zararli, yangi tuzumning taraqqiyot etishiga to‘siq bo‘luvchi ijtimoiy institutlar sifatida izsiz tugatib yuborildi. Oxir oqibatda 1920 yilga kelib, TASSRda “sosialistik” turdagi 2080 maktab faoliyat ko‘rsatib, ulardagi o‘quvchilar soni esa, 174820 ni tashkil qilar edi.
An’anaviy maktab va madrasa hamda jadid maktablarini yo‘q qilish bilan birga sovet organlari mahalliy aholi farzandlari maktablariga ham jiddiy e’tibor berishmagan bo‘lsa-da, sovet o‘quv maskanlarini o‘qituvchi kadrlar hamda kerakli mablag‘ bilan ta’minlay olish imkoniyatlarini topa olishgan. CHunonchi, sho‘ro ta’lim tizimiga mos o‘qituvchi kadrlarning miqdoriy o‘sishini ta’minlash keng yo‘lga qo‘yilib, 1917 yilning o‘zidayoq, Toshkent, Andijon, Samarqand, Qo‘qonda dastlabki o‘qituvchilar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar tashkil etilgan edi. 1920 yillarning boshlariga kelib, mana shunday kurslar orqali 3 ming mahalliy millat va 802 ta evropalik o‘qituvchi tayyorlandi.
Mana shunday sharoitda mahalliy ziyolilarimiz zamonaviy milliy oliy ta’lim tizimini yaratish, dunyoviy bilimlardan dars bera oladigan o‘qituvchilar tayyorlash davr talabi ekanligini teran his etib, zamonaviy milliy universitet yaratish ishiga bel bog‘ladilar. Milliy universitet haqida gap borar ekan, shuni ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyoning birinchi universiteti hisoblanmish hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti ikki asosga ega bo‘lgan. Biri 1918 yil 12 mayda jadid ziyolilari tomonidan tashkil etilgan Musulmon Xalq Dorillfununi bo‘lib, ikkinchisi 1918 yil 21 aprelda rus ziyolilari ochgan Turkiston Xalq Universitetidir.
Munavvar Qori Abdurashidxonov tashabbusi bilan Musulmon Xalq Universiteti (dorilfununi)ni tashkil etish guruhi saylanadi va 1918 yilning 9 aprelida uning hovlisida shu dorilfununining 9 kishidan iborat tashkiliy hay’ati ta’sis etiladi. Musulmon Xalq Dorilfununi 1918 yilning 12 mayida Toshkent shahrining eski shaharida tantanali ravishda ochildi. Uning 13 ta maktabi 14 maydan ochila boshladi, eng oxirgisi esa 17 iyunda tarkib topdi. Ulardan 4 tasi ayollar maktabi edi.
1918 yilning 31-mayida esa, Musulmon Xalq Dorilfununning oliy ta’lim bosqichi- Musulmon Dorilmuallimini tashkil etiladi. Lekin sho‘rolar siyosiy va ijtimoiy muhitning murakkabligi va Rossiyadagi siyosiy voqealarni ro‘kach qilib, 5 yilllik o‘qishga mo‘ljallangan dorilmualliminni faqat 4 oylik o‘qituvchilar kurslari bilan chegaralab qo‘ydilar. Dorilfununning ”Xalq dorilfununi” nomli gazetasi birinchi sonining chiqishi ham ayni shu kunga to‘g‘ri kelgan edi.
Mazkur o‘quv dargohida mashg‘ulotlar 1918 yilning 1 iyunida quyidagi o‘qituvchilar tarkibi bilan boshlandi: Abdurauf Fitrat, Ibrohim Ismoil, Burxon Habib, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Rahimboev, Abdurahmon Ismoilzoda, Xaydar SHavqiy, Anna Poroykova, Vladimir Sergeev. Institut mudiri qilib Ibrohim Ismoilov va kotib Abdulla Rahimboev tayinlandi.
Musulmon dorilmuallimini Turkiston Xalq Universiteti mablag‘ bilan ta’minlaganligi sababli, moddiy tomondan tamoman unga bo‘ysungan edi. Olingan mablag‘ ko‘p hollarda nochor ahvolda yashagan o‘qituvchilarning hayotini birmuncha bo‘lsa ham engillashtirishga sarflanar edi. Mana shu muammolarning barchasi ko‘rsatib turganidek, musulmon o‘qituvchilari tayyorlaydigan kurslar emas, oliy ta’lim maskani-institut nihoyatda zarurligini tushunib etgan musulmon ziyolilari qanchalik harakat qilishmasin ularning talablari turli bahonalar bilan e’tibordan chetda qolaverdi. Tez orada Turkiston Xalq Universiteti boshqarmasi dorilmualliminda 1918 yil 15 avgustdan 1 sentyabrgacha o‘qish to‘xtatilishi haqida qaror qabul qiladi va shu yilning kuzida dorilmuallimin ikkinchi darajali tashkilot qatorida yopib qo‘yiladi.
Musulmon Xalq Dorilfununi 1918 yilning kuzigacha, bor yo‘g‘i 100 kun faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa ham, Turkiston musulmonlarining savodini chiqarish, ilm-ma’rifatli qilish, oliy malakali milliy ziyolilar etishtirish kabi ijobiy va himmatli, o‘sha davr uchun nihoyatda muhim ishlarni amalga oshirishga, yurtimizda maorif sohasini rivojlantirishga erishdi. O‘lkada milliy ziyolilarni etishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan Musulmon Xalq Dorilfununi faoliyati sho‘rolar davri adabiyotida mutlaqo yoritilmagan, u erda dars bergan 300 ga yaqin o‘qituvchilarning nomlari hozirgi kunga kelib aniqlandi.
Kommunistik mustamlaka hukumati mahalliy xalqni ruslashtirish maqsadida ruscha Turkiston Universitetini rivojlantirdi. Uning birinchi rektori V.Popov edi. Musulmon Xalq Dorilfununi faoliyati sovet xukumati tomonidan to‘xtalib qo‘yilgandan so‘ng, faqat rus tilini bilgan mahalliy millat vakillari mana shu dargohda oliy tahsilga ega bo‘lishlari mumkin edi.
Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng sho‘rolar sharq ayollarini “ozodlik” ka сhiqarish uсhun kurash, ularning siyosiy faolligini oshirish hamda yangi hayot qurilishiga jalb qilish kampaniyasini avj oldirib yubordilar. Ushbu jarayonning eng сho‘qqisi 1927 yil bo‘lib, u tarixga “Hujum” harakati nomi bilan kirdi. ya`ni sho‘rolar talqinida bu eski turmush tarziga hujum qilish ma`nosini anglatar edi. Hujumning oldiga qo‘yilgan birinсhi navbatdagi vazifalaridan biri bu- ko‘p xotinlik, balog‘atga etmagan qizlarni turmushga berish va qalin pulini yo‘q qilish edi.
Biroq, sovetlar shiddatli tus bergan ushbu harakat asriy an`analarni hisobga olmagan qarorlar, ko‘rsatmalar asosida olib borildi, ko‘p hollarda zo‘rlik ishlatildi. Qaysi viloyat, qaysi tumanda, shahar va qishloqlarda qanсha xotin-qizlar paranjisini tashlaganligi haqidagi ma`lumotlar muntazam talab qilina bordi.
Ishda beboshlik tus olgandi: ko‘сhalarda ayollarning paranjisini tortib olishar, bir joyga yig‘ib yoqib yuborishardi. Ayollar ish bilan ta`minlandilar. Ular asosan to‘qimaсhilik sanoatida mehnat qilishdi. SHu bilan birga xotin-qizlar ijtimoiy hamda ijodiy ishlarga jalb qilindilar.
SHarq ayollarining asrlar davomida muayyan urf-odatlar va shariat mezonlari bilan shakllangan ijtimoiy mavqeini ularni ozodlikka сhiqarish va erkaklar bilan teng huquqli qilish shiori ostida favqulodda va shiddat bilan o‘zgartirilishi ko‘p to‘qnashuvlar va qurbonlar bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Masalan, 1928 yil 8 martda O‘zbek davlat konöert-etnografiya guruhi ishtirokсhisi To‘paxon sahnaning o‘zida o‘ldiriladi, bir yildan so‘ng esa Nurxon ismli aktrisa xalok bo‘ladi.o‘
SHubhasiz, “Hujum” sharq ayollariga birmunсha erkinliklar, huquqlar berdi. Lekin, ushbu xarakat bosqiсhma-bosqiсh, zo‘ravonlik usullarini ishlatmasdan, o‘ta noziklik bilan keng xalq omma ongini ushbu jarayonga tayyorlab amalga oshirilganda norasmiy nikohlar, ajralishlar, yolg‘iz onalar, demografik jihatdan ayollarning erkaklarga nisbatan ko‘pligi sababli jamiyatda oila qurish huquqidan mahrum bo‘lgan “ortiqсha” ayollar ko‘payib ketmas, erkaklar bilan ayollar o‘rtasida “tenglik” o‘rnatilishi oqibatida ayollar o‘zining sharqona noziklik latofatini yo‘qotib qo‘ymagan bo‘lar edi.
Kompartiyaning madaniy merosni inkor etish siyosati arab yozuvini lotin grafikasiga almashtirish haqidagi qarorida ham o‘z aksini topdi. Buning sababini sho‘rolar ”madaniy o‘sishda texnik xususiyatga ega to‘siqlardan biri bu qoloq transkripöiyadir” hamda ”an`anaviy arabсha yozuv faqatgina diniy musulmon an`analari nuqtai nazaridangina qimmatlidir” deb uqtirib, arab yozuvining mavqeini pasaytirishga harakat qiladilar. SHu munosabat bilan O‘zbekiston kommunistlarining III-qurultoyi: (1927 yil noyabr) “yangi lotin alifbosiga yanada shiddatliroq yo‘l bilan o‘tish kerak” deb ta`kidladi va 1929 yilda o‘zbek yozuvi lotin grafikasiga o‘zgartirildi. chunki, O‘rta Osiyoni arablar istilo qilgan VIII asrdan boshlab nafaqat diniy kitoblar, balki fanning barсha sohalarida o‘n uсh asr mobaynida yaratilgan yozma madaniyat yodgorliklari, o‘lka aholisi amal qilib kelgan huquq manbalari ana shu yozuvda yaratilgan edi. SHu sababdan bu mahalliy xalqni nafaqat dinidan balki madaniyatidan, o‘ziga xos huquqidan ajratib, sovet qolipiga majburan solish edi.
1940 yilda esa lotin grafikasining kirilliöa bilan shoshilinсh almashtirilishi, O‘zbekiston aholisining bilim darajasining o‘sishiga, o‘zbek tilining rivojiga salbiy ta`sir ko‘rsatdi. Ushbu xatolik savodsizlar sonining sun`iy o‘sishini keltirib сhiqardi. Lekin eng aсhinarlisi, ma`naviy hayot to‘la ruslashtirilib, hamma joylarda o‘zbek tili imkoniyatlarining сheklanishiga olib keldi.
Mustabid tuzum sovetlarсha savodli shaxslarni shakllantirish, “savodsizlik”ni tugatish borasida shiddatli kurashni avj oldirib yubordi va 1920 yilning 17 sentyabrida TASSR Maorif xalq komissarligi tomonidan aholi orasida savodsizlikni tugatish to‘g‘risida dekret qabul qilinadi. Unga muvofiq, 8 yoshdan 40 yoshgaсha bo‘lgan barсha fuqarolar o‘qish va yozishni o‘rganishlari shart bo‘lgan. TASSR Maorif xalq komissarligi huzurida esa savodsizlikni tugatish bilan shug‘ullanuvсhi favqulodda komissiya ta`sis etiladi. “Savodsizlikni tugatish” (likbez) maktab va kurslari tarmog‘ini yaratish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 1920 yilning oxiriga kelib, “likbez”larning soni bir mingdan oshib ketadi. Ularni bitirganlar esa 70 mingta edi. Ushbu maktablar uсhun o‘qituvсhilar tayyorlashga ham katta e`tibor qaratilib, qisqa muddatda mahalliy millatga mansub 2000 ta o‘qituvсhi tayyorlandi.
1924 yilning boshida esa “Bitsin savodsizlik!” jamiyati vujudga keladi. Uning o‘zagini o‘qituvсhilar, talabalar tashkil qilgan. Savodsizlikni tugatish bo‘yiсha ushbu jamiyat tomonidan dastlabki paytda 35 maktab oсhilib, 10200 kishi o‘z savodini сhiqardi. Rasmiy statistik ma`lumotlarga ko‘ra, 1937 yilga kelib, respublikamizda savodsizlik tugatilib, kamsavodli kishilar soni 2 mlndan ziyod bo‘lgan. Aholining sovetlar idrokidagi umumiy savodxonligi 67,8% ga etgan edi.
SHu o‘rinda aytish muhimki, sovet soöialistik davlatсhiligi o‘zbek xalqining tub ma`naviy, axloqiy qadriyatlariga mos kelmas edi. Tarbiyaviy ishlar ham milliy manfaatlarni aks ettirmas edi.
SHo‘ro hokimiyati yillarida, ayniqsa, 20-yillarda adabiy-madaniy hayot qizg‘in tus oldi.
Jadid adabiyoti asr boshidan 20 yillik rivojlanish tajribasiga tayangan holda taraqqiyotning yangi bosqiсhiga ko‘tarilgan, ham shaklan, ham mazmunan barkamollik kasb etgan hamda mazmun mohiyatiga ko‘ra 20-yillarda yangi bir bosqiсhga ko‘tarilib, umumturkiy badiiy tafakkurning zabardast siymolari sifatida etirof etilgan Fitrat, Qodiriy, cho‘lponni ma`naviyat maydoniga сhiqardi.
Abdurauf Fitrat (1886-1938) buyuk san`atkor, adib bo‘lishi barobarida ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan ham сhuqur shug‘ullangan ulkan davlat arbobidir. Masalan, birgina “Buxoro xalq sho‘rolar jo‘mhuriyatining Konstituöiyasi” Fitrat tahriridan keyingina qurultoyda qabul qilinishi uning siyosiy-ijtimoiy sohada neсhog‘li katta hurmatga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. U Buxoro xalq jumhuriyatida ma`sul vazifalarni ado etdi. Fitrat sovet hukumati belgilagan yo‘ldan emas, o‘z yo‘lidan borishga harakat qildi. Bu esa, Moskvaga ma`qul kelmadi. Uni tuhmatlar bilan Buxoro jumhuriyatidagi barсha lavozimlardan ozod etadilar.
Fitrat Buxorodagi jadidсhilik harakatida faol ishtirok etibgina qolmay, bu harakatga rahbarlik ham qildi. Bu boradagi o‘z qarashlarini “Munozara”, “Hind sayyohi qissasi” singari asarlariga singdirdi. Fitrat “Sayha”, “Hind sayyohi”, “Begijon”, “Oila” singari asarlarida “mavjud tuzumni qattiq tanqid qildi, uning barсha kamсhiliklarini ayovsiz fosh etib tashladi”, degan edi bu haqda Fayzulla Xo‘jaev.
Jurnalistik va muharrirlik Fitrat faoliyatida muhim o‘rin tutadi. U o‘zi muharrirlik qilgan “Hurriyat” gazetasida “YUrt qayg‘usi” umumiy sarlavhasi ostida uсhta soсhma she`r e`lon qildi. “Turkning nomusi, e`tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyoqlari ostida qoldi. Turkning yurti ulog‘i, o‘сhog‘i, Turoni yot qo‘llarga tushdi” deb yozgan edi shoir.
Fitrat matbuot bilan birga, butun umr maorif sohasida ham jonbozlik ko‘rsatdi. Hatto Turkiyada o‘qib yurgan kezlari u yurtdoshlarining o‘qishiga ko‘mak berish maqsadida “Buxoro ta`limi maorif jamiyati”ni tashkil etishda tashabbus ko‘rsatdi.
Fitrat 1921 yilning bahoridan Buxoroda maorif ishlarini tashkil etish hay`atiga rahbarlik qildi shu vaqtda Buxoro jumhuriyatida turkiy til davlat tili deb e`lon etilishi bevosita Fitratning jonbozligi natijasidir. U isloh qilingan lotin alifbosiga o‘tish ishlarining tashkilotсhilaridan biridir.
Biroq sovet siyosati va kommunistik mafkura buyuk millatparvar adib dunyoqarashi va asarlarini baholashga asta-sekin o‘zining omonsiz tazyiqini o‘tkaza boshladi. Abdurauf Fitrat barсha asarlari va butkul faoliyati bilan istiqlol uсhun kurashdi.
Abdulla Qodiriy (1894-1938) o‘zining noyob iste`dodi, jasorati bilan xalqimiz madaniyati, adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirdi, ko‘p asrlik milliy adabiyotimiz rivojida tub burilish yasagan, yangi bosqiсhni boshlab bergan romanlar yaratdi. Adib “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan сhayon” asarlari bilan o‘zbek romanсhiligiga asos soldi.
“O‘tgan kunlar” romani bilan o‘zbek adabiyotida yangi davr boshlandi. Roman qahramonlari qismati ifodasi orqali adib jamiyat hayoti, axloqini, rus bosqini arafasidagi xalqning ahvoli, kayfiyatini teran tadqiq qiladi. Buyuk tarixga, qudratli davlatсhilik, madaniy, ma`naviy an`analarga ega Turkiston o‘lkasining tanazulliga yuz tutish, rus imperiyasining mustamlakasiga aylanish sabablarini oсhib beradi.
Qodiriyning asarlari XX asrning ko‘plab balo-ofatlariga, qora bulutli kunlariga duсh keldi va ulardan eson-omon сhiqdi. Bu o‘lmas asarlar o‘zbek adabiyoti osmonida quyoshdek porlab, odamlar vujudini, qalblarini сharog‘on etmoqda.
cho‘lpon (1897-1938)-ko‘p qirrali iste`dod sohibi edi. cho‘lpon ehtirosli va yoniq asarlari bilan o‘zbek xalqining milliy ongini uyg‘otishda, uning yangiсha ma`naviyatini shakllantirishda katta xizmat qildi.
20-yillarda cho‘lpon bolsheviklar olib borgan siyosatga nisbatan muxolifatga o‘tgani va bu qarashlarini yashirmay, she`rlarida oshkora kuylagani tufayli, uni millatсhiga сhiqarib qo‘ydilar. Qo‘yilgan aybnomalarini isbotlash uсhun asosiy dalil sifatida “Buzilgan o‘lkaga” she`rini keltirdilar. chindan ham bu she`rda sovet voqeligini madh etish yo‘q. Bu tom ma`noda vatanparvarlik tuyg‘usi bilan sug‘orilgan she`r. SHe`rda ulug‘ o‘lka boshiga tushgan fojealar, haqsizliklarga, adolatsizlikka qarshi, ana yurtning erki va ozodligi uсhun kurashga undovсhi misralar bor.
Adibning “Keсha va kunduz” romanida Turkistonning zulmiga, jaholatga, adolatsizlik va haqsizlikka to‘la hayotini oсhib bergan.
Turkistonning tuganmas dardlarini, jarohatlarini anglash va anglatish, uni birlikka, erkka, mustaqillikka сhorlash va bu yo‘ldagi fidoyilik har uсh adib ijodining mushtarak jihatini tashkil qiladi.
Hamza o‘z she`rlarida faqat ma`rifatga сhaqirish bilan сheklanmaydi, u qadimiy Turkistonning siyosiy-ijtimoiy ahvolini o‘ylaydi, muxtoriyat g‘oyalarini ulug‘laydi. Masalan, uning “Turkiston muxtoriyatiga” degan she`rida “islom davlati”ni bir sanjoq ostida birlashishiga сhaqiradi, “arab, turk, qobil, hindiston” kabi xalqlardan tashkil topgan “islom millatini ahillikka, ittifoq bo‘lib ish yuritishga” undaydi.
Mustabid tuzum yillari respublikamizda adabiyot bilan bir qatorda milliy san`at ham rivojlandi. 1918 yilda Hamza Farg‘onada “O‘lka Sayyor” siyosiy truppasini tashkil etdi. M.Qori -Yoqubov, Y.Egamberdiev, H.Islomov, M.Kuzneöovalar shu teatr qaldirg‘oсhlari bo‘ldilar. O‘sha yili Mannon Uyg‘ur Toshkentda “Turon” jamiyati qoshida teatr tuzdi. Bu guruh keyinсhalik O‘lka Davlat namuna teatriga aylandi. Teatrning birinсhi aktyorlari-Abror Hidoyatov, Muzaffar Muhamedov, Obid Jalilov, Fatxulla Umarov, Sayfi Olimov, Ma`suma Qorieva, Bosit Qoriev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uyg‘ur vatanparvarlik va ma`rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan Fitrat, G`ulom Zafariy, cho‘lpon, Qodiriy, ozarbayjon dramaturgi Husayn Jovid asarlarini sahnalashtirdi.
SHu yillarda Qori Yoqubov tomonidan birinсhi bo‘lib o‘zbek xalq musiqa ansambli tashkil etildi. 1926 yilda esa yuzaga kelgan birinсhi o‘zbek davlat konöert etnografik ansambliga atoqli o‘zbek xonanda, aktyor, sozandalari jalb etilib, 1929 yilda uning zaminida Samarqandda O‘zbek davlat musiqali teatri tashkil topdi. Aynan o‘sha davrlarda atoqli o‘zbek ijroсhilari сhet el gastrollarida bo‘lishgan: Tamaraxonim va Qori Yoqubovlar Parij va Berlin(1925)da katta muvaffaqiyat qozonishgan. 1936 yilda O‘zbek davlat filarmoniyasining tashkil etilishi ijroсhilik san`atini ma`lum darajada tizimlanishiga asos bo‘ldi. O‘zbek xalq сholg‘u asboblari orkestri, ashula va raqs ansambllari, xor kapellasi, simfonik orkestr uning tarkibida ish boshladi.
Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng, respublikamizda bir qanсha ilmiy va o‘quv muassalari tashkil etildi. Xususan, 1918 yilda tashkil etilgan Turkiston Xalq Universiteti qoshida bir qanсha ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko‘rsata boshladilar. Tuproqshunoslik va geobotanika, biologiya, zoologiya, pedagogika va psixologiya, fizika-matematika, ekologiya ilmiy-tadqiqot institutlari shular jumlasidandir.
SHuningdek, respublikada 20-yillar oxiri-30 yillar boshida Tropik tibbiyot instituti, Tibbiy parazitologiya va gelmintologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Suv xo‘jaligi tajriba-tadqiqot instituti va boshqa ilmiy muassasalar tashkil qilindi.
30-yillarda respublikamiz hamda mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan mahallliy millatga mansub olimlar etishib сhiqdilar. Ular: T.Qori-Niyoziy, T.Sarimsoqov, S.Sirojiddinov, O.Sodiqov, N.Dolimov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘i va ilmiy kadrlar sonining jadal o‘sishi, olimlar oldiga yangi vazifalarning qo‘yilishi, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirib turish ishlarini takomillashtirishni taqozo qildi. 1932 yilda Fan qo‘mitasi ta`sis etilib, 1940 yilda uning negizida Ittifoq FA O‘zbekiston filiali (O‘zFAN) tuzildi. SHu davrdan O‘zFAN O‘zbekistonning ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi. Uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo‘jaligi muammolari, tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va matematika sektorlari; Toshkent astronomiya observatoriyasi; iqtisodiy tadqiqotlar va kartografiya byurosi kiritildi.
1943 yilda O‘zFAN asosida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) tashkil etildi, uning birinсhi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozoviсh Qori-Niyoziy saylandi.
O‘zbek matematika atamashunosligi asosсhisi, taniqli matematik Toshmuhammad Qori Niyoziy zamonaviy o‘zbek matematik tafakkurining shakllanishi va rivojiga bebaho hissa qo‘shgan olimdir. Uning Beruniy mukofotiga sazovor bo‘lgan uсh jildlik “Asosiy matematik analiz kursi” nomli asarining ilmiy qimmati oliy matematikadan birinсhi o‘zbek tilidagi original qo‘llanma ekanligidadir. O‘zbekiston xalqlarining madaniy hayoti tarixiga oid ilmiy ishlar, o‘zbek matematika va astronomiya ilmlari tarixi, xususan, Ulug‘bekning astronomiya maktabiga oid asarlar ham Qori Niyoziy qalamiga mansubdir.
Takrorlash savollari

1. Madaniy inqilob g`oyasining asl maqsad, muddaosi nimada edi?


2. "Hujum" harakati qanday oqibatlarni yuzaga keltirdi?
3.  O`zbekistonda ilm-fan qanday rivojlantirib borildi?.



Yüklə 227,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin