Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə8/33
tarix20.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#165515
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Qiyosiy grammatika UMK

Yer

Osmon

Havo

Daraxt + ning kabi

Odam

Parranda

Hayvon

Q.kelishigi


Grammatika tilning grammatik qurilishi – grammatik tizimi sohasida bahs yuritadigan fandir. So`zning grammatik tizimi deyilganda, so`zning har bir grammatik ma’nosi, grammatik ma’noni shakllantiruvchi grammatik forma (shakl)lar, ana shu shakllar asosida grammatik ma’noni yuzaga chiqaruvchi grammatik ifoda usullari hamda bir turkumdagi (so`zlar turkumi emas, bir turkumdagi grammatik ma’nolar guruhi) grammatik ma’nolarni umumlashtiruvchi grammatik kategoriyalar ko`zda tutiladi.


Til qurilishining shu kabi xususiyatlari grammatikaning morfologiya va sintakis qismlarida o`rganiladi.
So‘zning morfologik tarkibi. Turkiy tillar morfologik tipologiyasiga ko`ra agglyutinativ (lat. agglutinare – yopishtirmoq, tirkamoq) tillar bo`lib, so`zning turli grammatik shakllari so`z negizlariga ma’lum qo`shimchalarni izchillik bilan qo`shish orqali hosil qilinadi. Shunga ko`ra turkiy tillardagi so`zlarning morfologik tarkibi o`zak va qo`shimcha morfemalardan iboratdir.
Barcha agglyutinativ tizimdagi tillar kabi turkiy tillarda ham so`zning asosi barqaror tovushlar kompleksiga ega bo`lgan semantik birliklar bo`lib, ular narsa va hodisa, voqea va hodisa, belgi va xususiyat, harakat va holat, miqdor kabi tushunchalar hamda ular o`rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Qo`shimchalar esa fonetik jihatdan asos tarkibidagi tovushlarning sifatiga ko`ra barqaror tovushlar tarkibiga ega emas, o`zgaruvchan, ko`p variantli bo`lib, o`zi alohida semantik mustaqilligiga ham ega emas. Har qanday qo`shimchaning ma’nosi asos bilan birgalikdagina konkretlashadi.
Turkiy tillardagi so`zlar asosi va qo`shimchalarga berilgan bunday ta’rif har vaqt ham to`g‘ri kela bermaydi, chunki ayrim turkiy tillarda so`zlar tarkibi morfologik bo`linishiga ko`ra boshqacharoq ham bo`lishi mumkin. Masalan, tatar tilida miңa < min-ga; xakas. palii < palыx+ы, oynir < oyna+ar; tuva. ooң < ol+nuң, oon < ol+dan, ap < al+ыp; o`zbek. mening < men+ning, sening < sen+ning kabi.
Turkiy tillarda yuqoridagi kabi ayrim holatlarni hisobga olmaganda, so`zning tarkibi boshqa tizimdagi tillarga nisbatan osonlikcha o`zak va qo`shimcha morfemalarga ajratiladi: ish+chi, ish+chan, ish+siz, ish+lar, ish+ga, ish+dan kabi.
So`zning bosh, asosiy leksik ma’nosini tashuvchi qismiga so`zning o`zagi deyiladi. Ishchi, ishchan, ishsiz, ishlar, ishga, ishdan so`zlarining o`zagi ishdir.
So`zning qo`shimcha ma’no beruvchi qismlari affiks morfemalar deyiladi. Affiks morfemalar anglatadigan semantik-grammatik ma’nolariga ko`ra uch turga bo`linadi.
1. So`z yasovchi morfemalar.
2. Shakl yasovchi morfemalar.
3. So`z o`zgartiruvchi morfemalar.
So`z yasovchi affikslar so`z negizlariga qo`shilib, undan yangi leksik ma’no anglatuvchi so`zlar hosil qiladi. Masalan, tuva tilidagi -chi (-chi//-chы, -chu//-chү, -ji//-jы, -ju//jү) affiksi so`z yasovchi affiksdir. Ish+chi, aң+chы (ovchi), tudug‑ju (quruvchi), sadыg‑jы (sotuvchi) kabi.
Shakl yasovchi affikslar so`z negizlariga qo`shilib, uning asosiy, bosh ma’nosini o`zgartirmagan holda unga qo`shimcha ma’no beradi, uning shaklini (shaklini) o`zgartiradi. Hamma turkiy tillardagi -lar affiksi shakl yasovchi affiksdir.
Masalan: o`zb. uylar, dalalar; turkman. -lor//ler: gushlar (qushlar), gѳzlѳr (ko`zlar); uyg‘ur. -lar//o-lә(r): qushla(r), uyla(r); oltoy. -lur//-lir: aldalur (hayvonlar), karlar (qorlar); boshqird. -dar//der//dәr: quldar (qullar), sѳzder (so`zlar), qәrdәr (qorlar) kabi.
So`z o`zgartiruvchi affikslar so`z negizlariga qo`shilib so`zning bosh ma’nosini ham, shaklini ham o`zgartirmasdan unga grammatik ma’no beradi va so`zlar o`rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Otlardagi turlovchi qo`shimchalar va fe’llardagi tuslovchi qo`shimchalar (shaxs-son) so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalardir.
Masalan, I shaxs ko`plikdagi egalik qo`shimchasi -miz (-bыz//biz, -bыt//bit, -mыz//miz, -vыz//-viz, -vыs//vis) tatar. yulibiz; qumiq. atыbыz; yoqut. uolbыt (o`g‘limiz); uyg‘ur. ag‘amiz; o`zbek. kitobimiz kabi.
So`zning har qanday morfologik qo`shilishi uchun asos bo`lgan qismiga negiz deyiladi. So`z negizlari affiks morfemalarning xarakteriga ko`ra uch xil bo`ladi:
1. Leksik negizlar.
2. Morfologik negizlar.
3. Sintaktik negizlar.
So`z yasovchi qo`shimchalarning qo`shilishiga asos bo`lgan negizlar leksik negizlar deyiladi.

ozarb.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin