Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə13/33
tarix20.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#165515
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Qiyosiy grammatika UMK

bir

iyi

us

dѳrt

besh

aldu

chedi

ses

tos

ozarb.

bir

iki

us

dѳrt

bash

aldu

yedi

sekkiz

dokuz

turk

bir

iki

us

dѳrt

bash

altu

yedi

sekiz

dokuz

turkm.

bir

iki

us

dѳrt

baash

altu

yedi

sekiz

dokuz

oltoy

bir

yekki

us

tort

bish

altu

yete

segiz

tog‘uz

qozoq

bir

yeki

ush

tѳrt

bes

altu

jeti

segiz

tog‘uz

q.qalp.

bir

yeki

ush

tѳrt

bes

altu

jeti

segiz

tog‘uz

qirg‘.

bir

yeki

ush

tѳrt

bes

altu

jeti

segiz

tog‘uz

qumiq

bir

yeki

ush

tѳrt

bes

altu

jeti

segiz

tog‘uz

no`g‘ay

bir

yeki

ush

dort

bish

altu

jedi

segiz

tog‘iz

tatar

ber

ik

ush

durt

bish

altu

jedi

segiz

tog‘iz

o`zbek

bir

ikki

uch

to`rt

besh

olti

yetti

sakkiz

to`qqiz

uyg‘ur

bir

aki

uch

toor

bash

alta

yetti

sakiz

tuqquz

xakas

pir

iki

us

tѳrt

pis

altu

chedi

siges

tog‘iz

chuvash

per

ige

vis

tavada

pilek

ult

sich

sag‘ar

tog‘ar

shor

pir

iygi

us

tѳrt

pesh

altu

chetti

segiz

tog‘us

yoqut

biir

ikki

is

tuort

bies

alta

sette

ag‘ыs

tog‘us

Ko`rinadiki, birliklar faqat chuvosh, qisman yoqut, shor, xakas tillarini hisobga olmaganda, boshqa barcha hozirgi turkiy tillarda deyarlik bir xil.


Tub turkiy o`nliklar ham o`ziga hos xususiyatlarga ega, buni quyidagi jadvalda yaqqol ko`rish mumkin:



o`nlik‑ lar

tuva

yoqut

oltoy

xakas

chuvash

boshqa turkiy tillar

o`n

on

uon

uon

on

vunna

on//un

yigirma

igeerbi

suurbe

dirme

sibirgi

jirem

yegerme

o`ttiz

ujen

otut

odus

otыs

vәtәr

otuz

qirq

dѳrten

tuortuon

torton

xыrыx

xerex

qыrыq

ellik

bejen

bijuon

bejen

ilig

alla

elli

oltmish

aldan

altiuon

altan

alton

utmәl

altmish

yetmish

cheden

seteeuon

deton

chiton

jutmәl

jetmish

sakson

sezen

agыsuon

segizen

sagizon

sakarvunna

seksen

to`qson

tozan

tog‘usuon

to`g‘uzon

to`g‘izon

tәxәrvunna

toksan

O`nliklardan yuqori tub sonlar hamma turkiy tillarda deyarlik bir xil (100 – yuz//җuz, 1000 – miң//biң) qo`llansa, 1000000 – qirg‘iz. san, yoqut. moluyuon, oltoy, xakas tillarida saya shaklida qo`llanadi.


Bundan tashqari yirik raqamlarni ifodalash uchun tuman (10000), lak (100000), korur (10000000) so`zlari ishlatilsa, butun songacha bo`lgan miqdorni anglatish uchun gagauz, turk tillarida buchuk (yarim), ozarbayjon, gagauz, qumыq, turk, turkman tillarida yarыm (xakas, shor. charish; ozarb., turk, turkman. yarpы; q.qalpoq. jarpы; tatar. yartы) va charak//chorak//sirek//-chirek, rub (1/4), tѳbe (1/4) so`zlaridan foydalaniladi.
Tarkibli (murakkab) sonlarda odatda yirik sonlar oldin, kichik sonlar keyin keladi (bir ming ikki yuz yigirma uch kabi), lekin aksincha bo`lishi ham mukin: uch ig‘irma (13), dѳrt ottuz (24) kabi. Murakkab sonlar balqar, qumiq tillarida yiyirma bla o`n (30), eki yiyirma (40), boshqird tilida dѳrt bish (20), eki ostik (6), uch otuz on yashi olsun (yuzga kirsin), ikki elli yasha (100 yasha) kabi tizimlariga ham ega.
Olmoshlar ma’no jihatidan boshqa mustaqil so`zlardan ma’lum darajada farq qiladi. Ular predmet, belgi va miqdor ma’nolarini to`g‘ridan to`g‘ri ifodalamay, boshqa predmet, belgi va miqdor tushunchalari bilan ifodalaydi. Olmoshlar asli mavhum ma’no ifodalovchi so`zlar kategoriyasi bo`lib, uning ma’nosi faqat nutq jarayonida konkretlashadi. Shunga ko`ra ular mustaqil ma’noli so`zlar kabi shaxs, predmet, belgi, miqdorni bildirmay, ba’zan ular o`rnida almashinib qo`llanadi, qandaydir yo`l bilan ularga ishora qiladi, o`rni bilan ularning o`rinbosariga aylanadi.
Demak, olmoshlar nutqda ot, sifat, son o`rnida qo`llanadigan va xuddi shu tarkumlardan maxsus so`z yasovchi qo`shimchalari mavjud emasligi bilan farqlanadigan so`z turkumidir. Ana shu xususiyatlari jihatidan olmoshlar barcha turkiy tillarda o`zi almashadigan boshqa turkumdagi so`zlar bilan turlanish paradigmasi va ayrim grammatik ko`rsatkichlari bilan deyarlik bir xildir.
Masalan:




o`zbek

turk

turkman

Bosh kelishik

shu

bu

ol

Qaratqich k.

shuning

bunun

onuң

Tushum k.

shuni

bunu

onы

Jo`nalish k.

shunga

buna

ona

O`rin-payt k.

shunda

bunda

onda

Chiqish k.

shundan

bundan

ondan

Shunga qaramasdan, baribir, olmoshlar tuslanish paradigmasi va boshqa ayrim xususiyatlariga ko`ra o`z mustaqilligiga ega, kelib chiqishi jihatidan ham ancha munozaralidir. Bu, ayniqsa, ayrim ko`rsatish va qisman kishilik olmoshlarining turlanishi va turlanish jarayonidagi o`zgarishlarda ko`rinadi. Qiyoslang:


ozarbayjon. bu (bun-), oltoy. bu (min-), boshqird. bil (bin-), karaim. bu//bul (-bun), qumiq. bu (mun-);
boshqird. ul (un-), qirg‘iz. al (an-), o`zbek. u (un-), xakas, shor. ol (an);
chuvash. ebe (men – manna – menga, manran – mendan), eze – sen, (san, sana – senga, sanran – sendan), val – u (un, әn), ebir – biz, ezir – siz;
yoqut. bu (man: maniaxa – bunga, mani – buni, mantan – undan), ol (on: onuoxa – unga, onu – uni, onton – undan), subu – ushbu (saman: samaniaxa – ana shunga, samani – ana shuni, samantan – mana bundan) kabi.
Misollardan ko`rinadiki, chuvash va yoqut tillaridagi ko`rsatish olmoshlarini hisobga olmaganda boshqa barcha turkiy tillardagi ko`rsatish va kishilik olmoshlari turlanishidagi -n- undoshining ortdirilishini har xil izohlash mumkin:
1) ko`rsatish olmoshi o`zagi tarkibidagi oxirgi undosh (ol) va kelishik qo`shimchasi tarkibidagi birinchi undosh to`liqsiz assimilyatsiyasidan: ol+da > onda kabi;
2) olmosh o`zagi bilan qo`shimchalar o`rtasidagi morfologik qayta bo`linishdan: men+ning > mening kabi;
3) analogiya natijasida. Ma’lumki, ko`rsatish va kishilik olmoshlari tarixan bir leksik – grammatik guruhni tashkil qilgan. Shunga ko`ra, ko`rsatish olmoshi ol+kelishik qo`shimchasi birikishida -n- undoshining paydo bo`lishi analogiya natijasida boshqa shu kabi qo`shilishlarda ham shakllangan bo`lishi mumkin.
Shu kabi xususiyatlarini hisobga olgan holda olmoshlarni semantik va funksional (vazifaviy) jihatdan 7 turga ajratiladi.
Kishilik olmoshlari ot xarakteridagi olmoshlar bo`lib, semantik jihatdan ular asosan shaxs ma’nolarini, ba’zan ko`rsatish ma’nosini ham (III shaxs birlik, hamda ko`pligi u//ol) anglatadi va otlar kabi grammatik belgilarga ega bo`ladi, otlar bajargan sintaktik vazifalarni bajaradi.
Kishilik olmoshlari deyarlik barcha turkiy tillarda bir xil:
ozarb. mәn, sәn, o, biz, siz, onlar;
oltoy. mәn, sәn, ol, bes (bistәr), sler, olor;
boshqird. min, sin, ul, bis, his, ular;
qozoq. men, sen, ol, biz, (bizder), siz (sizder), olar;
q.qalp. men, sen, o, biz, siz, ola (r);
qirg‘iz. mәn, sәn, al, biz, siz, ala (r);
q.balqar. men, sen, o(l), biz, siz, ala(r);
qumiq. men, sen, oа, biz, siz, olar//alar;
tuva. men, sen, ol, bis, (bistәr//bistәrlәr), silәr (silerlәr), olar (olerlar);
turk. bәn, sәn, o, biz, siz, onlar;
o`zbek. men, sen, u, biz (dial. bizlәr//bizlә//bizә), siz (dial. silәr//silә//sizәr//silә) ular (ulә);
uyg‘ur. mәn, sәn, u, biz (bizlәr, silәr, ular);
xakas. min, sin, ol, pis, sirar, olar;
chuvash. ebe (dial. ep//yep), eze (dial. es//yes), vәl (dial. vu, u, ul, vo, o, ol), ebir (dial. ibir), ezir (dial. izir), vezem (dial. uzem//ozem//ezem);
shor. men, sen, ol, pis, sler, ilar.
Umumturkiy kishilik olmoshlaridan faqat yoqut tili III shaxs birlik va ko`plikdagi olmoshlari farqlanadi. Qiyoslang: min, en, kihi, bihigi (bihi), ehigi (ihigi, ihi), kihiler. Bundan tashqari yoqut tilida I, II shaxs ko`plik olmoshlari boshqa turkiy tillardan farqli holda igi shaklida qo`llanadi.
Fe’llar otlar kabi qadimturkiy, chunki ular turkiy tillarning paydo bo`lish davrlaridan boshlaboq, o`zlarining grammatik qurilishi jihatidan eng taraqqiy qilgan so`z turkumlaridan biri bo`lgan: uch zamon ma’nosini anglatadigan fe’l zamonlari tizimiga, faqat fe’l yasash uchun xoslangan so`z yasovchi affikslariga, fe’llarni otlardan farqlantiradigan bo`lishsizlik-inkor shakllariga, turli fe’l nisbatlarini shakllantiruvchi grammatik ko`rsatkichlari va grammatik modallikni anglatuvchi mayl turlariga ega bo`lgan.
Shunga qaramay, turkiy tillar tarkibidagi dad (ozarb.), va tat (qirg‘iz) so`zlarining ham ta’m, ham tatimoq ma’nosidagi qat (oltoy) so`zining ham qator, ham qatlamoq ma’nosidagi, qari (shor) so`zining ham keksa, ham qarimoq ma’nosidagi omonimik juftlarga ega bo`lishi ko`pgina turkshunos olimlarning bu kabi so`zlarga hali ot va fe’l sifatida to`la differensiyalashmagan “ibtidoiy rilekt” sifatida qarashiga sabab bo`lgan.
Haqiqatdan ham qadimgi va hozirgi turkiy tillarda ayrim so`zlarning ham predmetlik, ham hurmat ma’nosini anglatishiga qarab, bu so`zlarni hali yetarli differensiyalashib ulgurmagan ot va fe’llarning “ibtidoiy rilekt”lari deyish mumkinmi, degan savol qo`yiladigan bo`lsa, bu savolga to`la ishonch bilan yo ijobiy yo salbiy javob berish qiyin.
Turkiy tillar qiyosiy grammatikalari mualliflaridan B.A.Serebrennikov, N.Z.Gadjievalar o`zlarining hozirgacha turkiy tillar qiyosiga bag‘ishlangan yagona “Sravnitelno-istoricheskaya grammatika tyurkskix yazыkov” (“Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi”, –M., 1986, 147 bet) asarida bu haqda yaxshi fikr beradilar. Ular yozadiki, ayrim olingan birorta so`z ayni paytda ham fe’l, ham ot ma’nosini anglatishiga ishonish qiyin, bir so`z turli turkumlarning qo`shma, kompleks ma’nosini anglatishini tasdiqlovchi fikrlar xato, chunki har bir til birligi o`zining aniq va qat’iy chegaralangan harakat doirasiga ega, masalan, ozarbayjon tilidagi jabыq (ozmoq), jabыq (ozg‘in) so`zlari shaklan bir xil bo`lsa ham, birinchisi faqat fe’l doirasida, ikkinchisi esa faqat sifat doirasida qo`llanib, fe’l va sifatga xos o`zgarishlarga ega bo`ladi. Ular tarkibidagi -(ы)q affiksi ham kelib chiqishi jihatidan har xil: birinchi holatda -(ы)q harakatning takrorini anglatuvchi arxaik affiks bo`lsa, ikkinchi holatda arxaik ravishdosh shaklidir.
Fe’llar tarikibiga ko`ra tub va yasama bo`ladi.
Tub fe’llar faqat o`zak morfemadan iborat bo`lgan so`zning bosh, asosiy ma’nosini tashuvchi qismi bo`lib, qadimturkiy va hozirgi turkiy tillar fe’l o`zaklari haqida mashhur turkshunos olimlar V.V.Radlov, N.F,Katanov, V.Kotvich, Ramstedt, N.A.Baskakov, L.N.Xaritanov, B.Yunusaliev va boshqalar tomonidan qimmatli fikrlar aytilgan.
Turkiy tillarda tub fe’llar u qadar ko`p emas. Turkiy tillardagi mavjud o`zak fe’llarni tovush tarkibiga ko`ra asosan VS (ich, il, os, uch, uz kabi) SV (faqat de, je), SVS (bil, bit, kel, ket kabi) tovushlarning birikishidan tarkib topgan bo`lib, ma’lum darajada VSV (isi, ula, uyu kabi), VSS (faqat ort, elt), SVSV (sava, tala, tira), SVSS (sanch, qirq, yanch) kabi tovushlarning qo`shilishidan hosil bo`lgan fe’llar ham uchraydi.
Fe’l o`zaklar tarkibidagi unli va undosh tovushlarning ishtirokiga ko`ra ham o`ziga xos xususiyatlariga ega. Masalan, o`zbek tilida fe’l o`zak so`z boshida v, l, r, f, x, g‘ undoshlari hech uchramaydi, a unlisi faqat ay (ayt), g undoshi faqat gez, gom, z faqat zerik, m faqat ma, min, p faqat pis, pich o`zaklarida uchragani holda, tub fe’llar oxirida b, d, j, f, x, h undoshlari hech qatnashmaydi.
Tub fe’llarning yana tarkibiy tahlili shuni ko`rsatadiki:
1) Hozirgi tillarda tub fe’l deb qaraladigan o`zak fe’llarning katta qismi ot (buta, tusa, ata kabi), taqlidiy so`z (do`ki, sila, to`qi, cho`qi, g‘aji kabi), undov (hayda, hayiq kabi) va boshqa turkumlardan kelib chiqqan;
2) yur//jur, jil, jir, joy, jar, yirt, yoz, jit kabi fe’llardagi semantik aloqadorlik bu fe’llarning tovush almashinishi natijasida bir o`zakdan tarqalganligidan darak beradi;
3) zerik, yo`tal, daydi kabi fe’llarning tarkibini aniqlash qiyin.
Fe’llar sintetik va analitik usul bilan yasaladi. Sintetik usul fe’l yasashning eng faol usulidir.
Affiksatsiya usuli bilan boshqa turkumlardan fe’l yasash so`z yasashning eng qadimiy usullaridan biri bo`lib, ularning tarixi mo`g‘ul va tungus-manchjur tillari so`z yasalishi bilan aloqadordir.
Hozirgi turkiy tillardagi fe’l yasovchi affikslarning deyarlik ko`pchiligi qadimturkiy xarakterga ega bo`lib, garchi ba’zilari hozirgi tillarda arxaiklashgan bo`lsa ham, ot, sifat, son, undov va taqlidiy so`z asoslariga qo`shilib, fe’l leksik qatlamini boyituvchi barqaror affikslardir.
Fe’l yasovchi mahsuldor affikslarning ko`pchiligi ko`p ma’nolidir, yasalmalarning ko`p ma’noliligi faqat yasovchilarning ma’nosi bilan emas, yasaluvchi asoslarning ma’nosi bilan ham bog‘liq. Shu bilan birga fe’l yasovchi har bir affiks o`zining qat’iy so`z yasash modeliga ega.
-la//-le affiksi hamma turkiy tillarda eng sermahsul affiks bo`lib, ko`p variantlidir: tuva. -na//-ne, -ta//-te, -da//-de: yoqut. laa//-lee, -loo//-lѳѳ, -taa-tee, -too//-tѳѳ, -daa//-dee, -naa//-nee va b.
-la//-le affikslari ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va taqlidiy so`zlarga qo`shilib turli ma’nodagi fe’llar yasaydi:
a) o`zak ifodalangan predmet vositasida yuzaga kelgan harakatni: boshqird. utekla (utyugla);
b) o`zak ifodalangan holat xususiyatiga ega bo`lgan harakatni: oqla, yaxshila kabi.
Misollar: ozarbayjon. ayag‘la, karaim tisla, qorachoy-balqar. aqla, o`zbek. baltala, tatar. tozla, tuva. shayla (choyla), turkman. nag‘ыshla (naqщla), xakas. tayg‘ala (taygaga bormoq), chayla (yozla), qozoq. tiңda, tuva. diңna, xakas. palixta, o`zbek. o`nla, qorachoy-balqar. borkulda, no`g‘ay. uvilda, turk. chaңirda, turkman. lag‘irda, chuvash. shaңarda, o`zbek. qursha, yumsha va boshqalar.
-a affiksi ot, sifat, ravish, taqlidiy so`zlarga qo`shilib o`zak ifodalangan ma’nolarga ega bo`lgan harakatni anglatadi: boshqird. yira (kuyla), karaim. bosha, tatar. busha, o`zbek. bo`sha, tuva, xakas. ada (ata), turkman. oyna, turk. qapa (yopmoq), yoqut. iaraa (og‘irla), ahaa (ye), kihaa (qishla), turk. kana, yasha, qumiq. sana, qoraqalpoq. ota, tune va boshqalar.
-ir//-ur affiksi: ozarbayjon. asg‘ir, tupur, boshqird. ukir, fishg‘ir, gagauz. ansir, xinchkir, qozoq. kekir, hiskir, karaim. qichxir, shaqir, pыchxir, kekir, qirg‘iz. ishkir, qiyqir, tatar. poshkir, qishqir, xakas. xatxir (xo-xola), shor. qiyg‘ir kabi;
-ы//-i affiksi: o`zbek. boyi, ozarb. berki, avru (og‘ri);
-qa//-kә affiksi: tatar. shaoyqa, qozoq. shayqa, o`zbek. chayqa, ozarbayjon. chalxa, turkman. chalg‘a (qo`zg‘amoq);
-g‘ala//-qala affiksi: kilgala (kelmoq), tatar. yaozg‘ala (yozishmoq), turkman. durtkula;
-qan//-kan affiksi: qozoq. sesken, qыzg‘an;
-qar//-g‘ar affiksi: no`g‘ay. suvg‘ar, oltoy. suurg‘ar, uyg‘ur. sug‘ar, xakas. suvg‘ar, qozoq. shijg‘ir (qovurmoq), tatar. qitqar (qutqarmoq);
-qaz//-g‘az affiksi: o`zbek. o`tkaz, yurg‘iz;
-qыr//-g‘ir affiksi: ozarbayjon. hichg‘ar, karaim. kichxar, no`g‘ay, tatar. sizg‘ir (ishqir), turkman. pыshg‘ыr, tatar. pыshg‘ыr;
-ыq//-ik affiksi: o`zbek. birik, kechik, qozoq. tinik, chuvash. sarix, karaim. savux, qozoq. tatq (chaynamoq);
-ala//-әlә affiksi: ozarbayjon. govala (quvlamoq), turkman. sepele (sepmoq), turk. chisele (sovumoq);
-al//-әl affiksi: gagauz. kыsal (tartibga solinmoq), turkman. azal (ozaymoq), garal (qoraymoq), ozarbayjon. daral (tiqilmoq), sag‘al (sag‘aymoq), turk. azal (ozaymoq), chuvash. xural (qoraymoq);
-ыl//-il affiksi: ozarbayjon. kartil (kemtilmoq), qozoq. suv’l (qurimoq), kechil (kechirmoq);
-ma//-me affiksi: qozoq. qarma (ushlamoq): tatar. tыrma (qashimoq);
-mala//-mәlә affiksi: xakas, chuvash. chulmala (yulmala), qozoq. siqmala (siqmoq);
-msa//-msira affiksi: xakas. kulumsira, tatar. kyolemsira, shor. kulimzire, oltoy. kulumzire;
-na//-nә affiksi: ozarbayjon. gыsna (qismoq), tatar. kaoyna, o`zbek. yig‘na;
-ar//-әrtыr//-ir affiksi: ozarbayjon. yashar, no`g‘ay. koger, qozoq. jaңar, qыsqar;
-sa//-sә affiksi: tatar. susa, qozoq. susa, tuva. suqsa, bijikse (yozmoq);
-sыra//-sira: uyg‘ur. qapsire, o`zbek. suvsira, gumonsira va b.
Analitik usul bilan fe’l yasash qadimturkiy tillarda ham, hozirgi turkiy tillarda ham kam uchraydigan holat. Deyarlik hamma turkiy tillar grammatikalarida qo`shma fe’llar deyilganda, fe’lning analitik shakli – to`liqsiz va ko`makchi fe’llar vositasida tuzilgan ot+fe’l va fe’l+fe’l qo`shilmalar ko`zda tutilgan. Bunday fe’llar yangi ma’nodagi fe’llar emas, balki harakatning takrorini, davomliligini, uzluksizligini, harakatning yuz berishidagi boshqa turli holatlarni anglatadi.
Misollar:
-qil//-qыl//-qul fe’li: bay qil, yoq qil, shart-shurt qil;
bol fe’li: tamam bol, yoq bol, kerek bol, tutgun bol;
tut fe’li: koz tut, qulaq tut;
kel fe’li: tatar. barasim kile, chuvash barg‘um kile, aldag‘usu kelet;
yet fe’li: cherig it, tag‘ it;
ber fe’li: arqa ber, boyun ber, alqush ber, bag‘ir ber;
kor fe’li: yaqshi kor;
ayrim hollarda fe’lning o`zidan juft va qo`shma sifatlar yasalishini ayrim turkiy tillarda uchratish mumkin: ashaye, bishkes, alu ber va b.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin