QIRG‘ICH QURILMALARI
UMUMIY MA’LUMOT
Qirg‘ich qurilmasi bilan foydali qazilmani yerosti usulida qazib olish eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Uning yordamida eng yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish mumkin. Eng ko‘p tarqalgan turi tezyurar tishli uzatgichli qirg‘ich qurilmalaridir. idirgichli qurilmalarning prinsipial sxemalari aso- san bir xil (54-rasm). Ishchi organi ikki tomonlama ko‘mir qazib oluvchi keskichlar bilan jihozlangan qirg‘ich 2, ishlash vaqtida konveyer S bo‘ylab lavaning ostki qismida harakatlanadi. Qirg‘ich- ni zanjir orqali ikkita elektryuritma harakatga keltiradi. Harakat- lantiruvchi bosh qismi 5 va 1 vaqti-vaqti bilan tayanch balkalarda
138
gidrodomkrat orqali oldinga suriladi. Konveyer ham ko‘mir qazib olishga qarab oldinga surilib boradi. Konveyerni gidrodomkrat- lar 4 harakatga keltirib oldinga suradi. Domkratlarning orasidagi masofa taxminan 4—5 metrni tashkil etadi.
Qirg‘ich 50—150 mm bo‘lgan qalinlikda ko‘mir qatlamini qazib oladi. Qirg‘ich qurilmalari quyidagi toifalarga bo‘linadi: buzila- yotgan massivga ta'sir ko‘rsatishiga qarab qirg‘ich qurilmalari statik va dinamik ta'sir etuvchilarga bo‘linadi. tatik ta'sir etuvchi qirg‘ich qurilmalarida keskich doimiy kuch ta'sirida massiv bilan kontaktda bo‘ladi. Bunday qirg‘ich qurilmalari ko‘p tarqalgan bo‘lib, yumshoq va o‘rtacha qattiqlikdagi ko‘mir qatlamini qazib olishda samarali natija beradi.
Qattiq va qovushqoq ko‘mir qatlamlarini qazib olish uchun dinamik kuch bilan ta'sir etuvchi qirg‘ich qurilmasini barpo etish ustida izlanishlar olib borilayotir. Bu sohada taklif qilingan konstruksiyalarni uch guruhga bo‘lish mumkin: titrab (vibratsiya bilan) ta'sir etuvchi, zarb hamda titrab zarb bilan ta'sir etuvchi qurilmalar. Titrab ta'sir etuvchi qirg‘ich qurilmasining keskichlari tebranma harakatda bo‘lib, har bir tebranishda ko‘mir massiviga ta'sir ko‘rsatadi. Zarb va titrab zarb bilan ta'sir etuvchi qirg‘ichda keskich doimo ko‘mir massivi bilan kontaktda bo‘ladi, unga zarb mexanizmi yoki vibrator vaqti-vaqti bilan zarb berib turadi. CДC—2, BNA—4, ДBC dinamik ta'sir etuvchi qirg‘ich qurilma- larining namunalari ishlab chiqilgan. Ularning zarb energiyasi 200—600 kgk·m va undan ko‘proq. Minutiga 100—850 marta zarba beradi.
Qirg‘ich qurilmalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
ishchi organining konstruksiyasiga qarab qirg‘ichning ba- landligi bo‘ylab o‘rnatilgan pichoqli (hozir qo‘llanmaydi) va tishli qirg‘ich qurilmalariga bo‘linadi;
qirg‘ichning yurish tezligi (qirqish tezligi) bo‘yicha shartli ravishda tez yuruvchi (vr = 30—120 m/min, qirqish qalinligi h = 5—15 sm); sekin yuruvchi (vr = 3—30 m/min, qirqish qalinligi h = 30—50 sm, hozir qo‘llanmaydi);
yurish usuliga qarab yopiq konturda aylanuvchi uzluksiz
halqa zanjir yordamida yuruvchi. Zanjir qurilmaning ikki uchiga o‘rnatilgan va sinxron ishlovchi asinxron yuritma yordamida hara- katlanadi;
uskunalarning kompanovka (o‘zaro joylashishi)si va ishga tayinlashishiga qarab: qirg‘ich-sidirgich qurilmalari, qirg‘ich-
139
qulatkich, qirg‘ich qurilmalari, qirg‘ich komplekslari va qirg‘ich agregatlari. Bu uskunalar katta ko‘lamda o‘zgaruvchi qatlamlar- ni: ko‘mir qatlamining qalinligi 0,4—2,5 m, yotish burchagi har xil bo‘lgan hollarda, 300 metrli lavalarda ishlatiladi.
Qirg‘ich qurilmalari qattiqlik koeffitsiyenti o‘rtachadan yuqori bo‘lmagan (ДKC—2 asbobi bo‘yicha qirqishga qarshilik kuchi A ≤ 200 kgk/sm), tekis bir me'yorda 5˚—40˚ burchakda yotgan ko‘mir qatlamini qazib olishda ishlatiladi.
hu bilan birga ko‘mir qatlamining yon tomonidagi tog‘ jinslarining mustahkamligi vaqtincha mustahkamlagichlar ishlat- maslikka moyil bo‘lganda sidirgich qurilmasini ishlatish yaxshi samara beradi.
idirgich qurilmasini foydali qazilma qatlamlarining ichida yirik va qattiq kolchedan, kvars, nokerak tog‘ jinsi qatlamlari bo‘lganda ishlatish ma'lum qiyinchiliklar tug‘diradi yoki umuman ishlatib bo‘lmaydi. huningdek, ko‘mir qatlamining usti yoki pastki qismi yoxud ikkalasi notekis yumshoq tog‘ jinslaridan tashkil topganda ham qirg‘ich qurilmasining ishini tashkil etish mushkullashadi.
Qirg‘ich qurilmasi yordamida ko‘mir qazib olinganda:
ko‘mirning sifati yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ladi, ener- giya sarfi kamayadi;
ko‘mir qatlamlari gazli, changli bo‘lganda va ayniqsa, qat- lamdan to‘satdan ko‘mir va gazning otilib chiqishi kuzatilganda nisbatan qazib olishda xavfsiz sharoit tashkil etiladi;
qirg‘ich qurilmasi konstruksiyasining soddaligi, harakatla- nuvchi ishchi organiga elektr energiyasining kabel orqali uzatil- masligi boshqa kon mashinalariga nisbatan ishlatishda qulaylik tug‘diradi;
ko‘mir qatlamining qalinligi 0,3—0,7 m bo‘lganda ham uni samarali qazib olish mumkin;
lavaning uzunligi bo‘yicha ishlashning sodda sxemasini tash- kil qilish mumkin;
kombayn bilan qazib olishga nisbatan hamma jarayonlarni to‘la mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hamda ishchilarni lavadan chiqarish imkoniyati tug‘iladi.
Qirg‘ich qurilmalarining yuqorida ko‘rsatilgan ustunliklari mumkin bo‘lgan kon-geologik va kon-texnik sharoitlarida ularni albatta qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. Ba'zi qirg‘ich qurilmalari- ning qisqacha texnik tavsifi 9-jadvalda berilgan.
140
9-jadval
QIRG‘ICH QURILMALARINING QISQACHA TEXNIH TAVSIFI
Ko‘rsatkichlari
|
Qurg‘ich qurilmalari
|
YC-2M
|
YCT-2A
|
YCB-67
|
YCH-70
|
YCБ
|
Ko‘mir qatlamining
|
0,4—0,8
|
0,55—1,0
|
0,9—2,0
|
0,9—1,7
|
0,9—2,0
|
qalinligi, m
|
|
|
|
|
|
Qatlamning yotish burchagi,
|
90
|
25
|
20
|
35
|
20
|
gradus
|
|
|
|
|
|
Ko‘mirning qirqishga
|
200
|
200
|
180
|
180
|
230
|
qarshiligi, kgk/sm
|
|
|
|
|
|
Lavaning uzunligi, m
|
200
|
150
|
300
|
150
|
300
|
Kesikning qalinligi, sm
|
5
|
10
|
15
|
10
|
15
|
Qurilmaning unumdorligi,
|
0,9
|
3,7
|
5,3
|
4,5
|
6,0
|
t/min
|
|
|
|
|
|
Qirg‘ichning qo‘zg‘alish
|
1,14—2,66
|
0,48
|
0,61
|
0,61
|
1,0—1,5
|
tezligi, m/s
|
|
|
|
|
|
Dvigatelning umumiy
|
170
|
66
|
64(128)
|
96
|
220
|
quvvati, kVt
|
|
|
|
|
|
Ishchi organining balandligi,
|
|
|
|
|
|
mm
|
|
|
|
|
|
minimal qiymati
|
600
|
365
|
600
|
365
|
500
|
maksimal qiymati
|
900
|
565
|
900
|
565
|
700
|
6.k. YC—kM SIDIRGICH-QIRG‘ICH QURILMASI
YC—2M qurilmasi lavaning uzunligi 200 m gacha, ko‘mir qatlamining yotishi qiya va tik bo‘lgan, qatlamning qalinligi 0,4— 0,8 m hamda kon-geologik sharoitlari bo‘yicha sidirgich-qirg‘ich qurilmasini qo‘llash mumkin bo‘lgan hollarda qazib olishni, tashishni to‘la mexanizatsiyalash uchun qo‘llaniladi.
Qurilma sidirgich-qirg‘ich yig‘indisi 5, unga zaboy tomondan o‘rnatilgan keskichlar 4, nisbatan qattiq ko‘mirni qulatish uchun qo‘shimcha qurilma S (manjaniq), tashuvchi yoki shamollatuvchi shtrekda joylashgan yurituvchi stansiya 7 hamda aylantiruvchi bosh qismdan 1 iborat (55-rasm). Qurilmaning ishchi organi 5 lavada ikki tomonga ishlaydi va 23×86 mm markali halqa zanjir yordamida chig‘ir 7 orqali harakatlanadi.
141
idirgich-qirg‘ich qurilmasi harakatga keltiruvchi yulduzcha 6 va aylantirib o‘tuvchi rolik 2 orasidagi masofani tanlash hisobiga zaboyga taqaladi. Harakatlantiruvchi stansiya va aylantirib o‘tuvchi bosh qismi lava zaboyining har galdagi surilishidan so‘ng oldinga 0,3 m ga suriladi. Harakatlantiruvchi stansiya yordamchi vositalar yordamida, aylantirib o‘tuvchi bosh qismi esa ДC—2 gidrodom- krati yordamida suriladi. Harakatlantiruvchi stansiya va aylantirib o‘tuvchi bosh qismini tirgov moslamalari bilan qotirib qo‘yiladi.
idirgich-qirg‘ich qurilmasining yo‘nalishini qirg‘ichning hola- tini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich avtomatik tarzda o‘zgartiradi.
Harakatga keltiruvchi stansiya chig‘ir va quvvati 85 kVt bo‘lgan SKBU—YC elektr yuritmadan iborat. Chig‘irni bir soatda 200 martagacha o‘chirib-yoqish tavsiya etiladi. Elektr yuritmadan 8 moment yurituvchi yulduzchaga 6 to‘rt pog‘onali konussimon- silindrik reduktor orqali uzatiladi. Reduktor bilan elektr yuritma o‘rtasida to‘xtatkich qurilmasi (tormoz) joylashtirilgan.
idirgich-qirg‘ich qurilmasining normal harakati (qirqish tez- ligi) — 1,49 m/s. Reduktor ichidagi shesternalarni almashtirish hisobiga 1,14; 2,07 yoki 2,66 m/s tezlik olishi mumkin.
Qurilmani mashinist boshqarish joyidan (postdan) turib bosh- qaradi, uning yordamchisi aylantirib o‘tuvchi bosh qismida turib boshqaradi. Ularning orasida telefon aloqasi o‘rnatilgan bo‘ladi.
142
YC—2M qiya va tik qatlamlarda ishlagan vaqtida undagi sidir- gich qurilmasiga ehtiyoj qolmaydi, chunki massivdan ajratilgan ko‘mir o‘z og‘irligi bilan pastga o‘zi harakatlanadi. Bunday sharo- itda sidirgich-qirg‘ich qurilmasi faqat qirquvchi-qulatuvchi (taran) organi bilan ishlaydi. Bu organ o‘zining katta massasi va yurish tezligi hisobiga ko‘mirni samarali buzadi.
YCБ—67 QIRG‘ICH QURILMASI
YCБ—67 qirg‘ich qurilmasi qirg‘ich qurilmasi uchun qulay kon-geologik sharoitdagi uzunligi 300 m gacha, yotish burchagi 20˚ gacha, qalinligi 0,9—2,0 m li ko‘mir qatlamini qazib olishni mexanizatsiyalash uchun qo‘llaniladi. Qurilma ikki tomonga ishlovchi qirg‘ich S, uning ikkita elektr yuritmasi 2 va 7 (ikki uchiga joylashgan), ikkita 10, 14 elektr yuritmali sidirgichli konve- yer 5, joyidan qo‘zg‘atuvchi gidrodomkratlar 11 va 12, gidrotar- moqlarga ega bo‘lgan moy stansiyasi, elektr uskunalar va chang bostiruvchi vositalardan iborat (56-rasm).
Qirg‘ich ish jarayonida, zaboy va konveyer oralig‘ida yo‘nal- tiruvchi quvur 6 bo‘ylab 0,6 m/s tezlikda yuradi. Yo‘naltiruvchi quvur konveyerning tarnovlariga mahkamlangan. Qirg‘ich quril- masining yuritmasidan tortish kuchi yulduzchalar orqali uzluksiz halqali zanjirga 4 uzatiladi, zanjirning tipi 23×85 mm, uzilish kuchi 65 tk. Qirg‘ich hosil qilgan kesikning o‘lchamini rejalash- tirish mumkin va u 5—15 sm ni tashkil qilib, har xil balandlikdagi lija bilan chegaralab turiladi. Qirg‘ichning ostki plitasi konveyer- ning tagigacha joylashgan, bu qirg‘ichga uning harakatida mustah- kamlikni ta'minlab beradi. Ko‘mirni konveyerga qirg‘ichning pastki pichog‘i va qirg‘ichning korpusi yordamida yuklanadi. Qattiq ko‘mir qatlamlarini qazib olishda qirg‘ichning bosh qismi- dagi keskichlar aylanuvchi qilib tayyorlanadi, bu keskichning bir qismini kontaktdan chiqarishga yordam beradi, bu bilan qirg‘ich qurilmasining berilgan yo‘nalishda yurishi osonlashadi.
Qirg‘ich qurilmasi ko‘mir qatlamini 0,6—0,9 m qalinlikda yuqorigi qismining o‘zi qulashini hisobga olib qazib oladi. Qir- g‘ichni zaboyga yaqinlashtirish, har bir yurishdan keyin sidirgichni ham zaboy tomonga surish gidrodomkrat 12 lar yordamida bajariladi. Domkratlar orasidagi masofa 5,4 m, harakatga kelti- ruvchi bosh qismi 9 va 15, tayanch balkalar 8 gidrodomkratlar
143
144
www.ziyouz.com kutubxonasi
56-rasm. YCБ—67 qirg‘ich qurilmasi.
11 yordamida suriladi. Gidrodomkratlarga moy moyyurituvchilar orqali CHY1C nasos stansiyalardan keltiriladi. Nasos stansiyasi konveyerga zanjir orqali o‘rnatiladi yoki shtrekka joylashtiriladi. Tayanch balkalari 1 va 8 ni zaboy chizig‘iga perpendikular yo‘nalishda 25˚ burchakka burish mumkin, bu harakat beruvchi bosh qismni surilishi vaqtida yuqoriga va pastga ko‘tarish hamda tushirish imkoniyatini beradi. Konveyer tagidagi qirg‘ich plitasi- ning chetiga to‘rtta magnit o‘rnatilgan, ular qirg‘ichning oxirgi nuqtasidagi o‘chirgichlarni ishlatishga yordam beradi.
Qirg‘ich qurilmasi БYC—2 m/67 boshqarish blokida turgan mashinist tomonidan boshqariladi. Boshqarish bloki qirg‘ichni harakatga keltiruvchi bosh qismlardan biriga joylashtiriladi. Ikkin- chi bosh qism mashinist yordamchisi tomonidan boshqariladi. Mashinist va uning yordamchisi o‘rtasida telefon aloqasi va yorug‘lik signalizatsiyasi ko‘zda tutiladi. Har bir yoritkich 1S tugma bilan jihozlanib, uning yordamida yorug‘lik signali beriladi. Qirg‘ichning kinematik sxemasi 57-rasmda ko‘rsatilgan. Elektr dvigatelning har biri birxillashtirilgan reduktor bilan jihozlangan, bu reduktor yordamida har bir yuritmaga har birining quvvati 32 kVt dan bo‘lgan bitta yoki ikkita elektr dvigatel o‘rnatilishi mumkin. Elektr dvigateldan aylanma harakat TЛ—32 tipidagi tur-
57-rasm. YCБ—67 qirg‘ich qurilmasining kinematik sxemasi.
10—A.M. Isaxodjayev 145
bomufta orqali reduktorning umumiy o‘qiga konussimon shesterna 1—2 va silindrsimon shesterna 1'—2' orqali uzatiladi. Umumiy o‘qdan harakat ikki silindrik shesterna juftligi S—4 va 5—6 orqali harakatlantiruvchi yulduzchaga, so‘ngra qirg‘ichning tortuvchi zanjiriga uzatiladi.
Ko‘mir sanoatida yuqoridagi qirg‘ich qurilmalaridan tashqari YCT—2A, YCH—70, YCB, YCK—1 va boshqa qirg‘ich quril- malari ishlatiladi. Bularning ishlash sxemasi deyarli bir xil bo‘lib, ba'zi konstruktiv va qo‘llanishi mumkin bo‘lgan kon-geologik sharoitlari bilan farq qiladilar.
QIRG‘ICH QURILMASINING UNUMDORLIGI
Qirg‘ich qurilmasining nazariy unumdorligi quyidagicha aniq- lanadi:
QH = 60H·hv , t/soat,
bu yerda: H — ko‘mir qatlamining qalinligi, m; h — qirg‘ich tishlari hosil qilgan kesikning qalinligi, m; v — qirg‘ichning qirqish tezligi, m/min; — ko‘mirning hajm og‘irligi, t/m3.
Qirg‘ich qurilmasining texnik unumdorligi esa quyidagi formula yordamida topiladi:
Qtex = QHKT, t/soat,
bu yerda: KT — qurilmaning texnik tomondan takomillashganlik koeffitsiyenti, KT < 1. Bu koeffitsiyent qurilmaning uzluksiz ish- lash imkoniyatini xarakterlaydi:
T
K 1 ,
1Tk.o Tn.o Tu.n
T
bu yerda: Tk.o — lavaning ikki tomonida bajariladigan jarayonlar (qirg‘ichni qayta ulash, tayanch balkalarini qayta ulash va h.k.), xronometraj asosida qabul qilinadi; Tn.o — qirg‘ichning ishiga bog‘liq bo‘lmagan jarayonlar (keskichlarni almashtirish va h.k.) ga sarflangan vaqt; Tu.n — qirg‘ich qurilmasining nosozliklarini bartaraf etishga ketgan vaqt.
146
Qirg‘ichning ishiga bog‘liq bo‘lmagan jarayonlar uchun sarf- langan vaqt quyidagi formula yordamida topiladi:
Tn.o = HhL Ztp, min/sikl,
bu yerda: L — lavaning uzunligi, m; Z — keskichlarning nisbiy sarfi, dona/t; tp — bitta keskichni almashtirishga sarflangan vaqt, min.
Qirg‘ich qurilmasining nosozliklarini bartaraf etishga ketgan vaqt quyidagi ifodadan aniqlanadi:
Tu.n
T 1 1 ,
Ke.n.
bu yerda: T — qirg‘ichning bir tomonga bo‘lgan harakatida kesik
ochishga ketgan vaqt:
T L , min; K
e.n.
ishlatish ishonchliligi koeffitsiyenti, hisoblarda taxminan K e.n = 0,8
qabul qilinadi.
Qirg‘ich qurilmasini ishlatish vaqtidagi unumdorligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Q i = Q tex·K e, soat,
bu yerda: K e — ishlatish vaqtidagi nosozliklarni bartaraf etish uchun ketgan vaqtni hisobga oluvchi koeffitsiyent. Hisoblashlar- da K e = 0,9 atrofida qabul qilinadi.
NAZORAT SAVOLLARI
Qirg‘ich qurilmalari va ularni qo‘llash ko‘lamlari.
Qirg‘ich qurilmalarini qo‘llash qanday ustunliklarga ega?
Qirg‘ich qurilmalarining asosiy ko‘rsatkichlarini ayting.
Qirg‘ich qurilmasining asosiy qismlari.
Qirg‘ich qurilmasining unumdorligi qanday aniqlanadi?
Qirg‘ich qurilmasi unumdorligini oshirishning qanday choralarini bilasiz?
147
Dostları ilə paylaş: |