«turon-iqbol»


HON ISHLARINI GIDROMEXANIZATSIYALASH



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə8/10
tarix12.03.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#87462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-maruza

HON ISHLARINI GIDROMEXANIZATSIYALASH





      1. UMUMIY MA’LUMOT

Foydali qazilmani gidrousul bilan qazib olish birinchi marta 1830-yili Rossiyada Ural tilla konlaridan birida qo‘llangan. Un- dan keyin boshqa ko‘pgina davlatlarda foydali qazilma qazib olish- da, uni ochishda ishlatib kelinayotir. Bu usulning asl ma'nosi suvning energiyasidan foydalanishdir. uv nasos yordamida katta bosim orqali gidromonitorga uzatib beriladi va uning stvolidan ixchamlangan suv oqimi ko‘rinishida otilib chiqib zaboydagi tog‘ jins (tuproq, qum, ko‘mir va h.k.) larini buzib tushiradi. Bunda hosil bo‘lgan suv va tog‘ jinsining aralashmasi (pulpa) o‘z oqimi bilan tarnovlar orqali yoki maxsus nasos bilan quvurlar orqali (bosimli gidrotransport) kerakli joyga yetkazib beriladi.


Gidromexanizatsiya gidrotexnik inshootlarni qurishda, foydali qazilmalarni ochiq ko‘mir konlarida va boshqa konlarda ochishda, torf va qumlarni qazib olishda keng ishlatiladi. Yerosti usulida foydali qazilmani gidrousul bilan qazib olish birinchi bor V. . Muchnik boshchiligida ishlab chiqilgan va 1936—1939-yillar- da Ural va Donbass konlarida qo‘llangan. Undan keyingi yillarda Rossiya va Ukraina konlarida qo‘llana boshlangan.
Gidrousul bilan foydali qazilmani qazib olishning ustunlikla- riga uning soddaligi, jarayonlar sonining kamligi, uzluksiz tex- nologik jarayonligi, yuqori mehnat unumdorligi, changning yo‘qligi va boshqalar kiradi. Uning asosiy kamchiligiga elektr energiya nisbiy sarfining kattaligi (odatda, boshqa usul bilan qazib olishga nisbatan 6—10 marta katta), ko‘mirning nisbatan ko‘p isroflanishi (30—40% gacha yetadi), suvni ko‘p talab qilishi va namlikni yo‘qotishning qiyinligi, ko‘mirni sezilarli ko‘p maydala- nishi, kon atmosferasining yuqori namliligi, yerosti lahimlarining ifloslashuvi va boshqalar kiradi.
Gidravlik (gidromonitorli) usul bilan ko‘mir qatlamini buzish gid- romonitordan foydalanib amalga oshiriladi (58-rasm). Gidromoni-
148

torning nasadkasidan otilib chiqqan suv oqimining bosimi 100 kgk/sm2 dan ortiq, suv oqimining tezligi 70 m/s dan katta bo‘lib, uncha qattiq bo‘lmagan ko‘mir qatlamini buzib, aralashma holida kerakli joyga yetkazib beradi. Aralashma- dagi qattiq jism hajmining suv hajmiga nisbati Qat/ uyuq 1/4 dan 1/10 gacha va undan ham ko‘proq qabul qilinadi.
Portlatib gidravlik usul bilan buzish qattiq ko‘mir va tog‘ jins- larini buzishda ishlatiladi. Bu usulda qattiq massa avval burg‘i- lash-portlatish usuli bilan yum- shatib olinib, so‘ngra nisbatan kam bosimli gidromonitor (suv- ning bosimi 20—50 kgk/sm2) yordamida yuvib aralashma hosil






      1. rasm. Foydali qazilmani gidrousul bilan qazib olish sxemasi.

qilinadi. Bu usulning kamchiligi ishni tashkil etishning murakkab- ligi va uzluksiz texnologik jarayonning buzilishidir.
Mexanogidravlik usul bilan massivni buzishda, qazib oluvchi yoki lahim o‘tuvchi mashinalar yordamida qattiq ko‘mir yoki uncha qattiq bo‘lmagan tog‘ jinslarini buzib olib, so‘ngra kam bosimli gidromonitorlar bilan yuvib aralashma hosil qilinadi. Bunga K—56MF mexanogidravlik lahim o‘tuvchi kombayn misol bo‘la oladi. Bu kombayn ko‘mir qatlami qalinligi 1,9—2,6 m bo‘lganda tayyorlov lahimlarini o‘tishda foydalaniladi.
Kombayn koronkali ishchi organiga, gusenitsali yurish organiga va suv bilan yuvish qurilmasiga ega. uvning sarfi 150 m3/soat gacha. K—56MF kombayni bilan bir oyda 3—4 km lahim o‘tib rekord ko‘rsatkichlarga ega bo‘lingan. Mexanogidravlik usul bilan massivni buzishning kamchiligi zaboyda ikki xil energiyadan foy- dalanishdir (gidravlik va elektr energiya), bu hol mashinaning konstruksiyasini murakkablashtiradi hamda uzluksiz texnologik jarayonni tashkil qilolmaydi. Gidromexanik usul bilan massivni buzishda, avval gidrousul bilan massivni ingichka, katta bosimli suv oqimi bilan buzib, so‘ngra odatdagi mexanik usul bilan yuklab tashib ketiladi. Gidromexanizatsiyaning asosiy uskunalariga gidro-
149

monitorga bosim bilan suv beruvchi nasos 4, suv oqimini tash- killashtirib, buzilayotgan zaboyga yo‘naltiruvchi gidromonitor 2, suvni uzatib beruvchi quvur S, aralashma uchun quvur 5, 8, tog‘ jinsini maydalab beruvchi tegirmonni ta'minlovchi 6 (питaтeль), aralashmani bosim bilan majburiy uzatish uchun aralashma nasosi 7 kiradi (58-rasm). Oxirgi yillarda suvni yopiq konturda haydab undan foydalanuvchi gidromexanizatsiya sxemasi ko‘proq qo‘llanib kelinmoqda. Bu sxemada zaboy 1 da gidromonitor 2 o‘rnatilib, unga quvur S bilan tashqarida joylashgan nasos 4 dan suv uzatilib beriladi. uv bosimi bilan zaboydan qulatilgan tog‘ jinsi shu suv bilan aralashma uchun quvurdan 5 yoki tarnovchadan tegirmon- ga, undan aralashmani yig‘uvchi zumpfga va nihoyat aralashma uchun nasos 7 yordamida, aralashma quvuri 8 dan tashqariga — boyitish fabrikasi 9 ga chiqarib beriladi. Boyitish fabrikasida ara- lashma boyitilib suvdan tozalanib, iste'molchiga yuboriladi. Aj- ralib chiqqan suv tindirilib nasos 4 ga qaytadan foydalanish uchun yuboriladi. uvning bug‘lanib yoki oqib chiqib yo‘qotilgan miqdorini yerosti suvlari yoki boshqa suv manbayidan to‘latilib turiladi.

7.k. GIDROMONITORLAR


Gidromonitorlar zichlashtirilgan, ixchamlashtirilgan suv oqimi- ni tashkil qilish va uning otilib chiqishini boshqarish uchun qo‘l- laniladi.


Gidromonitorlar quyidagi toifalarga bo‘linadi:

        • bosimning qiymatiga qarab — yuqori bosimli (15 kgk/sm2 dan ko‘p), o‘rtacha bosimli (12—15 kgk/sm2) va past bosimli (5 kgk/sm2 gacha);

        • boshqarilishiga qarab — qo‘l bilan va masofadan boshqa- riladigan;

        • otilib chiquvchi oqimning xarakteriga qarab — uzluksiz va impulsli;

        • qo‘zg‘alishiga qarab — o‘zi yuruvchi va o‘zi yurmaydigan. Gidromonitorlar quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi: shar- simon yoki oddiy sharnir 2, stvol 1 bilan ulangan ulab turuvchi patrubka 9, ostki tirsak 5 bilan qo‘zg‘aluvchi yoki qo‘zg‘almas 4 qilib ulangan yuqorigi tirsak S, ostki tirsakka ulangan bosimli quvur, rama 7 va boshqarish mexanizmlari (59-rasm, a). Gidro-

150
59-rasm. Gidromonitorlar:
a — gidromonitor; b — FMДЦ—3 gidromonitori; d — gidromonitor- dan chiqqan suv oqimining tuzilishi.

151
monitor stvolining oxiriga nasadka 6 vint orqali qotirilgan. Nasadka suv oqimiga ma'lum shakl berish uchun qo‘llaniladi. Gidromo- nitor stvoli vertikal va gorizontal tekislikda qo‘l bilan yurituvchi 8 orqali yoki gidrosilindr 10 va 11 yordamida buraladi. Gidravlik boshqarishni masofadan sodir etish mumkin, bunda gidromoni- torni zaboydan uncha uzoq bo‘lmagan joyga joylashtiriladi, boshqarish pulti xavfsiz joyga olib chiqiladi.


Boshqaruvchi gidrosilindrlarda ishchi suyuqlik sifatida bosimli quvurdan kelayotgan suv yoki alohida gidroyuritma sistemasi o‘zining bosim tashkil qiluvchi stansiyasi bilan qabul qilinadi, bunda ishchi suyuqlik sifatida moy olinadi.
Ko‘mirni gidroshaxtalarda gidrousul bilan qulatishda lavada va tayyorlash zaboylarida, qalinligi 0,8 m va undan ko‘p bo‘lgan, xohlagan qiyalikda yotgan ko‘mir qatlamlarini qazib olishda, shuningdek, portlatish ishlarida FMДC—3 gidromonitorlari qo‘lla- nishi mumkin (59-rasm, b, d).

7.3. ARALASHMA NASOSLARI VA TA’MINLOVCHILAR


Aralashma nasoslari gidromexanizatsiyada asosiy mashinalar- dan hisoblanib, ishlatish joyiga qarab tuproq aralashmasi, ko‘mir aralashmasi, qum aralashmasi uchun tayinlangan nasoslarga bo‘linadi. Bu nasoslar markazdan qochma nasoslarning ishlash prinsipiga asoslangan bo‘lib, ulardan kattalashtirilgan o‘tish joyining kesimi, og‘irligi va asosiy qismlarini tirnashga chidamliligi bilan farq qiladi. Bu nasoslar ishchi g‘ildirak, oldingi va orqadagi qopqoqlar, ishchi g‘ildirakni oldi va orqa tomondan ushlab tu- ruvchi bronli disklar, so‘rib oluvchi quvur va h.k. lardan tashkil topgan. Ishchi g‘ildiragi 2—5 ta kurakcha bilan jihozlangan. Nasos korpusining qopqog‘i oson yechib-yig‘iladigan qilinadi. Nasos elektr dvigatel bilan elastik mufta orqali ulanadi.


anoatda qo‘llaniladigan tuproq aralashmasi uchun mo‘ljal- langan nasoslarning FHЗ, 8HЗ, 10HЗ, 3FM—1, 3FM—2, 3FM—2m va h.k. turlari bo‘lib, bular ishchi organlarining aylanish tezligi 50 m/s gacha bo‘ladi, ko‘mir aralashmasi uchun nasoslar- ning quyidagi turlari: 6HYB, 10YBT—2, 12P—7, 20P—11, 5ШHB, 10Y5, FOY10, 12YB6 va h.k. Kon mashinasozligi zavod- lari keyingi vaqtda tuproq aralashmasi uchun nasoslarning yangi
152
turlari (100—35, 300—40, 500—60, 1000—80, 720—27, 1600—
64, 1600—53) ni ishlab chiqardi (birinchi son — o‘rtacha unum- dorligini (m3/soat), ikkinchisi — nasos tashkil qilgan bosim miq- dorini (m) ko‘rsatadi).
Kichik unumdorlik va kam masofaga yukni tashishda gidro- elevatorlar qo‘llanishi mumkin. Ta'minlovchi (питaтeль)lar tashi- lishi ko‘zda tutilgan aralashma yoki quruq tog‘ jinsini bosimli quvurga uzatib berish uchun qo‘llaniladi. Konstruksiyasiga qarab ta'minlovchilar: shnekli, kamerali, porshenli, quvurli va h.k. bo‘li- shi mumkin.
2MШ—2, MШ—3 shnekli ta'minlovchilarining bosimi 200— 700 m suv ustunini tashkil etadi. hnekning diametri 200— 300 mm, aylanish tezligi 145—150 ayl/min bo‘ladi. 2KM—300 kamerali ta'minlovchisining unumdorligi 20 m3/soat, bosimi 300 m suv ust.; AЗB—1 ning unumdorligi 80 m3/soat, bosimi 600 m suv ust.; MCM ning unumdorligi 40 m3/soat, bosimi 300 m suv ust. va boshqalar. Gidromexanizatsiyada bolg‘ali ДMШ va tishli ДЗШ tegirmonlari qo‘llaniladi.

7.4. GIDROUSUL BILAN QAZISHNING UNUMDORLIGI


Gidrousul bilan foydali qazilma qazib olishda uning unum- dorligi vaqt birligida suv oqimi yordamida qulatib olingan tog‘ jinsi (ko‘mir)ning miqdori bilan aniqlanadi. Gidromonitorning unumdorligi (P, t/soat) va massivga ko‘rsatilayotgan suv oqimining bosimi (R, kgk/sm2) o‘rtasida nasadka diametri va zaboygacha masofaning o‘zgarmas holida parabolik bog‘liqlik bo‘ladi, ya'ni:


P = GRn, t/soat,
bu yerda: G va n — buzilayotgan ko‘mir massivining fizik xusu- siyatiga bog‘liq bo‘lgan empirik koeffitsiyent.
uv oqimining energiyasidan to‘la foydalanish vaqtidagi bo- sim (R) buzilayotgan ko‘mir qatlamining (prof. M. M. Proto- dyakonovning shkalasi bo‘yicha) qattiqlik koeffitsiyenti (ko‘mir- ning o‘rtacha qattiqlik koeffitsiyenti f = 1—1,5)ga qarab aniqla- nadi, ya'ni:
R ? 50f, kgk/sm2.
153
R < 50f bo‘lgan holda gidrousul bilan foydali qazilmani bu- zish barqaror bo‘lmaydi. Bosimning qiymati 50f dan oshishi bilan gidromonitorning unumdorligi barqarorlashib boradi va uzluksiz ravishda parabola qonuniga mos ravishda oshib boradi. Bu holda daraja ko‘rsatkich «n»ning qiymati 1 va 1,5 oraliqda qabul qilinadi. R ? 50f qiymat suv oqimining ishchi bosimi, RH = 50f qiymat esa ishchi bosimning pastki chegarasi deb aytiladi. Gidromoni- tor ko‘mir qatlamining qattiqligi va darzliligining o‘zgarishini hisobga olib, ishonchli ishlashi uchun suv oqimining ishchi bosi-
mini R = (100—120)f, kgk/sm2 atrofida qabul qilinadi.
Gidromonitor unumdorligining (P) nasadkadagi suv oqimi- ning bosimiga bog‘liqligi quyidagicha ifoda etiladi:

o
P = GR n, t/soat.
Gidromonitor va zaboy orasidagi masofaning oshishi bilan suv oqimining samaradorligi kamayadi va ko‘mir qatlamining buzilish unumdorligi kamayadi.
uv oqimining samarali uzunligi Lef, ya'ni gidrousul bilan buzishda suv oqimining maqsadga muvofiq bo‘lgan uzunligi (suv oqimining tekislikka bo‘lgan ta'sir kuchi, suv oqimining shu uzun- ligida taxminan 2 baravar kamayadi) empirik formula bilan aniqlanadi:
Lef = (400—500)d, m,
bu yerda: d — nasadkaning diametri, m.
hunday qilib, suv oqimining samarali uzunligi asosan nasadka- ning diametriga (nasadkaning bosimi o‘zgarmas bo‘lib, 150 kgk/sm2 gacha bo‘lganda) bog‘liq. d = 0,019—0,022 m bo‘lganda Lef = 8— 10 m, d = 0,025—0,027 m bo‘lganda Lef = 10—15 m bo‘ladi.

NAZORAT SAVOLLARI





  1. Foydali qazilmalarni gidrousul bilan qazib olish va uni qo‘llash ko‘lamlari.

  2. Gidrousul uskunalarining qanday turlarini bilasiz?

  3. Gidromonitorlar, ularning vazifasi va asosiy qismlari.

  4. Gidrousulda qo‘llanuvchi nasoslar, ularning turlari va alohida belgilarini bayon qiling.

  5. Gidrousulda qo‘llanuvchi taqsimlagichlarning turlari, asosiy qismlari va ishlash prinsiplari.

  6. Gidrousul bilan qazishning unumdorligi qanday aniqlanadi?

154


  1. Yüklə 1,56 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin