«turon-iqbol»


TO‘LDIRISH ISHLARINI MEXANIZATSIYALASH



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə10/10
tarix12.03.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#87462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-maruza

TO‘LDIRISH ISHLARINI MEXANIZATSIYALASH


9.1. UMUMIY MA’LUMOT


Foydali qazilma qazib olingan yerosti bo‘shliqlarini to‘ldirish yerosti bosimlarini boshqarish usullaridan biri bo‘lib, yer ustida joylashgan binolarni, inshoot va suv havzalarini buzilishdan saq- lash, shu bilan birga yerosti usuli bilan murakkab kon-geologik sharoitlardagi foydali qazilmalarni qazib olishda yer qa'ridagi foydali qazilmalarni to‘la qazib olish uchun, o‘zi yonib ketish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘mirlarni yong‘indan saqlash uchun, yerostida to‘satdan ko‘mir va gazning otilib chiqish xavfini ka- maytirish uchun, kon yuqorisida nokerak tog‘ jinslarining ag‘dar- masini yo‘qotish uchun amalga oshiriladi.


hu ishlarda qo‘llaniladigan energiyaning turiga va tog‘ jinsi- ni bo‘shliqqa joylashtirish usuliga qarab to‘ldirishning quyidagi turlari qo‘llanishi mumkin: qo‘l bilan, o‘z oqimi bilan, mexanik, pnevmatik, gidravlik va aralash usullar:

  • qo‘l bilan yerosti bo‘shliqlarini to‘ldirish nisbatan ko‘p mehnattalab usul bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan ish hajmlarida qo‘llaniladi;

  • o‘z oqimi bilan to‘ldirish yupqa va o‘rtacha qalinlikdagi qiya hamda tik qatlamlarni qazib olishda ishlatiladi. To‘ldiruv- chi material bo‘shliqqa o‘z og‘irlik kuchi ta'sirida tarnovlarda, quvur yoki jihozlanmagan yerda harakatlanadi. To‘ldirilayotgan kenglik 2—8 m ni tashkil etib u ishchi bo‘shliqdan taxta yoki metall setkalar bilan ajratiladi. Bu usulning ijobiy tomoni uning soddaligi, har qanday to‘ldiruvchi materialni qo‘llash mumkinligi, nisbatan kam mehnat talab qilishi va narxining kamligidir. Kamchiligi — qo‘llash omilining chegaralanganligi, to‘ldiruvchi tog‘ jinsining noqulay o‘tirishi yoki joylashishi (maydalangan tog‘ jinslari 10—25 %, oddiy tog‘ jinslari 25—40 %)dir;

  • mexanik usul bilan to‘ldirish maxsus mashinalar yordami- da amalga oshiriladi. Bu mashinalar uloqtiruvchi, zichlashtiruv-

164
chi yoki bosib boruvchi kuch bilan ta'sir etadi, shuningdek, sidirgichlar yordamida ham bo‘shliqlar to‘ldirilishi mumkin;

  • pnevmatik usul bilan to‘ldirishda siqilgan havo energiyasi- dan tashish va joylashtirish uchun foydalaniladi;

  • gidravlik usul bilan to‘ldirilganda to‘ldiruvchi materialni suv bilan aralashtiriladi, hosil bo‘lgan aralashmani bosim bilan quvur orqali zaboyga yetkazib beriladi va bo‘shliq shu aralashma bilan to‘ldiriladi;

  • aralash usulda yuqoridagi qulay bo‘lgan kamida ikkita usul yordamida bo‘shliq to‘ldiriladi.

To‘ldiruvchi material sifatida yerosti ishlarida chiqadigan tog‘ jinslari, ochiq kon ishlarida chiqadigan qum, maydalangan qoyali tog‘ jinslari, shuningdek, ishlab chiqarishning chiqindilari (sara- lash fabrikalarining chiqindilari, shlaklar, ag‘darma tog‘ jinslari) qo‘llanishi mumkin. Pnevmo va gidrousul bilan to‘ldirilganda maydalangan tog‘ jinslarining yirikligi 60—80 mm dan, tuproq- simon aralashmalar 5 % dan oshmasligi kerak.
To‘ldiruvchi materiallarni qayta ishlash yuqorida yoki yerosti maydalovchi-saralovchi qurilmalarida olib boriladi. Agar to‘ldi- ruvchi material ag‘darmalardan, karyer va boshqa manbalardan keltirilgan bo‘lsa yuqorida tayyorlash usuli, material konning ichidan chiqqan bo‘lsa yerosti tayyorlash usuli qo‘llaniladi.
amarali hisoblangan, mexanizatsiyalashtirilgan hamda avto- matlashtirilgan to‘ldirish usullaridan hisoblangan quvur orqali keltiriladigan gidravlik va pnevmatik usullar jahon amaliyotida keng qo‘llaniladi.
U yoki bu to‘ldirish usulini tanlashda konning kon-geologik sharoitlari, qabul qilingan qazib olish sistemasi, to‘ldirish ishlari texnologiyasi va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari nazarga olinadi. Gidrousulda to‘ldirilganda tog‘ jinsi kam o‘tiradi, cho‘kadi (10— 15 %), lekin yetarlicha suv resursini talab qilib, bunda to‘ldiruvchi materialning suvdan oson ajralishi kutilgan natijani berishi kerak. Pnevmousulda material 15—30 % o‘tiradi va quvurlar hamda boshqa uskunalar tez yedirilishining, shuningdek, chang chiqi- shining oldini olish maqsadida to‘ldiruvchi materialning kam tir- novchi xususiyatga ega bo‘lishini talab qiladi. Bu usul uchun kuchli kompressor xo‘jaligi va maydalab-saralovchi uskuna kerak bo‘ladi,
bu esa katta kapital mablag‘ talab qiladi.

165
9.k. SIDIRGICH YORDAMIDA TO‘LDIRISH


Bu usul o‘zining kam unumdorligi, ishni tashkil etishning murakkabligi sababli lavalarda kam qo‘llaniladi. Lekin bu usul shtrek o‘tishda keng qo‘llaniladi. ЗY—1M rusumli sidirgichli to‘ldirish qurilmasi ikki barabanli 1 БC—4M—2 rusumli sidirgich chig‘iri, o‘zi to‘kadigan kurakcha tipidagi sidirgich 2 dan iborat (63-rasm). Chig‘ir sim arqon uchun yo‘naltiruvchi roliklar bilan ramaga o‘rnatilgan.


Chig‘ir elektr dvigatelining quvvati 25 kVt, tortish kuchi 4 tk gacha, sim arqonining diametri 25 mm. idirgichning yurish tezligi taxminan 1 m/s. idirgichli to‘ldiruvchi sidirgichining hajmi 0,3 m3 bo‘lganda uning unumdorligi taxminan 10—15 m3/soat. Materialni sidirgichli to‘ldiruvchi yordamida to‘ldirganda o‘tirish, zichlashish 30—40 % ni tashkil qiladi.

6S-rasm. ЗY—1 M sidirgichli to‘ldirish qurilmasining shtrek o‘tishidagi ishlash sxemasi.


9.3. GIDRAVLIH TO‘LDIRISH

Gidravlik to‘ldirishda texnologik jarayon to‘ldiruvchi materi- alni tayyorlash, uni transport yordamida aralashtiruvchi kameraga tashib borish, aralashma hosil qilish, aralashmani quvurlar orqali


166
to‘ldirilishi kerak bo‘lgan bo‘shliqqa olib borib joylash, ishlatil- gan suvni zumpfga yuborib uni tindirish va tingan suvni yuqori- ga ko‘tarib berish kabi ishlardan iborat.
Bu usul uchun to‘ldiruvchi sifatida yirik qum (qisman o‘lcha- mi 0,1 mm bo‘lgan zarrachadan iborat) ishlatilib, bu zarrachalar suv bilan chiqib ketishi mo‘ljallanadi. huningek, to‘ldiruvchi ma- terial sifatida maydalangan, yirikligi 60 mm dan ko‘p bo‘lmagan tog‘ jinslari ham qo‘llanadi. Bunday hollarda texnologik jara- yonlar biroz murakkablashadi, chunki qo‘shimcha maydalovchi- saralovchi qurilma ham zarur bo‘ladi.
Qumning aralashmasida uning konsistensiyasi tashilayotgan yukning yirikligiga bog‘liq bo‘lib, mos ravishda, yirikligi 20— 30 mm bo‘lgan tog‘ jinslariga 1/4, yirikligi 40—60 mm bo‘lgan- da 1/6 va undan ko‘p bo‘lishi kerak. hu ko‘rsatkichdan kam bo‘lganda aralashmadagi nisbatan yirik bo‘lakchalar aralashmadan tushib qolib, quvurning ichida tiqilib qoladi. Agarda ko‘rsatkichdan oshib ketsa, suvning sarfi oshib ketadi. Aralashmani uzatishda uning samarador rejimi aralashmaning kritik tezligiga mos hol- dagisiga to‘g‘ri keladi. Kritik tezlikda aralashmaning bo‘lakcha- lari quvurda, asosan, muallaq holda, cho‘kib qolmasdan hara- katlanadi. Quvurning diametri 150 mm bo‘lganda, aralashma- ning tezligi 3—4,5 m/s bo‘lsa normal hol hisoblanadi.
hulardan ma'lum bo‘ladiki, gidroto‘ldirishda quvurning dia- metri, aralashma konsistensiyasi va tarkibini, tashish masofasini tez aniqlab, ularga to‘g‘ri keluvchi ish rejimini avtomatik boshqa- rish sistemalarini tatbiq etish ayni maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aralashmani tashish masofasi L ning uning bosimi H ga nisbati L/H = 5—8 bo‘lganda va bosimning qiymati 100 m bo‘lsa, aralashmani 500—800 m gacha gorizontal tekislikda yetkazib berish mumkin.
Gidroto‘ldirishning asosiy ijobiy tomonlaridan biri — uni yuqori darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkin, kam mehnattalab, ishlatishda sodda, shuning hisobiga unum- dorligi yuqori (4—10 m3/min). Gidroto‘ldirishning ta'sir radiusi L/H = 15—20 da nisbatan zich joylashtirib to‘ldirish mumkin. Gidroto‘ldirishning kamchiligi: yerosti koniga katta miqdorda suv berilishi kon namligini oshiradi va lahimlarni to‘ldiruvchi mate- rialning mayda fraksiyalari bilan ifloslashtiradi; foydali qazilmani qazib olish bilan to‘ldirish ishlarini birga olib borib bo‘lmaydi; quvurlar tez yediriladi va h.k.
167
Gidravlik to‘ldirishda quvurning diametri 150—250 mm bo‘lib, pnevmatik to‘ldirishda bu o‘lcham zarrachaning maksimal o‘lcha- midan 2—3 marta katta qabul qilinadi. Quvurning resursini oshi- rish uchun ichiga qoplama qilinadi va ma'lum vaqtdan keyin ularni 120˚ ga aylantirib turiladi.

9.4. PNEVMATIH TO‘LDIRISH


Pnevmatik to‘ldirishda to‘ldiruvchi material quvurlarda havo bosimi ta'sirida kerak bo‘lgan masofaga, ya'ni to‘ldiruvchi bo‘sh- liqqa olib borilib to‘kiladi. Havo va materialning miqdori avtoma- tik tarzda rejalashtirilib turiladi. Pnevmotransport orqali bo‘shliq- qacha material yetkazilgan joydan 10—15 m masofaga 1 m3 to‘ldi- ruvchi material hisobiga 10 l suvni yetkazib beriladi, bu bilan material tushgan joyda chang bostiriladi hamda suv materialning yaxshi, zich joylashishiga katta yordam beradi.


Pnevmatik to‘ldirishda kamerali to‘ldiruvchi mashinalar qo‘lla- niladi. Bunda material uzlukli ravishda havo bosimi bo‘lgan quvur- ga uzatilib turiladi va bo‘shliq sekin-asta to‘ldiriladi. Barabanli to‘ldiruvchi mashinalarda esa material uzluksiz uzatilib turiladi. Barabanli to‘ldiruvchi mashinalar kamerali to‘ldiruvchi mashina- larni ishlab chiqarishdan sekin-asta siqib chiqarmoqda. Kamerali to‘ldiruvchi mashinalar bir, ikki yoki uch kamerali bo‘ladi. Ikki kamerali MMЗ—1M to‘ldiruvchi mashinasida to‘ldiruvchi material
64-rasm. MMЗ—1M ikki kamerali to‘ldiruvchi mashina.
168
voronka 1 ga yuklanadi, undan kamera S ga o‘tadi, keyin kamera
4 ga tushadi (64-rasm).
To‘ldiruvchi materialning tushishi avtomatik tarzda klapan 6 bilan pnevmodomkrat 2 orqali vaqti-vaqti bilan ochib-yopib re- jalashtirib turiladi. Pnevmodomkratlar taqsimlovchi qurilma 5 yor- damida harakatga keltiriladi. To‘ldiruvchi materialni voronka 1 dan kamera S ga atmosfera bosimi ostida uzatiladi. To‘ldirilgan- dan so‘ng yuqoridagi klapan 6 yopiladi. Undan keyin quvur 8 dan kamera 4 va S ga siqilgan havo yuboriladi. Pastki klapan ochilib material vertikal o‘qda aylanuvchi taqsimlovchi disk 7 orqali, vertikal radial to‘siqchalar orqali to‘ldiruvchi quvur 9 ga o‘tadi, quvurda havo oqimining bosimi 2,1—3,4 kgk/sm2 ni tashkil qiladi. Havo sarfi 1 m3 tashiladigan materialga 120—180 m3. Mashi-
naning maksimal unumdorligi 35 m3/soat.
Kamerali mashinalarning kamchiligi geometrik o‘lchamlari- ning kattaligi, mashinani yig‘ish va bo‘laklarga bo‘lish ko‘p mehnat talab qilishidir.
БMMЗ—3 barabanli mashinada to‘ldiruvchi material voronka 1 ga, undan aylanib turgan barabanli vertikal yacheyka 2 ga tushadi (65-rasm). Baraban shponkada val S da o‘tiradi, val (20 ayl/min) tezlik bilan elektr dvigatel 4 va reduktor orqali aylantiriladi. Bara- ban aylanganda uning yacheykalari galma-galdan havo quvuri 5 bilan to‘g‘ri keladi. hunda yacheykadagi material havo oqimi bilan bosim ostida to‘ldiruvchi quvur 7 ga olib ketiladi. Mashina-

65-rasm. БMMЗ—3 barabanli to‘ldirish mashinasi.


169
ning unumdorligi 80 m3/soatgacha, to‘ldiruvchi materialni 400 m gacha maksimal masofaga tashib bera oladi.
Keyingi vaqtlarda ishlash rejimini avtomatlashtirish mashina- ga berilayotgan to‘ldiruvchi material miqdorini rejalash hisobiga bajarilayapti. Bu havo sarfini bir xilda ushlab turib amalga oshiri- layapti va aksincha, havo oqimi sarfini rejalashtirish to‘ldiruvchi material miqdorini o‘zgartirmasdan amalga oshirilayapti.
Pnevmatik to‘ldirish usuli havo sarfini ikki marta kamayti- rishga olib keldi: 1 m3 to‘ldiruvchi materialga 50 m3 havo sarf- lanadi. Ba'zi shaxtalarda to‘ldiruvchi materialga har xil bog‘lovchi materiallar (sement, shlak va boshq.) qo‘shish hisobiga, uni to‘ldirgandan so‘ng, tez qotish, qattiqligini oshirish hamda bitta monolit hosil qilishga erishilmoqda.

NAZORAT SAVOLLARI





  1. Yerosti bo‘shliqlarini to‘ldirishning qanday ijobiy va salbiy tomonlarini bilasiz?

  2. Yerosti bo‘shliqlarini to‘ldirish usullarini bayon qiling.

  3. Yerosti bo‘shliqlarini gidrousul bilan to‘ldirish.

  4. Yerosti bo‘shliqlarini sidirgich yordamida to‘ldirish.

  5. Yerosti bo‘shliqlarini pnevmatik usul bilan to‘ldirishning qanday afzal tomonlarini ayta olasiz?

  6. Yerosti bo‘shliqlarini to‘ldirishga qo‘yiladigan talablar.

170
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR





  1. Coлoд B. N., Зaйkob B. N., Mepbob K. M. «Fopныe mamины и ab- тomaтизиpobaнныe komплekcы». M., «Heдpa», 1981.

  2. Mиxaйлob Ю. M., Kaнтobиu Л. N. «Fopныe mamины и komплek- cы». M., «Heдpa», 1975.

  3. Яцkиx B. F., Nmac A. Д., Cпekтop Л. A. «Fopныe mamины и komп- лekcы». M., «Heдpa», 1974.

  4. «Fopныe mamины и komплekcы». Moд oбщ. peдakциeй пpoф. Toп- uиeba A. B. M., «Heдpa», 1971.

  5. «Mamины и oбopyдobaниe для yFoльныx maxт». Cпpabouниk. Moд peдakциeй Kлopиkьянa C.X., Xopинa B.H. M., «Heдpa», 1974.

171



MUNDARIJA

Kirish 3

  1. Foydali qazilma qatlamlarining tasnifi 8

    1. Konning kon-geologik, kon-texnik sharoitlari 8

    2. Foydali qazilma va boshqa tog‘ jinslarining fizik-mexanik

xususiyatlari 13
k. Tog‘ jinslarini buzishning usullari va ularni qo‘llash ko‘lamlari 16

    1. Mexanik usul 16

    2. Termik usul 17

  1. Tog‘ jinsini burg‘ilash usullari va ularni qo‘llash ko‘lamlari 18

    1. Burg‘ilash usullari to‘g‘risida umumiy ma'lumot 18

    2. Zarb bolg‘alari. Vazifasi va qo‘llanishi 21

    3. Perforatorlar va ularni o‘rnatuvchi moslamalar 26

    4. Aylanib burg‘ilovchi mashinalar 39

    5. Zarb-aylanma va aylanma-zarb burg‘ilash mashinalar 53

    6. Burg‘ilash stanoklari va agregatlari 61

    7. Burg‘ilash mashinalarining unumdorligi 77

  2. Lahim o‘tuvchi kombayn va komplekslar 82

    1. Umumiy ma'lumot va tasnifi 82

    2. Lahim o‘tuvchi kombaynlar asosiy qismlarining

konstruksiyasi 84

    1. Uzluksiz burg‘ilab ta'sir etuvchi ishchi organli

kombaynlar 91

    1. Tanlab ta'sir etuvchi ishchi organli kombaynlar 95

    2. Lahim o‘tuvchi kombaynlarning unumdorligi 99

172

  1. Hon mashinalari, komplekslari va agregatlari 102

    1. Umumiy ma'lumot 102

    2. Foydali qazilmani qazib oluvchi kombaynlar.

Umumiy ma'lumot 104

    1. Kombaynlarning yuklash organlari 106

    2. Kon mashinalarining yurish organlari. Yurish organlarining

turkumlari 110

    1. Kon mashinalarining yuritmalari 111

    2. Kon mashinalarining uzatish mexanizmlari 117

    3. Kon mashinalarini boshqarish sistemalari 119

    4. Foydali qazilma qazib oluvchi kombaynlar 122

    5. Chang bostiruvchi sistema (CHB ) 129

    6. Foydali qazilma qazib oluvchi komplekslar 130

    7. Foydali qazilma qazib oluvchi agregatlar 132

    8. Foydali qazilma qazib oluvchi kombaynlarning

unumdorligi 134

  1. Qirg‘ich qurilmalari 138

    1. Umumiy ma'lumot 138

    2. YC—2M sidirgich-qirg‘ich qurilmasi 141

    3. YCБ—67 qirg‘ich qurilmasi 143

    4. Qirg‘ich qurilmasining unumdorligi 146

  2. Hon ishlarini gidromexanizatsiyalash 148

    1. Umumiy ma'lumot 148

    2. Gidromonitorlar 150

    3. Aralashma nasoslari va ta'minlovchilar 152

    4. Gidrousul bilan qazishning unumdorligi 153

  3. Yerosti ekskavator, buldozer, o‘ziyurar skreperlari va ularning

unumdorligi 155

    1. Yerosti ekskavatorlari 155

    2. Yerosti buldozerlari 157

    3. O‘ziyurar skreperlar 159

    4. Ekskavatorlarning unumdorligi 161

    5. Buldozerlarning unumdorligi 161

173
8.6. kreperlarning unumdorligi 162

  1. To‘ldirish ishlarini mexanizatsiyalash 164

    1. Umumiy ma'lumot 164

    2. idirgich yordamida to‘ldirish 166

    3. Gidravlik to‘ldirish 166

    4. Pnevmatik to‘ldirish 168

Foydalanilgan adabiyotlar 171

174


Abduvosit Mahamadjahovi h Isaxodjayev


HON MASHINALARI VA MAJMUALARI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
«Turon-Iqbol» nashriyoti — 2007 Muharrir B. Xudoyorova
Badiiy muharrir J. Gurova
Texnik muharrir T. Smirnova
Musahhih H. Zokirova
Kompyuterda tayyorlovchi Ye. Gilmutdinova

175




Bosishga 25.05.07 da ruxsat etildi. Bichimi 60×901/
16.

«Tayms» garniturasida ofset bosma usulida bosildi. hartli b.t. 11,0.
Nashr t. 12,67. Jami 1000 nusxa. 220-raqamli buyurtma.
Original-maket «ARNAPRINT» MCHJ da tayyorlandi.
Toshkent, H.Boyqaro ko‘chasi, 41.
«Toshkent Tezkor bosmaxonasi» MCHJ da bosildi.
100200, Toshkent. Radial tor kochasi, 10-uy.


www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin