O‘ZBEKI TON RE PUBLIKA I OLIY VA O‘RTA MAX U TA'LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAX U , KA B-HUNAR TA'LIMI MARKAZI
A. M. ISAXODJAYEV
HON MASHINALARI VA MAJMUALARI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
TO HKENT
«TURON-IQBOL» 2007
33.16
I-78
Taqrizchilar : A. Abdusalomov — Angren kompyuter va axborot texnologiyasi kasb-hunar kollejining «Kon ishlari» kafedrasi mudiri;
A.A. Yusupxodjayev — Geologiya va konchilik ishi fakulteti, metallurgiya kafedrasi mudiri.
A.M. Isaxodjayev.
Hon mashinalari va majmualari: O‘quv qo‘llanma. — T.:
«Turon-Iqbol» nashriyoti, 2007. — 176 bet.
BBH 33.16ya7kk
Ushbu o‘quv qo‘llanmada konchilik kasbiga oid eng asosiy mavzularga qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Foydali qazilmalarning tasniflari, kon-geologik, kon- texnik sharoitlari, qazib olinayotgan va qazib olishda uchraydigan nokerak tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari to‘g‘risida nisbatan to‘liq ma'lumot berilgan. Chunki kon mashinalarini tanlash, ishlatish, ularning uzoq muddat uzluksiz ishlashi bevosita ko‘rsatilgan xususiyatlarga bog‘liq.
Qo‘llanmada tog‘ jinsini buzishning, tog‘ jinslarini burg‘ilashning asosiy uslublari hamda bu usullarni qo‘llash mumkin bo‘lgan sharoitlari ham ko‘rsatib o‘tilgan. huningdek, burg‘ilash mashinalari, ularning xillari va asosiy tuzilishlari hamda ishlash prinsiplari keng yoritilgan.
k705080000-51
I - k007
M 361(04)-k007
I BN 978-9943-14-013-4 © «TURON-IQBOL», 2007-y.
2
HIRISH
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy tomondan ri- vojlantirishni har tomonlama tezlatish uchun asosan og‘ir sano- atni, qolaversa, butun xalq xo‘jaligining yanada yuksalishiga yordam beradigan tarmoqlarni rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Bunday tarmoqlardan biri — konchilik sanoatidir.
O‘zbekiston Respublikasi hozirgi vaqtda konchilik sanoati ri- vojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olsa ham uning zaminida hali sanoat ishlab chiqarishiga jalb etilmagan juda katta va qim- matbaho mineral xomashyo zaxiralari mavjud.
Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov ta'kidlashicha, O‘zbe- kiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega mamlakatlar jahon xaritasida ko‘p emas, bu boyliklarning ko‘pchiligi hali ishga solin- magan.
Bizning oliy maqsadimiz oldin ham, hozir ham, bundan keyin ham xalqimizning hayotini moddiy va ma'naviy tomondan boyi- tishga, uning hayotini tobora yaxshilashga qaratilgandir. Bu vazifa- ni hayotga tatbiq etishda ishlab chiqarish sur'atini, iqtisodiyotini ilmiy texnikaviy asosda, yangi texnikalarni qo‘llash, eski texnika- larni qayta tiklash hisobiga, mahsulotlarni tejash, ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish hisobiga xalq farovonligini oshirish nazarda tutiladi.
Mashinasozlikni rivojlantirish, uning texnikaviy darajasini oshirish, xalq xo‘jaligini elektrlashtirish, eskirgan, kamquvvatli bo‘lib qolgan uskunalarni yangilash, ularni takomillashtirish va katta quvvatlilari bilan almashtirish lozimdir.
Iqtisodga katta e'tibor berish, mahsulotlarni va uskunalarni tejamkorlik bilan ishlatish, ularni qoldiqsiz texnologiyaga o‘tkazish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Mahsulotning tannarxini kamaytirish va uning yangi yo‘llari- ni izlab topish maqsadga muvofiq bo‘lib qolmoqda. hu borada, xalq xo‘jaligini rivojlantirishning asosi bo‘lgan ko‘mir sanoatini
3
rivojlantirish, ya'ni ko‘mir qazib chiqarishni oshirish ko‘mir qazib chiqarish aksionerlik jamiyati, ko‘mir qazib chiqarish korxonalari, kon mashinalari ishlab chiqaruvchi zavodlar, ilmiy izlanish va loyihalash korxonalarining asosiy dasturi bo‘lib qolmoqda.
Keyingi vaqtda bir xil kon sharoitlarida ko‘p sonli xilma-xil kon mashinalari ishlatib kelinmoqda. Bu mashina, kompleks va agregatlar bitta funksiyaga mo‘ljallangan bo‘lganligi uchun ularni tanlash, qo‘llash va o‘zlashtirish ishlarida birmuncha qiyinchiliklar sodir bo‘lmoqda.
Har xil sharoitlar uchun turli konstruksiyadagi burg‘ilash, la- him o‘tish va qazib chiqarish texnikasini loyihalash, ishlab chi- qarish, ishlatish, kon mashinalari, komplekslari va agregatlarining yangi turlarini barpo qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hali ham izlanish bosqichida ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Ko‘mir sanoatini yangi progressiv, yuqori unumli mashinalar bilan ta'minlashni nafaqat lava va zaboylarda, balki yerosti transportida, stvololdi lahimlarida, kon yuqorisidagi inshootlarda ham olib borish lozim. Ya'ni, konlarning hamma bo‘limlaridagi texnikani to‘la mexa- nizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan sistemalar bilan qayta ta'- minlash lozim. Buning uchun kon sanoati uskunalarini ishlab chi- qarishda arzon, yuqori sifatli, ishonchli va uzoq muddat ishlay oladigan mashina va mexanizmlarni qo‘llash lozim. Qo‘llaniladi- gan barcha texnikalar ishchilar uchun xavfsiz, ishlatishga, ta'mirlashga qulay, ekologiya talablariga to‘la javob beradigan, yuqori samarali, uzoq muddat unumli ishlaydigan bo‘lishi shart. Hozirgi vaqtda ko‘mirni qirqish, qulatish, yuklash, tashish kabi jarayonlar to‘la mexanizatsiyalashtirilgan.
Kon mashinalari bajaradigan ishiga qarab, asosan, quyidagi turlarga: foydali qazilma qazib chiqaruvchi, lahim o‘tuvchi, burg‘i- lovchi va yuklab beruvchilarga bo‘linadi.
Kombaynlar, ko‘mir qazib chiqarishda bir vaqtning o‘zida ko‘mir qatlamini qirqish, qulatish va zaboyoldi konveyerlariga yuklash jarayonlarini bajarishda ishlatiladi. Lahim o‘tuvchi kom- baynlar yerosti lahimlarini, o‘tish jarayonlarini to‘la mexani- zatsiyalashni, avtomatlashtirishni ta'minlab beradi.
Jahonda birinchi ko‘mir qazib oluvchi kombayn Ukrainaning Pervomaysk ko‘mir trestining mexanigi A. I. Baxmutskiy tomo- nidan 1932-yil yaratilgan bo‘lib, u ko‘mir qatlamining qalinligi 0,7—1,4 m bo‘lgan konlarda ishlashga mo‘ljallangan. Б—1 deb nomlanuvchi bu kombaynning ikkita shtanga bilan jihozlangan ishchi bari qirquvchi vazifasini o‘tagan. Yuritmasining quvvati
4
40 ot kuchiga ega bo‘lgan. Uning kamchiligi ko‘p bo‘lganligi uchun 1941-yil takomillashtirilgan Б—6—39 kombayni yaratiladi. Foydali qazilmalarni qazib olish jarayonining rivojlanishi ko‘mir qazib chiqaruvchi kombaynlar rivojlanish bosqichlarining
mavjudligini ko‘rsatadi:
I bosqich — ko‘mir qazib olishning qisman mexanizatsiyalashgan davri. Bu davr Ikkinchi jahon urushi yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, unda keng (1 metrdan ziyod) qamrovli qirqish va qirqib-ag‘darib beruvchi mashinalar va kombaynlar («Kиpobeц»,
«Дoнбacc—1F», ЛFД—2M), bo‘laklarga bo‘lib suriladigan (bir zanjirli) sidirgichli konveyerlar qo‘llangan. Bu mashina va kom- baynlar ko‘mir qatlamini kichik tezlikda (0,1—1,0 m/min) bir tomonlama qazib olgan. Yordamchi jarayonlar mexanizatsiya- lanmagan bo‘lgan.
bosqich. Ko‘mir qazib olish mexanizatsiyalangan bo‘lib, keng qamrovli mashinalar o‘rniga tor qamrovli (0,5—1 metr), katta tezlikda (0,5—0,7 m/sek) qirquvchi va qazib oluvchi kombaynlar hamda bo‘laklarga bo‘lmasdan suriladigan sidirgichli konveyerlar qo‘llangan. Lavalarda o‘zaro bog‘langan metall ustunlar va verxnyaklar (bo‘shliqning tepasini ushlab turuvchi) qo‘llangan. Bu bosqichda kombaynlar lavada ikki tomonlama qazib olish sxemasida ishlay boshlagan. Mashinalar masofadan boshqarila boshlangan. Bunga tor qamrovli kombaynlar: MK—67, K—101, 2K—52, БK—52, KШ—1KF kabilar misol bo‘la oladi.
bosqich kompleks mexanizatsiyalashgan, qisman avtomat- lashtirilgan ko‘mir qazib chiqarish davri. Bu bosqichning II bos- qichdan farqi o‘zi suriladigan mexanizatsiyalashgan gidrofikatsiya- lashgan mustahkamlovchilarning qo‘llanganligidir.
Bunga foydali qazilma qazib oluvchi tor qamrovli kombaynli komplekslar: «Дoнбacc», KM—87Д, OMKTM, MK—2, KTY—3 misol bo‘la oladi.
bosqich ko‘mirni agregatlar yordamida qazib olish — lavada asosiy va yordamchi jarayonlar to‘la kompleks mexanizatsiya- lashtirilgan va avtomatlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. IV bosqich III bosqichdan ko‘mirni lavada odamlar yerostida doim turmasdan ham uzluksiz qazib olishi bilan farqlanadi. Bunga A—3 va CA agregatlari misol bo‘la oladi. Ko‘mirni qazib olish jarayoni kon maydonini tayyorlashdan tortib, qazib olingan ko‘mirni iste'molchiga jo‘natishgacha bo‘lgan uzluksiz texnologik sikldan iborat, bu jarayonlarda ishlatiladigan mashina va uskunalar funk- sional guruhlarga qarab bir necha toifaga bo‘linadi:
5
Yordamchi yerosti lahimlarni o‘tuvchi mashina va kom- pleks uskunalari.
Foydali qazilmalarni qazib oluvchi mashina va kompleks uskunalari.
Yerosti va usti transport mashinalari va komplekslari.
Yuk ko‘taruvchi, shamollatuvchi, suv chiqaruvchi va pnev- moenergiya beruvchi turg‘un mashinalar.
Boyitish korxonalarining mashina va uskunalari.
Energetik uskuna va apparatlar.
Kon mashinalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Iqtisodiy talablar — ularni yaratish sharoiti va ishlatish jarayoni.
otsial talablar — ishlayotganda va ta'mirlashda to‘la xavfsizlik.
Texnik talablar — yuqori darajada mustahkamlilik, ishonch- lilik, yuqori quvvatlilik, kam energiya sarf qilishlik, ixchamlik, qo‘zg‘aluvchanlik, unumlilik va h.k.
Yerosti lahim va lavalarini, qolaversa, yerosti konining max- sus sharoitlari kon mashinalarining tuzilishiga, o‘lchamlariga, mustahkamligiga, chidamliligiga va h.k. larga o‘z ta'sirini ko‘rsat- may qo‘ymaydi. Ularga alohida talab qo‘yadi.
Maxsus kon sharoitlaridan asosiylari, kon mashinalari ishlay- digan joylarining chegaralanganligi (siqiqligi, torligi)dir. Yerosti lahimlari ko‘ndalang kesimlarining chegaralanganligi kon ma- shinalari o‘lchamlarini kichiklashtirishga, ularga qulay shakl berishga undaydi, bu bilan ularning qo‘zg‘aluvchanligi ta'minla- nadi. Kon mashinalarining o‘lchamlarini chegaralash, ularning unumdorligiga va ishchanligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi kerak emas. Kon atmosferasining namligi va kondagi suvlarning agressiv- ligi (ishqorliligi) kon mashinalarini zanglashga olib kelib, ularning ishlash resurslarini keskin kamaytirib yuboradi. huni hisobga olib kon mashinalari qismlari maxsus metalldan ishlanib, ularga ishlov
berilishi va maxsus qoplama bilan qoplanishi kerak.
Kon atmosferasining changliligi kon mashinalari ishqalanuvchi (shesterna, podshipnik va h.k.) qismlarini tez ishdan chiqaradi.
huning uchun konlarda changga qarshi kurash va changning ishqalanuvchi detallarga yetib bormasligini ta'minlash tavsiya qilinadi.
Ruda va boshqa tog‘ jinslarining tirnovchanligi va qattiqligi kon mashinalarini yedirilishga — yemirilishga olib keladi. Bu esa ularni maxsus qattiq, tirnalmaydigan materiallardan, maxsus ishlov berib
6
tayyorlashni talab qiladi yoki tez ishdan chiqadigan qismlarini oson almashtirish choralarini ko‘rib tayyorlashni taqozo qiladi.
Kon mashinalarining og‘ir, keskin, to‘satdan o‘zgarib turuv- chi sharoitlarda ishlashi, ishchi organlari zo‘riqishining tez-tez o‘zgarib turishi, ishchi organlarining qadalib qolish hollari ular- ni katta zaxira koeffitsiyentlari bilan tayyorlashga majbur etadi va ma'lum saqlagich qurilmalari bilan ta'minlashni talab etadi. Ma'lumki, lahim o‘tuvchi, qazib oluvchi kombaynlarning ish joyi tez-tez surilib, o‘zgarib turadi, bunday holat ularning qo‘zg‘a- luvchanligini oshirish va maxsus yurish — qo‘zg‘alish organlari bilan jihozlashni talab etadi. Kon mashinalarini loyihalashda, tay- yorlashda, tanlashda va ishlatishda yuqorida qayd qilingan
konlarning maxsus sharoitlarini nazarda tutish talab etiladi.
Yerosti konlarining yetarli yoritilmaganligi, changliligi va ishlash joylarining torligi kon mashinalarini yerostida ta'mirlashga imkon ber- maydi, ularni doimo yuqoriga olib chiqib ta'mirlash ma'lum qiyinchilik tug‘diradi. huning uchun kon mashinalari konstruksiyasi ularni tez va oson almashiladigan qismlardan tuzilishini talab qiladi.
Hozirgi vaqtda foydali qazilma qazib chiqarishni rivojlanti- rishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishi kon ishlarini konsen- tratsiyalash — jamlash va jadallashtirishga qaratilgan. Bu reja foydali qazilma qazib chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hamda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish orqali amalga oshirilishi kerak.
Kon ishlarini jamlash va jadallashtirish, kompleks mexanizatsiyalash foydali qazilma qazib olishda mehnat unumdorligini oshirishga olib keladi. Bu, ayniqsa, yerosti usuli bilan foydali qazilmani qazib olish- da kon mashinalarining unumdorligini shu mashinaning geometrik o‘lchamlarini oshirish hisobiga emas, balki ularning mustahkamligini va ish rejimini to‘g‘ri tanlab olish hisobiga oshirilishi lozim.
Mashinalarning ish rejimlarini takomillashtirish ko‘mir qazib oluvchi mexanizatsiyalashgan komplekslarni va transport sistema- larini qiyin yerosti sharoitlarida boshqarishda birmuncha qiyin- chilik tug‘diradi, shuning uchun ko‘mir qazib chiqarish jarayonini to‘la avtomatlashtirish talab qilinadi. Buning uchun shunday avtomatlashtirish sistemalarini qo‘llash kerak bo‘ladiki, bu yo‘na- lishda foydali qazilmalarni yerostida bevosita odam bo‘lmasdan turib qazib oluvchi komplekslar va agregatlar yaratish zarur bo‘ladi yoki minimal sonli ishchilarning yerostida nisbatan kam vaqt bo‘lishi hisobiga kerakli natijaga erishish taqozo qilinadi. Bu ishlar albatta sotsial talablarga yuqori darajada javob berishi kerak.
7
Dostları ilə paylaş: |