Nazariy qism: Turli o`simliklar, hayvonlar va mikrob hujayralaridan, hujayra
komponentlaridan, to`qimalar ekstraktlaridan xilma-xil oqsil preparatlari ajratib olingan.
Organizmning turli a’zo va to`qimalarida o`ziga xos oqsillar uchraydi. Har xil turga mansub
o`simlik va hayvonlarning oqsillari ham bir-biridan farq qiladi, umuman oqsillarning turga
xosligi tabiat qonunidir. Hujayra tarkibidagi DNK va RNKning umumiy miqdori uning
funkstional holatiga bog`liq bo`ladi. Masalan, urug` hujayralari (s’ermatozoidlar)da DNK
hujayra quruq massasining 60% ini, ko’pchilik hujayralarda 1-10, muskullarda esa 0,2 %
bo`ladi. ‘NK ning miqdori esa odatda, DNK ga nisbatan 5-10 marta ko`proq bo`ladi. Jigar,
oshqozon osti bezi, embrional to`qimalar kabi faol ravishda oqsil sintezlovchi to`qimalarda
RNK/DNK nisbati 4 dan 10 gacha bo`ladi. Ajratib olingan va tozalangan DNK va RNK
maxsus sharoitda kislota (DNK) va ishqor (RNK) bilan gidrolizlanadi; ko’pincha gidroliz
polinukleotidlardagi fosfodiefir bog`larini uzadigan maxsus fermentlar – nukleazalar
ishtirokida boradi. Nuklein kislotalarning fosfodiefir bog`lari gidroliz qilinganda ularning
struktura monomerlari – azotli asos, pentoza va fosfat kislota qoldiqlaridan iborat
mononukleotidlar ajralib chiqadi. DNK molekulasida purin asoslarining molyar soni
pirimidin asoslarining molyar soniga teng bo’ladi. DNK molekulasi har bir tur uchun spetsifik
harakterlanadi. DNK asosan yadroning asosiy moddasi hisoblanadi.
Darsning maqsadi: Piyoz gomogenatini tayyorlash, DNKni etanol tasirida cho’ktirish va
DNKni eritmadan ajratib olish usullari bilan tanishish.
Kerakli asbob: shisha qum; xovoncha; mufel pech; tarozi; shisha voronka; martalik
qog‘oz salfetka; yog‘och tayoqcha; shisha stakan, kimyoviy probirkalar.(23-rasm)
24-rasm
Reaktivlar : ohak; etanol; 5% NaCl; etil spirti yoki izopropilen spirti muzlatilgan holda,
hech bo’lmasa yuzi muzlatilgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir; disstillangan suv.
Biomateriallar: piyoz.
Ishning bajarilishi:DNKni ajratish. O’tkaziladigan tajriba
yordamida qurollanmagan ko’z bilan nuklein kislotalarni
ajratishning oddiy va tezkor usuli amalga oshiriladi.
10-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Piyozdan DNK ni ajratish
Piyozdan DNK ni ajratish: Ishni bajarish tartibi.
1.Taxminan 20 gramm sariq piyozni kesib oling.
2. Va taxminan 20 gramm kislota bilan yuvilgan qum va ohak qo’shiladi.
3. Mayda Shilimshiq holatga kelguncha maydalanadi.
4. 10 gramm NaCl ni tortiladi. 100 ml suvda tuzni eritib oling. Piyoz gomogenati bilan
stakanga 30 ml eritma qo'shing. 60
o
C haroratda 5 daqiqa davomida aralashtiring.
5. Doka yordamida suyuqlik qismi filtratdan ajratib olinadi.
6-Etanolni
stakanning yon
tomonidan asta-sekin
quying. Shunda
hujayra ekstrakti
eritma ustki
qatlamiga chiqadi,
DNK eritma tagigiga
cho’kmaga tushadi.
6.
Eritmadan DNKni chiqarib olish
uchun
aralashtiruvchi
tayoqchadan
foydalaning.
Tayoqcha eritma cho’kmasida sekin
buraladi. Ehtiyot bo’ling suvli va etanolli
qismlarni aralashtirib yubormang.
7.
DNKni
95%
etanol
bo'lgan
probirkaga o'tkazing.
Nazorat uchun savollar.
1.Hujayra tarkibidagi DNK va RNKning umumiy miqdori nimaga bog`liq bo`ladi?
2.Tajriba bajarishda DNK nimalardan ajratib olinib o’rganiladi?
3. DNK miqdori qaysi hujayrada ko’p miqdorda uchraydi?
4.DNKni ajratib olishda spirtning necha foizli eritmasi kerak?
Topshiriqlar:
1.Probirkalardagi eritmalar rangining o‘zgarishini kuzating va jadvalga yozing.
2.Ishni bajarib, xulosangizni daftarga yozing.
Dostları ilə paylaş: |