«turon-iqbol»


LAHIM O‘TUVCHI HOMBAYN VA HOMPLEHSLAR



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə5/10
tarix12.03.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#87462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-maruza

LAHIM O‘TUVCHI HOMBAYN VA HOMPLEHSLAR


4.1. UMUMIY MA’LUMOT VA TASNIFI


Lahim o‘tuvchi kombaynlar yerosti lahimlarini o‘tishni mexani- zatsiyalashda ishlatilib, kamida ikkita: tog‘ jinsini massivdan ajratib olish va uni transport vositasiga yuklash jarayonini bajaradi. Yerosti lahimlarini kombaynlar yordamida o‘tish istiqbolli usul bo‘lib, unda katta tezlik bilan lahim o‘tish ta'minlanadi va ishlar maksimal mexanizatsiyalanadi, ishni ancha soddalashtiradi va ishchilarning mehnatini xavfsizlantiradi. Lahim o‘tish jarayoni uzluksiz amalga oshiriladi, shuning uchun ishchilarning mehnat unumdorligi portlatib o‘tganga nisbatan 2—2,5 marta ko‘payadi. Bundan tashqari, yerosti lahimlarining mustahkamligi oshadi va ularni mustahkamlagichlar orqali mustahkamlash osonlashadi, chunki portlatilmagan lahim atrofidagi tog‘ jinslarining butunli- giga putur yetmaydi, lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi aniq shaklda olib boriladi. Lahimni kombayn bilan o‘tish nisbatan kam xarajat va arzon bo‘ladi.


Lahim o‘tuvchi kombaynlar maxsus kon mashinasi bo‘lib,
odatda, ma'lum ko‘ndalang kesim va shaklni o‘tishga chiqarila- di. Ular ishchi organlari, zaboy yuzasidan tog‘ jinsini buzib oluv- chi, ishchi organini zaboyga uzatuvchi mexanizm, yurish mexa- nizmi, yuklab-tashuvchi organi, tog‘ jinsini qamrab oluvchi va uni transport vositasiga qayta yuklovchi, kuch uskunalari, chang bostiruvchi va boshqaruv vositalaridan iborat. Lahim o‘tish kom- baynlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • ishlatish ko‘lamiga qarab — asosiy va yordamchi, tayyor- lov lahimlarni foydali qazilmadan, nokerak tog‘ jinsidan yoki ara- lash zaboydan o‘tuvchi;

  • o‘tiladigan lahim ko‘ndalang kesim yuzasining shakliga qarab — aylana, taqasimon, to‘g‘ri burchakli va trapetsiya shak- lida o‘tuvchi;

82
— zaboyga ishlov berish usuliga qarab — tanlab (uzlukli) ish- lov beruvchi va burg‘ilab (uzluksiz) ta'sir etuvchi. Asosiy belgi- laridan tashqari yordamchi konstruktiv belgilariga qarab ham turlarga bo‘linadi. Masalan, ishchi organining turiga qarab, qazib olingan tog‘ jinsini yuklash usuliga, yurish usuliga, olinadigan energiya turiga, quvvatiga qarab turlicha bo‘ladi. Zaboyni tanlab olib (uzlukli) kavlab o‘tuvchi kombaynlar, asosan, har xil tog‘ jinslarini alohida kavlab olishda va lahim yuzini hamda kesim yuzasining shaklini o‘zgartirish zarur bo‘lganda (uzluksiz) qo‘lla- niladi.
Lahim o‘tuvchi kombaynlarning ishlash sharoitlari og‘ir: lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi kichikligi, kombayn o‘lcham- larini chegaralashi, har xil fizik-mexanik xususiyatlarda va har xil tog‘ jinslaridan chang chiqarishi, suvchanligi, suvning har xil ishqorligi, metanning har xil miqdorda chiqishi, har xil yerosti bosimli lahimlarda ishlashi, kombayn qismlarini yetkazib berish- ning qiyinligidan ularni yig‘ish hamda texnik xizmat ko‘rsatish- ning qiyinligi shular jumlasidandir. hundan kelib chiqib, lahim o‘tuvchi kombaynlariga qo‘yiladigan umumiy talablardan tashqari uning alohida (ishchi organi, yuklash qurilmasi, yuritmasi va boshq.) qismlariga maxsus talablar qo‘yiladi. Bunday talablar- ga: lahim o‘tuvchi kombaynlarni nisbatan keng ko‘lamda qo‘l- lashni ta'minlash; katta unumdorlikda lahim o‘tish jarayonlari- ni to‘la mexanizatsiyalash; lahimni berilgan yo‘nalishdan og‘ma- ganligini tekshirish mumkinligi; kombayn yordamida o‘tilayotgan lahim zarur bo‘lgan ko‘ndalang kesimda va mustahkamlashga qulay shaklda bo‘lishi; kombaynning hamma qismlari boshqa- rishga va texnik xizmat ko‘rsatishga qulay, ishlatishda ishonchli bo‘lishi, kombaynda chang bostirish qurilmasining bo‘lishi, u kon atmosferasi changini sanitar me'yorlarda ushlashi va bosh- qalar kiradi.
Keyingi vaqtda kon sanoatida har xil lahim o‘tuvchi kombayn-
lar qo‘llanilmoqda, lekin ularning hammasi tog‘ jinsini mexanik usul bilan buzishga mo‘ljallangan va qattiqlik koeffitsiyenti f ≤ 5 bo‘lgan ko‘mir va yumshoq tog‘ jinslardan lahim o‘tishda qo‘lla- niladi. Ularning texnik tavsifi 8-jadvalda keltirilgan.
83
8-jadval

LAHIM O‘TUVCHI HOMBAYNLARNING TEXNIH TAVSIFI





O‘lchamlari



Kombaynlarning turi

MK—3M

YMY

MK—9P

YMM—2

YMM—3

«KapaFaндa 7/15»

ШБM—2M

TOP—72

Яcинobaтeц—2

Unumdorligi, t/min

(1,2)

(1,0)

(2,5)

1,8

(3,5)

(3,5)

1,5

3,4

4

Ishchi organining
turi

frezerli

plane-
tarli

rotorli
burg‘ilovchi

Lahimning
kesimi, shakli

har xil

taqasimon

dumaloq
taqasimon

Lahimning o‘tish- dagi kesimi, m2

5,3—
1,2

4—
8,2

7—
16

10—
18

9—18

84—
17

7,5

10,8

10,8

Yuritmasining quvvati, kVt
umumiysi

118

96

202

202

340

256

106,5

317

214

ishchi organiniki

32

22

41

41

82

80

75

204

160

Zaminga nisbiy bosimi, kgk/sm2

0,5

0,85

0,91

0,95

1,0

1,2—
1,5

tirgakli
qadamlovchi

Kombaynning yurish tezligi,
m/min

1,38

2,4

2

2

0,26—
4,6

0—1,2

0,15

yurmaydi

Massasi, t

10,8

10,0

31,2

33,0

40,0

47,0

40,0

85,0

78

4.k. LAHIM O‘TUVCHI HOMBAYNLAR ASOSIY QISMLARINING HONSTRUHSIYASI

Lahim o‘tuvchi kombaynlarning ishchi organlari tog‘ jinslari- ni buzishga va konstruktiv belgilariga ko‘ra ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: burg‘ilovchi (uzluksiz) va tanlab (uzlukli) buzuvchi. O‘z navbatida burg‘ilovchi ishchi organi: rotorli (bitta plan- shaybali, o‘qi mos planshaybali va parallel o‘qli) va planetarli, tekislik va fazoli xiliga bo‘linadi. Uzlukli ishchi organlari bitta tekislikda qo‘zg‘aluvchi (barli, koronkali va aralash) va ikkita tekislikda (bitta frezerli, ikkita frezerli, nurli, halqali, diskli va aralash ishchi organli) qo‘zg‘aluvchi bo‘ladi.


84
Uzluksiz burg‘ilovchi ishchi organlarining, uzlukli ishchi organ- laridan farqi, burg‘ilovchi ishchi organlar birdaniga butun zaboyga ishlov berib qazib o‘tadi, uzlukli tanlab olib o‘tuvchi ishchi organi esa zaboyning bir qismini burg‘ilaydi. Burg‘ilovchi rotorli ishchi organi har xil qattiqlikdagi ruda va ko‘mirlarni buzishda ishlatilib bitta yoki bir nechta planshaybalardan 1 tuzilgan, har bir planshay- ba o‘zining o‘qi 2 atrofida aylanadi va tog‘ jinsining bir qismini planshaybaning yuzasiga teng yuza bilan buzadi (34-rasm). Plan- shaybaning aylanish o‘qi o‘zining holatini kombayn korpusiga nisbatan o‘zgartirmaydi.
Kombaynlarning ishchi organlari yumshoq tog‘ jinslari, ruda va ko‘mir qatlamlaridan lahim o‘tganda keskich bilan, o‘rtacha qattiqlikdagi tog‘ jinslarida esa tishli yoki diskli sharoshka bilan jihozlanadi. Tog‘ jinsini buzuvchi asbobi har xil markali maxsus qattiq qotishma bilan qoplanadi. Keskichlar ishlash jarayonida konsentrik kesik 4 qirqadi, kesiklar orasida qolgan tog‘ jinsining butun qismi 5 maxsus moslama (yumshoq tog‘ jinslari uchun diskli pichoq, o‘rtacha qattiqlikdagilar uchun ponasimon va rolikli qula- tuvchi moslama) bilan buzib tushiriladi. Ishchi organ bilan tog‘ jinsining bir qismi qirqilib, qolgan qismi qulatilishi ish jarayonida energiyani ma'lum darajada tejab qolishga sabab bo‘ladi.
Rotorli ishchi organlari bitta planshayba bilan jihozlangan bitta o‘qli, bitta o‘qda o‘rnatilgan ikkita bir-biriga qarshi aylanuvchi planshaybali, o‘zaro parallel o‘qli, ikkita va undan ko‘p bir-biriga yaqin joylashtirilgan planshaybali bo‘lishi mumkin. Bitta o‘qli ishchi organlari bitta planshaybaga 1 ega bo‘lib, aylanish tez- ligi 5—10 ayl/min (34-rasm, a). Ko‘proq uch nurli planshaybali ishchi organi qo‘llanib, bunday kombaynlar zaboyga qadamlab uzatiladi, o‘tilayotgan lahimga ko‘ndalang kesim shaklini berish burmali frez yordamida amalga oshiriladi.
O‘qlari moslashtirilgan planshaybali ishchi organlari tashqi 1 va ichki S bir-biriga qarshi aylanuvchi planshaybadan tashkil topgan (34-rasm, b). Planshaybalarning o‘qqa 2 nisbatan o‘zaro qarama-qarshi aylanishi ularning reaktiv momentlarini muvo- zanatlashtirib, mashinaning ko‘ndalang yuza bo‘yicha mustah- kamligini ta'minlaydi.
Parallel o‘qli ishchi organlarga ikkita planshaybali 1 va S ishchi organlar kiradi (34-rasm, d). Ular 2 ta alohida o‘qda joylashtiril- gan, qarama-qarshi yo‘nalishda aylanadi, bu ularning ish jarayoni- ga ta'sir etuvchi reaktiv momentlarini muvozanatlashtiradi. Uchta
85

S4-rasm. Burg‘ilab ta’sir etuvchi kombaynlar ishchi organlarining sxemasi: a — bir o‘qli bitta planshayba; b — bir o‘qli ichki va tashqi planshayba; d — alo- hida uchta o‘qda joylashgan planshayba; e — ikkita o‘qda aylanuvchi planetar ishchi organi; f — ikkita tekislik va o‘qda aylanuvchi planetar ishchi organ.


planshaybali kombaynlar ham ma'lum, ulardan ikkitasi chetida 1


va S bitta tekislikda, uchinchisi 4 oldinga chiqarib o‘rnatilgan.
Planetar ishchi organli kombaynlar ko‘mir va nisbatan bo‘sh tog‘ jinslaridan lahim o‘tishda qo‘llaniladi va asboblarining bir vaqtda ikki va undan ko‘p tekislikda qo‘zg‘alishi bilan farq qiladi. Ular yassi bo‘lishi mumkin (34-rasm, e). Bu ishchi organida qir- quvchi asbobi 1 zaboyga parallel tekislikda qo‘zg‘aladi hamda bir vaqtning o‘zida o‘qlar 2, S atrofida va fazoda aylanadi, bularda qirquvchi asbobi 1 murakkab egrilikda, bir vaqtning o‘zida ikkita tekislikda o‘qlar 2 va S atrofida zaboy bilan doimo kontaktda bo‘lmay qo‘zg‘aladi.
Tanlab (uzlukli) ta'sir etuvchi ishchi organlar ish jarayonida bir va ikki tekislikda qo‘zg‘alishi mumkin, bitta tekislikda qo‘zg‘a- luvchilari gorizontal yoki vertikal tekislikda tebranadi. Konstruk- siyasiga qarab bitta tekislikda qo‘zg‘aluvchi ishchi organlar barli, koronkali va aralash bo‘lishi mumkin.
Barli ishchi organli kombaynlar ko‘mirdan va yumshoq tog‘ jinslaridan tayyorlov lahimlarni o‘tishda qo‘llanadi. Ularning asosiy elementi qirquvchi zanjiri 1 bo‘lib, u zaboy yuzasini qo‘po- rib tushiruvchi keskichlar 2 bilan jihozlangan (35-rasm, a). Kom- baynni zaboyga gusenitsa yordamida tebranuvchi ishchi organi uzatadi.
86

S5-rasm. Tanlab ta’sir etuvchi kombaynlar ishchi organlarining sxemalari: a — barli; b — tik yoki gorizontal o‘qlarda aylanuvchi diskli; d — koronkali; e — ikki frezerli; f — ko‘p nurli (лyueboй); g — halqali, trubali; h — diskli; i — aralash ishchi organli; j — bir necha barli aralash ishchi organ.


Lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi barli ishchi organining tebranish amplitudasi yoki ishchi organining o‘lchamlari yoki ik- kalasi orqali aniqlanadi. Barli ishchi organi bo‘lgan kombaynlar ish jarayoni ko‘p energiya olsa ham ma'lum kon-geologik sharo- itlarda yetarlicha samarador mashinadir.


Koronkali ishchi organli kombaynlar kameralarda qazish ishla- rida, shuningdek, tayyorlov va qirqma lahimlarni o‘tishda qo‘lla- niladi. Koronka 1 (yoki disk) vertikal yoki gorizontal asosga S o‘rnatilgan, ular qirquvchi keskichlar 2 bilan jihozlangan (35- rasm, d). O‘tilayotgan lahimning har xil o‘lchamda bo‘lishini har xil diametrli koronkalar yoki disklar sonini o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Aralash ishchi organlari barli va koronkali ishchi organlardan tashkil topgan.
Ikki tekislikda harakatlanadigan ishchi organlar bitta frezerli (bitta barabanli), ikki frezerli (ikki barabanli), nurli, halqasimon, diskli va aralash turlarga bo‘linadi.
87
Yrezerli ishchi organli kombaynlar konlarida ko‘proq ishlatiladi va aylanuvchi 1, yiqituvchi koronka mahkamlangan qo‘zg‘aluvchi dastakdan 2 tuzilgan (35-rasm, e). Koronka frez ko‘rinishida bajarilgan, kesishgan konuslar ko‘rinishida bo‘lib keskichlari S bor. Ish jarayonida koronka dastak yordamida vertikal va gorizon- tal yo‘nalishda harakatlanadi. Ba'zi lahim o‘tuvchi kombaynlar- ning ishchi organ (dastak)lari teleskopik uskuna 4 bilan jihozlana- di, bu ularning qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi va zaboyga mashinani qo‘zg‘atmasdan uzatishga erishiladi, bu yuqoriga qarab burg‘ilash- da muhim rol o‘ynaydi.
Ikki frezerli ishchi organlarda keskichlar S bilan jihozlangan va bitta dastakka 4 joylashtirilgan ikkita koronka 1 va 2 yoki ikkita dastakka ikkitadan koronka o‘rnatilgan bo‘ladi (35-rasm, e). Nurli ishchi organi ikki frezerli ishchi organiga o‘xshaydi, lekin barabanli frez o‘rniga nurli ushlab turuvchi 1 qo‘llangan. Ushlab turuvchi ikkala tomoniga qo‘zg‘aluvchi dastak S o‘rnatilgan
umumiy gorizontal aylanuvchi o‘qqa ega (35-rasm, f).
Halqasimon ishchi organ ichiga shnek 2 o‘rnatilgan quvurdan 1 iborat (35-rasm, g). Quvurning kengaytirilgan uchiga keskichlar S joylashtirilgan, ular aylanib zaboyda halqasimon kesik hosil qiladi. hnek massivdan ajratilgan tog‘ jinsini olib ketishga xizmat qiladi.
Diskli ishchi organlar olmos 2 yoki keskich bilan jihozlangan disk 1 dan iborat (35-rasm, h). Disk dastakda S aylanib, tirqish hosil qilib, pog‘ona ko‘rinishida tog‘ jinsi yoki ko‘mirni buzadi. Pog‘onalar maxsus buzuvchi yordamida qulatiladi.
Aralash ishchi organlar yuqorida keltirilgan bir nechta organ- lardan tashkil topadi. Masalan, bir tomonga aylanuvchi keskichlari 2 bo‘lgan qirquvchi halqa 1, qarama-qarshi tomonga aylanuvchi, teleskopik strelaga 4 joylashtirilgan uch nurli qurilma S dan iborat (35-rasm, i). Aralash qurilma, shuningdek, keskichlari 2, frezer diski S, buriluvchi rama 5, pastki o‘qi 4, tayanch konstruksiyasi 6 bo‘lgan bir nechta zanjirli bardan 1 iborat bo‘lishi ham mum- kin (35-rasm, j).
Lahim o‘tuvchi kombaynlarning yuruvchi organlari gusenitsali va qadamlovchi bo‘lishi mumkin. Gusenitsali yuruvchi organ ko‘p- roq qo‘llanib, mashinaning zaboyga yurishini, manyovr harakat- larini bajarishini va yerosti lahimlarida mashinaning yurishini ta'minlaydi. Gusenitsali yuruvchi organ elektr va gidroyuritma yordamida ishlaydi. Gidroyuritma mashina tezligini keng diapo- zonda, bir tekisda rejalashtiradi, unga katta zo‘riqish berib
88
bo‘lmasligi va bu zo‘riqishni gusenitsa bilan yo‘l o‘rtasidagi birikish koeffitsiyentiga bog‘liqligi gusenitsali yuruvchi organning kam- chiliklaridan hisoblanadi.
Qadamlash mexanizmi mashinani bosim ostida zaboyga uza- tib berishni, uning ta'sirida zaboyni samarali buzishni amalga oshiradi. Katta kuch ta'sirida o‘tilayotgan lahim devorlari butun- ligining qo‘llaniladigan tirgaklar kuchi ta'sirida buzilishi qadam- lab yurishining asosiy kamchiligidir. Qadamlovchi mexanizmga kuch to‘rtta gidrodomkrat (ikkita tirgakka va ikkita uzatuvchiga) orqali beriladi. Ish jarayonida tirgak domkratlari lahim devorla- ridan bo‘shatiladi va ular uzatuvchi domkratlarga qo‘zg‘almas baza bo‘lib xizmat qiladi.
Zaboyni ishchi organi bilan buzayotganda hosil bo‘ladigan re- aktiv aylantiruvchi moment ham tirgak gidrodomkratlar orqali qabul qilinadi. Uzatuvchi domkratlarning shtogi oxirigacha chiqazilganda, tirgak domkratlar bo‘shatiladi va shtogini chiqqan qiymatiga tor- tib oladi (yurish qadami). Keyin, yana tirgak domkratlar lahim devorlaridan bo‘shatiladi va qadamlash sikli boshidan qaytariladi. Zaboyda tog‘ jinslarini buzish jarayonida, yuklash va tashishda ma'lum miqdorda chang ajraladi. Changning miqdori 3000 mg/m3 gacha yetishi mumkin, bu kombayn va ishchilarning ishlashi uchun yo‘l qo‘yilmaydigan holni vujudga keltiradi. Chang bilan kurashish va chang miqdorining sanitar me'yorida bo‘lishi uchun shamollatish va zaboyga suv sepish qo‘llaniladi. Masalan, 4—5 mk chang bo‘lakchalari zaboydan havo orqali olib chiqiladi, changni so‘rib olish qurilmasi chang zarrachalarini so‘rib olib shlang orqali olib ketiladi. Changning 6—10 mk li zarrachalari
suv sepish usuli bilan bostiriladi.
Lahim o‘tuvchi kombaynlar asosan elektr energiya yordamida ishlatiladi. O‘zgaruvchi tok 380 V yoki 660 V kuchlanish orqali uzatiladi. Kombaynlarda qisqa tutashgan rotorli asinxron elektr dvigatellari portlashga xavfsiz holda qo‘llaniladi. Mashinani ishga tushirish va ishdan to‘xtatish mashinist yordamida kombaynning o‘zida turib boshqariladi. Hozirgi vaqtda lahim o‘tuvchi kombayn- larning unumdorligini oshirish nafaqat ishchi organlari konstruk- siyasini takomillashtirish hisobiga, balki yuritmasining quvvatini oshirish va mashina vaqti hisobiga amalga oshiriladi.
Lahim o‘tuvchi kombaynlarning yuklash qurilmalari zaboyni qulatilgan tog‘ jinslaridan tozalash vazifasini bajaradi. Yuklash qurilmalarining konstruksiyasi ko‘proq ishchi organining konst- ruksiyasiga bog‘liq, shuning uchun yuklash organi ishchi organidan
89
alohida mexanizm qilib, u bilan birgalikda yoki qayta yuklovchi kombayn konveyeri bilan qo‘shilgan holda chiqarilishi mumkin. Har xil fizik-mexanik xususiyatga ega bo‘lgan tog‘ jinslarini yaxshi tozalab olib yuklash, yuqori darajada qattiq va ishchan, shuningdek, ishchi organini maksimal unumdorligini yuklab ulgurish kabilar yuklash organlariga qo‘yiladigan talablarning
asosiylari hisoblanadi.
Yuklash qurilmalari qamrab oluvchi panjali, sidirgichli, barli, kovshli va shnekli bo‘lishi mumkin. Qamrab olib panjalari yordamida yuklab beruvchi mexanizm oxirgi vaqtda lahim o‘tuvchi kombaynlarda ko‘mir va boshqa tog‘ jinslarini yuklab berishda keng qo‘llanib kelinmoqda. U ikkita va to‘rtta qamrab oluvchi panja 1, qiya stol 2, qayta yuklovchi konveyer 4, krivoship-shatunli mexanizm S, yuritma va butun qurilmani ko‘tarib pastga tushi- ruvchi domkratlardan iborat (36-rasm, a).
Qamrab oluvchi panjali yuklash qurilmasining qulay tomoni uning yuqori unumdorliligi, ishda ishonchliligi va yuklovchi keng- ligini, kerak bo‘lganda, maxsus kengaytiruvchi qurilma orqali

S6-rasm. Lahim o‘tuvchi kombaynlar yuklash qurilmalarining sxemalari: a — qamrab oluvchi panjali; b — sidirgichli zanjir bilan jihozlangan bar; d — rotorda joylashgan kovshli; e — shnekli.


90
kengaytira olishidir. Asosiy kamchiligidan biri yuklanilayotgan tog‘ jinsi bir qismini panja orqaga yurganda qaytarishi va panjalarining qattiq tog‘ jinsi orasida qisilib qolishidir.
Sidirgichli yuklash organi o‘zida yuklash va tashish funksiya- sini mujassamlantiradi. U sidirgichning bir uchi bilan zanjirga qotirilib uni tarnov (жeлoб) orqali harakatlantiradi. Tog‘ jinsini qamrab, yuklab beradi va qayta yuklovchi konveyerdan yukning harakatini amalga oshiradi.
idirgichli yuklovchi qurilmaning afzalligi yuklash va tashish funksiyasini birga amalga oshirishi, konstruksiyasining soddaligi, kamchiligi aralash tog‘ jinslarini yuklashga yaxshi moslanmagan- ligi, nisbatan detallarining tez yedirilishi hamda FIK ning kichikligidadir.
Barli yuklash qurilmasi tekis bar 1, uning sidirgichli zanjiri 2, zanjirga bir uchidan mahkamlangan sidirgichi S dan iborat (36- rasm, b). Bar yuklash tekisligida 4 burilishi mumkin, tortuvchi zanjir bilan birga harakatlanuvchi sidirgich yukni qamrab olib qayta yuklovchi konveyer 5 ga ortib beradi.
Kovshli yuklovchi qurilma, odatda, burg‘ilovchi kombaynlarda ishlatiladi. Unda kovsh 1 rotorli ishchi organining gardishi 2 ga o‘rnatilgan bo‘ladi (36-rasm, d). Tog‘ jinsi yerdan kovsh orqali tozalab olinib maxsus teshikka S to‘kiladi. Burmali frezlar 4 tog‘ jinslarini lahimning markaziga surib beradi. Kovshli yuklash qurilmasining afzal tomoni konstruksiyasining soddaligi, maxsus yuritmasining yo‘qligida, kamchiligi esa nam tog‘ jinslarini yukla- ganda yopishib qolish hisobiga unumdorlikning kamayishida.
Shnekli yuklash qurilmalari tog‘ jinslarini yuklash bilan birga zaboyni buzib berishi ham mumkin (36-rasm, e). huning hisobiga yuklash kengligini va lahim ko‘ndalang kesim yuzasini ko‘paytirish mumkin. Bermali frezni shnegi bilan qamrab olinib, uzatib beril- gan tog‘ jinsi sidirgichli konveyer ostidagi yoki ustidagi listiga kelib tushadi.



    1. UZLUHSIZ BURG‘ILAB TA’SIR ETUVCHI ISHCHI ORGANLI HOMBAYNLAR

Uzluksiz burg‘ilab ta'sir etuvchi ishchi organli lahim o‘tuvchi kombaynlarga MK—8 kombayni misol bo‘la oladi. Bu kombayn tayyorlov lahimlarini o‘tishda, ko‘mirni va kamtirnovchi, qattiq- lik koeffitsiyenti f ≤ 4 bo‘lgan tog‘ jinslarini kavlab olishda ishla-


91

S7-rasm. MH—8 lahim o‘tuvchi kombayni.


tiladi. Kombayn ko‘ndalang kesim yuzasi 8—9 m2, qiyaligi 15˚ gacha bo‘lgan tayyorlov lahimlarini o‘tishda ham ishlatiladi (37- rasm). Kombayn planshaybali ishchi organidan 1 va 2, yuritma- sidan, kovshli yuklovchisidan S, bermali frez 4 va uning shnegi bilan gusenitsali harakat qilish organi 5, qirquvchi barabani 6, vertikal tirgov qurilmasidan 7, qayta yuklovchi konveyeri 8, chang so‘rib oluvchi qurilmasi, gidrosistema, elektr uskunalari va bosh- qarish sistemasidan tashkil topgan.


Kombaynning ishchi organi to‘rtta nurli tashqi 1 va ikkita nurli ichki 2 har xil tomonga aylanuvchi ikkita planshaybadan tuzilgan. Planshaybalarning har xil tomonga aylanishi ularning reaktiv mo- mentini muvozanatlashtiradi.
Planshaybalarda keskichlar 11 va 12 o‘rnatilgan kronshteyn- lar mahkamlangan, ular ishlash vaqtida tog‘ jinsi massivida kon- sentrik aylana shaklida qirqilgan kesik hosil qiladi. hu ishchi organiga maxsus konussimon parchalovchi 9 o‘rnatilgan, u ke- siklar orasida qolgan tog‘ jinsini buzib qulatib tushiradi. hunday qilib lahimning markaziy dumaloq qismi burg‘ilab o‘tiladi. Bermali frezlar 4 yordamida o‘tilgan lahimga taqasimon shakl beriladi. Qirquvchi barabanlar 6 bermali frez bilan ishchi organ oralig‘i- dagi buzilmagan ruda qoldig‘ini buzib beradi.
92
Buzib olingan tog‘ jinsi planshaybaga mahkamlangan to‘rtta kovshlar S bilan zaboy bo‘shlig‘idan olib chiqilib, lentali kon- veyerga 8 uzatiladi, so‘ngra o‘tilayotgan lahimda o‘rnatilgan trans- port vositasiga qayta yuklanadi. Kombayn gusenitsa 5 yordamida yuradi va zaboy tomonga 180 m/soat tezlik bilan suriladi.
Kombaynning birikish og‘irligini oshiruvchi maxsus tirgak qurilmasi 7 lahimning shipiga to‘rtta gidrodomkrat bilan tiralib zaboyga bosim kuchini oshirish uchun xizmat qiladi. Oldida hi- moya to‘sig‘i (shiti) 10 va chang so‘rib oluvchi sistemasining borligi mashinist ishlayotgan zonada chang miqdorini sanitariya me'yorida ushlab turishga yordam qiladi.
Alohida mexanizmlarining yuritmasi vazifasini bajaruvchi gidrosistema nasos stansiyasi, filtr, yog‘-moy baki va boshqa- rish pultidan tashkil topgan. Elektr yuritma, magnit stansiyasi, qiyalikni avtomatik tarzda rejalab turuvchi va yoritgichlar kom- baynning elektr qurilmalari hisoblanadi. Kombayn pult orqali boshqariladi.
Ishchi organlarining harakati planshaybalarining yuritmalari 1 va 2, ikkita elektr yuritmalari 11 dan simmetrik kinematik zan- jirli umumiy reduktor orqali amalga oshiriladi (38-rasm). Aylanish momenti mufta 12 va tishli uzatgich juftlari S, 4, 5, 6 hamda 7 orqali planetar reduktorning markaziy g‘ildiragi 8 ga uzatiladi. Markaziy g‘ildirak planshayba 1 ni aylantiradi va uchta satellitli

S8-rasm. MH—8 kombayni ishchi organining kinematik sxemasi.


93
shesternani 10, u satellit bilan tishlashgan tishli venesni 9 va u orqali ishchi organni, planshayba 2 ni aylantiradi.
MK—10 kombaynining konstruksiyasi va ishlatish maqsadlari xuddi MK—8 ga o‘xshaydi, lekin uning ishchi organi uchta plan- shaybali bo‘lib, kengroq lahimlarni o‘tishga mo‘ljallangan.
«Rcunoвameц» kombayni rotor tipidagi ishchi organiga ega bo‘lib, qattiqlik koeffitsiyenti f ≤ 8 bo‘lgan tog‘ jinslaridan kesim yuzasi 10,8 m2 bo‘lgan gorizontal lahimlarni o‘tishga mo‘ljallan- gan. Uning asosiy organlari ikkita planshaybali ishchi organi 1 va 2, bermali frezlari S, to‘sib turuvchi shit 4, siqib turuvchi gidrodomkratlar 5, qayta yuklovchi konveyer, gidrosistema, chang ushlab qoluvchi va boshqaruv pultidan iborat (39-rasm).
«Яcинobaтeц» kombaynining ishchi organi ikkita mos o‘qli diametri 2,72 m bo‘lgan ichki 1 va diametri 3,6 m bo‘lgan tashqi
2 planshaybadan iborat. Ikkala planshaybalar bir vaqtda elektr dvigatel 7 dan aylanma harakat oladi, tishli uzatgichlar 9, 10, 11 va 12 yordamida bosh reduktor 8 orqali birgalikda va alohida ishlashi mumkin.
Ichki planshayba umumiy uzatgichdan tashqari gidrosilindr 6
orqali zaboyga qo‘shimcha 0,1 m ga uzatilishi mumkin. Ishchi
S9-rasm. «Яcиhobaтeц_ kombaynining kinematik sxemasi.
94
organining bunday konstruksiyasi zaboyni bir vaqtning o‘zida va galma-galdan, avval ichki, so‘ngra tashqi planshayba orqali buzishi mumkin. Planshaybaga diskli ponasimon roliklar qotirilgan bo‘lib, ular orqali zaboy buziladi. Lahimning taqasimon ko‘ndalang ke- sim yuzasi bermali frez S yordamida hosil qilinadi. Bermali frezlar bosh yuritmadan reduktori 15—1S—14 orqali aylanma harakat oladi. Qulatib tushirilgan tog‘ jinsi zaboy oldidan tashqi planshay- bani kovsh orqali tasmali konveyerga, undan lahim o‘tishda qo‘l- langan transport vositasiga yuklanadi. Ishchi organini zaboyga qadamlash ikkita tayanch qurilmasi 5 yordamida va ikkita uzatgich gidrosilindrlar orqali amalga oshiriladi. Oldin gidrosilindr 5 ning tirgak shtoklari tortiladi va gidrosilindr oldinga uzatgich gidrosi- lindrlari 16 yordamida qo‘zg‘aladi. Undan keyin tirgakning gidro- silindr shtoklari joyidan chiqib (qo‘zg‘alib) boshmoqlar 18 lahim- ning devorlari 17 ga tiralib qo‘zg‘almas holatga keladilar. Uzatuv- chi gidrosilindrning ikkinchi bo‘shlig‘ida bosim tashkil qilinadi, tortish hisobiga kombayn asosiy qismini ishchi organlari bilan oldinga suradi, ya'ni zaboyga kuch bilan ta'sir qilaboshlaydi. Porshen qo‘zg‘alish uzunligini, ya'ni qadamlash masofasini o‘tib bo‘lgan tirgak silindrlarining shtogi yana tortiladi va sikl qayta- riladi.



    1. TANLAB TA’SIR ETUVCHI ISHCHI ORGANLI HOMBAYNLAR

Tanlab ta'sir etuvchi (uzlukli) ishchi organli kombaynlarga MK—SM rusumidagi kombaynlar kiradi. U har xil ko‘ndalang kesim shaklidagi, yuzasi 5,3—12 m2 bo‘lgan yerosti tayyorlov lahimlarini o‘tishni mexanizatsiyalashda ishlatiladi. MK—3M kombayni ko‘mir, tog‘ jinsining qattiqlik koeffitsiyenti f ≤ 4 bo‘lganda va aralash tog‘ jinsi bo‘lgan zaboylarda alohida ko‘mir va tog‘ jinsini qazib olib lahim o‘tishi ham mumkin.


Bu kombaynlar ko‘mir sanoatida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, asosiy qismlari strela 2 ga o‘rnatilgan frezerli ishchi organi 1, strela 2 ga o‘rnatilgan elektr yuritma 6, ko‘taruvchi va qayriluvchi mexa- nizm 7, yuklovchi organ S, gusenitsali yurish qismi 4, yuklovchi konveyer 5, elektr yuritma, gidrosistema va chang tutib oluvchi sistemadan iborat (40-rasm).
Ish jarayonida ishchi organi — frezning zaboyda ishlayotgan- da bir vaqtda 8—10 ta keskich — tishlari 8 ishlaydi, bu holat tog‘
95

40-rasm. MH—3M lahim o‘tuvchi kombayni.


jinsini buzish kuchini mujassamlantirish va kattaroq bo‘laklarni buzib olishga qulaylik yaratadi. Zaboydan buzib qulatilgan tog‘ jinsi lahimning pastiga tushadi va sidirgichli yuklovchi konveyer yordamida qayta yuklovchi tasmali konveyerga yuklab beradi. Tasmali konveyer o‘z navbatida yukni vagonchalarga yuklaydi. Kombaynning kinematik sxemasida aylantiruvchi moment elektr dvigatel 6 dan reduktor orqali shtanga korpusi 2 ga o‘rna- tilgan frez 1 ga uzatiladi (41-rasm). Reduktor planetar uzatgich 4 dan va silindrsimon shesternalar 5, 7 juftligidan tashkil topgan.


Kombaynning ishchi organi, frezning aylanish tezligi shesterna S
hisobiga o‘zgartiriladi.
htanga kombaynning ramasiga sharnirli o‘rnatilgan va gidro- silindrlar 8, 9 yordamida vertikal hamda gorizontal tekislikda bu- rilishi mumkin. Yuklovchining yuritmasi aylanish momentini elektr dvigatel 10 dan yulduzcha 11 ga planetar 12 va konussimon 1S uzatgichlar orqali uzatadi. Lahimning pastki qismiga tushgan tog‘ jinsini qabul qilib oluvchi sidirgichning qabul qiluvchi organi tarnovchalar bilan qo‘zg‘aluvchan (sharnir orqali) qo‘shilgan bo‘lib, uni lahim zamini yuzasidan 240 mm yuqoriga va 100 mm pastga joylashtirish mumkin. Kombaynning har bitta gusenitsasi o‘zining alohida elektr yuritmasi 14 ga ega bo‘lib, chervyakli — qo‘chqaroqli uzatma 16 va shesterna juftligi 17, 18 hamda 19 orqali aylanish momentini tortuvchi yulduzchaga 15 uzatadi.
Zaboyni qazib olish ketma-ketligi lahimning shakliga, ko‘nda- lang kesim yuzasiga, qatlamning yotishiga, nokerak tog‘ jinslari- ning bor-yo‘qligi va boshqa omillarga qarab kombayn mashinisti tomonidan aniqlanadi. Masalan, qattiq ko‘mir qatlamlarini bu- zishda ishchi organining pastki chap burchagi 1-holatdan 2-o‘ng tomonga yo‘naltiriladi (bir vaqtning o‘zida kombaynni zaboyga
96

41-rasm. MH—3M kombaynning kinematik sxemasi.


frezani kerakli chuqurlikda kesishini ta'minlab yo‘naltiriladi), keyin ketma-ket S—4, 4—5, 5—6, 6—7, 7—8 to lahimning hamma yuzasini qazib bo‘lmaguncha frezani yuritish davom etadi (42- rasm, a).


huningdek, frezani zaboyga parallel siljitib qazib olish sxe- masi ham qo‘llanishi mumkin (42-rasm, b). Bunda freza 1', 2,
3, 4, 5, 6, 7, 8 holatlarni egallab sekin-asta zaboyning markazi-

ga yaqinlashib boradi. Aralash zaboylarda avvaliga zaboyning pastki qismi 1,5 m chuqurlik- kacha buziladi, keyin yuqori qismi va undan keyin oralig‘i- dagi qatlam qulatiladi.

    1. rasm. MH—3M kombayni bilan zaboyni qazish sxemasi:

a — ishchi organni pastki chap holat- dan o‘ng tomonga va parallel holda yurgizish; b — ishchi organni pastki chap holatdan o‘ng tomonga va sekin- asta markazga spiral shaklida yurgizish.

7—A.M. Isaxodjayev 97

4MM—S lahim o‘tuvchi kombayni ko‘mir va aralash zaboylar- da qattiqlik koeffitsiyenti f ≤ 6 bo‘lgan tog‘ jinslaridan lahim o‘tish uchun qo‘llaniladi. Ishchi organi ikkita dastakdan iborat. Ular ishlash jarayonida qarama-qarshi tomonga gorizontal tekislikda sinxron harakat qilib aylanadi hamda birgalikda yoki alohida vertikal tekislikda harakat qilishi mumkin. Har qaysi dastakda quvvati 93 kVt bo‘lgan elektr yuritma o‘rnatilgan. Yuqori quvvatli ishchi organi va ikkita qo‘shaloq buzuvchi burg‘ilash koronkalari yordamida unumdorlikni boshqa kombaynlarga nisbatan 30 % ga ko‘paytirishga erishish mumkin. Kombayn orqasiga tirkalgan qayta yuklovchi konveyer bilan ishlashi mumkin.
Lahim o‘tuvchi kombayn konstruksiyasini takomillashtirish, unumdorligini va ish resursini oshirish borasida o‘tkazilgan izla- nishlar natijasida MK—5, MK—7 (UMY) va MK—9P kabi lahim o‘tuvchi kombaynlar ishlab chiqarilgan va kon korxonalarida ish- latilayapti. Ularning konstruksiyasida farq bo‘lsa ham, ish jarayoni bir-biridan farq qilmaydi. Ular o‘zining imkoniyatiga qarab har xil kon-geologik sharoitlarda va fizik-mexanik xususiyatlari tur- licha bo‘lgan tog‘ jinsini qazishda ishlatiladi.
O‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida uzluksiz lahim o‘tuvchi kombaynlarning turli xillari tavsiya qilindi. Bular MK—8, MK—10, «Яcинobaтeц», TOP—72, «KapaFaндa—7/15» va boshqa kombaynlardir. Ularning ish jarayoni bir xil bo‘lsa ham, turli sharoitlarda, har xil ko‘ndalang kesim yuzali lahimlarni o‘tishi mumkin. huning uchun ularning konstruksiyasida ba'zi jarayonlar to‘la va qisman mexanizatsiyalashtirilgan hamda avtomatlash- tirilgan.
Lahim o‘tuvchi kombaynlarning istiqbollari. Har xil kon-geo- logik va kon-texnik sharoitlarda lahim o‘tuvchi kombaynlarni ishlatish tajribalari hozirgi vaqtda ishlatilayotgan kombaynlar konstruksiyasining o‘lchamlari kattaligini va ularni yig‘ish hamda bo‘laklarga bo‘lishda ko‘p vaqt sarflanishini, ular qiyaligi ±(10— 12)˚ bo‘lgan lahimlarni o‘tishda kutilgan samara bermayotgan- liklarini hamda tog‘ jinsining qattiqlik koeffitsiyenti f > 5—6 bo‘lganda ishlayolmasliklarini ko‘rsatdi. hundan kelib chiqib, kelajakda ular ishchi organlari konstruksiyasini takomillashtirib, tog‘ jinslarining qattiqlik koeffitsiyenti o‘rtacha va yuqori bo‘lgan- da ishlaydigan ishonchli ishchi organlarini ishlab chiqish talab qilinadi.
98
Bunday masalani ikki xil yo‘l bilan hal qilish: tog‘ jinslarini fizik usul bilan buzadigan ishchi organlar ishlab chiqish va mexanik usul bilan buzadigan ishchi organlarni tayyorlash tex- nologiyasini va konstruksiyasini takomillashtirish talab etiladi.
hular bilan birga zaboyga ta'sir qiladigan kuchni va kombayn- larning quvvatini oshirish, ularning geometrik o‘lchamlarini ki- chiklashtirib unumdorligini oshirish yo‘llarini qidirish zarur.
Har xil ko‘ndalang kesim yuzali lahimni o‘ta oladigan kom- bayn ishchi organining universal konstruksiyasini, ularning yuruvchanligini (maнëbpeннocть) oshirish, yengil boshqariladi- gan, mashinistga qulay sharoitni boshqarish pultini yaratish talab qilinadi. Lahim o‘tuvchi kombaynlarni qo‘llash samaradorligini oshirish, sanitariya-gigiyenik sharoitlarni yaxshilash, kombaynni boshqarishni tog‘ jinsi qattiqligiga qarab avtomatlashtirish, iloji boricha ishchilarni zaboyda bo‘lmasligini tashkil etish ko‘zda tutiladi.



    1. LAHIM O‘TUVCHI HOMBAYNLARNING UNUMDORLIGI

Lahim o‘tuvchi kombaynlarning unumdorligi o‘tilayotgan la- himning zaboydan vaqt birligida kombayn yordamida ajratib olingan tog‘ jinsining miqdori yoki vaqt birligida o‘tilayotgan lahim zaboyining surilish uzunligi bilan aniqlanadi.



n
Lahim o‘tuvchi kombaynning unumdorligi kombaynning ishchi organi va ishlash sharoitiga, kombaynning konstruktiv o‘lcham- lariga, kon-geologik sharoitga, zaboyda mehnatni tashkil etishga va boshqa omillarga bog‘liq. Zaboyga burg‘ilab ta'sir etuvchi ishchi organli lahim o‘tuvchi kombaynning nazariy unumdorligi (Q , Pn) quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Qn = 3600S vmax· , t/soat,

yoki

P  Qn


n S

 3600max , m/soat.



bu yerda: S — o‘tilayotgan lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi,

m2; v
max

  • kombaynning maksimal uzatish tezligi, m/sek; —

tog‘ jinsining massivdagi zichligi, t/m3.
99

Tanlab zaboyga ta'sir etuvchi ishchi organli kombaynning na- zariy unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
Qn = 3600 mB vn·max· , t/soat,

yoki
P Qn 3600 mB , m/soat.

n S·
S nmax

bu yerda: B — kombayn ishchi organini maksimal qamrash qiy- mati, m; vn·max — ishchi organning ko‘ndalang yo‘nalishda mum- kin bo‘lgan maksimal tezligi, m/sek.
Buzilayotgan tog‘ jinsi qatlamining qalinligi (m), balandligi yoki kengligi konusli ishchi organlari uchun konussimon koronkaning maksimal diametrining (dk) yarmiga (m = 0,5dk, m) teng qilib olinadi. Ikki barli yoki uchta keskichli zaboyni butun balandligiga ishlov berib o‘tuvchi koronkalar uchun qazib olinayotgan qatlam qalinligi (m) o‘tilayotgan lahimning balandligiga teng qilib olinadi. Kombaynlarning texnik unumdorligi (Qtex) kombaynning mum- kin bo‘lgan maksimal unumdorligi bo‘lib, u kombaynning ish- lash vaqtidagi nosozliklarini ta'mirlash uchun ketgan vaqtni, bur- g‘ilash asbobini almashtirish uchun sarflangan vaqtni, shuningdek, manyovr vaqtlarini hisobga olgan holda aniqlanadi va zaboyga burg‘ilab ta'sir etuvchi ishchi organli kombaynlar uchun quyidagi
ifoda orqali aniqlanadi:
Qtex = 3600 S vp Ktex.b, t/soat,

yoki

Ptex = 3600 vp Ktex.b, m/soat.



bu yerda: vp — aniq kon-geologik sharoitlarda kombaynning ishchi uzatish maksimal tezligi, m/sek; Ktex.p — kombaynning uzluksiz ishlash koeffitsiyenti.

K tex.p
1 ,
1 Tpr.b

K L p
n b

bu yerda: L'b — bitta ishchi siklda ishchi organining o‘tgan yo‘li, m; T 'pr.b — kombaynni bitta ishchi siklda ishlamay manyovr qi- lishga va asbobini almashtirishga ketgan vaqt, min.; Kn — kom- baynning ishonchlilik koeffitsiyenti, Kn = 0,6 — 0,8; vp — kom- baynning uzatish tezligi, m/s.


100

Lahim o‘tuvchi kombaynlarni ishlatish vaqtidagi unumdorligi yuqoridagi omillardan tashqari, tashkiliy-texnik sabablar bilan ish- lamay turgan vaqtiga ham bog‘liq, shuning uchun u quyidagi ifoda orqali topiladi:

yoki
Qi = Qtex·Ki, t/soat,


Pi = Ptex.Ki, m/soat.

Uzluksiz ishlash koeffitsiyenti (Ki) kombaynning hamma ish- lamay turgan vaqtlarini hisobga oladi. U burg‘ilab ta'sir etuvchi va tanlab ta'sir etuvchi ishchi organli kombaynlar uchun mos ravishda quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:


K  1 ,
i 1 Tpr.b To.p. 
Kn Lb p
bu yerda: To.p — kombaynning tashkiliy-texnik sabablar bilan ish- lamay turgan vaqti, min.
Kombaynning texnik imkoniyatidan foydalanish darajasi aniq sharoitlar uchun ishlatish koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi:


K Qi .

  1. tex

Qtex

NAZORAT SAVOLLARI



  1. Lahim o‘tishning qanday usullarini bilasiz?

  2. Lahim o‘tish kombaynlari va ularning asosiy qismlarini bayon qiling.

  3. Lahimni uzluksiz burg‘ilab o‘tuvchi kombaynlar.

  4. Tanlab ta'sir etuvchi ishchi organli kombaynlarning asosiy qismlari.

  5. Zaboyga burg‘ilab ta'sir etuvchi kombaynlarning unumdorligi qanday aniq- lanadi?

  6. Zaboyni tanlab burg‘ilovchi kombaynlarning unumdorligi qanday aniqlanadi?

101





    1. Yüklə 1,56 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin