«turon-iqbol»


YEROSTI EHSHAVATOR, BULDOZER, O‘ZIYURAR SHREPERLARI VA ULARNING



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə9/10
tarix12.03.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#87462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-maruza

YEROSTI EHSHAVATOR, BULDOZER, O‘ZIYURAR SHREPERLARI VA ULARNING

UNUMDORLIGI





    1. YEROSTI EHSHAVATORLARI

Ruda konlarining kameralarida, o‘rtacha qiyalikda foydali qazilma qatlami yotish burchagining qalinligi katta bo‘lgan hollar- da tog‘ jinslarini ortib berishda, shuningdek, ko‘ndalang kesim yuzasi katta bo‘lgan lahimlarni o‘tishda bir kovshli yerosti ekska- vatorlari keng qo‘llanib kelinmoqda. Bunday hollarda, odatda, kamquvvatli, universal, to‘la aylana oladigan, qurilishda ishlati- ladigan S652, S801, kovshining hajmi 0,65—1,25 m3 bo‘lgan ekskavatorlar qo‘llaniladi. Ularning ishchi organlari kran, to‘g‘ri va teskari kurakli bo‘lib, almashtiriladigan bo‘ladi. Ularning asosiy kamchiligi, geometrik o‘lchamlarining kattaligi, yerostida ishlashga moslanmaganligi, yerosti lahimlarida yura olmasligi, tashiy ola- digan bloklarga bo‘linmasligi, yerostida yig‘ish va bo‘laklarga bo‘lish nisbatan qiyinligidir.


Yerosti ekskavatorlariga qo‘shimcha quyidagi talablar qo‘yila- di: yuqori unumdorlikni ta'minlash (500 t/smenagacha), kame- rada ishlabgina qolmasdan balki lahimlarda ham ishlatsa bo‘ladigan, yuqori yuruvchan, nisbatan katta bo‘laklarni ham yuklay oladigan, zaboyni tozalab oluvchan, xavfsiz va mashinist ishlashiga qulay bo‘lishi shart. hu talablardan kelib chiqib maxsuslashtirilgan S6514, S7515, SM1 va SMF1 yerosti ekska- vatorlari ishlatilmoqda, ularning qisqacha ko‘rsatkichlari 10- jadvalda berilgan.
SM1 ekskavatori yerosti ruda konlarida zaboyda yuklash ishlarini olib borishda ishlatiladi. Uning yordamida yirikligi 800 mm gacha bo‘lgan, kameraning balandligi 6 va kengligi 10 m dan kam bo‘lmagan kameralarda yuklash ishlari amalga oshiriladi. SM1 ekskavatorining ishchi uskunalari hajmi 1 m3 bo‘lgan svar- ka yordamida yig‘ilgan kovsh 4, dastak S (pykoятka), quti kesi- mida ikkita balkadan svarka yordamida tayyorlangan strela 1, unga o‘rnatilgan bosh 2 va strela 5 bloklari, tortuvchi bosim zanjiri 6, kovsh 7 ostini ochuvchi mexanizm 8 dan iborat (60-rasm).
155

60-rasm. 5M1 yerosti ekskavatori.
10-jadval

YEROSTI EHSHAVATORLARINING TEXNIH TAVSIFI





Ko‘rsatkichlari

Ekskavator turlari

S6514

S652

S7515

S1251

SMF1

SM1

Kovshning hajmi, m3

0,75

0,65

0,8

1,25

1

1

Bosim kuchi, kN

104,0





146,0

87,0



Kuzovning balandligi, m

2,95

3,22

3,6

3,65

2,35

3,3

Kuzovning kengligi, m

2,78

2,7

3,1

3,12

2,084



trelaning 45˚ qiyaligida eks-
kavatorning balandligi



5,8

6,35

6,8





Dvigatelining quvvati, kVt

48

48

68

85

68

55

Qazish o‘lchamlari, m:



















chuqurligi

1,2

1,5

1,8

2,0





maksimal radiusi

5,5

7,8

8,6

9,9



8,5

maksimal balandligi

7,0

6,5

7,4

7,8



5,5

To‘kish o‘lchamlari, m:



















maksimal radiusi

4,5

7,1

7,7

8,9





maksimal balandligi

4,7

4,5

5,0

5,1

1,8

5,0

Zaminga nisbiy bosimi, MPa

9,67

0,63

0,77

0,87



0,98

Massasi, t

17

19,5

24,64

39,14

25,3

32

156
trelaning ostki uchi aylanuvchi platformaga sharnirli qotiril- gan, yuqorigi uchi strelaning sim arqonlari 9, blok 5 dan o‘tib mah- kamlanadi. Kovshni ko‘tarish kuchi ko‘taruvchi sim arqon 10 or- qali tashkil etiladi, sim arqon bosh blokdan 2 o‘tkazilgan. Kovshga bosim beruvchi yuritma aylanuvchi platformaga o‘rnatilib, undan bosim beruvchi mexanizm orqali uzatiladi. Aylanish momenti ishchi organiga tortuvchi zanjir 6 orqali beriladi. Kovshning ostki qismi pnevmosilindr yordamida maxsus mexanizm orqali ochilib, kovsh pastga harakatlanganida avtomatik tarzda yopiladi.


SM1 ekskavatori konstruksiyasining alohida xususiyati: uning tashiy oladigan bo‘laklarga bo‘linishi, kichiklashtirilgan o‘lcham- lari, ishchi joyining maxsus zirh bilan himoyalanganligi, zaboyning kuchli yoritilganligi, yediriladigan qismlarining maxsus po‘latdan yasalganligi va h.k.

8.k. YEROSTI BULDOZERLARI


Buldozerlar uzlukli ta'sir etib, yer qatlamini qatlam-qatlam kesib, qirib tozalab olingan tog‘ jinsini bo‘ylama yo‘nalishda itarib-bulg‘alab 100 m gacha masofaga tashib beruvchi kon mashinasidir.


Buldozer yuruvchi telejka 1, uning yurituvchisi 6, ag‘dargich 5, ag‘dargichni boshqaruvchi qurilma 2, ikkita itaruvchi brus S, tirgak 4 va harakat beruvchi chig‘irdan iborat (61-rasm). Buldo- zerlar kon sanoatida ochiq konlarda, kon yuqorisida va oxirgi vaqtda yerosti konlarida lahim, zaboylarning tagini tozalashda, tekislashda, tog‘ jinslarini ekskavator oldiga to‘plab berishda, portlatilgan tog‘ jinslarini zaboydan chetlatib yana zaboyni burg‘ilashga tayyorlash, harsangtoshlarni surish, tog‘ jinslarini 40— 50 m masofaga surib tashib berish, yerosti yo‘llarini qurish ishlarini olib borishda ishlatiladi.

61-rasm. Buldozerning universal burilish sxemasi.


157
Buldozerning ishlash prinsipi: o‘zi yurib, ishlash joyiga yetib borib, ag‘dargichini yerga tushirib, tog‘ jinsini tirnab, uni oldiga burg‘ilab surib beradi. o‘ngra ag‘dargichini ko‘tarib yoki orqaga yurib, oldingi holatiga qaytib keladi. Buldozerning ishlash rejimi yana qayta boshlanadi.
Yerosti buldozerining konstruksiyasiga qo‘shimcha talablar: yerosti buldozerlarining ag‘dargichlari yer qatlamini qirqmaganligi, faqat itarib-bulg‘alab tashiganligi uchun ular yuqori aniqlik bilan boshqarilishi kerak. Boshi berk zaboylarda va ag‘darmalarda ishlashi mumkin bo‘lganligi uchun yerosti buldozerlarining ag‘dar- gichi oldiga chiqadigan va ikki tomonga ishlaydigan bo‘lishi ke- rak. Tog‘ jinsini oldiga surish uchun ag‘dargich yurish jarayonida rejada 30˚—60˚ ga burilishi mumkin bo‘lsin. Buldozerning hamma detallari, ayniqsa, ag‘dargichi yuqori darajada mustahkam, pishiq, tirnashga chidamli bo‘lishi va yuruvchanlikka ega bo‘lishi kerak. Yerostining torligini hisobga olib buldozerlar bo‘laklarga oson bo‘linishi va yig‘ilishi kerak.
Yerosti buldozerlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • ag‘dargichini boshqarishiga qarab — sim arqon yordamida va gidravlik usul bilan;

  • ag‘dargichni o‘rnatish burchagini o‘zgartirishiga qarab — rejada 5˚—6˚ga buriluvchi va burilmaydigan ag‘dargichli;

  • qirqish burchagini o‘zgartirishiga qarab — doimiy va o‘zga- ruvchi burchakka o‘rnatilgan ag‘dargichli;

  • ag‘dargichni 3˚—6˚ga qiyshaytirilishi bo‘yicha — vertikal tekislikda qiyshaytirish mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan ag‘dargichli;

  • yuruvchi uskunalariga qarab — gusenitsali va g‘ildirakli;

  • olayotgan energiyasiga qarab — ichki yonuv dvigatelli, elektr va pnevmoyuritmali.

Yerosti buldozerlarining qisqacha texnik tavsifi 11-jadvalda keltirilgan.
Kon sanoatida hozirgi vaqtda bir qancha qayta jihozlangan umumiy ishga tayinlangan va yerosti lahimlari uchun maxsus loyi- halangan buldozerlar ishlatilib kelinmoqda. Bularning ichida dizel dvigatelli buldozerlarning yerosti ishlarida ishlatilishi birmuncha chegaralangan bo‘lib, bunga ularning ish jarayonida zaharli gaz chiqarishi sabab bo‘lmoqda.
Yerosti buldozerlari gusenitsali yurish organi bilan jihozlan- gan bo‘lib, ular yerosti bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun ma'lum ma-
158
sofaga tog‘ jinsini tashishga mo‘ljallangan, ular o‘z vaqtida sidir- gich qurilmalarining o‘rnida ham ishlatilishi mumkin.
11-jadval

YEROSTI BULDOZERLARINING QISQACHA TEXNIH TAVSIFI




Ko‘rsatkichlari

Buldozerlarning turlari

Д271

Д259

БM1

БM2

БMДY—1

БMM—1

Dvigatelining quvvati, kVt

68,4

68,4

88,3

88,3

29,4

29,4

Ag‘dargichning



















o‘lchamlari, mm:



















kengligi

3030

4150

3420

3060

2100

1550

balandligi

1100

1000

750

750

800

700

Buldozerlarning



















o‘lchamlari, mm:



















uzunligi

5000

5500

5150



3410

3400

kengligi

3030

4150

3420



2100

1830

balandligi

2660

2985

3150



1620

1700

Massasi, t

13,3

14,0

14,8



9,0

5,0

БSM buldozeri massivdan ajratilgan tog‘ jinsini balandligi 0,5 m dan kam bo‘lmagan gaz va changdan xavfsiz bo‘lgan yerosti lahimlarida tashishga mo‘ljallangan. Bu buldozerning boshqa bul- dozerlardan farqlaridan biri, ag‘dargichining ikki tomonga ishlashi hamda o‘zgaruvchi kuchlanishi 380V bo‘lgan tokda ishlovchi elektr dvigateli bilan jihozlanganligidir. Buldozerning yurish tezligi 0,78—1,07 m/s, bosim kuchi 40—60 kN. БSM buldozerining texnik unumdorligi 44 m3/soat gacha bo‘lib, uzunligi 50 m gacha bo‘lgan lavalarda ishlatiladi.


8.3. O‘ZIYURAR SHREPERLAR


O‘ziyurar skreperlar deb, uzlukli ta'sir etib tog‘ jinsini qirib yoki qirqib kovshiga to‘ldirib, uncha ko‘p bo‘lmagan masofaga yetkazib berib, to‘kib va yerni tekislab ishlaydigan kon mashina- lariga aytiladi. O‘ziyurar skreperlar yerni tirnab kovshni to‘ldira- yotgan vaqtida yoki uni to‘kayotgan vaqtida yukni itarib-bulg‘alab tashiydi va bir vaqtda yerni tekislab, 300—500 m masofaga yukni yetkazib beradi.


159




62-rasm. G‘ildirakli skreperning ishchi uskunalari.


Konstruksiyasiga qa- rab o‘ziyurar yoki g‘il- dirakli skreperlar yuqo- rida va yerosti sharoitida ishlaydigan turlarga bo‘- linadi. G‘ildirakli skre- perlar ochiq ishlarda va kon yuqorisida yer kov-

lab-tashishda, yerosti ishlarida asosan zaboylarni tozalashda ish- latiladi.
Ochiq ishlarda ishlatiladigan skreperlar kovshining hajmi 1,5 dan 50 m3 gacha, yerosti sharoitida ishlovchi skreperlar kovshi- ning hajmi 3 m3 dan oshmaydi.
G‘ildirakli skreperlar rama 1, yuruvchi uskuna 2 lar, ulovchi qurilma S, kovsh 4, kovsh qopqog‘i 5 (зacлoнka) va boshqarish mexanizmi 6 dan iborat (62-rasm).
G‘ildirakli skreperning ish bajaruvchi organi kovshni to‘ldi- rish vaqtida keraklicha pastga tushiriladi va yerga maksimal da- rajada cho‘ktiriladi, kovshning qopqog‘i 5 ko‘tariladi. kreperning yurishiga qarab kovsh qirib olingan tog‘ jinsi bilan sekin-asta to‘ladi.
Yerosti skreperlari har doim o‘ziyurar ko‘rinishda tayyorla- nib, konstruksiyasi ko‘p tomondan yerosti buldozerlariga o‘xshab ketadi, shuning uchun kichik masofalarga yuk tashishda skreper- larning o‘rnini bosadi. Ular gusenitsali yoki g‘ildirakli yurish organlaridan, kovsh va boshqarish sistemalaridan iborat. O‘ziyurar skreperlar yerosti sharoitida endigina keng qo‘llanib kelinayotir, ular asosan, ruda konlarida tozalash ishlarini olib borishda ishlatil- moqda. O‘ziyurar skreperlarning bajarayotgan ish jarayonidan kelib chiqib ularni yuklab-tashuvchi mashina deb atalayapti.
Nisbatan quvvatli o‘ziyurar skreperlarning har xil konstruksi- yasi ishlab chiqilmoqda. Ular kovsh hajmining kattaligi, quvvati va yuk ko‘tarish qobiliyatining ustunligi bilan ajralib turadi. Ma- salan, massasi 20 t bo‘lgan ДK2,8 va ДK2,8Д mashinalari kesim yuzasi 14 m2 dan kam bo‘lmagan lahimlarda ishlashga mo‘ljal- langan. Ular kovshlarining hajmi mos ravishda 2,8 va 5 m3 ni tashkil etadi.
160

    1. EHSHAVATORLARNING UNUMDORLIGI

Ekskavatorlarning unumdorligi vaqt birligi ichida qazib yuk- lab bergan tog‘ jinsining miqdori bilan aniqlanadi va ularning nazariy unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:


Q  60q  n  3600 q ,
H To
bu yerda: q — ekskavator kovshining hajmi, m3; n — ekskavator ishlash siklining davomiyligi, min; To — bitta siklning nazariy davomiyligi, sek.
Texnik unumdorligi esa quyidagi formula yordamida topiladi:

Q  Q
KH tp ,

m3/soat,



tex H
Kp tp tn

bu yerda: KH — ekskavator kovshining to‘lalik koeffitsiyenti, KH = 0,8—1,1; Kp — tog‘ jinsining ekskavator kovshida mayda- lanish koeffitsiyenti, Kp = 1,1—1,5; tp — ekskavatorning bir joyda turib ishlash davomiyligi, sek; tn — ekskavatorning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi uchun ketgan vaqt, sek.
Ekskavatorni ishlatish vaqtidagi unumdorligi quyidagicha
hisoblanadi:

i tex m
Q = U ·K , m3/soat,
bu yerda: Km — ekskavatordan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsi- yenti.



    1. BULDOZERLARNING UNUMDORLIGI

Buldozerning texnik unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:





Qtex


 3600
BH 2Ko ,
2K pTs tgg

m3/soat,



bu yerda: B va H — buldozer ag‘dargichining kengligi va balandli- gi, m; Ko — buldozer ishlayotganda tog‘ jinsini yo‘qotish koeffitsi- yenti, uning qiymati yuk tashish masofasiga bog‘liq bo‘lib, u Ko = (1—0,005L) ifoda orqali topiladi; Kp — tog‘ jinsining may- dalanish koeffitsiyenti, Kp = 1,25—1,3; φg — tog‘ jinsining


11—A.M. Isaxodjayev 161

harakatdagi tabiiy yotish burchagi; Ts — buldozerning bitta to‘kish siklining davomiyligi:



T  l1 l2 l3  t ,
sek.,

s 1 2 3 0

bu yerda: l1, l2, l3 — mos ravishda ag‘dargichni to‘ldirish, tashish va yuksiz qaytib kelishda bosib o‘tgan masofa bo‘laklari, m; v1, v2, v3 — mos ravishda buldozerning ag‘dargichini to‘ldirish, tog‘ jinsini tashish va yuksiz yurishidagi tezligi, m/sek; t0 — buldozer yo‘nalishini o‘zgartirish uchun tezligini o‘zgartirish, ag‘dargichini ko‘tarish, tushirish va boshqa yordamchi jarayonlarga sarflangan vaqt, sek.


Buldozerning ishlatish vaqtidagi unumdorligi quyidagi formula
yordamida topiladi:

i tex i,
Q = Q T·K m3/smena,
bu yerda: T — smena davomiyligi, soat; Ki — buldozerdan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsiyenti.



    1. SHREPERLARNING UNUMDORLIGI



kreperning ishlatish vaqtidagi unumdorligi quyidagi ifoda orqali topiladi:
Q 3600 V KnKi ,
i K rTs



n
bu yerda: V — skreper kovshining geometrik hajmi, m3; K —

s
kovshning to‘lalik koeffitsiyenti, Kn = 0,6—1,25; Ki — skreper- dan foydalanish koeffitsiyenti; Kr — tog‘ jinsining maydalanish

koeffitsiyenti, Kr
= 1,1—1,4; y — tog‘ jinsining zichligi, t/m3; T —

skreper bitta siklining davomiyligi, sek.
kreper bitta siklining davomiyligi quyidagicha aniqlanadi:


T  l1 l2 l3 l4  t ,
s 1 2 3 4 0

bu yerda: l1, l2, l3, l4 — mos ravishda skreper kovshini to‘ldirish, tog‘ jinsini tashish, kovshni to‘kish va skreperni bo‘sh holda qaytib


162

kelishda bosib o‘tgan yo‘l bo‘lagi, m; v1, v2, v3, v4 — mos ravishda skreper kovshini to‘ldirayotgandagi, tog‘ jinsini tashish vaqtidagi, kovshni to‘kayotgandagi va skreperning bo‘sh qaytayotgandagi tez- ligi, m/sek; t0 — hisobga olinmagan jarayonlarga sarflangan vaqt, sek.

NAZORAT SAVOLLARI





  1. Yerosti ekskavatorlarining turlari, asosiy qismlari va qo‘llash ko‘lamlari.

  2. Yerosti ekskavatorlarining unumdorligini oshirishda qanday choralar qo‘llaniladi?

  3. Yerosti buldozerlarining turlari, asosiy qismlari va qo‘llash ko‘lamlari.

  4. Yerosti buldozerlarining unumdorligi.

  5. Yerosti o‘ziyurar skreperlarining asosiy qismlari va qo‘llash ko‘lamlarini bayon qiling.

  6. Yerosti o‘ziyurar skreperlarining unumdorligi qanday aniqlanadi?

163


  1. Yüklə 1,56 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin