Turkiy guliston yoxud axloq



Yüklə 141,5 Kb.
səhifə2/5
tarix08.12.2022
ölçüsü141,5 Kb.
#73124
1   2   3   4   5
ABDULLA AVLONIYNING GULISTON YOXUD ASARINING KOMIL INSON TARBIYASIDAGI O`RNI

Kurs ishimiz maqsadi A.Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq asarining ” komil inson tarbiyasidagi o’rnini o’rganish
Kurs ishimiz obyektini –Termiz shahar 11-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari
Kurs ishining vazifasi:

  • A.Avloniyning asarlarida axloqiy tarbiyani o’rganish;

  • A.Avloniy asarlarida komil inson tarbiyasi qanday olib berilishi kerakli haqida o’rganish

Kurs ishining metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
Kurs ishining metodlari: -mavzuga oid adabiyotlar,normativ me’yoriy hujjatalarni o’rganish , nazariy-pedagogik tahlil, kontent tahlil, so’rov.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

Yuqoridagilardan shu narsa ma'lum bo'lmoqdaki, hamma vaqt tarbiyada butun ish nafaqat ota-onalarga, balki go'zal axloq va ilmiy salohiyatga ega bo'lgan ustoz-muallimlarning sa'y-harakatiga ham bevosita bog'liq. Bunda ishni tashkil qilish shakllarinigina emas, ayni paytda, ishlashni to'g'ri yo'lga qo'yish shartlarini bilish ham muhimdir Har bir millatning o’z ma’naviy qiyofasi mavjud.


Bugungi kunda har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimizda ma’naviyatni yuksaltirish yuksak vazifalardan biridir.Ma’naviyatimizni yanada rivojlantirishda esa millatimiz tarixini,ma’naviy qiyofasini o’zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy hamda ilmiy asarlarning ahamiyati va o’rni beqiyosdir.O’zbek adabiyotida bunday asarlar juda ko’p. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.Bu jihatdan,taniqli o’zbek adibi Abdulla Avloniyning. maktab uchun yaratgan to’rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”hamda “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Ikkinchi muallim”,“Maktab gulistoni” kabi darsliklari ham xarakterli bo’lib hisoblanadi.Buasarlardagi mukammal fikrlarning g’oyaviy to’liqligi, ta’lim-tarbiya tizimiga vatushunchalariga doir fikrlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi yuqoridagi fikrlarimiz dalilidir. Shuningdek, Abdulla Avloniy ijodiy merosi bilan ilk darsliklarning mukammal yaratuvchisi sifatida ham gavdalanganligi,asarlaridagi ta’lim va tarbiyaga doir tushunchalarning, g’oyaviy-badiiy mushohadalarning tadqiq qilinganligi, qolaversa,mavzuning dolzarbligi ma’rifatparvar adib, serqirra ijodkor Abdulla Avloniyning ijodida bugungi kunning eng muhim masalasi-ta’lim va tarbiyaga doir fikrlarning dalili hikoyalar, she’riy lavhalar misolida yoxud majoziy xarakterga ega hikoyatlar asosida ochib berilishi asnosida ko’zga tashlanadi. 2017- yilning 3-avgust kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.Ushbu uchrashuda madaniyat va san’at sohasida yuzaga kelgan ko’plab muammolar o’rtaga tashlandi. Mazkur yig’ilishda madaniyat, ommaviy axborot vositalari, adabiyot va san’at sohasini tubdan isloh qilish maqsadida amalga oshiriladigan keng miqyosli ishlar xususida so’z bordi, yosh iste’dodlar tarbiyasi, madaniyatimiz va adabiyotimizni rivojlantirish maqsadida yangi g’oya, tashabbus va takliflar bildirildi: “Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana bir o’ta muhim masala borki,unga alohida to’xtalib o’tish zarur deb bilaman, u ham bo’lsa, unib-o’sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog’liq. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek,bu masala biz uchun, haqiqatdan ham ,yo hayot-yo mamot,yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir.” 1Shu ma’noda Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o’zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog’langanligi adibning boy pedagogik merosi ta’lim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o’quvchilar qalbida shakllantirish- da axloqiy va ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo’lib xizmat qilganini o’rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda.Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan asarlari va ularda axloq-odob tushunchalarining yoritilishi tarbiya masalasining ifodasi nafaqat badiiy,balki noyob tarixiy-pedagogik,ta’limiy va qomusiy yodgorlik hisoblanadi.Avloniy asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz,yana bir bor shunga iqror bo’lamizki,uning asarlarida ifoda etilgan ta’limiy,tarbiyaviy g’oyaviy, falsafiy pedagogik hikmatlar o’zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi.Avloniy asarlarining tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatan- parvarlik g’oyalari va axloq-odob tamoyilida hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini alohida ta’kidlab o’tmoq joiz. Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida tavallud topgan. Ijodkor o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo’lga qo’yishda kata xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste’dodli pedgogdir. U birinchilardan bo’lib o’zbek teatrini professional teatrga aylantirdi, matbuot, maorif sohasi rivojiga hissa qo’shdi. U Turkistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Avloniyning mehnati yuksak qadrlanib unga o’zbek madaniyati va adabiyotini yuksaltirishda, xodimlar tayyorlashda uzoq yillik mehnati uchun 1925-yilda “Mehnat qahramoni” unvoni, 1930-yilda “O’zbekiston maorifi zarbdori” unvoni berilgan. Shuningdek, adib milliy ta’lim-tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo’shganligi uchun 2020-yil 30-sentyabr sanasida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.2 Avloniy “Usuli jadid” maktablari uchun to’rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi muallim” (1912), “Turkiy guliston yoxud axloq” (1913), “Ikkinchi muallim” (1915), “Maktab gulistoni” (1917) kabi darsliklar yaratdi.Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifga chorlaydi.XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning “Birinchi muallim” asari ham o’ziga xos o’ringa ega. Avloniy uni yozishda Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval” asariga suyanadi. Avloniyning “Ikkinchi muallim” asari “Birinchi muallim” kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobni shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobni xrestomatiya deb atashimiz mumkin. Kitob maktabni olqishlovchi she’r bilan boshlanadi: Avloniyning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari ichida “Turkiy guliston yoxud axloq” asari katta ahamiyatga molik axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytaruvchi ilm-axloq
haqida fikr haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, u bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib: “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, yerdan turib yulduzlarga qo’l uzatmak kabidir”3,-deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkibi to’g’risida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolalarning atrofidagi kishilar ahamiyatga ega. O’zbek pedagogikasi tarixida Avloniy- birinchi “Pedagogika”, ya’ni bola tarbiyasining fanidir” deb ta’rif berganlar. Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda 4 bo’limga ajratadi:
1. Tarbiyaning zamoni.
2. Badan tarbiyasi.
3. Fikr tarbiyasi.
4. Axloq tarbiyasi hamda uning ahamiyati xususida fikr yuritadi. “Tarbiyaning zamoni” bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta’kidlaydi. Avloniy, tarbiya xususiy ish emas, milliy ijtimoiy ishdir. “Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot- yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir”,4-deb ta’kidlaydi. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq, deb ta’kidlaydi adib.
Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan – uy, bog’cha, maktab va jamoatchiliktarbiyasidan iborat bo’ladi. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo’ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog’ligi haqida
g’amxo’rlik qilish lozimligini uqtiradi. “Turkiy guliston yoxud axloq “asari ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qiladi. Adib kitobda ilm haqida shunday deydi: “ Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat oliy, muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko’rsatur”5 ,-deydi.

Yüklə 141,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin