HON MASHINALARI, HOMPLEHSLARI VA AGREGATLARI
UMUMIY MA’LUMOT
Xalq xo‘jaligini rivojlantirishning asosi bo‘lgan ko‘mir sanoa- tini rivojlantirish, ya'ni ko‘mir qazib chiqarishni ko‘paytirish ko‘- mir qazib chiqaruvchi boshqarmalar, ko‘mir qazib chiqarish korxonalari, kon mashinalarini ishlab chiqaruvchi zavodlar, il- miy-izlanish va loyihalash korxonalarining asosiy dasturi bo‘lib qolmoqda.
Hozirgi vaqtda foydali qazilma qazib chiqarishni rivojlanti- rishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishi kon ishlarini konsen- tratsiyalash va intensivlashtirishga qaratilgan. Bu reja foydali qazil- ma qazib chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomat- lashtirish hamda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish orqali amalga oshirilishi kerak.
Ko‘mir qazib chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish kon ishlarini konsentratsiyalash va foydali qazilma qazib olishni inten- sivlashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va maksimal holatda qo‘l mehnatini cheklashni talab qiladi. Bu, ayniqsa, yerosti usuli bilan foydali qazilmani qazib olishda, kon mashinalari unumdorligini, shu mashinaning geometrik o‘lcham- larini oshirish hisobiga emas, balki ular ishchi organlarini tako- millashtirish, mashina mustahkamligini, ishonchliligini, ish reji- mini to‘g‘ri tashkil etish, undan foydalanish koeffitsiyentini oshi- rish hisobiga amalga oshirilishi lozim.
huning uchun, shunday avtomatlashtirish sistemalarini qo‘l- lash kerak bo‘ladiki, bu yo‘nalishda foydali qazilmalarni yerostida bevosita ishchilar ishtirok etmasdan turib qazib oluvchi komp- lekslar va agregatlar barpo etish zarur bo‘ladi yoki minimal sonli ishchilarning yerostida nisbatan kam vaqt bo‘lishi taqozo qilinadi. Bu ishlar albatta sotsial, iqtisodiy va texnik talablar doirasida amalga oshirilishi zarur.
Hozirgi vaqtda kon ishlarida, hattoki, bir xil kon sharoitlarida ko‘p sonli xilma-xil kon mashinalari ishlatilmoqda. Bu mashina,
102
kompleks va agregatlar bitta funksiyaga mo‘ljallangan bo‘lganligi uchun ularni tanlash, qo‘llash va o‘zlashtirish ishlarida birmuncha qiyinchiliklar tug‘ilmoqda.
Bir xil va har xil sharoitlar uchun turli konstruksiyadagi ko‘mir qazib chiqarish texnikasini ishlab chiqarish, ishlatish, kon ma- shinalari, komplekslari va agregatlarining yangi turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hali ham qisman ilmiy izlanish, loyihalash bosqichida ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Yuqori unumdorlik, yuqori sifatli, tejamkor, jahon talablari darajasidagi yangi texnikani yaratish va bor texnikaning sifatini, ishchanligini oshirish, bu sohada birdan-bir nazorat va sifat darajasini hamma jarayonlarda: loyihalash, ishlab chiqarish, yig‘ish va sozlash, sinash, ishlatishda hamda ish jarayonida sifatli texnik xizmat ko‘rsatishda tekshirishni tashkil etishni talab qiladi.
Kon sanoatini nafaqat lava va zaboylarda, balki yerosti trans- portida, stvololdi lahimlarida, kon yuqorisidagi inshootlarda ham, yangi progressiv texnologiya bilan foydali qazilmalarni qazib oluvchi yuqori unumli mashinalar bilan ta'minlash lozim. Ya'ni, konlarning hamma bo‘limlaridagi texnikani to‘la mexanizatsiya- lash va avtomatlashtirilgan sistemalar bilan qayta ta'minlash lozim. Buning uchun kon sanoati uskunalarini ishlab chiqarishda kam tannarxli, texnik jihatdan yuqori sifatli, ishonchli va uzoq mud- dat ishlayoladigan mashina va mexanizmlarni qo‘llash taqozo qilinadi. Bu sohada yangi texnikani ishchilar va atrof-muhit uchun xavfsiz, ishlashga qulay, chang chiqarmaydigan (yoki kam chang chiqaradigan), yuqori samarali, tejamkor xillarini qo‘llash tav- siya qilinadi. Konda samarali changtutkichlarni qo‘llash ko‘zda
tutiladi.
Hozirgi vaqtda quyidagi jarayonlar: ko‘mirni qirqish, qulatish, yuklash, tashish kabilar to‘la mexanizatsiyalashtirilgan. Kombayn- lar ikki turga: lahim o‘tuvchi va ko‘mir qazib chiqaruvchilarga bo‘linadi.
O‘rganilayotgan fanda kombayn, kompleks va agregat ibora- lari bir-biridan farq qilsa ham ularning hammasi bitta jarayonga — foydali qazilmani qazib olishga xizmat qiladi.
Kombayn deb, foydali qazilma qazib olishda bir vaqtning o‘zida ko‘mir qatlamini qirqish, qulatish, lozim bo‘lsa maydalab berish va zaboyoldi konveyeriga yuklab berish jarayonlarini bajaruvchi mashinalarga aytiladi.
Kompleks deb, individual (shaxsiy, alohida), komplekt yoki aralash asosiy o‘lchamlari bilan o‘zaro moslashgan, mavjud kon-
103
geologik sharoitlarda ko‘mirni qazib olishda hamma asosiy jarayonlarni bajaruvchi mashina va mexanizmlarga aytiladi.
Qazib oluvchi agregatlar deb, konstruktiv va kinematik tomon- dan birlashgan, bir-biriga bog‘liq va hamma ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro moslashgan, foydali qazilma qazib olishda hamma jara- yonlarni mazkur kon-geologik sharoitlarda bajaradigan mashina va mexanizmlar komplektiga aytiladi.
Foydali qazilma qazib olishda mexanizatsiyalash lozim bo‘lgan jarayonlar soni foydali qazilmaning yerostida yotish holati va uni qazib olish sistemasi bilan aniqlanadi. Ma'lum sharoitlarda (ma- salan, kamera sistemasi bilan ko‘mir qatlamini qazib olinayot- ganda), ko‘pincha, zaboyoldi bo‘shlig‘ini ish holatida ushlab turish uchun mustahkamlagichlarni o‘rnatishni mexanizatsiyalashga hojat bo‘lmasligi mumkin. Qiya va tik qatlamlarni qazib olishda foydali qazilmalarni yuklash va bosh lahimgacha tashishni mexanizatsiya- lashga hojat bo‘lmaydi, chunki massivdan ajratilgan ko‘mir o‘z og‘irligi (gravitatsion) bilan bosh lahimga tushadi. Lekin hamma hollarda qazib olishni mexanizatsiyalash majburiy va asosiy jarayon bo‘lib, u qazib olish unumdorligini belgilab beradi.
hunday qilib, kompleks yoki agregatlar qazib oluvchi kom- bayn, yuklovchi organ, zaboy bo‘ylab tashuvchi transport, mexani- zatsiyalashgan mustahkamlovchi va h.k. lardan tashkil topgan bo‘ladi.
5.k. FOYDALI QAZILMANI QAZIB OLUVCHI HOMBAYNLAR. UMUMIY MA’LUMOT
Foydali qazilmani qazib chiqarish texnologik protsessi quyi- dagi alohida-alohida jarayonlardan iborat: kon massasini mas- sivdan ajratib olish, uni lavadan olib chiquvchi transport vositasiga yuklash, qayta yuklash, joyigacha tashib borish, yerosti bosimiga qarshi mustahkamlovchilarni o‘rnatish va lava shipi (kpobля)ni boshqarish.
Kon mashinalari bir vaqtda shu jarayonlarning bittasini yoki bir nechtasini bajarib foydali qazilma qazib chiqarish texnologik jarayonini amalga oshirishi mumkin.
Konlarda kon-geologik va kon-texnik sharoitlarning, ma'danlar fizik-mexanik xususiyatlarining turli-tumanligi konstruksiyasi jihatdan har xil kon mashinalarini yaratishga hamda ularning
104
ma'lum qatorlarini tuzishga olib keldi. Ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Qirquvchi mashinalar — ko‘mir qatlamini qirqib, uni oson qulatishga sharoit yaratib beradi. Bular faqat bitta qirqish jara- yonini bajaradi. Qirqish chuqurligi 1,0—1,2 m, balandligi 0,09— 0,15 m dan 0,2—0,25 m gacha.
Kombaynlar — kamida ikkita va undan ortiq jarayonni ba- jaradi, ya'ni ko‘mirni qirqadi, qulatadi va yuklab beradi, ba'zida maydalab, so‘ng yuklaydi.
Ko‘mir qazib chiqaruvchi kompleks va agregatlar hamma asosiy jarayonlarni bajaradi.
Kombaynlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
qazib olayotgan ko‘mir qatlamining yotish burchagiga qarab: kam qiyali (пoлoFий) — 0—25˚, qiya —25˚—45˚ va tik — 45˚— 90˚ burchak ostida yotgan ko‘mir qatlamini qazib oluvchi;
qazib olayotgan ko‘mir qatlamining qalinligiga qarab: yupqa — 1,2 metrgacha, o‘rtacha — 1,3—3,5 m va qalin — 3,5 metrdan ortiq ko‘mir qatlamlarini qazib oluvchi;
ishchi organlarining turiga qarab — barli, koronkali, bara- banli (gorizontal va vertikal o‘qda aylanuvchi), diskli va shnekli (43-rasm);
4S-rasm. Zaboyni buzishning prinsipial sxemasi:
a, b, d — barli; e — koronkali; f, h — barabanli; g — shnekli.
105
ishchi organini qamrash miqdoriga qarab: tor qamrovli — 1 metrgacha, keng qamrovli — 1 metrdan ortiq qamraydigan ma- shinalar;
zaboyni qazib olish texnologik tizimiga qarab — yonidan (флaнFobый), oldidan (фpoнтaльный) va aralash (komбини- pobaнный) usul bilan;
kombaynni tortuvchi (yurgazuvchi) qismining turiga qa- rab — zanjirli va sim arqonli;
kombayn yuruvchi qismining turiga qarab — o‘zi yuruvchi (gusenitsada), tashqi kuch yordamida (o‘zi yurmaydigan);
ishlatadigan energiyaning turiga qarab — elektr, pnevma- tik va gidravlik energiya bilan ishlovchi;
yurish tezligini o‘zgartiruvchi (bapиaтop)ning turiga qa- rab — gidravlik, elektrik, o‘zgaruvchi (пyльcиpyющий) va tepkili tezlik o‘zgartiruvchisi bo‘lgan mashinalar.
Barli ishchi organlar «Kиpobeц», «Дoнбacc—1F» va boshqa kombaynlarda qo‘llaniladi. Bularning kamchiligi ularni FIK ning kamligi, ma'danni qirqish uchun energiya sarfining ko‘pligi, ko‘mir juda maydalanib, hatto changga aylanib ketishidir.
Koronkali ishchi organlari ko‘mir qatlamini tanlab, halqasi- mon tirqishlar hosil qilib, so‘ng uni maxsus moslamalari bilan qulatadi. Masalan: KCTF, БK—52 va boshqa kombaynlar ishchi organlarining afzalligi: nisbatan yuqori FIK va kam energiya sarflashi bo‘lsa, kamchiligi: ishchi organlarini qatlamga moslab boshqarish (regulirovka qilish)ning murakkabligi, keskichlarga tushadigan kuchning o‘rnatish radiusiga qarab har xil bo‘lishidir.
Barabanli va shnekli ishchi organlari foydali qazilmani zaboy yuzidan qirqib olib ishlaydi, qirindining qalinligi 20—30 mm atrofida bo‘ladi. Barabanlar gorizontal va vertikal o‘qlarda ayla- nishi mumkin. Masalan: MK—67, «Kaзaxcтaн» kabi kombaynlar. Ularning afzalligi: tuzilishining oddiyligi, FIK ning yuqoriligi, nisbatan har xil qattiqlikdagi ko‘mirni qaziy olishligi va h.k. Kamchiligi: ko‘mirni maydalab yuborishi, changning ko‘p chiqishi va h.k.
5.3. HOMBAYNLARNING YUHLASH ORGANLARI
Massivdan ajratib olingan foydali qazilma yoki boshqa tog‘ jinslarini zaboyoldi konveyeriga yoki boshqa transport vositalari- ga yuklash kombayn unumdorligini oshirishda, ishchilarning ish
106
sharoitini yengillatish hamda ularning xavfsizligini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Zamonaviy foydali qazilmani qazib oluvchi komplekslarni har xil kon-geologik sharoitlarda samarali ishlatib kelinayapti, lekin foydali qazilma qazib chiqarish miqdori va mehnat unumdorligi mexanizatsiyalashtirilgan lavalarda hamma jarayonlarni, ayniqsa, yuklash jarayonini to‘la mexanizatsiyalanmagani tufayli ish deyarli oldiga siljimayapti. Kombaynlarning yuklash organlari o‘zini ishchi organining konstruksiyasidan qat'iy nazar quyidagi talablarga to‘la javob berishi kerak:
ishlatilayotgan sharoitda kombaynlarning maksimal unum- dorligini ta'minlashi kerak. Yuklash organining unumdorligi quyidagi shartni bajarishi kerak:
QY?QQ.M.,
bu yerda: QY va QQ.M — mos ravishda yuklash organi va qazib oluvchi kombaynning nazariy unumdorligi;
zaboyoldi yo‘llarini yaxshi tozalashi kerak, unda qo‘l meh- natiga zarurat bo‘lmasin. Ko‘mir bo‘laklarini konveyer, seksiya- larga tiqilib qolishi, ularning mustahkamligini kamaytiradi, ularni qo‘zg‘atish vaqtida ko‘p vaqt sarfiga olib keladi va ko‘mir qatlami- ni to‘la qazib olinayotganligini nazorat qilishga to‘siq bo‘ladi;
qazib olingan ko‘mirni qo‘shimcha maydalab yubormaslik va lozim bo‘lganda ko‘mirni yirik bo‘laklarini tashish uchun bo‘laklarga oson maydalab berish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
kombaynning zaboy qatlamiga ishchi organi bilan kirishiga to‘siq ko‘rsatmasligi;
yuklash jarayonida changlatmaslik, changni bostirishga yor- dam berishi, buzuvchi organini shamol oqimidan himoya qilishi kerak;
yuklash organini hamda kombaynni ishlatish ishonchliligi- ni ta'minlash, minimal o‘lcham va og‘irlikda bo‘lishi, ishlatila- yotganda qulay bo‘lishi, bir holatdan ikkinchi holatga mexanik ta'sir yordamida o‘tishi zarur. Qazib oluvchi kombayn va kom- plekslarda qo‘llanilayotgan yuklash organlari quyidagi belgilariga qarab turkumlarga bo‘linishi mumkin:
ajratib olingan massaga ta'sir qilish prinsipiga qarab: statik — o‘zining alohida yuritmasi bo‘lmagan, aktiv — o‘zining alohida yuritmasi va massani zaboydagi konveyerga surib beradigan konstruktiv elementi bo‘lgan;
107
konstruktiv bajarilishiga qarab: statik yuklovchilar shit (bosim beriladigan), tishli (lemexli) va bazaviy turkumlardan; aktiv yuklovchilar sidirgichli, parrak (лoпacть)li, kovshli, shnekli va qamrovchi panjali turkumlardan iborat bo‘ladi. Ko‘pchilik zamonaviy qazib oluvchi kombaynlarning ishchi organ (shnek, panja, burg‘ilovchi koronka, maxsus yuklovchi moslamalar bi- lan jihozlangan barabanlar)lari yordamida zaboyoldi konve- yerlariga qazib olingan massa yuklab beriladi.
44-rasm. Hon mashinalari yuklovchi organlari asosiy turlarining sxemalari: a — tik tekislikda joylashgan halqasimon sidirgichli; b — gorizontal tekislikda joylashgan ikkita halqasimon sidirgichli; d — panjali; e — shnekli; f — lemexli; g — domkratli; h — rotor kovshli yuklagichlar.
108
Yuklovchi organlarning asosiy konstruktiv turkumlari. Kon ma- shinalari yuklovchi organlarining asosiy sxemalari 44-rasmda ko‘rsatilgan. Vertikal tekislikda yopiq, halqasimon (зamкnymыǔ) sidirgichlar bilan jihozlangan yuklovchi zanjir buzilgan massani sidirgichlar 5 orqali yassi tekislikda 2 tashib, zaboydagi konveyer S ga yuklab beradi (44-rasm, a). Zanjir yulduzcha 4 va barni yo‘naltiruvchi ariqchasi 1 orqali harakatga keltiriladi. Yuklovchi- ning asosiy konstruktiv o‘lchamlari: zanjirni yukni qayta yuklash nuqtasiga ko‘tarish (α) burchagi, yuklash darchasining (m) baland- ligi, barning balandligi (H), kengligi (B), yurituvchi yulduzchaning radiusi (R3), sidirgichlar orasidagi (ls) masofa, sidirgichning uzunligi (b) (bилeт), balandligi (h) va yurituvchi yulduzchaning
burchak tezligi. Juftlashtirilgan (cпapeнный) gorizontal tekislikda yopilgan sidirgichli yuklovchi yopiq konturda harakat qilib, sidirgichlar 5 bilan yukni qamrab olib stol 1 orqali kerak bo‘lgan balandlikka ko‘tarib qayta yuklash punktiga olib boradi (44-rasm, b).
Qamrab oluvchi panjali yuklovchi lahim o‘tuvchi va tog‘ jins- larini yuklovchi mashinalarda keng qo‘llanadi (44-rasm, d). Unda disk 4 aylanib panja 5 harakatga keltiriladi. Panja uchining ke- rakli harakat trayektoriyasi panja va suxar 6 (panjaning orti)ning o‘zaro joylashishi bilan aniqlanadi. Buzib tushirilgan massa qiya stol 1 orqali ta'minlovchi qayta yuklanuvchi joyga transport vositasi S bilan olib boriladi. Yuklovchining asosiy konstruktiv o‘lchamlari: qamrash kengligi (B), 5 panjani d diametrli aylanada aylanib yukni qamrab olishi, stolning yukni ko‘tarish burchagi (α), panjaning balandligi (h).
Shnekli yuklash organining samaradorligi spiralning (α) o‘ralish burchagi, o‘ralish qadami (S), shnekning aylanish tezligi, diametri (Dsh), gupchak (ds), qamrash kengligi (B) va, shuningdek, maxsus moslama — shnekning (to‘suvchi shit, spiralning o‘zgaruvchan qada- mi) yuqori to‘lalik koeffitsiyenti va yuk kelib tushuvchi joy (okнo) ning geometrik o‘lchamlari bilan aniqlanadi (44-rasm, e).
Amalda hamma qazib oluvchi komplekslar konveyer 1, yuk- lovchi lemex 2 bilan jihozlanadi (44-rasm, f ). Bunday yuklash organi baza deb ataladi. Lemexni ko‘mir massasiga maxsus kon- veyer stavi S ga o‘rnatilgan domkrat yordamida yoki mexaniza- tsiyalashgan mustahkamlovchining seksiyasidagi domkrat yorda- mida kiritiladi. 44-rasm (g) da domkrat yordamida yuklash kon- struksiyasi ko‘rsatilgan.
109
Rotor tipidagi kovshli yuklash organi lahim o‘tuvchi kombayn- larda keng qo‘llaniladi (44-rasm, h). Asosiy konstruktiv element- lari: yurituvchi (boдилo) 1, uning perimetri bo‘ylab o‘rnatilgan kovshlar S va to‘sib turuvchi shit 2 (to‘siq)dan iborat. Buzib tushirilgan massani botirib olish rotorning aylanishi hisobiga sodir bo‘lib, to‘kish joyi 4 ga tushirish yukning og‘irligi hisobiga sodir bo‘ladi.
HON MASHINALARINING YURISH ORGANLARI. YURISH ORGANLARINING TURHUMLARI
Kon mashinalarining yurish organlari ularni ish va manyovr jarayonida lozim bo‘lgan tortish kuchi ta'sirida yurishi uchun xizmat qiladi.
Kon mashinalari yurish organlarining asosiy xususiyatlari ular ishchi-yurish tezligining (0,1—0,2 dan 6—10 m/min gacha) ki- chikligi hamda yurgizish uchun tortish kuchining yuqoriligi (150— 200 kN) dir. Qirg‘ich qurilmalarining qirqish tezligi 0,5—0,7 m/s, o‘rtacha tortish kuchi 200—240 kN bo‘lganda qirqish tezligini 1,5—3,0 m/s gacha ko‘paytirishga zarurat borligi ko‘zga tashlan- moqda. Katta quvvatli lahim o‘tish kombaynlarining (MK8, MK9, UMM2, MK10) zaboyga bosim kuchi 300—600 kN gacha yetadi,
«Coюз—19M» lahim o‘tuvchi shitning bosim kuchi 2000 kN va undan ham ko‘proqdir.
Kombaynlar yurish organlarining turi va konstruktiv tomoni- dan qanday bajarilganligidan qat'iy nazar ular quyidagi asosiy talablarga javob bera olishi kerak:
qo‘l yoki avtomatik ravishda tartibga solinadigan uzatish tezligiga aniq fiksatsiya qilinishi, shuningdek, yurish tezligini o‘zgartirish mumkin bo‘lishi;
zarur bo‘lgan tortish kuchini ta'minlashi mumkinligi;
ishonchli chegaralanadigan katta tortish kuchi va ikkita har xil tezlikka bir vaqtda ulashni blokirovka qilish mumkinligi;
zanjirning tebranishini to‘xtatadigan qurilma bo‘lishi;
yuqori ishlatish ishonchliligi va ishlatishda xavfsiz hamda qulay bo‘lishi, kon mashinalari ish rejimining optimallashtiril- ganligi, ishchi uzatish tezligini zaboyning qarshiligiga va boshqa tashqi qarshiliklarga bog‘liq holda rejalashtirilganligi, shuningdek, qamrash balandligi va kengligiga bog‘lab tezligini o‘zgartirish mumkinligi talab qilinadi.
110
Yuruvchi organlari ish rejimlarining dinamik ravishda o‘zgari- shida, shuningek, qisqa muddatda ishchi kuchining oshib ketishida mashinaning to‘xtamasligini ta'minlovchi saqlagich (пpeдoxpa- нитeль)ga ega bo‘lishi kerak. Qiya va tik qatlamlarda ishlaganda saqlagich yoki to‘xtatkich (cтoпop)ga ega bo‘lishi kerak, bu mos- lamalar sim arqon uzilganda mashinani ushlab qolishi uchun kerak bo‘ladi. Hamma yuruvchi organlar ikkita bosh organlardan: kerak bo‘lgan tortish kuchini ma'lum tezlikda tashkil qilish uchun — uzatish mexanizmidan va mashinaning yurishini tashkil qiluvchi shaxsiy tortuv bosim organidan tashkil topgan bo‘ladi.
Asosiy rejim va konstruktiv belgilarga qarab yurish organlari quyidagi turkumlarga bo‘linishi mumkin:
ish rejimiga qarab, shu jumladan:
surilish usuliga ko‘ra — flanga (bir tomon)dan va frontal (birdaniga) suriladigan;
uzatish usuliga ko‘ra — tortish kuchi va zo‘riqish kuchi bilan;
uzatish xarakteriga ko‘ra — uzlukli va uzluksiz uzatuvchi;
tartibga solinmaydigan va tartibga solinadigan;
uzatish tezligining xarakteri va tartibga solish sistemasiga ko‘ra — qo‘l bilan yoki avtomatik, pog‘onali yoki bir me'yorda tartibga solinadigan;
konstruktiv tayyorlanishiga qarab, shu jumladan:
yurish organining konstruksiyasiga ko‘ra — sim arqon (ka- нaт), zanjir, g‘ildirak, gusenitsa, domkrat, friksion sevochniy va h.k.;
uzatish mexanizmining yuritmasiga ko‘ra — elektrik, pnev- matik, gidravlik va aralash;
yuritmaning soniga ko‘ra — bitta, ikkita va ko‘p yuritmali;
boshqarish sistemasiga ko‘ra — joyidan va masofadan bosh- qariladigan;
kon mashinasining kompanovkasiga ko‘ra — yurish organ- lari o‘zining ichiga va tashqariga joylashtirilgan.
HON MASHINALARINING YURITMALARI
Kon mashinalari va komplekslarining yuritmalari kuch beruv- chi uskuna, uzatuvchi mexanizm, tezligini tartibga soluvchi va ishchi organi yo‘nalishini o‘zgartiruvchi moslama hamda boshq-
111
arish sistemalaridan iborat. Kon mashinalari har xil ishchi organlari yuritmalarining maxsus sharoiti va ishlash rejimi ularga turli talablarni qo‘yadi. Olayotgan energiyasining turidan, ishlash sharoitidan va rejimidan qat'iy nazar ishchi organlarining yurit- malari quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
portlashga xavfsiz bo‘lishi;
uni ishlatayotgan ishchiga xavfsiz bo‘lishi;
ish rejimiga mos keluvchi quvvati va tartibga solishga mos ishchi tavsifga ega bo‘lishi;
ishlash sharoiti va rejimida yuqori ishonchli bo‘lishi;
ishlatishda, yig‘ishda va bo‘laklarga bo‘lishda qulay bo‘lishi. Kon mashinalarining kuch beruvchi organlariga me'yoridan ko‘p yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish va katta dinamik rejimda ishga tushish momentining oshib ketishi, katta qarshiliklarga duch kelgan holda, shuningdek, katta qarshiliklarda ishni inkor et- masdan shu holatdan chiqib ketishi uchun maxsus talablar
qo‘yiladi.
Qazib oluvchi yoki lahim o‘tuvchi kombaynlarning yuqori sa- maradorlikda ishlashini ta'minlash uchun qirqish va uzatish tez- ligini o‘zaro tartibga solinishini ta'minlash muhim vazifa hi- soblanadi.
Kon mashinalari boshqa hamma ishchi organlarining yurit- malari shu mashina ishchi organining nazariy unumdorligini ta'minlashi kerak. Yuritmalarning ishchi organlari bilan o‘zaro joylashishiga qarab ikkita asosiy sxemani: bitta yuritmali va ko‘p- yuritmali sxemani alohida ajratish mumkin. Ko‘pgina foydali qazilma qazib chiqaruvchi kombaynlar bitta yuritmaga egadirlar. Ko‘pyuritmali sxema, asosan, lahim o‘tuvchi kombaynlar (MK10 kombayni o‘nta yuritmaga ega)da qo‘llaniladi.
Bitta tashqi yuritmasi (nasos stansiyasi) bo‘lgan holda nafaqat mustahkamlovchi komplekslar, balki mexanizatsiyalashtirilgan mustahkamlovchi komplekslar ham ko‘pyuritmali sistema hisob- lanadilar, hattoki ularning har qaysi seksiyasi ikkita gidroyurit- ma — shitni boshqaruvchi element va chiziqli qo‘zg‘atuvchi elementga ega.
Ko‘pyuritmali sistemalarda tez-tez hamma yuritmalarni masalan, kombayn gusenitsalarining yuritmasi, bitta yoki ko‘p- yuritmali sistemalar halqasimon qirg‘ich qurilmasi, ko‘pyuritmali konveyerlar va boshqalarni sinxronlashtirish masalasi paydo bo‘lib turadi.
112
Yuritmalar oladigan energiyalariga qarab — elektr (o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok), gidro, pnevmo va dizel yuritmalar bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha, elektrgidroyuritma va elektrpnevmoyuritma kabi kombinatsiyali yuritmalar uchrab turadi.
trukturali kompanovka bo‘yicha ikkita asosiy yuritma sxemasi mavjud: kuch beruvchi yuritma va uning uzatuvchi mexanizmi (masalan, yuritma — reduktor, yuritma — ishga tushiruvchi mufta va boshq.) va uzatuvchi mexanizmisiz (kuch beruvchi silindr, gidroyuritma — ishchi val va boshq.) sxema.
Odatga kirib qolganligi va yuqori tejamkor bo‘lganligi uchun elektryuritmali qazib oluvchi, lahim o‘tuvchi va boshqa mashinalar ko‘p qo‘llanib kelinmoqda.
Gidroyuritmalar kichik geometrik o‘lchamlari, bir tekisda va katta diapazonda tezlikni o‘zgartirishlari hisobiga yangidan-yangi konstruksiyali mustahkamlovchilarda qo‘llanilayapti. Pnevmo- yuritmalar elektr energiyani xavfsizlik qoidalari bo‘yicha qo‘llash mumkin bo‘lmagan konlarda qo‘llanishi mumkin. Pnevmoyuritma ishlatishda eng xavfsiz, oddiy va ishonchli yuritma hisoblanadi, lekin siqilgan havo energiyasining narxi boshqa energiyalarga nis- batan qimmat, pnevmoyuritma kerakli quvvatni bera olmaydi.
hunga qaramay, qazib oluvchi kombaynlardan tashqari, pnev- moenergiya burg‘ilash mashina va qurilmalarida keng qo‘llanib kelinmoqda.
Dizel yuritmalar, asosan, ruda konlari sharoitida va ochiq kon- larda ishlatiladi.
Kon mashinalariga yuritma tanlashda birdan-bir hal qiluvchi sharoit, yuritma mexanik xarakteristikasi ishchi mexanizmining mexanik xarakteristikasiga mos kelishi hisoblanadi.
Kon mashinalarida o‘zining tejamkorligi va ishlatishda qulay- ligi natijasida elektryuritmalar nisbatan ko‘p qo‘llanib kelinmoqda. Kon mashinalarining kuch berish uskunalarida asosan aylanib ish bajaradigan, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlaydigan, rotor- lari qisqa tutashgan, qo‘zg‘aluvchan kontaktlari bo‘lmagan, sodda konstruksiyali va ishlatishda ishonchli asinxron yuritma (dvigatel)- lar qo‘llaniladi.
O‘zgarmas tok yuritmalarining geometrik o‘lchamlari nisba- tan katta, ishlashi uchun maxsus o‘zgarmas tok olish uchun to‘g‘ri- lovchilar va kollektorlarni katta tokdan himoya qiluvchi himo- yalovchi elementlar talab qiladi. huning uchun bu yuritmalar
8—A.M. Isaxodjayev 113
mashina-mexanizmlarning tezligini rejalashtirish va ularni ravon, asta ishga tushirish lozim bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Kon mashinalari uchun asinxron yuritmalar uchta variantda portlashdan himoyalangan holda PB klemmasi bilan tayyorlanadi: birdan-bir seriya BAO (quvvati 1000 kVt gacha), konveyerlar uchun flansli — seriyasi KOФ (quvvati 160 kVt gacha) va kom- baynlar uchun seriyasi SДK, SДKO, SKB (soatbay quvvati 180 kVt gacha). Dvigatellar uch fazali, o‘zgaruvchan, kuchlani- shi 660/380 V bo‘lgan tok manbayidan ishlaydi. Qo‘lda ishlati- ladigan asboblar 127 V, chastotasi 50—200 Gs bo‘lgan tok manba- yidan ishlaydi. Keyingi vaqtda kon mashinalarining elektryuritma- larini 1140 V kuchlanishga o‘tkazish borasida ilmiy izlanishlar olib borilayapti.
/
Elektryuritmalarning aylanish chastotasi, odatda, 1470—1485
1
min
, 200 Gs gacha chastotada ishlaydigan elektryuritmalarning
chastotasi 12000 1/
min
gacha boradi.
SДK turkumidagi kombayn elektryuritmalari parallelepiped
shaklidagi korpusga ega bo‘lib, ularning ichida stator chulg‘amlari va qisqa tutashgan ikki tomonga chiqqan o‘qli rotori bor. Rotorlar portlash to‘lqinini o‘chiruvchi halqasimon oraliq bilan jihozlan- gan. Yuritmaning korpusi portlash vaqtida hosil bo‘lgan gaz bosimining 3 mPa kuchiga hisoblangan. Elektryuritma korpusiga markazdan qochma ventilator va havo almashuvi uchun ariqchalar o‘rnatilgan. Elektr kabeli dvigatelga germetik ulanadi.
Kombaynlarning elektryuritmalari korpusining balandligi bo‘yi- cha moslashtirilgan bo‘lib, 5 xil o‘lchamli: 310, 350, 400, 450 va
500 mm li, yuritmaning eni bo‘yicha ikki xil o‘lchamli 780 va 1400 mm li.
BAO seriyali elektryuritmalar silindr ko‘rinishidagi korpusli bo‘lib, kombayn yuritmalaridan mexanik xarakteristikasi bilan farq qiladi. Asinxron elektryuritmalarining xarakteristikalari me'yoridan ortiq yuklamada ishlaganlarida barqaror ishlay olmasligini, ishga qiyin tushishini va rejalashtirilmaydigan ishchi chastotaga ega
ekanligini ko‘rsatdi.
Asinxron elektryuritmalarining pasport ko‘rsatkichlarida nomi- nal ishga tushish va maksimal momentlari, o‘qining nominal va maksimal momentlaridagi aylanish chastotasi, FIK va quvvat koeffitsiyenti (cos φ)ning nominal rejimdagi qiymatlari, rotorning inersiya momenti, geometrik o‘lchamlari, ulanish joyining o‘l- chamlari va massasi ko‘rsatiladi. Asinxron elektryuritmalarining
114
kon mashinalari yuritmasida qo‘llanishi ular yetarli avtonomliligi- ning kamligi, inersionliligi, portlashga xavfliligi, tezligini reja- lashtirish cheklanganligi, ularni ishlatayotgan ishchiga xavfliligi tomonidan cheklanadi.
Pnevmoyuritmalar portlashga xavfli sharoitlarda va zarb bilan ta'sir etuvchi mashinalarda ishlatiladi. Pnevmoyuritmalar elektr yuritmalari bilan o‘lchamlari va ulanadigan o‘lchamlariga ko‘ra moslashtirilgan.
anoat elektr va pnevmoyuritmalar bilan birga ishlaydigan mashinalar ishlab chiqaradi. Pnevmoyuritmalar portlashga va yon- g‘inga xavfsiz, aylanish chastotasini keng ko‘lamda rejalashtirish mumkin va yaxshi ishga tushirish xarakteristikasiga ega. Pnev- moyuritmalar borib-qaytuvchi ta'sir etuvchi, shuningdek, zarb be- ruvchi, konstruksiyasi sodda, kichik tezliklarda qizib ketmaydigan mashina hisoblanadi. Pnevmoyuritmani qo‘llash elektr toki bilan ta'sirlanishni man etadi.
Kon mashinalarining yuritmalarida pnevmoyuritmalarning ay- lanuvchi harakatdagi shestenali (45-rasm, a), porshenli (b) va plastinkali (d); borib-qaytuvchi harakatlanadigan (e) va zarb beruvchi (f ) xillari qo‘llaniladi.
Shesternali yuritmalar ikkita o‘zaro tishlashishda bo‘lgan kor- pus bilan ma'lum kichik masofada joylashgan shesternadan iborat (45-rasm, a). Aylanish tomonini o‘zgartirish lozim bo‘lgan
45-rasm. Pnevmoyuritmalarning sxemasi:
a — shesternali; b — porshenli; d — plastinkali; e — borib-qaytuvchi harakatlanadigan; f — zarb beruvchi; g — statik ta'sir qiluvchi pnevmoyuritmalar.
115
yuritmalarda qiya tishli (kocoзyбыe) shesternalar, faqat bir tomonga aylanuvchi yuritmalarda qiyaligi ikki tomonga yo‘nal- tirilgan (shevronli) shesternalar qo‘llaniladi.
Porshenli yuritmalar yulduz shaklida joylashgan, ichida porshenlarning borib-qaytuvchi harakati sodir bo‘lgan silindrlar- dan iborat (45-rasm, b). Harakat porshendan krivoshipli shatun- larga o‘tadi. Krivoshipning o‘qi bilan taqsimlovchi qattiq qotiril- gan, taqsimlovchi silindrga navbatma-navbat havoni berib turadi. Plastinkali yuritmalar silindrik kamerali korpusdan, uning ichida ekssentrik joylashgan rotordan iborat (45-rasm, d). Rotorning radiusi bo‘yicha joylashgan o‘yiqlariga prujina yordamida siqilib turuvchi plastinkalar o‘rnatilgan. Aylanish momenti plastinkalar yordamida siqilgan havo ta'sirida hosil bo‘ladi. Borib-qaytib hara- kat qiluvchi yuritmalarda ichida havo bosimi yordamida harakat qiluvchi porshen yoki membranalar xizmat qiladi (45-rasm, e). Zarb beruvchi yuritmalarda zarb beruvchi funksiyasini porshen orqali, statik ta'sir qiluvchi yuritmalarda ta'sir kuchi shtok orqali uzatiladi (45-rasm, f, g).
Hajmli gidroyuritmalar tezlikni aniq boshqarish yoki mexanizm- ni uzatish qiymatini uzoq vaqt davomida aniq belgilash, shuning- dek, yuqori bosim va moment talab qilinganda qo‘llaniladi. Gidro- yuritmalar konstruksiyasi jihatdan pnevmoyuritmalardan kam farq qilib, blokli, alohida yuritmali mexanizmlardan tashkil topgan mashinalarda qo‘llaniladi.
Aksial porshenli gidroyuritmalar yuqori aylanish soni bilan ishlaydi. Radial porshenli gidroyuritmalar kichkina aylanish miq- dori va yuqori aylanish momenti kerak bo‘lganda qo‘llaniladi. Mashinalarning uzatish mexanizmlarida o‘qdagi aylanish momenti
5 kN·m gacha bo‘lgan yuritmalar qo‘llaniladi, hatto aylanish momenti 100 kN·m li yuritmalar ham ma'lum.
Dizel yuritmalar (ДBC turkumli) kon mashinalarining asosiy avtonom yuritmalari hisoblanadi. Dizel dvigatellari klapanli silindr bloklaridan, havo berishni taqsimlovchi, yoqilg‘i nasosi, porshen- larni borib-qaytib qiladigan harakatini aylanma harakatga aylanti- ruvchi krivoship-shatun mexanizmidan, ishga tushirish uchun yor- damchi yuritmadan, yuritmani sovitish sistemasi, yoqilg‘i sig‘i- mi, armatura va boshqarish qurilmasidan tashkil topgan. Bu dvigatellarning nominal rejimi ular yoqilg‘i sarfining nisbiy qiy- matidan aniqlanadi.
116
Dvigatelning aylanish chastotasi o‘zining nominal qiymatidan oshganda uning o‘qida quvvat oshadi, aylanish chastotasi o‘zining nominal qiymatining 30 % teng bo‘lganda, uning o‘qida quvvat nolgacha tushib ketadi, yuritma beqaror ishlaydi. ДBC yuritma- larining yuki me'yoridan oshib ketsa ishlash qobiliyati pasayadi, bunda dvigatellarni yordamchi yuritma bilan ishga tushirish lozim. ДBC yuritmalarini past haroratlarda ishga tushirish qiyin, yuk me'yoridan oshib ketsa uning tortish qobiliyati kamayadi, yon- g‘inga xavfli, chiqazadigan gazining organizmga ta'siri yomon, shuningdek, tezlikni boshqarish imkoniyati chegaralangan.
HON MASHINALARINING UZATISH MEXANIZMLARI
Kon mashinalarining uzatish mexanizmlari (uzatish) dviga- teldan chiqish zvenosi harakatini ishchi organining harakati bilan kelishtirib turish uchun kerak. Uzatuvchi ishchi kuchi o‘zining hamma xossalarini saqlagan holda, minimal geometrik o‘lcham, ishlatish, ta'mirlashda texnologiklikni saqlagan holda ishlashi kerak. Undan tashqari, ishonchli va uzoq vaqt ishlashni ta'min- lashi kerak.
Ko‘pchilik kon mashinalarining uzatuvchi mexanizmlari ishchi organining tezligini rejalashtiruvchi va ularni favqulodda katta kuchdan saqlovchi qurilmalar bilan jihozlanadi. Ko‘p kon ma- shinalarining ish rejimi va xarakteri maxsus to‘xtatuvchi qurilma (tormoz), ishga tushirish rejimini rejalashtiruvchi va mashinani to‘xtatuvchi moslamasi bo‘lishini talab qiladi. Uzatuvchi mexa- nizmni yuritma bilan ulovchi mufta orqali ulanadi.
Kon mashinalari va agregatlarining uzatish mexanizmlari me- xanik, elektromexanik, hajmli, gidromexanik va dinamik turkum- lariga bo‘linadi. Uzatish mexanizmlari o‘zlarining kinematik, yuk- lanuvchanlik va FIK lari bilan tavsiflanadilar.
Uzatgichning kinematik tavsifi umumiy hollarda ishchi organi koordinatining yuritma o‘qining koordinatiga va ishchi organining harakat trayektoriyasiga bog‘liqligi bilan aniqlanadi. Ko‘p hollarda yuritma o‘qining aylanma harakati ishchi organining aylanma yoki ilgarilama harakatiga aylantiriladi.
Mexanik uzatgich ishchi organida hisobli tezlikni olish uchun xizmat qiladi.
117
Texnik vazifaga ko‘ra 1,6 m/s qirqish tezligini tashkil etish kerak bo‘lsin. Qirqish chizig‘ining normal diametri qilib 0,63 m qabul qilingan. Unda mashina koronkasining yoki barabanining burchak tezligi quyidagiga teng bo‘ladi:
W=Vayl/Rb = 5,07 rad/s,
bu yerda: Vayl — aylanma harakat, ayl/sek; Rb — baraban ra- diusi, m.
Dvigatel o‘qining burchak tezligi 156 rad/s (1470 1/
min
) va
qirqishning hisobli ishchi tezligini olish uchun uzatish nisbati i ux = m u/m x = 0,033 ga teng bo‘lgan mexanik uzatgich olishimiz lozim.
Kon mashinalarida bitta pog‘onali chiziqli reduktorning uzatish nisbati 0,35 qiymat bilan chegaralangan, shuning uchun to‘rt po- g‘onali, pog‘onasining uzatish nisbati 0,4—0,45 bo‘lgan reduk- tordan foydalaniladi.
Kon mashinalarida burchak tezligi aylanish harakatiga tishli, tasmali, chervyakli va zanjirli uzatgichlar yordamida o‘zgartiriladi (46-rasm).
Oddiy tishli reduktorlar mashinalarda nisbatan keng qo‘llanib kelinmoqda, ular hamma mexanizmlar, qirquvchi mashinalar, kombayn, chig‘ir, shuningdek, burg‘ilash, yuklash va yuk tashish mashinalarida ishlatiladi.
Aylanish tezligi 10 m/s gacha bo‘lgan hollarda to‘g‘ri tishli, undan oshiq tezlikda qiya tishli shesternalar qo‘llaniladi. Kom- bayn va qirquvchi mashinalarning reduktorlari ularning dvigatel- larining o‘lchamiga qarab birxillashtirilgan va balandligining qiy-
118
mati 310, 350, 400, 450 va 500 mm, kengligi esa 780 yoki 1400 mm o‘lchamda chiqariladi.
Reduktorlarning kinematik sxemasi kon mashinalarining qulay joylashishidan kelib chiqib aniqlanadi. Foydali qazilma qazib oluv- chi va qirquvchi mashinalarda yuritmasining va mashinaning o‘qi mos tushganda hamda ishchi organining o‘qi ko‘ndalang joylash- ganda, albatta, konussimon shesternalar juftidan foydalaniladi.
Ba'zi mashinalarda boshqa reduktorlar bilan bir xilda quvvatli va uzatish nisbatiga ega bo‘lgan, kichik o‘lchamli, lekin konst- ruksiyasi va tayyorlanishi murakkab bo‘lgan planetarli reduktorlar ham qo‘llaniladi.
Chervyakli uzatgichlar moylash rejimiga juda sezgir, shuning uchun ular kam qo‘llaniladi. Ular ba'zi chig‘irlarda o‘zini-o‘zi to‘xtatish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun ishlatilishi mumkin.
Zanjirli uzatgichlar ba'zi ekskavatorlarning konstruksiyasida, tasmali uzatgichlar esa tegirmon (drobilka)larda qo‘llaniladi.
Kon mashinalarida yuqorida keltirilgan uzatgichlardan tash- qari qo‘llanmaydigan yoki juda kam qo‘llanadigan elektrmexanik, gidromexanik hajmli, gidromexanik dinamik, tishli-raykali, vintli uzatgichlar bo‘ladi. Har xil chig‘irlarda, qirquvchi mashinada sim arqonli uzatgichlar qo‘llaniladi. Ular baraban, blok va polispastdan tashkil topgan bo‘lib, sim arqonning tortish kuchi 160 kN gacha bo‘ladi, sim arqonni chig‘irga o‘rash tezligi 3 m/s ni tashkil qiladi. Kon mashinalarida har xil konstruksiyadagi qo‘shuvchi va saqlovchi muftalar hamda to‘xtatish (tormozlash) qurilmalari ham bo‘ladi.
5.7. HON MASHINALARINI BOSHQARISH SISTEMALARI
Kon mashinalari, komplekslari va agregatlarini boshqarish sistemalari kon ishlarini olib borishda texnologik talablarga mos vazifani va kon mashinalarini ishlash rejimlarini qabul qilingan tartibda ushlab turishga mo‘ljallangan.
Operatorning joylashishi va vazifasiga qarab qo‘l bilan, maso- fadan va avtomatik boshqarish sistemalari mavjud. Qo‘l bilan boshqarish sistemasida operator bevosita mashinaning oldida turib uzluksiz ravishda mashinaning ish rejimini tekshirib turadi va sharoitga qarab rejimni o‘zgartiradi.
119
Qo‘l bilan boshqarish sistemasida operator bevosita mashina- ning oldida turib uzluksiz ravishda mashinaning ish rejimini tek- shirib turadi va sharoitga qarab rejimni o‘zgartiradi.
Masofadan boshqarish sistemasida operator mashinadan bir- muncha uzoqlikda joylashadi, bu bilan u o‘zini mashinaning titrashidan, shovqinidan, changdan hamda kon-geologik omillar- ning salbiy ta'siridan saqlaydi. Texnologik jarayonlarning nazorati qarash orqali yoki asboblar yordamida olib boriladi.
Avtomatik boshqarish sistemasida operator mashinaning ish rejimini va ishga tushirish momentini oldindan belgilab bosh- qarishda, mashinani ishga tushishida, to‘xtatishda va regulatorni inkor etishida ishtirok etadi. Avtomatik boshqarish sistemasi operatorni mashinaning ish rejimini diqqat bilan tekshirishdan ozod etadi, ishchilarni xavfli zonadan, changdan, shovqindan hamda titrash hodisasidan saqlaydi. To‘g‘ri ishlab chiqarilgan va sozlangan avtomatik boshqarish sistemasi kon mashinalarining unumdorligini oshirishga yetarlicha omil bo‘ladi.
Qo‘l bilan boshqarish sistemasida, mashinaning kuch berish uskunalariga operator mexanik energiyani sarf qilib ta'sir qilsa, buni to‘g‘ridan to‘g‘ri ta'sir etish sistemasi deyiladi, kuch berish uskunalariga yordamchi yuritma bilan ta'sir etilsa, bunday sistema boshqarishni to‘g‘ridan to‘g‘ri ta'sir etmasdan boshqarish sistemasi deyiladi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri boshqarish sistemasining tarkibiga boshqa- rish posti, mexanik yoki gidravlik uzatish va kuch beruvchi us- kunalarga to‘g‘ri ta'sir etib ish bajaruvchi mexanizm kiradi. To‘g‘ri ta'sir etmasdan boshqariladigan sistema tarkibiga boshqarish posti, energiya manbayi, boshqaruvchi signalni kuchlantiruvchi va ba- jaruvchi mexanizm kiradi.
Distansion va avtomatik boshqarish sistemasi doimo to‘g‘ri sxema bilan amalga oshiriladi. Distansion boshqarish sistemala- rida, albatta, olib chiqilgan boshqarish pultlari va kommunikatsion liniyalar bo‘lishi shart, avtomatik boshqarish sistemalarida ish- lash rejimini vazifalash qurilmasi bo‘lgan regulator va o‘lcham- larini tekshirib turuvchi datchiklar bo‘lishi shart.
Kuchaytiruvchisining xiliga va bajarish organiga qarab mexa- nik, pnevmatik, gidravlik va elektrik boshqarish sistemalari bo‘ladi. Ko‘pincha aralash elektrpnevmatik va elektrgidravlik boshqarish sistemalari elektrik qurilma rejimini, informatsiya berishni va
120
boshqarish signalini birinchi bor kuchaytirishni tekshiradi, pnev- matik yoki gidravlik qurilmalar bajarish mexanizmlari va kuch- lanishning oxirgi pog‘onasi sifatida qo‘llanadi.
Boshqarish sistemalari quyidagicha xarakterlanadi:
Berilgan sistemani to‘la ta'minlovchi kuch beruvchi quril- malarining quvvati bilan.
Boshqarish uchun sarflangan quvvat kuch beruvchi qurilma- larning quvvatini 1—5 % ni tashkil etishi kerak.
Boshqarish sistemasiga kiruvchi signallarning qiymati bilan, uning qiymati to‘g‘ri boshqariladigan sistemalarda 10 Vt va undan ko‘pni, avtomatik boshqariladigan sistemalarda 10-5 Vt va undan ko‘pni tashkil qiladi.
Boshqariladigan signalning quvvat va amplitudasini kuchay- tirish koeffitsiyenti bilan:
KN = Nm/Nu,
bu yerda: Nm, Nu — mos ravishda mashina yuritmasining va bosh- qarish qurilmasining quvvati.
Boshqarishning aniqligi va tez ta'sir etishi bilan. Bu bosh- qarish uchun berilgan signalning qayta ishlash tezligi yoki sistemani qo‘zg‘atish uchun ketgan reaksiya vaqti bilan bahola- nadi.
Kon mashinalarida boshqarish sistemasining ishlash rejimi uzluksiz yoki uzlukli bo‘lishi mumkin. Uzlukli boshqarishda sig- nallar oralig‘i yetarlicha katta bo‘lishi mumkin. Uzluksiz boshqa- rish sistemasini avtomatik boshqarish sistemalarida qo‘llash ko‘p- roq samara beradi.
Kuch beruvchi uskunalarning ishlash rejimlariga boshqarish sistemalari tomonidan beriladigan asosiy ta'sirlar quyidagicha bo‘ladi:
yuritmani yoki mexanizmni ishga tushirish va to‘xtatish;
yurish qiymati yoki tezligining qiymatini oldindan aniq berish;
quvvat yoki moment qiymatini aniq berish.
Kon mashinalarining boshqarish sistemalari murakkab kon sha- roitida ishonchli ishlashini, kon mashinalarining yuqori unum- dorligini va xizmatchilarning xavfsizligini ta'minlashi kerak.
Har xil boshqarish sistemalarini qo‘llash omillarning turi bilan hamda har xil sistemalarning bahosi bilan aniqlanadi.
121
odda, arzon to‘g‘ridan to‘g‘ri ta'sir etuvchi boshqarish siste- malarini qo‘llash bosim va mehnat muhofazasi bilan belgilanadi. Ergonometrik talablar bilan pedal (tepki) dastagidagi bosimni 8— 30 N, tepkidagi bosimni 15—60 N, tepki va dastakning qo‘zg‘alish qiymatini 300 mm deb chegaralab qo‘yilgan. Richag va tepki- larning qo‘zg‘alish tezligi 1 m/s, boshqarish ta'sirining uzlukliligi sekundiga bittadan ko‘p bo‘lmasligi, mexanik energiyaning o‘rta- cha sarfi 10 J/s dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Agar, ishlash sharoiti operatorning hayotiga xavf solishi yoki uning sog‘lig‘iga putur yetkazishi, masalan, mustahkamlanmagan ishlash joyi, gazning va ko‘mir qatlamining birdan otilib chiqishi, shovqin va titrash darajasining yuqoriligi, ish joyida chang miqdo- rining ko‘pligi kuzatilsa, qo‘l bilan boshqarish sistemasini qo‘llash man etiladi.
Ergonometrik talablar bajarilmagan holda yordamchi yurit- madan foydalaniladi. Agar yuqori tez ta'sir va boshqarish siste- masining uzluksiz ishlashi talab qilinsa, avtomatik boshqarish sistemasini qo‘llash tavsiya etiladi, xavfli ishlash sharoitlarida ma- sofadan boshqarish usuli qo‘llaniladi. anoatda CAY — avtomatik boshqarish sistemasi, CAYK — kombaynlarni avtomatik boshqa- rish sistemalari mavjud. CAYK kompleksiga: AYC apparati, mag- nit stansiyasi, boshqarish pulti, ЗOHД—2 apparati, NMNP—3M rejalashtiruvchi moslamalar kiradi.
FOYDALI QAZILMA QAZIB OLUVCHI HOMBAYNLAR
MH—67 kombayni ko‘mir qatlamining qalinligi 0,7—1 m, yotish burchagi 20˚ gacha, qirqishga ko‘rsatgan qarshiligi 300 kgk/sm bo‘lgan foydali qazilma qatlamlarini qazib olishni mexanizatsiya- lashda ishlatiladi (47-rasm).
MK—67 kombayni CM—63M sidirgichli konveyerning rama- siga suyanib lavada ikki tomonga (ueлнokobый) harakat qilib foydali qazilmani qazib oladi. Kombayn konveyerning ramasiga to‘rtta tayanch orqali suyanib (ikkitasi konveyerga suyanadi) balandligini maxsus gidrodomkratlar yordamida rejalashtiradi. Kombaynning klirensi taxminan 170 mm ni tashkil etadi.
Kombaynning ishchi organi bitta vertikal o‘qqa o‘rnatilgan ostki, ustki va chiqariladigan barabandan iborat. Ishchi organini ko‘mir qatlamining qalinligiga moslab pog‘onali rejalash yechib-
122
qayta o‘rnatsa bo‘ladigan, balandligi 70 mm bo‘lgan, chiqariladi- gan barabanga o‘rnatilgan disk orqali amalga oshiriladi, bir tekis rejalash barabanga o‘rnatilgan gidrodomkratlar yordamida baja- riladi. Ishchi organi bir vaqtda harakatga keltiriladigan ikkita yulduzchadan harakat olib, qirquvchi-harakatga keltiruvchi qism- larini harakatlantiradi. Ishchi organining qirquvchi asbobi MK—1 turkumidagi keskich va oldi tomonidan YMK—90 keskichlaridan iborat.
Kombayn yuklash qurilmasi kombayn ishchi organining orqasiga, konveyerning chap yoki o‘ng tomoniga tayanch kron- shteynlariga sharnirli o‘rnatilgan shitdan iborat. Tortish elemen- ti svarkali chiniqtirilgan halqasimon zanjirdan iborat bo‘lib, bir uchi tortish qurilmasiga, ikkinchisi zaboyning oxirida konveyer- ning tortuvchi qismiga ulanadi. Kombaynda chang bostiruvchi TOC sistemasi o‘rnatilgan.
MK—67 mexanizatsiyalashgan MK—97 rusumli mustahkam- lovchi yoki «Дoнбacc» yoki shaxsiy mustahkamlovchilar bilan birga ishlashga mo‘ljallangan.
MH—67 kombaynining texnik tavsifi
Qazib oladigan qatlamning
qalinligi ......................................................... 0,7—1 m
Unumdorligi ................................................. 3,7 t/min gacha
Ishchi organi ................................................ vertikal o‘qda
aylanuvchi baraban Qamrash kengligi ......................................... 0,8 m
Qirqish tezligi .............................................. 2,05; 2,44 m/sek
123
Uzatuvchi mexanizmi gidravlik
Uzatish tezligi .............................................. 0—6 m/min
Tortish kuchi ................................................ 12 tk
Tortuvchi zanjirning zvenosi ...................... 23×86 mm Elektryuritmasi SДK04—P—MK—67
Quvvati: soatbay rejimda ........................... 115 kVt uzoq muddatli rejimda ............... 65 kVt
Massasi ......................................................... 8,1; 9,4 t
1H—101 kombayni ko‘mir qatlamining yotish burchagi 20˚ gacha, qatlam qalinligi 0,75—1,2 m, qirqishga ko‘rsatgan qarshiligi 250 kgk/sm gacha va qattiqlik koeffitsiyenti f = 3 gacha bo‘lgan foydali qazilmalarni qazib olishni mexanizatsiyalashda ishlatiladi (48-rasm).
Foydali qazilma 1K—101 kombayni yordamida ikki tomonga (ueлнokobый) ishlash sxemasi bilan o‘zi suriladigan CM—64 yoki CM—63 M sidirgichli konveyer ramasiga tayanib yoki lavaning ostiga tayanib qazib olinadi. Kombayn konveyerning ramasiga balandligi o‘zgarmas bo‘lgan tayanch orqali tayanib turadi. Kom- bayn korpusi ostidagi klirensning minimal qiymati 90 mm ni tashkil qiladi.
Kombaynning ishchi organi ikki kirishli, bir xil diametrli, kom- bayn korpusining bir tomonida joylashgan ikkita shnekdan iborat. Kombayn I turi shnegining diametri 0,7 m, II turi shnegining diametri 0,8 m. Qazib olinadigan ko‘mir qatlamining qalinligiga qarab shneklar maxsus gidrodomkratlar yordamida rejalashtiriladi. Qulatib tushirilgan ko‘mir ishchi organi bilan yuklab beriladi.
Kombaynning tortish organi halqasimon svarkalangan zanjir- dan iborat. U zaboy bo‘ylab tortilgan bo‘lib, bir uchi zaboydagi konveyerning orqa qismiga maxsus qulf bilan qulflangan. Kom- bayn chang bostiruvchi tipik TOC sistemasi bilan jihozlangan.
48-rasm. 1H—101 kombayni.
124
uv yoki ko‘pik chang bostiruvchi sistemaga HYMC—30M na- sos qurilmasi yordamida beriladi. Nasos shtrekda joylashtiriladi. 1K—101 kombayn, MK—97 yoki «Дoнбacc» mexanizatsiya- lashtirilgan yoki shaxsiy mustahkamlovchisi bo‘lgan kompleksda
ishlaydi.
1H—101 kombaynining texnik tavsifi
Qazib oladigan qatlamning qalinligi ................ 0,75—1,2 m Hisoblangan unumdorligi .................................. 2—2,5 t/min
Ishchi organining turi shnek
hnekning diametri ........................................... 0,7; 0,8 m
Qirqish tezligi .................................................... 2,91; 3,31 m/sek
Uzatish tezligi 03,5; 0,36 m/min
Tortuvchi zanjir ................................................. 18×64; 23×86
Uzilish kuchi ...................................................... 41 tk; 66 tk.
Elektryuritmaning quvvati:
soatbay ...................... 105 kVt
uzoq muddatli .......... 75 kVt Massasi ............................................................... 9,7; 9,3 t
kH—5k va kH—5kM kombayni. 2K—52 kombayni ko‘mir qatlamining yotish burchagi 20˚ gacha, qalinligi 1,1—2 m, ko‘mirni qirqishga ko‘rsatgan qarshiligi 250 kgk/sm va qattiqlik koeffitsiyenti f ≤ 2,5 gacha bo‘lganda uni qazib olishni mexaniza- tsiyalashda ishlatiladi. Ko‘mirni bir tomonga yoki ikki tomonga o‘zi suriluvchi CM—63, CM—63M yoki o‘zi qo‘zg‘aluvchi CMM—87Д sidirgichli konveyer ramasiga tayanib qazib oladi.
Kombayn konveyerning ramasiga to‘rtta lija orqali tayanadi, shundan ikkitasining balandligi rejalashtiriladi. Kombaynni kon-
49-rasm. kH—5k kombayni.
125
veyer tarnoviga nisbatan minimal klirensi orasidagi masofa CMM— 87Д konveyerida 220 mm, CM—63 konveyeri bilan ishlaganda 235 mm.
2K—52 ning ishchi organi ikkita pastki va ustki shnekdan iborat (49-rasm).
Oxirgi modifikatsiyalarining ishchi organlari ko‘mir qatlami- ga frontal sxema bo‘yicha o‘zi qirqib kiruvchi shnek bilan jihozlan- gan. Kombaynning ustki shnegi maxsus gidrodomkratlar yorda- mida o‘z balandligini tekis rejalashtira oladi. Massivdan ajratib olingan ko‘mir ishchi organi yordamida yuklanadi.
Kombayn F—404 qo‘l bilan bir tekisda rejalashtiriluvchi uza- tish mexanizmi yoki F—405 avtomatik rejalashtiriluvchi bilan jihozlangan. Tortuvchi organi toblangan halqasimon, lava bo‘yi- cha tortilgan zanjirdan iborat. Zanjirning uchlari konveyer stan- siyalariga qotirilgan. Chang bostirish sistemasi shnekning spiralida va yuqori shnekning reduktorida joylashtirilgan suv yoki ko‘pik uzatib beruvchi qurilma yordamida amalga oshiriladi.
2K—52M kombayni 2K—52 kombaynining ancha takomillash- gan modelidir. Kombayn qiyaligi 35˚ gacha yotgan ko‘mir qatla- mini qazib olishga mo‘ljallangan. 2K—52M kombaynining 2K—52 kombaynidan asosiy konstruktiv farqi, unda mexanizatsiyalashgan ikkita yuklash shitining qo‘llanganligidir. Bu qurilma kombaynni ishchi va transport holatiga qo‘l mehnatini qo‘llamasdan oson o‘tkazadi. Bu qurilma yana chiqadigan ostki shitga ega bo‘lib, u majburiy ravishda gidrodomkratlar yordamida shitni pastga bosadi, natijada massivdan ajratilgan ko‘mirning hammasi tozalanib yuklab beriladi. Undan tashqari 2K—52M kombayni F—405 tipidagi avtomatik uzatgichga ega. 2K—52M kombaynida boshqa- rish pultlari ishchi organiga yaqin joyga joylashtirilgan.
kH—5k va kH—5kM kombaynlarining texnik tavsifi
Qazib oladigan ko‘mir qatlamining
qalinligi ............................................................. 1,1—2,0 m
Unumdorligi ..................................................... 3 t/min gacha
Ishchi organi .................................................... ikkita snek
Qamrash qiymati ............................................. 0,63; 0,8 m
126
hnekning qirqish tezligi:
ostki shnek ..................................... 2,67—4,65 m/sek
ustki shnek ..................................... 2,62—3,66 m/sek
2K—52 kombaynining uzatish tezligi ............ 0,3—6 m/min tortuvchi zanjirining tipi 23×86
uzilish kuchi .................................. 66 tk
2K—52M kombaynining uzatish tezligi ........ 0,3—0,6 m/min tortuvchi zanjirining tipi 26×92
uzilish kuchi .................................. 85 tk
Elektryuritma asinxron qisqa tutashgan
rotorli SДK04—2M
Quvvati: soatbay rejimda ................................ 105 kVt
uzoq muddatli rejimda .................................... 75 kVt
Changga qarshi vosita ..................................... TOC sistemasi
HШ—1HГ kombayni yotish qiyaligi 15˚ gacha, qalinligi 1,3— 2,8 m, qirqishga ko‘rsatgan qarshiligi 200 kgk/sm gacha bo‘lgan ko‘mir qatlamini qazib olishda ishlatiladi (50-rasm). Kombayn ko‘mirni bir tomonlama va ikki tomonlama qazib olish sxemasi bilan sidirgichli konveyer ra-
masiga tayanib qazib olishi mumkin. Kombayn konveyer- ning ramasiga to‘rtta tayanch lijasi bilan tayanadi. Tayanch sistemalari balandligi bo‘yicha rejalashtiriladigan, ba'zan reja- lashtirilmaydigan bo‘lishi mum- kin. Kombaynning klirensi 250 va 500 mm bo‘ladi.
Kombaynning ishchi orga- ni ikkita quyma, bir xil diametr- li shnekdan iborat. hneklar- ning konstruksiyasi frontal yo‘nalishda o‘zi qatlamga qir- qib kiruvchi xususiyatga ega. Ishchi organining balandligi qatlamning qalinligiga qarab bir me'yorda ikkita domkrat
yordamida rejalashtiriladi. Tor- 50-rasm. HШ—1HГ kombayni.
127
tish organi halqasimon zanjirdan iborat bo‘lib, uning uchi konveyerning oxiriga kronshteyni yordamida qotiriladi. Kombayn- ning chang bostiruvchi qurilmasi suvni shnekning spiralida joylashgan forsunka orqali uzatadi, forsunka aylantiruvchi re- duktorning korpusiga, yana ko‘p chang ajraladigan joyga ham o‘rnatilishi mumkin.
HШ—1HГ kombaynining texnik tavsifi
Qazib oladigan ko‘mirning qalinligi ............... 1,3—2,8 m gacha Unumdorligi ...................................................... 3 t/min
Ishchi organi shnek
Qamrash qiymati .............................................. 0,63 m
Qirqish tezligi ................................................... 1,85—2,7 m/min
Uzatish tezligi ................................................... 0,3—6 m/min
Tortuvchi zanjiri 18×64
Elektryuritmasi .................................................. asinxron qisqa
tutashgan rotorli Quvvati: soatbay ............................................. 105 kVt
uzoq muddatli ................................. 75 kVt Massasi .............................................................. 12,2—13,5 t
«Дohбacc—1Г_ kombayni qiyaligi 18˚ gacha, qalinligi 0,8— 1,6 m, qirqishga bo‘lgan qarshiligi 200 kgk/sm gacha bo‘lgan ko‘mir qatlamini qazib olishda ishlatiladi. Kombayn ko‘mir qat- lamini bir tomonga qazib olish sxemasi bilan, shaxsiy mustah- kamlagich va bo‘laklarga bo‘linuvchi C—53, CP—52 yoki CP—70A konveyerlari yordamida ishlaydi (51-rasm). Kombaynning ishchi
51-rasm. «Дohбacc—1Г_ kombayni.
128
organi halqasimon bar yoki qulatuvchi shtangali sharnirda taxla- nuvchi bardan iborat. Yuklab beruvchi sifatida pastki FH—1 va yuqorigi FM—1 halqali barda harakatlanuvchi yuklovchilar qo‘llaniladi.
Kombayn lava bo‘ylab tezlikni o‘zgartiruvchi gidravlik varia- torli uzatgich mexanizmi yordamida yuradi. Variator tezlikni bir tekisda 0,2—10,5 m/min atrofida rejalashtiradi, tortish kuchi 5—
15 tk ni tashkil qiladi. Kombaynning tortuvchi organi — sim arqonning bir uchi uzatuvchi mexanizmning barabaniga, ikkinchi uchi lavaga o‘rnatilgan va kombaynning yurishiga qarab yuradigan tayanch ustuniga mahkamlangan.
«Дohбacc—1Г_ kombaynining texnik tavsifi
Unumdorligi ........................................................ 1,6—3,3 t/min
Qamrash qiymati ................................................ 1,6; 1,8; 2 m
Qirqish tezligi ..................................................... 2,49 m/sek
Uzatish tezligi ..................................................... 0,2—5,25 m/min
Elektryuritmasi .................................................... SДK 04—2M
Uzoq muddatli rejimdagi quvvati ..................... 75 kVt
oatbay rejimdagi quvvati .................................. 105 kVt Massasi ................................................................ 8,6—9,5 t
CHANG BOSTIRUVCHI SISTEMA (CHBS)
Foydali qazilmani lavada qulatish, ag‘darish va yuklash vaqtida chiqadigan changni bostirish uchun tor qamrovli kombaynlar CHB sistemasi (типobaя opocитeльнaя cиcтema — TOC) bi- lan jihozlanadi. Bu sistema aniq, maxsus uskunalar to‘plamidan iborat bo‘lib, qatlamni buzayotgan, yuklayotgan va qayta yuklayot- gan joyga chang bostiruvchi suyuqlikni yetkazib beradi.
Chang bostiruvchi suvni kombaynga yetkazib berish usuliga qarab CHB ning quyidagi asosiy sxemalari bo‘lishi mumkin: nasos qurilmasini suv bilan shtrekda o‘rnatilgan maxsus sig‘im- dan ta'minlash; nasos qurilmasini yuqoridan yong‘inga qarshi kurash quvuridan kelayotgan suv bilan ta'minlash; chang bostir- gich qurilmasini yong‘inga qarshi kurashuvchi quvurdan kelayot- gan suv bilan maxsus nasos qo‘llamasdan ta'minlash sxemasi. CHB tarkibida birinchi variantda o‘z ichiga suv uchun sig‘im,
9—A.M. Isaxodjayev 129
shtrekdagi filtr va zaboydagi vodoprovod hamda HYMC—30E, HYMC—100E yoki HYMC—200E nasos qurilmasini va, shuning- dek, kombayndagi suv sepuvchi qurilmasi bo‘ladi. Ikkinchi vari- antda CHB tarkibiga shtrekdagi filtr qurilmasi bilan birga HYMC—30M nasos qurilmasi, undagi reduksion klapan, shtrek va zaboydagi vodoprovod hamda kombayndagi suv sepuvchilar kiradi.
Uchinchi variantni qo‘llash, yong‘inga qarshi quvur o‘tkaz- gichdan kelayotgan suvning bosimi kombayndagi forsunkada 12 kgk/sm dan kam bo‘lmagan holda, ya'ni nasos qo‘llashga muh- tojlik bo‘lmaganda tavsiya qilinadi. Ko‘mir konlarida birinchi va ikkinchi sxemalar ko‘proq qo‘llaniladi.
FOYDALI QAZILMA QAZIB OLUVCHI HOMPLEHSLAR
kHГД kompleksi qatlamining qalinligi 0,75—1,2 m, yon to- mon tog‘ jinslarining mustahkamligi o‘rtachadan kam bo‘lma- gan tik qatlamlarni uzun zaboylar yordamida qazib olishni mexanizatsiyalashda qo‘llaniladi. Kompleks «Temп—1» tor qam- rovli yoki shunga o‘xshash kombayn 2 dan mexanizatsiyalashgan, o‘zi ko‘chadigan mustahkamlovchi va ventilatsion shtrekda joy- lashgan yordamchi uskunalar — ikkita CHY—5 nasos stansiyasi, magnit stansiyasi, chang bostiruvchi stansiya, tortib-saqlab turuvchi 1ЛFKH yoki CMK rusumli chig‘ir S dan iborat (52- rasm, a). Kombayn lavada ikkita tortib va saqlab turuvchi sim arqonga osib qo‘yilgan.
Kompleksning mustahkamlovchisi ikkita ustun seksiya va gid-
rosistemadan iborat. Yonma-yon joylashgan seksiyalar o‘zaro qatlamning ostida ikkita teleskopik shtanga 4 bilan bog‘langan, uning yurish qiymati 0,3 m bo‘lib, seksiyani gidrodomkratlar yordamida 5 yo‘nalish bo‘yicha qo‘zg‘alishini ta'minlaydi. Usku- nalarning qo‘zg‘alish miqdori kombaynning qamrash kengligiga teng bo‘lib, 0,9 m ni tashkil etadi. eksiyalar birin-ketin ketma- ket kombayndan keyin suriladi. Mustahkamlovchi seksiya asos 1 dan, ikkita bir xil gidravlik ikki pog‘onali ustun 2 dan, yuqorigi tayanib to‘sib turuvchi 4, klapanlar bloki, boshqarish bloklari, 250 kgk/sm2 gacha yuqori bosimli shlanglar, qazib olingan bo‘shliq va ishchi tomonni ajratib turuvchi himoya to‘siqlaridan iborat (52-rasm, b). eksiyaning og‘irligi 1 t.
130
52-rasm. kHГД kompleksi:
a — kompleksning umumiy ko‘rinishi; b — kompleksning seksiyasi.
131
Mustahkamlovchi yuqoridan asosiy bosimni gidroustun S orqali qabul qiladi. Tayanib to‘sib turuvchi faqat bo‘shliqning yuqori tomonini ushlab turadi.
kHГД—A kompleksi 2KFД ishlatiladigan sharoitlarda ishla- tiladi. Undan avtomatlashtirilgan «Temп—1A» va avtomatlashti- rilgan o‘zi ko‘chuvchi 2KFД—A mustahkamlovchisi borligi bi- lan farq qiladi hamda foydali qazilmani lavada doimo ishchilar bo‘lmagan holda ham qazib olishi bilan ajralib turadi. Mustahkam- lagich boshqarish pultidan ventilatsion shtrekda turib boshqariladi. Avtomatlashtirilgan sistema o‘zi ko‘chuvchi mustahkamlagich seksiyasini avtomatik yoki masofadan turib boshqarish, yordam- chi jarayonlarni bajarish hamda mustahkamlagichning holatini nazorat qilishga mo‘ljallangan.
istema o‘zi ko‘chuvchi seksiyaning raqamini va holatini aniq- lab, ko‘chish masofasini avtomatik yoki masofadan aniqlab be- radi, mustahkamlovchining surilish masofasi (qadami) kamay- ganda kombaynni to‘xtatishi ham mumkin. O‘tkazilgan sinovlar kompleksni smenada 3—4 nafar ishchi (navbatchi operator, uning yordamchisi va 1—2 nafar elektroslesar) boshqarishi mumkinli- gini ko‘rsatdi.
5.11. FOYDALI QAZILMA QAZIB OLUVCHI AGREGATLAR
1AШ agregati foydali qazilmani qazib olishni mexanizatsiya- lash uchun qatlamning qalinligi 1,2—2,2 m, yotish burchagi 50˚— 90˚, yon tomon tog‘ jinslari mustahkamligi o‘rtachadan kam bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Agregat konveyer-qirg‘ich S ishchi organidan, chegaralab ushlab turuvchi shitli mustahkamlovchi 4, nasos stansiyasi 2 va shtrekda joylashgan yordamchi uskunalar (skip 1 va chig‘ir)dan iborat (53-rasm). Mexanizatsiyalangan mus- tahkamlagich va konveyer-qirg‘ich o‘zaro kinematik va texnolo- gik bitta sistema — agregatga bog‘langan.
Gidravlik mustahkamlagichlarning har 6 m ga maxsus seksi- yalar joylashtirilgan bo‘lib, unga konveyer-qirg‘ich osiladi, har bitta seksiyaga teleskopik richag 6 o‘rnatilgan, uning uzatuvchi gidrodomkrati mavjud. eksiyalarning ostki asosiga sharnir orqali konveyer-qirg‘ichni qatlam qalinligiga moslovchi gidrodomkrat
o‘rnatilgan.
132
5S-rasm. 1AШ agregatining lavada ko‘rinishi.
133
Konveyer-qirg‘ichning yuritmasi ikki xil variantda: elektryu- ritma (quvvati 115 kVt) va pnevmatik yuritma (quvvati 35·2 = 70 ot kuchi). Konveyer-qirg‘ichning yo‘naltiruvchi ramasi bo‘lib, unda sidirgichli aravacha 7 yurituvchi zanjir bilan harakatlanadi. Agregat suv-moy emulsiyasi bilan ishlaydi.
1AHШ shitli agregati ko‘mir qatlami qalinligi 0,7—1,3 m, yotish burchagi 45˚—90˚ va yon tomon tog‘ jinslarining mustah- kamligi o‘rtachadan kam bo‘lganda, uni qazib olishni mexani- zatsiyalashda qo‘llaniladi. 1AHШ agregati 1AШ agregatidan nisbatan yupqa qatlamlarni qazib olishi mumkinligi bilan farq qiladi. Qazib olish texnologiyasi va konstruktiv tuzilishi 1AШ bilan bir xil.
Ko‘mir sanoatida har xil kon-geologik sharoitlarda va har xil fizik-mexanik xususiyatli foydali qazilmalarni o‘ziga xos texno- logik sxemalar yordamida qazib oluvchi turli toifadagi komplekslar mavjud. Ularga uncha tik bo‘lmagan kam qiyalikda yotgan ko‘mir qatlamlarini qazib oluvchi KM—101, KMK—97, KM—96, KM— 87Д, KM—100, MK—1, OMKTM, KM—81, «Kaзaxcтaн—2»,
KTY—3M va boshqalar misol bo‘la oladi.
Tik yotgan qatlamlarni qazib olishga mo‘ljallangan komplekslar: KДЗ—1, KFД—2, «Днeпp—2»lar mustahkamlovchi bilan jihoz- langan. Ko‘mir sanoatida komplekslardan tashqari quyidagi agregatlar ham ma'lum sharoitlarda ishlatilishi mumkin: qirg‘ich qurilmali agregatlar A—3, AФ—15, CA, AKД, A—2 va h.k.
k. FOYDALI QAZILMA QAZIB OLUVCHI HOMBAYNLARNING UNUMDORLIGI
Kombaynning nazariy unumdorligi uni shu berilgan sharoit uchun maksimal unumdorligi bo‘lib, uning qiymati ishlatish o‘lchamlarining (maksimal uzatish tezligi, ishchi organining maksimal ko‘tarilgan holati) shu sharoitga maksimal moslashga- niga bog‘liq. Foydali qazilma qazib oluvchi kombaynlarning nazariy unumdorligi quyidagi ifoda orqali topiladi:
Qn = mBvn , t/min,
yoki
Qn = 60 mBvn , t/soat,
134
bu yerda: m — kombayn qazib olayotgan qatlamning qalinligi, m; B — kombayn ishchi organining qamrash qiymati, m; vn — aniq sharoitlarda kombaynning mumkin bo‘lgan maksimal uzatish tezligi, m/min; — ko‘mirning hajm og‘irligi, t/m3.
Kombaynning texnik unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
yoki
Qtex = QHKtex, t/min,
Qtex = 60 mB vn Ktex, t/soat,
bu yerda: Ktex — aniq ishlatish sharoitlarida kombaynning texnik tomondan uzluksiz ishlashi mumkinligi koeffitsiyenti. U quyida- gicha topiladi:
K tex
T ,
T Ti.t.
bu yerda: T — ko‘mir qazib oluvchi kombaynning unumdorlik berayotgan vaqti, min; Ti.t. — kombaynning ishlamay turgan vaqti, min.
Ko‘mir qazib oluvchi kombaynning unumdorlik berayotgan vaqti quyidagicha aniqlanadi:
T L ,
n
min,
bu yerda: L — kombayn ishlayotgan lavaning uzunligi, m.
Uzluksizlik koeffitsiyentining (Ktex) qiymatini T va Tpr larning absolut qiymatlari yordamida topishdan ko‘ra, ular nisbiy qiymat- larining 1 m lavaning uzunligiga keltirilgan qiymatidan aniqlash qulaydir. Ya'ni:
t Tpr , min/m.
pr L
huni hisobga olib,
1
K t n ,
tex
t tpr
1
n
Tpr
L
min.
135
Oxirgi ifodaning surat va mahrajini vn ga ko‘paytirib Ktex ning natijaviy qiymatini topamiz:
K tex
1 .
Tpr
t n
L
Kombaynning umumiy ishlamay turgan vaqti quyidagi ko‘rsat- kichlarning yig‘indisidan iborat:
Tpr = Tm.o + Tk.o. + Tz.i. + Tu.n., min,
bu yerda: Tm.o — kombaynning manyovr jarayoniga sarflagan vaqti, min; Tk.o — lavaning ikki tomonida kombayn bajaradigan jara- yonlarga sarflangan vaqt, min; Tz.i — asboblarni almashtirish uchun sarflangan vaqt, min; Tu.n — kombaynning nosozliklarini bartaraf etish uchun sarflangan vaqt, min.
Ko‘rsatilgan vaqtlar sarfi kombaynning konstruktiv va rejim
ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lib, ularning qiymatlari hisoblash na- tijasida aniqlanadi. Ularning qiymatlari ishchilarning malakasi- ga, zaxira qismlarning borligiga va boshqalarga bog‘liq. Ularning qiymatlari xronometrik va statik ma'lumotlar orqali ham aniqla- nishi mumkin.
Kombaynlarning ishlatish vaqtidagi unumdorligi ishlatish va texnik nosozliklarga, ya'ni kombayn konstruksiyasi va ishlash sxe- masiga bog‘liq bo‘lmagan jarayonlarni hisobga oladi va quyida- gicha aniqlanadi:
yoki
Qi = QnKe, t/min,
Qi = 60 mB vn Ke, t/soat,
bu yerda: Ke — ko‘mir qazib oluvchi kombaynning aniq lavada ishlatilayotgan vaqtdagi uzluksizlik koeffitsiyenti. Uning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
K 1 ,
e
1 T
T T T
K n L
bu yerda: To.p — tashkiliy-texnik sabablarga sarflangan vaqt, min.
136
Bularga vagonlarni almashtirish vaqti, bo‘sh vagonlarni kutish vaqti, shuningdek, elektr energiyasining bo‘lmagan vaqti, mus- tahkamlagichlarni kutish vaqti va h.k. lar kiradi.
Uzluksizlik koeffitsiyenti yana quyidagicha topilishi mumkin:
K Qi .
e Qn
NAZORAT SAVOLLARI
Foydali qazilma qazib oluvchi kombaynlarning rivojlanish bosqichlari.
Yerosti kon mashinalariga qanday talablar qo‘yiladi?
Qazib oluvchi kombaynlarning tasnifi.
Kombaynlarning ishchi organlari va ularning turlari.
Kombaynlarning yuklovchi va yurish organlari hamda ularning turlari.
Kombaynlarning dvigatellari va uzatish organlari qanday ishlaydi?
Kombaynlarning boshqarish sistemalari.
Kombaynlarning unumdorligi qanday aniqlanadi?
137
Dostları ilə paylaş: |