«turon-iqbol»


TOG‘ JINSINI BURG‘ILASH USULLARI VA ULARNI QO‘LLASH HO‘LAMLARI



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə4/10
tarix12.03.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#87462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-maruza

TOG‘ JINSINI BURG‘ILASH USULLARI VA ULARNI QO‘LLASH HO‘LAMLARI





      1. BURG‘ILASH USULLARI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOT

Foydali qazilmalar qatlamini ochish, qazib olishga tayyor- lash, qazib olish, foydali qazilmalarni qidirish kabi portlatish bilan bog‘liq ishlar, odatda, shpur va skvajinalar burg‘ilashga asoslangan.


Yangi foydali qazilma boyliklarini qidirib topish, ularni o‘zlash- tirish ishlari burg‘ilash ishlarini, usullarini, mashina va uskuna- larini takomillashtirishni, borlaridan samarali foydalanishni, ular- dan foydalanish koeffitsiyentlarini oshirishni va nihoyat burg‘ilash mashinalari unumdorligini oshirishni talab qiladi.
hpur va skvajinalar burg‘ilashda ishlatiladigan kon mashina- lari burg‘ilash mashinalari deyiladi.
Burg‘ilangan bo‘shliqning diametri 75 mm gacha, chuqurligi 5 m gacha bo‘lsa ularni shpur deb ataladi. Agar shpurning chu- qurligi 5 m dan oshiq bo‘lsa, diametri 75 mm dan ko‘p bo‘lsa, u skvajina deb ataladi. kvajinalarning diametri 0,8 m va undan katta bo‘lsa, yerosti sharoitida ikkita qavat yoki gorizontlarni bir- lashtirishga xizmat qiluvchi lahim sboyka deb ataladi. Yerostida foydali qazilmalarni bir gorizontdan ikkinchi gorizontga tushirish uchun xizmat qiluvchi katta diametrdagi vertikal skvajinalar gezenk deb ataladi.
Burg‘ilash mashinalari tog‘ jinsini buzish usuliga, oladigan energiyasiga va ishlatilishiga ko‘ra quyidagi turlarga: buzish usuliga ko‘ra, mexanik, fizik va aralash usul bilan buzuvchi; energiyasiga ko‘ra elektrik, pnevmatik, gidravlik va aralash energiyada ishlaydi- gan; ishlatilishiga ko‘ra shpur va skvajina burg‘ilaydigan mashi- nalarga bo‘linadi.
Mexanik usul bilan tog‘ jinsini buzishda, buzilayotgan tog‘ jin- siga maxsus burg‘ilash asbobi (keskich, dolota, koronka va boshq.) bilan ta'sir qilinadi. Buzishning bu usuliga aylanib, urib-buralib, urib-aylanib va aylanib-urib burg‘ilashlar kiradi.
18
Tog‘ jinslarini fizik usul bilan burg‘ilashga gaz, suyuqlik, elektr toki, issiqlik yoki boshqa energiya turlari bilan ta'sir qilib burg‘i- lashlar kiradi. Burg‘ilashning bu turiga yana olov (termik), portlatish, ultratovush, gidravlik va elektrogidravlik usulda bur- g‘ilashlar ham kiradi.
Tog‘ jinslarini aralash usul bilan burg‘ilashda tog‘ jinsiga mexanik va fizik usul bilan bir vaqtda ta'sir ko‘rsatiladi. Bu usulga termomexanik usul bilan burg‘ilash misol bo‘la oladi.
Aylanib burg‘ilash burg‘ilash asbobida aylanuvchi moment va asbobning o‘qi bo‘ylab ta'sir kuchi borligi bilan xarakterla- nadi. Burg‘ilash asbobining o‘qi burg‘ilanayotgan skvajina yoki shpurning o‘qiga mos bo‘lib, ikki kuch ta'sirida asbob shpur yoki skvajinaning zaboyi tomon yo‘naltiriladi. Tog‘ jinsini buzish-qirqish, ezish va yanchish hisobiga amalga oshiriladi. Burg‘ilash mahsulotlarini shpur yoki zaboydan buralgan shtanga yoki shnek, yuqori bosimli havo va suyuqlik yordamida olib chiqib tashlanadi.
Burg‘ilash asbobining konstruksiyasiga qarab bu usul bilan har xil qattiqlikdagi tog‘ jinslarini burg‘ilash mumkin. Masalan, keskichlar bilan jihozlangan asbob yordamida yumshoq va o‘rtacha qattiqlikdagi (f ≤ 4), olmosli asboblar bilan qattiq va juda qattiq (f ? 10) tog‘ jinslarini burg‘ilash mumkin. Aylanib burg‘ilash shpur yoki skvajinalar burg‘ilaydigan parmalarda amalga oshiriladi.
Urib-buralib burg‘ilash burg‘ilash asbobida urish (zarb) impulsi uncha katta bo‘lmagan aylanish momenti va yo‘nalish o‘qi bo‘ylab kuch ta'sirida amalga oshiriladi.
Urish (zarb) impulsi asbobni buzilayotgan tog‘ jinsiga boti- rish uchun, aylanish momenti asbobni har bir zarbdan so‘ng ma'lum burchakka burishga, o‘q yo‘nalishi bo‘yicha ta'sir etuvchi kuch esa asbobni buziladigan tog‘ jinsi yuzasiga, har bir zarbdan oldin siqib ushlab turishga xizmat qiladi.
Urib-buralib burg‘ilash, odatda, qattiq tog‘ jinslarida (f = 6— 20˚) burg‘ilash ishlarida qo‘llaniladi.
Urib-buralib ishlaydigan mashinalar perforator deb atalib, ular yordamida chuqurligi 5—12 m va undan ko‘p, diametri 20—150 mm bo‘lgan shpur hamda skvajinalar burg‘ilanadi.
Ochiq konlarda ishlatiladigan zarb-kanatli burg‘ilash mashi- nalarida diametri 300 mm gacha, chuqurligi 40 m va undan ko‘p bo‘lgan skvajinalar burg‘ilanadi.
19
Urib-aylanib burg‘ilash urib-buralib burg‘ilash kabi kuchlar bilan xarakterlanib, undan zarb uzluksiz aylanib turuvchi burg‘i- lash asbobiga berilib turishi bilan farq qiladi. Bu usul rejimi og‘ir burg‘ilash mashinalarida va burg‘ilash agregatlarida diametri 150 mm, chuqurligi 100 m gacha bo‘lgan skvajinalarni qattiq tog‘ jinslarida (f = 6—20) burg‘ilashda ishlatiladi.
Aylanib-urib burg‘ilash burg‘ilash mashinalari asbobining o‘qi bo‘ylab nisbatan katta kuch, zarb impulsi va aylanish momenti- ga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu usulda tog‘ jinsi asbobning ta'sir qiluvchi zarb kuchi, aylanish momenti va o‘q yo‘nalishi bo‘yicha ta'sir qilayotgan kuch hisobiga buziladi. Bu usul qattiq tog‘ jinslari (f = 5—14) da yaxshi natija berib, og‘ir burg‘ilash mashinalari yordamida diametri 100 mm gacha bo‘lgan shpur hamda skvajina burg‘ilashda qo‘llaniladi.
O‘tli (osneвoǔ)-termik burg‘ilash fizik burg‘ilash usullari ichida eng ko‘p qo‘llanilib, diametri 300 mm gacha, chuqurligi 30 m gacha bo‘lgan skvajinalar burg‘ilashda qo‘llaniladi. Bu usulda tog‘ jinsining buzilish jarayoni skvajina zaboyida yuqori harorat (2000— 2500˚C) ta'sirida potensiallar farqi hosil bo‘lishi hisobiga sodir bo‘ladi.
Yuqori harorat ishchi organ yo‘naltirgichidan 2000 m/s tez- likda otilib chiquvchi gaz oqimi hisobiga amalga oshiriladi. Yuqori harorat va tezlikda otilib chiquvchi gaz oqimi ta'sirida tog‘ jinsining yuzida yorilish, sinish va chatnash hosil bo‘lib, zaboy- da buzilish hosil bo‘ladi. Bu mayda tog‘ jinslari fraksiyasi skva- jinadan bug‘-gaz aralashmasi hisobiga olib chiqiladi. Ushbu usul kremniy asosli yoki past issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti bo‘lgan, erishdan oldin chatnab ketuvchi tog‘ jinslarini burg‘ilash- da ishlatiladi.
Ultratovush usuli bilan burg‘ilash yuqori chastotali ultratovush tebranishi bilan suyuqlik kavitatsiya effektining tog‘ jinsiga birga- likda ta'siri hisobiga amalga oshiriladi.
Gidravlik usul bilan burg‘ilash juda ingichka (diametri 0,8— 1 mm) suv oqimini zaboyga katta bosim (2000 kg/m2 gacha) va tovushdan tez tezlik bilan yo‘naltirish hisobiga amalga oshiriladi. Bu usulni yumshoq (f ≤ 3—4) tog‘ jinslarida qo‘llash mumkin. Elektrogidravlik usul bilan burg‘ilash skvajina zaboyiga to‘ldi- rilgan suvda elektr zanjiri kontaktlariga yuqori kuchlanish yuborib, elektrodlar oralig‘ida qisqa tutashish hosil qilib, shu oraliqda katta
20
bosimli (6000—15000 kgk/sm2) gaz kanali hosil qilish, shu bosim hisobiga tog‘ jinsini buzishdan iboratdir. Ultratovush, elektro- gidravlik, gidravlik usullari bilan burg‘ilash hozirgi vaqtda nazariy, eksperimental tadqiqot bosqichida bo‘lib, sanoatda hozircha qo‘llanmaydi.
Portlatib burg‘ilash suyuq yoki qattiq portlovchi modda pat- ronlari yordamida amalga oshiriladi. Bu usulda skvajinani yuvib chiqaruvchi suyuqlikka quvur orqali suyuq yoki qattiq portlovchi modda patronlari ma'lum chastota orqali yuborilib turiladi. Bu patronlar zaboy devorlariga tegib urilishi hisobiga portlaydi va tog‘ jinsini buzadi.
Yoki maxsus quvurlar orqali skvajina zaboyiga portlovchi mod- daning suyuq komponentlari tushiriladi, undan keyin shu kom- ponentlarga ularni portlatuvchi kaliy va natriy tushirib komponent portlatiladi.
Termomexanik usul bilan burg‘ilash aralash burg‘ilash usuli bo‘lib, bunda skvajina zaboy yuzasida yuqori haroratli gaz oqimi yuborilib oldindan kuchlanish hosil qilinadi, shuning hisobiga unga mexanik usul bilan ta'sir etilsa, tog‘ jinsi oson buzilib samarali burg‘ilash jarayoni sodir bo‘ladi. Hozir burg‘ilash jarayonida sinashdan o‘tayotgan bu usul unumdorlikni mexanik (sharoshka) usul bilan burg‘ilashga nisbatan 30—50 % oshiradi.

3.k. ZARB BOLG‘ALARI. VAZIFASI VA QO‘LLANISHI


Pnevmatik zarb bolg‘asi qo‘l asbobi bo‘lib, tog‘ jinsini pona va richag vazifalaridan foydalangan holda urib buzadi. Uning ishchi organi nayza shaklida bo‘lib, ko‘mir yoki boshqa tog‘ jin- sini massivdan ajratadi.


Zarb bolg‘alari asosan tik, murakkab kon-geologik sharoitlar- dagi, boshqa samarali kombaynlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan qatlamlarni qazib olishda ishlatiladi. Bundan tashqari ular uncha qattiq bo‘lmagan slanets, ruda, qurilish va boshqa yordamchi ishlarda qo‘llaniladi.
Pnevmatik zarb bolg‘alari Tomskiydagi V.V. Vaxrushev nomi- dagi elektromexanika zavodida ishlab chiqariladi. Ularda havoning ishchi bosimi 5 kgk/sm2 bo‘lib, quyidagi texnik tavsifga ega (1-jadval).
21
1-jadval
ZARB BOLG‘ALARINING TAVSIFI



Ko‘rsatkichlari



Zarb bolg‘alari

MO—6K

MO—8M

MO—9M

MO—10M

MO—39

MO—44

Bitta zarb energiyasi, kgk·m

3,6

3,0

3,7

4,5

3,9

4,5

Bir minutdagi zarblar soni

1300

1600

1400

1200

1400

1200

iqilgan havo sarfi, m3/min

1,8

1,25

1,25

1,25

1,4

1,3

Massasi (nayzasiz), kg

6,8

9,2

10,2

11,2

6,7

7,0

Uzunligi (nayzasiz), mm

550

490

593

645

515

540

Zarb bolg‘alari qismlarining tipaj qatorlarini moslashtirish borasida katta ishlar qilinmoqda. Ularning stvollari va zarb beruv- chi qismlarining o‘lchamlari har xil bo‘lsa ham, diametrlari moslashtirilgan. Zarb bolg‘alarini takomillashtirish ustida, kelajak- da ularning unumdorligi, samaradorligi, ishlash ishonchliligini oshirish, ishchilarga qulaylik yaratish, titratishi, shovqini, chang chiqarishini kamaytirish sohasida izlanishlar olib borilmoqda.


Ishlab chiqarishda elektr energiyasi bilan ishlaydigan zarb bolg‘alari ham mavjud bo‘lib, pnevmatik zarb bolg‘alariga nisba- tan unumdorligining kamligi, ishonchsizligi, og‘irligi tufayli ishla- tilmaydi. Ular qisman kon yuqorisida, qurilish va boshqa ishlarda qo‘llanilishi mumkin.
Pnevmatik zarb bolg‘alarining tuzilishi. MO—39 rusumidagi pnevmatik zarb bolg‘asining ishchi organi nayza (pik), uni ushlab turuvchi prujina 16, stvol 11, oraliq zveno 4, uning ichida joylash- gan havotaqsimlagich va zarb beruvchi mexanizm, titrashini so‘ndiruvchi qurilma bilan dastak 1 dan iborat (2-rasm).
iqilgan havo nippel 22 ga ulangan egiluvchan shlang orqali mustahkamlovchi gayka 21 va shtutser 20 ga uzatiladi. htutser o‘z holicha bo‘shab ketmasligi uchun prujina shayba 19 uni ush- lab turadi. hlangning diametri 16 mm bo‘lib, uzunligi 12 m dan oshmasligi kerak.
Zarb bolg‘asining zarb mexanizmi ichiga siqib-presslab o‘rna- tilgan buksali stvoldan 15, stvolning to‘sig‘i (пepemыuka) 14 va zarb beruvchi qismi 12 dan iborat.
22

23

www.ziyouz.com kutubxonasi




2-rasm. MO—39 pnevmatik zarb bolg‘asi.
Zarb beruvchi mexanizm siqilgan havo energiyasini mexanik energiyaga aylantirib, shuning natijasida zarb beruvchi mexanizm harakatlanib, nayza (pik)ning orqasi (xvostovik)ga zarb berib ish bajaradi.
Havotaqsimlagich mexanizmi klapan qutisi 6, uning halqa 5
va tekis segment shaklidagi ikkita klapan 7 dan iborat.
Havotaqsimlagich mexanizmi siqilgan havoni stvolning silin- driga, ya'ni zarb beruvchini ishchi — to‘g‘ri yo‘nalishda yo‘nal- tiruvchi kamerasiga va zarb beruvchini orqaga harakatlantiruvchi kamerasiga hamda ishlatilgan havoni atmosferaga chiqarib yuborishga xizmat qiladi. iqilgan havoni zarb beruvchiga uzatish uchun bolg‘aning stvolida bo‘ylama kanallar o‘tkazilgan. Ishlatil- gan havoni atmosferaga chiqarib yuborish uchun stvol 11 ning tashqi yuzasidagi kanallardan va stvolning tashqarisiga presslangan po‘lat qoplama 1S dan foydalaniladi.
Po‘lat qoplama 1S ga stopor halqa 10 o‘rnatilgan, bu stopor 9 ni tushib qolishdan ushlab turadi va ishlatilgan havoni chiqarib yuboruvchi kanal orqali chiqarib yuborishga xizmat qiladi. To‘xtatuvchi (stopor) 9 stvol 11 ning oraliq zveno 4 bilan rezbali ulanishi o‘z-o‘zidan bo‘shab ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ikkita shtift
8 klapan quti 6 sini o‘z-o‘zidan stvol 11 ga nisbatan siljishini ushlab turadi.
Ishga tushiruvchi qurilma oraliq zvenosi 4 da siljiydigan qo‘yma 17 dan tashkil topgan. Bu qo‘yma (bkлaдыm) oraliq zvenoga pru- jina va siqilgan havo yordamida siqilib turadi. Dastak 1 ka kuch orqali ta'sir etilganda qo‘ymadagi tirqish oraliq zvenodagi tirqish bilan to‘g‘ri kelib, ulardan siqilgan havo havotaqsimlagichga keladi. Prujina 2 qisilgan holda bo‘ladi.
Dastakdan unga ta'sir etuvchi kuchni olinganda prujina 2 si- qilishdan bo‘shaydi va oraliq zvenodagi tirqish qo‘yma 17 bilan berkitiladi. Zarb bolg‘a siqilgan havodan o‘chiriladi.
Ishga tushirish qurilmasida siqilgan havo oqib chiqib ketishining oldini olish rezina manjet 18 hisobiga bajariladi.
Zarb bolg‘asining titrashini o‘chiruvchi qurilmasi. iqilgan havo bolg‘aning stvoliga kirganida, u nafaqat urgich (yдapниk) orqa tomon yuzasiga ta'sir etib uni oldiga siljitadi, balki bolg‘aning dastagiga ham ta'sir etib, uni urgich yo‘nalishiga teskari tomonga keltiradi. Bolg‘ani orqaga berish ko‘rsatkichi bolg‘a korpusining tebranish amplitudasi, ya'ni bolg‘aning bitta harakat siklidagi umumiy surilishi bilan tavsiflanadi.
24
Orqaga berish kuchi bolg‘ani boshqarayotgan ishchi tomoni- dan qabul qilinadi. Orqaga berishning salbiy ta'siri, shuningdek, bolg‘a titrashining ishchi organizmiga ta'sirini kamaytirish quyidagi choralar bilan amalga oshiriladi:

  • urgich bo‘sh yurishining oxirida qo‘shimcha B kamerasi qo‘llaniladi (2-rasm) bu ish siklini birmuncha yaxshilab, bolg‘a- ning orqaga berilishini pasaytiradi;

  • urgich diametri va massasini kamaytirib, urgich mexanizmi dinamik o‘lchamlarini oldin chiqarilgan zarb bolg‘alariga nisbatan yaxshilash hisobiga;

  • bolg‘a korpusini uning dastagidan ajratib turuvchi vibroaj- ratkich S (vibroizolator) qo‘llanilishi; dastak va oraliq zveno fiksator 2S bilan ulanganligi doimiy ravishda vibroajratkichni bo‘shatilgan holda ushlab turishi; bolg‘aga siqilgan havo beril- ganda va o‘chirilganda fiksator dastakdagi o‘yiq ichida harakat- lanib turadi; bolg‘aning dastagini maxsus plastika bilan qoplash hisobiga.

Zarb bolg‘alarining hamma turlari quyidagi prinsipda ishlaydi (3-rasm).
Bo‘sh ishlash (xoлocтoй xoд) oldidan urgich va klapan pastki holatda bo‘ladi. iqilgan havo klapanni yuqorisidagi kanaldan va bo‘ylama «a» kanali orqali urgichning pastki B kamerasiga keladi. Urgich siqilgan havo ta'sirida yuqoriga siljiy boshlaydi. Bunda yuqoridagi A kamera bo‘shlig‘idagi havoni b1 va b2 tirqishlaridan atmosferaga siqib chiqa boshlaydi. Urgich yuqoriga harakatlanish jarayonida b1 va b2 tirqishlarini berkitib qo‘yadi, A kamerasidagi havo siqilib uning bosimi osha bosh-
laydi va klapanning pastki tomoniga
bosim bilan ta'sir ko‘rsata boshlaydi. Urgichning harakati davom etib b2 tirqishini ochadi, natijada B kameradagi bosim keskin kamayadi va klapan yuqo- ri holatga ko‘chadi, siqilgan havoga A kamerasiga tirqish ochiladi. Urgich pastga siljib ishchi yurishini boshlaydi. Ishchi yurishning boshida urgich va klapan yuqori holatda bo‘ladi. iqilgan havo zolotnik ostidan kanal orqali ur-

gichning yuqorisidagi A kameraga kira- di. Urgich o‘z og‘irligi va siqilgan havo
25
S-rasm. Zarb bolg‘asining ishlash sxemasi.

ta'sirida pastga siljiydi, bunda B kamerasidagi havo b1 va b2 tirqish orqali atmosferaga chiqa boshlaydi. Urgich o‘z harakati bilan b1 va b2 tirqishlarni berkitganda havo B kamerasida siqila boshlaydi va «a» kanali orqali bosim klapanning yuqorisiga ta'sir qila bosh- laydi. Undan keyin urgich o‘zining orqa qismi bilan b1 tirqishini ochadi, A kamerada va zolotnikning ostida bosim keskin kamayadi, zolotnik pastki holatga siljiydi. Urgich nayzaning orqa qismiga zarba beradi, shundan keyin urgichning bo‘sh (xoлocтoй) yuri- shi boshlanadi. MO tipidagi bolg‘alarda urgichning bo‘sh yurishi vaqtida stvolini shikastlashdan saqlash uchun havo buferi (yostiqchasi) qo‘llaniladi.
Zarb bolg‘alarini ishlatish. Zavoddan kelgan zarb bolg‘alarini
bo‘laklarga bo‘lib, moy va changlardan tozalash, kerosin bilan yuvish, yig‘ish, qayta moylash va ishlashini tekshirib ko‘rish kerak. Zaboyda zarb bolg‘a bilan ishlashdan oldin zaboyning mustahkamlanganligiga va normal holda ekanligiga ishonch hosil qilish kerak, zarb bolg‘asiga kelayotgan havo bosimi normal va bolg‘a soz holda: urgich stvolda oson harakat qilishi, o‘rta zveno to‘xtatuvchi (stopor) bilan ishonchli qotirilgan, nayzaning orqa
qismi va uchi shikastlanmagan bo‘lishi kerak.
Bolg‘ani ishga tushirmasdan oldin shtutserga moy quyilib, dastak yordamida bolg‘aning ichiga moyni haydash kerak, undan keyin havo shlangini siqilgan havo bilan shamollatib, shlangni bolg‘aga ulab, uni ishlatib ko‘rish kerak.
Bolg‘ani ishlatish vaqtida uni normal holda ishlatishni ta'- minlash, shlangni egilib qolishdan va o‘tkir qirrali predmetlar ta'siridan saqlash, smena davomida 2—3 marta moylash, shtutser- ga 25—30 g industrial moy bilan 25—40 % kerosin aralashmasini avtomoydon yordamida quyish tavsiya qilinadi. Bolg‘ani haftada bir marta bo‘laklarga bo‘lib, kerosin bilan yuvib, qayta moylab joriy ta'mirlash kerak. Bolg‘ani ta'mirlash ishlari konning yuqori- sida olib boriladi.



    1. PERFORATORLAR VA ULARNI O‘RNATUVCHI MOSLAMALAR

Zarb-buralib burg‘ilovchi mashinalar — perforatorlar o‘rta- cha va qattiq tog‘ jinslarida diametri 52 mm gacha va chuqurligi 6 m gacha bo‘lgan shpurlarni zarb energiyasining hisobiga bur- g‘ilaydi. Urib-buralib burg‘ilash jarayoni mashinaning ishchi


26
organi — nayzaga uzluksiz ravishda zarba berib, har bir zarbadan so‘ng ma'lum burchakka buralib sodir bo‘ladi. Bunda zaboyda ketma-ket urish, buralish natijasida tog‘ jinslari yorilib, parcha- lanib, maydalanib buziladi.
Zarb-buralib ishlovchi burg‘ilash mashinalariga perforatorlar va urib-buralib ishlaydigan uskunalar kiradi.
Burg‘ilash mashinalari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • burg‘ilash vaqtida ushlab turish usuliga ko‘ra — qo‘lda, ko- lonkada va teleskopda ushlab turiladigan;

  • ishlatadigan energiyasiga qarab — pnevmatik, elektrik va gidravlik;

  • burg‘ilash mahsulotlarini shpur yoki skvajinadan chetlatishga qarab — suyuqlik va havo bilan yuvadigan hamda so‘rib oladigan;

  • zarb berish chastotasiga qarab — oddiy, minutiga 2000 va tez zarb beradigan — minutiga 2000 dan ko‘p zarb beruvchi;

  • havo taqsimlovchi qurilmasiga qarab — klapanli, zolotnik- li, o‘zi taqsimlanadigan va havo aralash usul bilan taqsimlanadi- gan mashinalar.

Bundan tashqari, shpur va skvajinadan tashqarida joylashadigan va ularning ichida (пoFpyжeниe) joylashadigan, massasiga qa- rab — yengil, o‘rtacha va og‘ir burg‘ilash mashinalariga bo‘linadi. Qo‘lda ishlatiladigan yengil mashinalarga 18 kg gacha, o‘rta- cha og‘irlikdagi mashinalarga 18—25 kg va og‘ir mashinalarga
25 kg dan ortiq og‘irlikdagi burg‘ilash mashinalari kiradi. Qo‘l bilan ishlatiladigan termini shartli ravishda qabul qilingan bo‘lib, ular komplekslar bilan ishlaydigan o‘rnatib-uzatuvchi pnevmatik porshenli kolonkalar bilan ta'minlangan bo‘ladi (4-rasm, a).
Kolonkali perforatorlar vintli yoki pnevmatik avtomatlashgan uzatkichi bo‘lgan kolonkalarda o‘rnatiladi, og‘irligi 50—200 kg, yuritmasining quvvati 3—5 ot kuchi (4-rasm, b). Ularni bir joydan ikkinchi joyga o‘rnatish ma'lum noqulayliklarga ega, shuning uchun bu mashinalarning o‘rniga manipulatorga o‘rnatilgan yuklash mashinalariga joylashtirilgan, g‘ildirakli yoki gusenitsali mexanizmda yuradigan burg‘ilash mashinalari aravachalarga joy- lashtirilgan bo‘ladi.
Teleskopik perforatorlar 25—50 kg og‘irlikda bo‘lib, yuqoriga (boccтaющий) yo‘nalgan shpurlarni burg‘ilashda ishlatiladi (4- rasm, d). Ular perforator, pnevmatik-porshenli uzatkichga ega bo‘lgan teleskopdan iborat. Teleskop bilan uzatkich o‘zaro max- sus boltlar bilan qotirilgan. Pnevmouzatkich burg‘ilash vaqtida ishchi organiga 175 kgk bilan ta'sir etadi. Teleskopning yurish
27

4-rasm. Perforatorlarning turlari va ularni o‘rnatish usullari:


a — yengil burg‘ilash qurilmasi; b — kolonkali perforator;
d — teleskopli perforator.

qiymati 0,7 m. Zarb berish chastotasiga qarab perforatorlar minutiga 2000 va 2000 dan ko‘p zarb beruvchi mashinalarga bo‘li- nadi. Tez zarb beruvchi perforatorlar (2000 dan ko‘p zarb) oddiy perforatorlardan (15 kgk) 1,5—2 marta ko‘p kuch talab qiladi.


28
Chang bostirish va shpurlarni burg‘ilash mahsulotlaridan toza- lash usuliga qarab siqilgan havo, suv yoki emulsiya bilan yuviladigan va changni so‘rib oladigan perforatorlarga bo‘linadi. hpurlarni suv bilan yuvib tozalaydigan perforatorlar ko‘proq qo‘llaniladi.
Perforatorlar titrashini kamaytirish usuliga qarab titrashni ka- maytiruvchi maxsus qurilmali (KB1 va KBC1) va maxsus qurilmasiz perforatorlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda faqat titrashga qarshi qurilmasi bo‘lgan perforatorlarni qo‘llash ko‘zda tutiladi.
hovqinni kamaytirish usuliga qarab — shovqinni kamaytirish qurilmasi bo‘lmagan va shovqinni kamaytirish qurilmasi (snyuumenb) bo‘lgan perforatorlarga bo‘linadi. hovqinni kamaytiruvchi qurilma perforatorning ichiga yoki tashqarisiga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarishda ishlatilayotgan asosiy perforatorlarda havo bosi- mi 5 kgk/sm2 bo‘ladi. Ularning texnik tavsiflari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval

ASOSIY PERFORATORLARNING TEXNIH TAVSIFI





Perforator turlari



Ishlab chiqargan zavod

Massasi, kg

Havo sarfi, m3/min

1 minutdagi zarblar soni



Zarbning bajargan ishi, kgk·m

Aylanish momenti, kgk·m

Quvvati, ot kuchi

Chang bostirish va shpurni tozalash usuli



Qo‘l bilan burg‘ilovchi

MP30

«Mнebmaтиka» zavodi

34,0

3,5

1800—
2000

6,5

150

2,7

uv va havo bilan

MP30PШ

«Mнebmaтиka» zavodi

34,6

3,5

1800—
2000

6,5

150

2,7

Havo bilan

MP30PK

«Mнebmaтиka» zavodi

35,5

3,5

1800—
2000

6,5

150

2,7

«—»

MP25Л

«Mнebmaтиka» zavodi

32,0

3,5

2300—
2600

5,8

180

3,1

uv bilan

MP25ЛБ

«Mнebmaтиka» zavodi

33,0

3,5

2300—
2600

5,8

180

3,1

uv bilan yon tomonidan

Burg‘ilash aravachasi uchun

PK—60

«Kommyниcт» zavodi

60,0

10,0

2700—
2900

9,0





uv bilan

KCM—4

«Nжebckий» zavodi

40,0

4,2

1800

7,0

200

4,0

uv bilan

29
Jadvalning davomi



Perforator turlari



Ishlab chiqargan zavod

Massasi, kg

Havo sarfi, m3/min

1 minutdagi zarblar soni



Zarbning bajargan ishi, kgk·m

Aylanish momenti, kgk·m

Quvvati, ot kuchi

Chang bostirish va shpurni tozalash usuli



Teleskopli

MT29M

«Kommyниcт» zavodi

44

3,2

2400—
2600

4,5

200



uv va havo bilan o‘qi orqali

MT36M

«Kommyниcт» zavodi

52

4,2

2600—
2800

8,0

300



«—»

MT45K

Kalinin nomli zavod

45

4,0

1600

6,0

180



«—»



Perforatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Perforator silindr 4, uning ichida joylashgan havotaqsimlagich, zarb beruvchi va burab beruvchi, stvol 2, kran korpusi 6, o‘zaro tortib turuvchi bolt S, burg‘i ushlovchi 1 va titrashni so‘ndiruvchi prujinali qurilma 8, dastak 7 dan tuzilgan (5-rasm, a).
5-rasm. Pnevmatik perforator:
a — chang so‘rib oluvchili titrashni so‘ndiruvchi aravacha; b — changni suv bilan o‘qi orqali yuvuvchisi, titrashni aravacha orqali so‘ndiruvchisi va shovqinni bostiruvchisi bo‘lgan aravacha.
30
Perforatorga siqilgan havo rezina shlang 9 orqali uzatiladi, uning ichki diametri 25 mm. Rezina shlang 10 MA8 yoki MA11 toifali moydon bilan jihozlangan. Bu moydon perforatorni avtomatik tarzda moylab turadi.
Perforator korpusidagi dastak 5 perforatorni ishga tushirish uchun xizmat qiladi. Uning uchta holati bor: « top» — perforator- ga siqilgan havo keluvchi kanal berkitilgan; «Burg‘ilab kirish» — siqilgan havo perforatorga kichik kanaldan uzatiladi, buning na- tijasida perforator vaqt birligida kam zarb bilan ishlaydi; «Normal ishlash» — havo keluvchi kran to‘la ochilgan. Agar shpurdan bur- g‘ilash mahsulotlari havo bilan tozalansa dastak 5 ning to‘rtinchi holati ham bo‘lib, bunda siqilgan havo shpurga burg‘i ichidagi kanal orqali uzatiladi. Burg‘ining ichidagi kanaldan chang so‘rib oluvchi perforatorlarda so‘rib olingan chang-havo aralashmasi ejektor orqali so‘rib olinib III dastak orqali changajratkichga yubo- riladi.
Changni suv bilan o‘qi orqali yuvib chiqaruvchi perforator- larda bosimli suv ventil 11 orqali, perforator o‘qidagi naycha orqali burg‘ilash shtangasining kanali va koronkaning teshigidan shpurga beriladi va uni yuvib chiqib ketadi (5-rasm, b).
hovqinni kamaytirish qurilmasi korpusdan 12, tortib turuvchi ikkita bolt 14 va burg‘ilovchini chiqindi havodan himoyalovchi qulay tomonga yo‘naltiruvchi nasadka 1S dan tashkil topgan. Nasadka perforator ishlayotganda qo‘l bilan oson buraladi. hov- qin kamaytiruvchi maxsus rezinadan tayyorlangan bo‘lib, shovqin- ni 1,5 marta kamaytiradi.
Perforatorlar havotaqsimlash usuliga qarab zolotnikli, klapanli
va klapansiz bo‘ladi.
Zolotnikli havotaqsimlagich silindrik zolotnikdan 2, korpus S va qopqoq 1 dan tashkil topgan (6-rasm, a). Zolotnik va porshen- larning oxirgi chap (I) holatida siqilgan havo a, b va d kanallaridan porshenning A bo‘shlig‘iga yo‘naltiriladi.
Porshen siqilgan havoning ta'sirida o‘ng tomonga qarab hara- katlanadi, shunda B bo‘shlig‘idan havo avvaliga e teshigidan at- mosferaga, keyin f, g va a kanalini birlashtiradi.
Porshen o‘z harakatini davom ettirib, e teshigini va f kanalini berkitadi, shunda B bo‘shlig‘idagi havo siqila boshlaydi. iqilgan havo i kanali orqali zolotnikni flanetsiga bosim ko‘rsatadi va uni o‘ng tomonga (II holat) suradi. hu ondan boshlab siqilgan havo
31

6-rasm. Perforatorlarda havotaqsimlash usullari:
a — zolotnikli; b — halqa klapanli; d — klapansiz havotaqsimlagich.
a va i kanali orqali B bo‘shlig‘iga boradi va porshenni chapga (bo‘sh yurish) sura boshlaydi.
Porshen chapga yurish jarayonida e teshigini va g kanalini berkitadi, so‘ngra A bo‘shlig‘ida qolgan havoni siqadi, shuning natijasida zolotnik o‘zining chap holatiga suriladi. hundan keyin sikl yangitdan qaytariladi.
Zolotnikli havotaqsimlagichning alohida belgilaridan biri, uni berkitadigan kanallarining uning harakat yo‘nalishiga perpendi- kularligidir, zolotnikning harakati siqilgan havo bosimining farqi hisobiga amalga oshiriladi.
Klapanli havotaqsimlagichga nisbatan zolotnikli havotaqsim- lagich tejamkor bo‘lib, bunda perforatorning tuzilishi murakkab- lashadi.
Zolotnikli havotaqsimlagich MP30M, KC-50 va boshqa perfo- ratorlarda qo‘llaniladi.
Halqa klapanli havotaqsimlagich klapan 1, klapan vtulkasi 2, a teshigi, klapan qutisi S, uning b teshigi va d teshikli qutining qopqog‘idan 4 tashkil topgan (6-rasm, b).
iqilgan havo ishga tushiruvchi kran va e kanali orqali f halqa- simon o‘yiqqa, undan g kanali orqali qopqoq 4 ning I halqali bo‘shlig‘iga o‘tadi. 1 halqali klapan chap holatda turganda, siqil- gan havo I halqali bo‘shliq orqali d teshigidan A porshen bo‘shli- g‘iga o‘tadi (ishchi holat boshlanadi). Bunda havo B shtok bo‘shli- g‘idan silindrdagi R halqali o‘yilma (пpoтouka)dan va m chiqazuv- chi teshikdan atmosferaga chiqarib yuboriladi. Porshen o‘zining harakatini davom ettirib, m chiqazuvchi teshigini berkitadi,
32
natijada B bo‘shlig‘idagi havo siqila boshlaydi. Havo n kanali va klapan qutisidagi O kanali orqali P halqa bo‘shlig‘iga o‘tadi va klapanning yuqoridagi yuzasiga ta'sir qiladi. Porshenning keyingi harakatida u m chiqazuvchi teshigini ochadi (II holat), A bo‘shli- g‘idagi havo bosimi pasayib ketadi va klapanni o‘ng tomonga surib I hamda P halqa bo‘shlig‘ini o‘zaro ulaydi.
Undan so‘ng siqilgan havo n kanali orqali B shtok bo‘shlig‘i- ga kiradi va porshen chap (bo‘sh yurish holati) tomonga yura boshlaydi. O‘zining yurishi davomida porshen m chiqazuvchi te- shigini berkitadi, A bo‘shlig‘idagi havo siqila boshlaydi va klapanga bosim bilan ta'sir qila boshlaydi. Porshen chiqazuvchi m teshigidan o‘tib ketganda B bo‘shlig‘ida bosim kamayib ketadi. Klapan chap holatga o‘tadi. Undan so‘ng sikl qaytariladi. Klapanli havotaqsim- lagich o‘z harakati vaqtida, o‘z harakati yo‘nalishidagi ishchi kanallarni berkitadi, buning natijasida siqilgan havo galma-galdan porshen va shtok bo‘shlig‘iga o‘tib turadi, ya'ni ishchi va bo‘sh harakatlarni bo‘shliqdagi havo bosimining farqi hisobiga ta'minlab turadi.
MT29, MT36 va boshqa perforatorlar klapanli havotaqsimlagich bilan jihozlangan.
Klapansiz havotaqsimlagich o‘zining soddaligi bilan farq qiladi, chunki porshenning o‘zi perforatorda havoni taqsimlaydi (6-rasm, d). Ishchi yurishdan oldin porshen oxirgi o‘ng holatda (I) bo‘ladi. Bunda siqilgan havo a kanali orqali porshendagi halqali bo‘shliqqa va b kanaliga, so‘ngra A bo‘shliqqa o‘tadi. iqilgan havoning ta'sirida porshen chap tomonga harakat qiladi, b kanalini berki- tadi va harakatda davom etib, b kanali berkitilganda inersiya kuchi bilan burg‘ining orqasiga o‘zining shtoki bilan zarba beradi. Porshen o‘z harakati davomida orqa qismi bilan d kanalini och- ganda, havo A bo‘shlig‘idan atmosferaga chiqib ketadi. iqilgan havo e kanali orqali B bo‘shlig‘iga o‘tadi va porshenni o‘ng (bo‘sh yurish) tomonga (II) harakatlantiradi. hu tariqa sikl qaytariladi. Porshen orqaga qaytish davrining oxirida B bo‘shlig‘idan f kanal orqali havo atmosferaga chiqib ketadi.
Klapansiz havotaqsimlagich FIK ining kichikligi sababli perforatorlarda kam qo‘llaniladi.
Pnevmatik perforatorlarda burg‘ining buralishi har bir zarbdan keyin maxsus mexanizm yordamida avtomatik tarzda sodir bo‘lib turadi. Buralish bog‘liqli va bog‘liq bo‘lmagan holda ta'sir etadigan turlarga bo‘linadi. Bog‘liqli ta'sir etish porshenning harakati bilan
3—A.M. Isaxodjayev 33
bog‘liq bo‘lib, bog‘liq bo‘lmagan turi o‘zining pnevmatik yurit- masiga ega bo‘ladi, perforatorning tuzilishini murakkablashtirib uning og‘irligini oshirib yuboradi. huning uchun bog‘liq bo‘lma- gan buralishli perforatorlar deyarlik qo‘llanmaydi.
Bog‘liqli ta'sir etuvchi buralish mexanizmi o‘zining zarb-por- shen shtokida gelikoidal o‘ymasi va alohida gelikoidal sterjenli, oxirida tepki qurilmasi bo‘lgan mexanizmdan tashkil topgan bo‘ladi. Bog‘liqli ta'sir etuvchi buralish mexanizmi zarbli- porshenning 1 o‘ng tomonga (ishchi harakat) harakatida bural- maydi (7-rasm, a). Lekin u o‘zini ikkita a gelikoidal o‘ymasi bilan tepki buksasini 2 buraydi. Tepkili tirkach S perforator korpusi 6 ga mahkamlangan, prujina 4 va sterjen 5 bilan bunga qarshilik ko‘rsatmaydi.
Perforatorning zarb-porshen shtogining oxiridagi ikkita to‘g‘ri
b o‘ymalar burovchi buksa 7, oldi tomon kulaklari bilan buksaga
8 qo‘shilgan uyasi (Fнeздo)ga burg‘ining uchi 9 o‘rnatilgan. Buraluvchi buksa va burg‘i bu holda aylanmaydi.
Orqaga (bo‘sh yurish) yurganda tepki tirkach (coбauka) S tep- kili buksani 2 qulflab qo‘yadi. Buning natijasida zarb-porshen buraluvchi buksa bilan 10˚—15˚ buraladi.
Bog‘liqli buralish mexanizmining ikkinchi turi perforatorning ustki qismiga o‘rnatilgan tepki buksa 1, alohida uchida gelikoidal o‘ymali sterjen 2 dan iborat (7-rasm, b). terjenning bosh qismi sterjen 4 va prujinasi 5 bo‘lgan ikkita yoki to‘rtta tirkach S dan iborat. terjen 2 gelikoidal 6 gaykaning ichiga kiradi, gayka 6


7-rasm. Burg‘ining burovchi mexanizmi.


34

porshen 7 ning ichiga joylashgan. Porshenning shtogida ariqcha (mлицa) bo‘lib, unga buraluv- chi buksa 8 va unga buksa 9 bilan qo‘shilgan burg‘i 10 ulangan.
Ishlash prinsipi quyidagicha: zarb-porshenni ishchi yurishida tepkili tirkach gelikoidal sterjen 2 ning buralishiga qarshilik ko‘rsatmaydi, uning natijasida zarb-porshen buralmasdan harakat qiladi. Bo‘sh yurishida tepkili tirkach 2 sterjenni qulflab qo‘yadi, natijada zarb-porshen buraluvchi buksa va burg‘i bilan birga buraladi. Perforator- ning tez harakatlanuvchi detallarini uzluksiz va sifatli moylash uni yuqori unumdorlik bilan uzoq vaqt ishlashiga sharoit yaratuvchi muhim omildir. Perforatorlarni avtomatik moylash uchun ikki turdagi moydonlar qo‘llaniladi: magistralli katta (0,5 litrgacha) hajmli, perforatordan 2—4 m ma- sofada havo shlangi orqali ulangan va osilib



8-rasm.
Perforator va
zarb bolg‘alarini moylash uchun avtomoydon.

turadigan, bevosita perforatorning shlangiga ulangan (5-rasm, a). Avtomoydonning ichida teshikli naycha bo‘ladi. Havo naycha orqali o‘tib, o‘zi bilan moy zarrachalarini olib, perforator detal- larini moylab turadi (8-rasm).
Avtomoydon qo‘llanganda va siqilgan havo bosimi 4—6 kgk/sm2 bo‘lganda moyning sarfi 60—80 g/soat. Perforator va zarb bolg‘a- larini moylash uchun I—20 moyiga 25—40 % kerosin qo‘shib ishlatiladi.
Burg‘ilashdan chiqqan changlarni bostirish usullari va vosita- lari. Yerosti kon atmosferasida changni chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi, amaldagi sanitariya me'yorlariga ko‘ra iO2 ning
miqdori 70% ni tashkil qilganda, undagi changning miqdori tarki-
bida 1 mg/m3 va mos ravishda 70 % dan 10 % gacha — 2 mg/m3;


2
10 % dan kamlarida 4 mg/m3; tarkibida iO
larda 10 mg/m3 bo‘lishi belgilangan.
bo‘lmagan chang-

Burg‘ilash jarayonida ajralib chiqqan changni bostirish hamda
burg‘ilash mahsulotlarini shpurdan chiqarish shpurni suv bilan yuvish va tog‘ jinsining mayda fraksiyalarini shpurdan so‘rib olish yoki burg‘idagi markaziy kanal orqali so‘rib olish va uni xavfsiz joyga u yoki bu usul bilan yotqizish hamda kuchli ravishda shamollatib turish ko‘zda tutilgan. Qo‘shimcha choralar sifatida intensiv shamollatish talab qilinadi.
35


9-rasm. Shpurga suvni yon tomonidan beruvchi mufta.




hpurni suv bilan yuvib burg‘ilash usuli quyidagi afzalliklarga ega: ta'sir qilishning soddaligi va ishonchliligi, qo‘shimcha jara- yonlarga vaqtning kam sarflanishi, burg‘ilash asbobi mustahkam- liligining oshishi, asbobni uzluksiz suv bilan sovitib turish, shpurning burg‘ilash mahsulotlaridan to‘la tozalanishi, burg‘ilash tezligining 15—20 % oshishi va h.k.
hpurni suv bilan yuvib burg‘ilash, suvni shtanganing o‘qidan yoki yonidan berib amalga oshiriladi. Ikkinchi holda suv mufta
1 orqali bevosita shtanganing 2 o‘q-markaziy kanalidan, perfo- rator tashqarisidan yuboriladi (9-rasm).
hpurlarni burg‘ilashda suvga ehtiyoj bo‘lmasa yoki suvni qo‘llash qiyin bo‘lsa, burg‘ilash chiqindilarini (doimiy muzlik rayonlarda, suvsiz joylarda, shuningdek, tik lahimlarda burg‘ila- ganda) so‘rib olish usuli qo‘llaniladi. Changni markaz o‘qidan so‘rib oladigan perforatorlar suv bilan ishlaydigan perforatorlar- dan perforator o‘qiga o‘rnatilgan changni haydovchi shlang (py- kaba) va suv bilan yuvadigan qurilmaning o‘rniga nisbatan katta diametrli chang uchun shlang o‘rnatilganligi bilan farq qiladi.
Havo so‘rib olish uchun vakuum, perforatorning ichiga yoki chang ushlab qoluvchi qurilmaning korpusiga yoki changni atmos- feraga chiqarib yuboruvchi shlang (pykaba)ga o‘rnatilgan pnev- matik qurilma yordamida tashkil qilinadi.
Burg‘ilashda hosil bo‘lgan chang shpurdan ejektor yordamida burg‘ining va perforatorning o‘qidagi naycha orqali chiqarib, shlang orqali changushlagichga uzatiladi. Changushlagich ichida
36

chang o‘tirib qolib, changdan tozalangan havo atmosferaga chiqarib tashlanadi (10-rasm). Perforatorlarda verdlovsk zavo- dida ishlangan MO—4M toifali changushlagichlar qo‘llaniladi.
Burg‘ilash asbobi. Perfora- torning ishchi organi burg‘i bo‘- lib, u diametri 22, 25, 28 yoki
32 mm bo‘lgan maxsus po‘lat- dan ichi kovak, to‘liq dumaloq yoki olti qirrali sterjendan ish- lanadi (11-rasm). Uni shtanga ham deb nomlanadi.




  1. rasm. Changni perforatorning o‘qi orqali so‘rib burg‘ilash sxemasi:

1 — perforator;
2 — pnevmokolonka.

htanganing bir uchida xvostovik 1, uning bo‘rtig‘i 2 (ken- gaytirilgan qismi), ikkinchi uchida bosh qismi S yoki yechiladigan koronka 4 o‘rnatilgan. Koronkaning uchida qattiq qotishmadan tayyorlangan plastinka 5 joylashtirilgan. htanganing ichida diametri 7,2—9 mm bo‘lgan kanal 6 shtanganing bosh qismi yoki koronkasida ham bo‘lib, shpurni tozalash uchun suv yoki havo berishga xizmat qiladi.
Burg‘ilashdan chiqqan changni so‘rib oluvchi perforatorlarda bu kanalning diametri 12 mm ni tashkil etadi. Bosh qismi o‘zidan yasalgan burg‘i-shtangalar nisbatan kam ishlatiladi. Ko‘proq

11-rasm. Perforatorlar uchun burg‘ilar:


a — ichi to‘liq; b — yechiladigan koronkali; d — butun shtanga va yechiladigan koronkali.
37

ishlatishda qulay bo‘lgan yechiladigan koronkali shtangalar ish- latiladi. Ular uglerodli instrumental po‘latdan Y7, Y8, Y7A, Y8A, shuningdek, legirlangan po‘latdan 55C2 va 95XMA tayyorlana- di. Legirlangan po‘latdan tayyorlangan burg‘i-shtangalarning yuzasiga ishlov beriladi va ularning chidamliligi uglerodli po‘lat- dan ishlangan shtangalardan 3—4 marta ko‘p bo‘ladi.
Ma'lum chuqurlikdagi shpurlarni burg‘ilash uchun bir nechta burg‘i to‘plami qo‘llanilib, har biri oldingisidan 0,5—0,7 m uzun, diametri esa oldingisidan 1—3 mm kam bo‘lgan shtangadan ibo- rat bo‘ladi. Eng uzun shtanganing diametri portlovchi modda patronining diametridan 2—3 mm katta bo‘lishi kerak.
Koronka bilan shtanga o‘zaro rezba yoki qiyaligi 3˚31' bo‘lgan tekis konus yordamida ulanadi. Konusli ulash yig‘ish va sochish ishlarida nisbatan qulay hisoblanadi. Burg‘ilash koronkalarining qirquvchi qismi qattiq volfram-kobalt (BK—6B, BK—9B, BK— 15) qotishmasidan tayyorlangan plastinkadan iborat bo‘ladi. Bu plastinkalar koronkaga Л62, Л68 jez yordamida yopishtiriladi.
Yangi yoki ishdan chiqqan (yedirilgan) burg‘ilash koronkalari charxlovchi dastgohlarda charxlanadi.
Koronkalar ikki qayta charxlanadi:

    1. qora — ko‘k karbid kremniydan yasalgan aylanish tezligi 15—20 m/s li yediruvchi dumaloq (abraziv) tosh bilan;

    2. toza — qora karborundan yasalgan aylanish tezligi 20— 25 m/s li yediruvchi dumaloq tosh bilan.

Charxlashda sovitish uchun suv, 3—5% li emulsiya aralash- masi, 3—3,5 % sovun aralashmasi yoki 1—2 % soda aralashma- sidan tayyorlangan va unga 2 % sovun qo‘shilgan suyuqlik qo‘lla- niladi. Eritmaning sarfi 10 l/min dan kam bo‘lmasligi kerak. Koronkalarni maxsus markazlashgan ustaxonalarda 2—3 marta tiklanadi. Maxsus qotishmadan yasalgan plastinkalar charx- langanda har gal 1—1,5 mm dan ko‘p qalinlikni olish man etiladi. Perforatorlarni ishlatish va ularni ishlatishda xavfsizlik tex- nikasi. Burg‘ilash ishlarini boshlashdan oldin burg‘ilovchi zaboyni
sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirishi va uning xavfsizligiga, normal
holda ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Lozim bo‘lganda zaboyni osilib turgan katta bo‘laklardan tozalash, lahim mustah- kamlagichlarining va undan oldingi portlatish ishlarida portlamay qolgan zaryadlarning bor-yo‘qligini tekshirish kerak. hpurlarni qayta burg‘ilash qat'iyan man etiladi. Burg‘ilash ishlari tasdiqlan-
38
gan burg‘ilash pasportiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Zaboyning yoritilganligini va shamollatishni kuzatib turish kerak. Burg‘ilovchi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi shart. Mashinani ishga tushirishdan oldin siqilgan havo bosimini manometr bilan tekshirish lozim. Havo bosimi 5 kgk/sm2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Vodoprovoddagi suvning bosimi havo bosimidan taxminan 1,5 kgk/sm2 kam bo‘lishi kerak. Bu perforatorning ichiga suv kirib ketishidan saqlaydi.
Burg‘ilovchi havo va suv uchun belgilangan shlanglar ichi- ning tozaligini tekshirishi kerak, ularni ishonchli ulash va moy- lab qo‘yish kerak. Avtomoydonni vaqti-vaqtida moy bilan to‘ldirib qo‘yish kerak. Perforatorga avval siqilgan havo, so‘ngra suv ochib uni ishga tushirish kerak. To‘xtatishda buning aksi qo‘llaniladi. Perforatorni bo‘sh (xolostoy) ishlatish tavsiya etilmaydi. Ish davo- mida perforator qismlarining holatini nazorat qilib turish kerak. Ishni tamomlagach, perforatorni tozalab, avtomoydonga moy quyib uning hamma joyini moylash maqsadida 1 minut davomi- da bo‘sh ishlatib qo‘yish kerak. Perforatorlar haftada bir marta maxsus ustaxonada to‘la bo‘laklarga bo‘lib, yuvib, ta'mirlanadi, joriy ta'mirlash oyiga bir marta, mukammal ta'mirlash 2—3 oyda
bir marta o‘tkaziladi.
Perforatorlarning ish resursi norma bo‘yicha 6 oyni tashkil qiladi.



    1. AYLANIB BURG‘ILOVCHI MASHINALAR

Aylanib burg‘ilashda tog‘ jinsi uzluksiz burg‘ilash asbobi (keskich)ga o‘qi yo‘nalishida bosim kuchi va aylanma moment ta'sirida spiralsimon qatlam-qatlam qilib buziladi. huning uchun aylanib burg‘ilashda umuman chang va shovqin bo‘lmaydi, tog‘ jinsi uzluksiz buziladi, o‘rtacha qattiqlikdan past va ba'zida o‘rta- cha qattiqlikdagi tog‘ jinsida buzilish samarali bo‘ladi.


Aylanib burg‘ilashning o‘ta ijobiy tomoni unda elektr energi- yasidan foydalanishning mumkinligidir, bu pnevmatik energiya- dan 6—15 marta arzonga tushadi. Kapital xarajatlar — mashinani sotib olish, uni yig‘ish elektr energiyasini qo‘llaganda pnevmatik energiyaga nisbatan 100 marta kam xarajatni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda o‘rtacha va qattiq tog‘ jinslarida aylanib burg‘ilashni qo‘llash bo‘yicha katta izlanishlar olib borilayapti.
39
Aylanib burg‘ilaydigan mashinalar ikkiga bo‘linadi:

      1. qo‘l bilan ishlatiladigan;

      2. kolonkaga o‘rnatilgan burg‘ilash mashinalari.

Bu mashinalar qattiqligi o‘rtachadan past va o‘rtacha qattiq- likdagi ko‘mir hamda tog‘ jinslarida shpur burg‘ilashda ishlatiladi. Burg‘ilash dastgohlari xohlagan qattiqlikdagi tog‘ jinslarida qidiruv va portlatuv skvajinalar burg‘ilashda ishlatiladi. Ular tik
va qiya lahimlar o‘tishda ham keng qo‘llaniladi.
Qo‘l burg‘ilari deb, ko‘mir va o‘rtacha qattiqlikkacha bo‘lgan tog‘ jinslarida qo‘l yordamida yoki yengil ushlab turuvchi mos- lama bilan shpur burg‘ilaydigan kon mashinalariga aytiladi. Parmalar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • burg‘ilash asbobini zaboyga uzatish bo‘yicha — zaboyga qo‘l bilan va mexanik usul bilan uzatiladigan;

  • ishlatadigan energiyasiga qarab — elektr toki (SP yoki CSP va CSM yoki CPM), pnevmoenergiya (CMP va CMM) va gidrav- lik energiya (CFP) bilan ishlaydigan;

  • boshqarish usuliga qarab — bevosita va masofadan (Д) bosh- qariladigan parmalar.

Elektr qo‘l burg‘ilari korpus 1, elektrodvigatel 2, reduktor S, o‘chiruvchi tugma 5 va (agar bo‘lsa) uzatuvchi mexanizmdan tu- zilgan (12-rasm).
Burg‘ining korpusi dastak 6 bilan birgalikda yengil qotishma- dan quyma holda tayyorlanadi. Dvigatelni sovitish uchun uning rotori o‘qiga ventilator 4 o‘rnatilgan, burg‘ining korpus yuzasi qirrali qilib tayyorlangan. Ish jarayonida xavfsizlikni oshirish va qulay bo‘lishi uchun ventilatorning qopqog‘i 7 va parmaning dastagi rezina bilan qoplangan. Burg‘ining ishchi asbobi patronga
8 qotirilgan.
Burg‘ining elektr yuritmasi uch fazali o‘zgaruvchan tokda ish- laydigan asinxron dvigatel bo‘lib, quvvati 1—1,6 kVt, rotorning sinxron aylanish tezligi 3000 ayl/min. Burg‘ining og‘irligini ka- maytirish maqsadida yuqori (150 davr/sek) chastotali tokda ishlovchi dvigatel ham ishlatilishi mumkin, uning aylanish tezligi 8500 ayl/min dan ko‘p bo‘lishi mumkin.
Xavfsizlik sharoitlariga ko‘ra qo‘l burg‘ilarida 127 V ishchi kuchlanishli elektroenergiya qo‘llaniladi. Dvigatelni burg‘ining korpusiga joylashtirilgan tugma 5 yoki masofadan boshqarish mumkin.
Uch fazali tugmaning burg‘i korpusida o‘rnatilishi, burg‘ini bevosita boshqarishga imkon beradi, lekin uni tez-tez o‘chirib
40

12-rasm. Elektr qo‘l burg‘i C5P—19 м.




41
yoqish uning kontaktlarining kuyib ketishiga olib keladi va burg‘i- ning ishonchli ishlashini kamaytiradi. Undan tashqari, nosozlik izolatsiyasining yomonlashuvi natijasida tokning burg‘ining korpusiga o‘tib qolishi, burg‘ilovchining hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin.
Burg‘ini masofadan boshqarishda, uning korpusiga bir fazali 24 V li boshqaruv zanjirining tugmasi o‘rnatiladi, masofadan bosh- qariluvchi uch fazali tugma magnitli ishga tushiruvchi orqali amal- ga oshiriladi, u transformatorning korpusiga o‘rnatilgan bo‘ladi. Bunday masofadan boshqaruv tugmalar konstruksiyasining ishonch- liligini sezilarli darajada oshiradi va uning ishchanligini oshiradi, lekin bularning hammasi boshqaruvda 5—6 tola (жилa)li kabel- lar qo‘llashni taqozo qiladi.
Elektr burg‘ining reduktorlari bir va ikki pog‘onali silindrsi- mon uzatkich 9 va 10 yoki planetar uzatkichlardan iborat bo‘ladi. Reduktorlarni uzatish nisbati, ko‘mir yoki tog‘ jinslarining bo‘sh va qattiqliklarini hisobga olib ishchi asboblariga 900—300 ayl/min harakat bera olsin. huni hisobga olib burg‘ilarning reduktorida shesternalarni oson almashtirish uchun ma'lum choralar ko‘rilgan bo‘ladi.
Burg‘ilovchiga yengillik yaratish va mehnat unumdorligini oshi- rish maqsadida elektr burg‘ilar zaboyga mexanik, majburiy uzati- ladigan moslama bilan chiqariladi. Uni qo‘lda, shuningdek, maxsus kolonka yoki yengil moslamalarda boshqarish mumkin. Mexanik uzatuvchisi bo‘lgan burg‘ilar, oddiy burg‘ilardan o‘zida o‘rnatil- gan va ma'lum tortish kuchi bilan sim arqonga ta'sir etuvchi barabanlari bilan farq qiladi. Misol tariqasida CMP—2 rusumidagi burg‘ining 14 uzatuvchi barabanini olaylik (13-rasm, a).
Baraban qo‘shimcha chervyakli uzatkich 12 yordamida ayla- nadi, chervyakli uzatkich silindrsimon shesternalar 10, 11 orqali harakatlanadi. hlitsali mufta 8 ni qayta ulab shpindel 9 ga ikki xil aylanish tezligi berish mumkin. Aylanish momenti, bu holda dvigatel 1 dan, silindrsimon shesternalar 2—S, 5—4 yoki 2—S, 7—6 orqali uzatiladi. hpindelning aylanish tezligini qo‘shimcha silindrsimon 2—S shesternalarni almashtirish orqali o‘zgartirish mumkin. hpindel o‘qining aylanishi bilan birga shesternalar 10— 11 ham aylanadi, ular chervyakli uzatkich 12 orqali friksion mufta 15 ning kichik diskiga qo‘shilgan. Burg‘ini uzatuvchi baraban 14 friksion muftaning katta diskiga qotirilgan va ilgakka 17 ulangan tross 1S ni o‘ziga o‘raydi. Rezbali ulanish bilan jihozlangan
42

1S-rasm. O‘zi uzatuvchi CMP—k elektr burg‘i:


a — kinematik sxema; b — umumiy ko‘rinishi; d — ankerli mustahkamla- gichga moslamani tortuvchi gayka.

shturval 16 ni aylantirib, prujina orqali, friksion muftani siquv- chi diskni siqish kuchini o‘zgartirish mumkin, shu bilan uzatuvchi aylanma momentning miqdorini va trossni tortish kuchini o‘zgar- tirish mumkin.


Ishning boshida burg‘ilovchi ilgak (kpюk)ni zaboy yuzasidagi bironta qo‘zg‘almas predmetga ilib qo‘yadi va shturval 16 ni aylantirib tross 1S ning tortish kuchini (0—250 kgk) rejalashtira- di, shu bilan burg‘ini zaboyga uzatishni ta'minlaydi (13-rasm, b). Burg‘ini boshqarish AM—3,5 ishga tushirish agregati orqali amalga oshiriladi.
Burg‘idan kerak bo‘lganda uning kichik aylanish tezligida an- kerli mustahkamlagichlarning gaykasini qotirishda ham qo‘llani- ladi. Buning uchun burg‘ining shpindeli 9 ga burab yoki unga konus S orqali maxsus nasadka qo‘yiladi, uning korpusi 1 ga chegaraviy moment muftasi 5 o‘zining qiymati (20—30 kgk·m) ga moslashtirilgan prujinasi 2 bor (13-rasm, d). Ankerli mustah- kamlagichning gaykasi kalit 4 orqali tortiladi, kalit nasadkaga o‘rnatilgan.
43
Qo‘l burg‘ilarining toifalari va ularning o‘lchamlari 3-jadvalda keltirilgan.
S-jadval

QO‘L BURG‘ILARINING TOIFALARI





Burg‘i- ning turi

Burg‘ilana- digan tog‘ jinsining qattiqlik koeffitsiyenti

Nominal o‘lchamlari

Uzatish kuchi, kgk



burg‘ining og‘irligi, kg dan ko‘p emas

Quvvati, kVt



hpindelning aylanish tezligi, ayl/min

Uzatish tezligi, ayl/min




4 gacha

1,0

900; 700




15; 16

SP




1,2

900; 700; 500

berilmagan

16,5; (17,5)







1,6

900; 700




19

SM


3—5


1,2
1,6

500; 300
500

110; 70;
110; 70

250
gacha

22; (24)
24,5

GO T bo‘yicha shpindeldagi nominal quvvat sifatida burg‘i- ning qisqa rejimda o‘zgarmas nominal yuki (kuchi)da 30 min ishlash davridagi quvvat qabul qilingan. Unda dvigatel 127 V kuch- lanish bilan ta'minlanganda uning dastagidagi reaktiv momenti 15 kgk dan oshmasligi kerak. Quvvati 1,2 kVt, aylanish tezligi 900 ayl/min bo‘lgan elektr qo‘l burg‘isining shartli belgisi: Burg‘i


«SR12—900» deb belgilanadi. Qo‘l burg‘ilari elektr yuritmalari- ning massasi, odatda, burg‘i umumiy massasining 60—70 % ini tashkil qiladi, quvvat birligiga to‘g‘ri kelgan nisbiy massasi esa 12—21 kg/kVt. huning uchun burg‘i massasini birinchi navbatda nisbatan yengil, yuqori chastotali (150—250 davr/sek) bo‘lgan uch fazali yuritmalar qo‘llash hisobiga kamaytirish nazarda tuti- ladi. Masalan, CBU—2 burg‘isi oddiy burg‘ilardan o‘zidagi yuqori chastotali (150 davr/sek) yuritmasi, tezligini kamaytirish uchun qo‘llangan planetar reduktori bilan farq qiladi (8500 dan 920 ayl/min gacha). Burg‘ining to‘plamiga chastotani qayta ishlab beruvchi BMU—150 (ikkita burg‘iga bitta chastotani qayta ishlab beruvchi), aylanishni o‘zgartirib beruvchi MP—5M mufta kiradi. Pnevmatik burg‘ining elektr burg‘idan asosiy farqi, unda qo‘lla- niladigan pnevmatik dvigatelidadir. CMP—11 qo‘l pnevmatik bur- g‘ida dastak 1 ni bosganda klapan 2 cho‘kadi va siqilgan havo kanal 11 dan burg‘ining pnevmatik rotatsion dvigateli 6 ga uzati-
44

14-rasm. CMP—11 qo‘l pnevmatik burg‘isi.


ladi (14-rasm). Rotor 8 ga ekssentrik o‘rnatilgan cho‘kuvchi lopata 7 ga bosib siqilgan havo shu rotorni aylantiradi. Aylanuvchi mo- ment dvigatelning rotoridan shpindel 9 ga bir yoki ikki pog‘onali planetar reduktor orqali uzatiladi (mos ravishda CMP—11—5 va CMP—11—4 tiplarida). Rotorning aylanish tezligi markazdan qochma regulator S yordamida chegaralanadi. Regulator richag 4 orqali klapan 5 ga ta'sir qilib dvigatelga kelayotgan havoni ka- maytiradi.


GO T bo‘yicha manbadan kelayotgan havo bosimi 5 kgk/sm2, uzatuvchi kuchi 100 kgk bo‘lishi kerak. CMP burg‘isida bu max- sus pnevmoushlovchi (пнebmoпoддepжka) yordamida amalga oshiriladi.
Pnevmatik qo‘l burg‘isi (CMP) qattiqlik koeffitsiyenti f ? 4 gacha, mexanik uzatuvchisi bo‘lgan burg‘i (CMM) f = 3—5, ko- lonkali masofadan boshqariluvchi (CMK) va avtomat ravishda tezligini o‘zgartiruvchi (CMKA) burg‘i f ?12 gacha bo‘lgan tog‘ jinslarini burg‘ilashda ishlatiladi. CMP burg‘isining quvvati 1,8 o.k., shpindelining aylanish tezligi 700 ayl/min.
Konlarda qo‘llanib kelayotgan asosiy elektr va pnevmatik qo‘l burg‘ilarining texnik tavsifi hamda asosiy ko‘rsatkichlari 4-jadvalda keltirilgan.
45
4-jadval
ELEHTR VA PNEVMATIH QO‘L BURG‘ILARINING TEXNIH TAVSIFI





Burg‘ining turi

Yarim soatli quvvati,
kVt

To‘la momenti, kgk·m

Ortiqcha yuklash qobiliyati

hpindelning aylanish tezligi, ayl/min

Burg‘ining massasi, kg

CSP—19 m

1,32

0,453

3,05

690; 340

18

CBU—2

1,4

0,148



920

12

CMP—2

1,4

0,533

3,2

525; 775

24

SP—14D

1

0,288

3,67

360; 535

15

SMД—20

0,975

0,288

3,67

360; 535

21

SPM—18ДM

1,4

0,47

2,78

300

24

CMP—11—4

2,7

0,492



290; 420

12,1

CFP gidravlik burg‘ilar, gidroturbina ko‘rinishidagi gidroyurit- ma bilan jihozlangan bo‘lib, hozirda kon sanoatida qo‘llanishi chegaralangan, lekin gidrousul bilan foydali qazilma qazib olishda qo‘llanishi mumkin.


Holonkali burg‘ilar qattiqlik koeffitsiyenti f ? 12 gacha bo‘lgan ko‘mir va tog‘ jinslarida shpur burg‘ilash uchun qo‘llaniladi. hu- ning uchun ular qo‘l burg‘ilariga nisbatan kuchli bo‘lib, massa- sining salmog‘i va uzatish kuchi hamda burg‘ilash uchun maxsus kolonka yoki manipulatorlarda o‘rnatilishi bilan ajralib turadi.
Ishchi asbobini zaboyga uzatib berishiga qarab kolonkali burg‘ilar mexanik va gidravlik uzatkichlar bilan jihozlangan tur- larga bo‘linadi. Mexanik (differensial — vintli) uzatkichli parmalar korpusga joylashtirilgan yuritma, reduktor orqali ishchi asbobga aylanma harakat uzatuvchi mexanizm, ishchi asbobni zaboyga uzatuvchi mexanizm va boshqaruv mexanizmidan tashkil topgan. Aylantiruvchi moment elektryuritmadan silindrsimon shesterna 1—6 dan vtulka 7 ga uzatiladi va ikkita sirg‘anuvchi shponka 25 yordamida, patron 9 bilan jihozlangan shpindel 8 ga uzatiladi (15- rasm, a). irpanuvchi shponka bemalol shpindelning bo‘ylama o‘yiqlari (pazi)ga kiradi va aylanuvchi momentni vtulkadan shpin- delga uzatadi, bunda shpindel hech qanday qarshiliksiz bir vaqtning o‘zida vtulkaga nisbatan bo‘ylama harakatlanadi. hpin- delning zaboyga kirishi va zaboyda qo‘zg‘alishi uzatuvchi rezbali vtulka 15 deb ataluvchi gayka bilan tishlashishga kiruvchi tasmali rezba hisobiga amalga oshiriladi. Uzatuvchi rezbali vtulka shester- na 14 va 1S orqali oraliq 24 vtulka bilan qo‘shilgan. Oraliq vtulka
xvostovik 20 va shponka 21 bilan tugaydi.
46

15-rasm. Holonkali burg‘ining kinematik sxemasi:


a — burg‘ining umumiy kinematik sxemasi; b — qo‘shimcha rejalashtiruvchi friksion mufta.

Ishlaganda vintli juftlik 8 (vint) va rezbali vtulka 15 (gayka) oralig‘ida uchta xarakterli holat bo‘lishi mumkin: gaykaning bur- chak tezligi vintnikidan katta, teng va kichik, ya'ni vintning gayka- ga nisbatan oldinga qo‘zg‘alishi, qo‘zg‘almasligi va orqaga qo‘z- g‘alishi, ya'ni ishchi asbobning zaboyga uzatilishi, neytral holatda qolishi va zaboydan orqaga qaytishi kuzatiladi.


Vtulka 15 ning shpindelga nisbatan katta burchak tezligi bilan aylanishi tepkili muftaga 10 prujina 18 orqali shesterna 4 ga siqi- lishi natijasida amalga oshadi. Aylanish momenti shesterna 4 dan xvostovik 20 ka vtulkali 12 tepkili mufta 10 va sirpanuvchi shponka
21 orqali uzatiladi. Oraliq valik 24 shesternalar 1S—14 juftligi orqali aylanish momentini vtulka 15 ga uzatadi.
Orqaga uzatishni boshqaruvchi dastakni ozgina orqaga silji- tish (valik 2S ni qirqib, shesterna 22 va reyka hisobiga) prujina 18 ni birmuncha qisadi va tepkili mufta 10 shesterna 4 bilan tish- lashishdan chiqadi. Bunday holatda uzatuvchi rezbali vtulka 15 bemalol shpindel 8 bilan ishqalanish hisobiga aylanadi. hpindel 8 va rezbali juftlik o‘q yo‘nalishida surilmaydi.
hpindelni orqaga qaytarish uchun dastak 16 ni oxirigacha or- qaga bukish kerak, tepkili mufta 10 asos 17 ga siqiladi. Asos 17 burg‘ining korpusiga presslab joylashtirilgan va u to‘xtaydi, gayka
15 ham to‘xtaydi, shpindel 8 tez zaboydan orqaga qaytadi.
Vtulka 12 va mufta 10 o‘zaro friksion bog‘langan, shuning uchun uzatiladigan maksimal aylantiruvchi momenti ularni siqish kuchi bilan chegaralanadi. Maksimal uzatuvchi kuchning qiymati gayka 19 ni siqib turuvchi prujina 11 ning kuchi bilan rejalash-
47
tiriladi. hpindelning aylanish tezligi reduktorning shesternalarini uzatish nisbati yoki dvigatel rotorining aylanish tezligi bilan o‘zgartiriladi, uzatuvchi gaykadagi aylanish momenti, demak, bur- g‘ilash vaqtidagi maksimal uzatish kuchi chegaraviy moment muftasini rejalash hisobiga amalga oshiriladi. Masalan, SБK—5 va CSK—1 dagi shpindelning ikkita aylanish tezligi, ikkita tezligi bo‘lgan elektr dvigatel hisobiga (1500 yoki 3000 ayl/min) baja- riladi. Uzatuvchi gaykada maksimal aylantiruvchi momentning qiymati va uzatuvchi kuchning qiymati 200 dan 1500 kgk gacha, qo‘shimcha jihozlangan friksion mufta va uzatuvchi tepkili mufta yordamida o‘zgartiriladi (15-rasm, b).
Burg‘i ishlayotganda, oraliq valik 2 da aylantiruvchi moment- ning qiymati qo‘shimcha dastak 7 ni aylantirish hisobiga bajari- ladi. Qo‘shimcha dastakni aylantirganda shesterna 6 gayka S ni aylantiradi, bu bilan prujina 5 ning siqilish darajasi o‘zgaradi, demak, friksion muftaning diska 1 ni siqish qiymati o‘zgaradi.
hpindelni «Oldinga», «Neytral» va «Orqaga» yuritish tepkili mufta bilan yurituvchi shesterna tishlashishiga mos ravishda kirishi, chiqishi yoki uni burg‘ining korpusi orqali tormozlashi yordamida sodir bo‘ladi.
Uzatuvchi kuchni bir me'yorda, tekis rejalashtirish, gidravli- kaning hisobiga amalga oshiriladi. Bunda uzatish kinematikasi o‘zgarmasdan qoladi. Masalan, SБF burg‘isida aylanish momenti elektr dvigateldan 1, shesternalar 2, S, 5, 7 dan aylantiruvchi mufta 8 ga o‘tadi, keyin shponka orqali shpindel 9 aylanadi (16-rasm).
hpindelning aylanish tezligini shesterna 4 ni 5 yoki 6 shesternaga qayta qo‘shish hisobiga bajariladi. SБF burg‘isining boshqa burg‘i- lardan farqi shpindelni zaboyga uzatishda ikkita gidravlik silindr 10

16-rasm. 5БГ burg‘isining gidrokinematik sxemasi.


48
lardan foydalanganligidir. Bu gidrosilindrlar maxsus gidrosistema- dan ta'minlanadi. hesternali gidronasos 12 (unumdorligi 4,5 l/min) elektr dvigatel 1 dan shesterna 11 orqali aylanadi. Gidronasos rezer- vuar (manba) 14 dan moy filtr 1S orqali moy so‘rib oladi va uni taqsimlovchi kran 15 ga saqlovchi kran 16 orqali uzatadi.
Taqsimlovchi kran zolotnigini dastak 17 bilan surib moyni silindr 10 larning o‘ng yoki chap bo‘shlig‘iga yuborish mumkin, buning hisobiga shpindel zaboyga yoki zaboydan tashqariga harakat qiladi. Burg‘ining qayd etilgan konstruksiyasi shpindelni bir me'yor- dagi kuch (100 dan 1000 kgk) bilan oldinga yoki aylanmayotgan shpindelni orqaga olib chiqadi. Burg‘ining elektr uskunalari port- lashga xavfsiz qilib tayyorlangan bo‘lib, bevosita yoki masofadan boshqarilishi mumkin. Burg‘ining ishi KSБ—5 kolonka yoki MБN—59 va MБM—2 manipulatorga o‘rnatilib bajariladi. Ko- lonkali burg‘ilar odatda ikki, ba'zida uchta tezlik bilan ishlaydigan 127, 220 va 380 V kuchlanishli elektr dvigatellar bilan ta'minlana- di. Ularning nisbiy massasi 23—53 kg/kVt, uzunligi, balandligi va eni mos ravishda 1500×300—350×350—400 mm. Hozir ishlatila- yotgan kolonkali burg‘ilarning texnik tavsifi 5-jadvalda keltirilgan.

5-jadval

HOLONHALI BURG‘ILARNING TEXNIH TAVSIFI


O‘lchamlari



Kolonkali burg‘larning turi

SБK—2A

SБK—5


SБK—2M


CSK—1


SБF—1

MSБ—2

SБFM—1


Elektryuritmaning quvvati, kVt

2,7

1,8—4,2

2,7

3,3

3

4,5

2,5

hpindelning ayla- nish tezligi, ayl/min

205

152—305

196

305/152



415

170;
315

hpindelning maksimal uzatish tezligi, mm/min

590

439—878

180

205/112



3000

0—1400

hpindelning yurish
masofasi, mm

890

890

890

1,86; 0,88

900

400

900

Maksimal o‘q bosimi, kgk

1000

1500

600

850

1150

600

1500

Massasi, kg

110

110

120

115

110

134

130

4—A.M. Isaxodjayev 49


Kolonkali burg‘ilar ikki turda (I va II) ishlab chiqariladi, mos ravishda shtangadagi quvvati 2,5 va 4 kVt, shtanganing aylanish tezligi 100—400 va 150—500 ayl/min, shtangani zaboyga uzatish tezligi 0,5—5 mm/ayl va zaboydan chiqish tezligi 5 m/min dan kam emas. htangani zaboyga maksimal uzatish kuchi mos ravishda shtanganing yurish masofasi 2,2 m bo‘lganda 1500 va 2000 kgk, burg‘ining massasi 132 va 160 kg dan oshmasligi kerak. Alohida hollarda I tur kolonkali burg‘ilar shtangasining yurish masofasi 0,85 m, zaboydan chiqish tezligi 4 m/min va massasi
125 kg gacha bo‘ladi.
Burg‘ilar uchun o‘rnatuvchi moslamalar. Og‘ir qo‘l va kolonkali burg‘i bilan ishlayotganda burg‘ilovchi mehnatini yengillatish uchun tirgakli (pacпopныe) kolonka va manipulatorlar qo‘llaniladi.
Tirgakli kolonkalar elektr qo‘l burg‘ilarini o‘rnatishda qo‘lla- nadi, ular oddiy burg‘ini reykada tepki qurilma yordamida uzatishga moslangan. Tirgakli kolonkaning vertikal ustuni quvur 1, qo‘zg‘almas 5 va qo‘zg‘aluvchi 6 asos (пятa)dan tuzilgan (17-

17-rasm. Qo‘l parmalari uchun o‘rnatuvchi moslamalar:


a — tik ustunda o‘rnatish usuli; b — osib qo‘yilgan — manipulator usuli.
50
rasm, a). Reykali uzatkich 7 yordamida vertikal kolonka lahimga o‘rnatiladi. Qo‘l burg‘isi xomutlar 8 va 9 yordamida yo‘nalti- ruvchi quvurda 2 yuruvchi qo‘zg‘aluvchi quvur S reyka 12 ga o‘rnatiladi. Yo‘naltiruvchi quvurning bir tomoni sharnirli qilib xomut 11 ga mahkamlanadi. Xomut tirgakli kolonka bo‘ylab ma'lum balandlikda mahkamlangan holda yuradi, tirgakning ikkinchi tomoni tirgakli vint 10 orqali lahimga o‘rnatiladi.
Dastakka 4 ta'sir qilinganda shesterna reyka 12 bo‘ylab yura- di va burg‘ini uzatish uchun yurish masofasi 2000—2500 mm bo‘lganda 300 kgk gacha kuch beradi. KSP—1 va KSP—2 ko- lonkalarning mos ravishda yurish masofalari 2500—1350 va 2070— 1270 mm, chiqqan qismi 2470—2340 va 3000—1000 mm, massasi
42 va 40 kg.
Zaboylarda og‘ir yuklash mashinalari qo‘llanishi tufayli burg‘i- larni maxsus osib qo‘yilgan moslama — manipulatorlarga o‘rnatib ishlatishga to‘g‘ri keldi. Manipulator kronshteynlar 7 va 9 bilan yuklash mashinasi, vagonetka yoki burg‘ilash aravachasiga mah- kamlab qo‘yiladigan quvur 1 dan iborat (17-rasm, b). trela 11 sharnir 5 yordamida quvur 1 ga mahkamlangan, gorizontal te- kislikda o‘q 10 bilan aylanishi mumkin va g‘adir-budur qilib tayyorlangan mufta 2, 8 yorda-
mida kerakli holatda vint S yor- damida qotiriladi. trelani ko‘ta- rish dastak 6 yordamida reykali 4 ko‘targich yordamida bajariladi. Burg‘i qisqich 1S bilan sharnir yordamida mustahkamlangan kronshteyn 12 ga qotiriladi. Mani- pulatorlar uzunligi 1600—1900 mm va massasi 130—180 kg bo‘lgan strela bilan tayyorlanadi. Manipu- latorlar qo‘llanganda burg‘ilash balandligi 100 mm dan 3000 mm gacha, zaboy kengligi esa 2500 mm gacha burg‘ilanadi. Kolonkali burg‘ilarning tirgak kolonkalari ikkita biri-biriga nisbatan qo‘zg‘a- luvchi ramalardan tayyorlanadi.

Ostki rama 2 quvurdan payvandlab tayyorlanib, qo‘zg‘almas asos 7 bi-
51

  1. rasm. Holonkali burg‘i bilan H5Б—k tipli kolonka.

lan jihozlangan va qo‘zg‘aluvchi xomutlar 4 orqali kolonkali 1 burg‘i kolonkaga mahkamlanadi, ustki rama 8 ham quvurlar yor- damida svarka qilib tayyorlanib ostki ramaning ichida qo‘zg‘alib shtir 5 bilan qotiriladi (18-rasm). Kolonkani tirgak vint 6 ni bo‘shatib yechib olinadi. hunday qilib, kolonkali burg‘i o‘zining vertikal o‘qi atrofida kolonka bilan aylanishi va xomut 4 ni bo‘sha- tib yuqori va pastga yo‘naltiruvchida surilishi hamda sapfa S da vertikal tekislikda burilishi mumkin. Kon korxonalarida ko‘proq KSБ—2 va KSБ—3 toifali tirgak burg‘ilash kolonkalari qo‘llanib kelinmoqda, ularning uzunligi mos ravishda 2400—1425 va 3200— 2330 mm va massasi 35 va 36 kg. Massasi 60 kg gacha bo‘lgan, oldingilarga o‘xshash konstruksiyali, lekin uzatish kuchi 1500 kgk gacha bo‘lgan tirgakli kolonkalar ham qo‘llaniladi.
Xavfsizlik texnikasining maxsus talablari. Gaz va changdan xavfli bo‘lgan konlarda qo‘llaniladigan aylanib burg‘ilaydigan bur- g‘ilash mashinalariga birinchi navbatda qo‘yiladigan talablardan biri ularning elementlarini bir-biriga urilib ketganda va friksion ishqalanganda uchqun chiqarmaydigan aralashma (cплab) bilan qoplash shart.
Elektrburg‘ining dastagi va ventilatorining qopqog‘i, shuning- dek, burg‘ilovchi ishlash jarayonida tok bilan kontaktda bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma elementlari ishonchli izolatsion qopla- ma bilan himoya qilinishi kerak. Izolatsiyaning butunligi burg‘i- lash mashinalarini konga tushirishdan va ishlatishdan oldin tek- shirib ko‘rilishi kerak. Normal holda tok o‘tkazmaydigan hamma metall qismlari ishonchli ravishda yerga ulanishi kerak, burg‘ilov- chi faqat himoyalovchi rezinali qo‘lqop bilan ishlashi shart.
Burg‘ining hamma harakatdagi elementlari (shpindel, uzatuv- chi zanjir va h.k. lar) ishchilarni shikastlashdan ishonchli himoya qilingan bo‘lishi kerak. Ishda faqat to‘liq sozlangan burg‘ilash mashinalaridan, asboblardan to‘la xavfsiz bo‘lgan ishchi joylari- da foydalanish kerak. O‘tmaslashgan kesish asboblaridan foydala- nish va aylanib turgan shtangani qo‘l bilan ushlash man etiladi. Tekshirish, ko‘zdan kechirish, mayda ta'mirlash ishlari yoki burg‘ini hamda asboblarni sozlash ishlari faqat burg‘ini tok manbayidan o‘chirib, dvigatel to‘la to‘xtagandan so‘ng amalga oshirilishi kerak.
Burg‘ilash mashinalari ish davomida qizib ketmasligi kerak va
o‘z vaqtida ko‘zdan kechirilib, rejali — ogohlantirish, ta'mirlash ishlarini instruksiya bo‘yicha bajarish shart.
52

    1. ZARB-AYLANMA VA AYLANMA-ZARB BURG‘ILASH MASHINALARI

Zarb-aylanma va aylanma-zarb burg‘ilash mashinalari o‘rta- cha qattiqlikdagi va qattiq tog‘ jinslarida shpur va skvajina burg‘i- lash uchun qo‘llaniladi. Bu mashinalar bilan burg‘ilash tog‘ jins- larini aralash usul bilan buzishga asoslangan bo‘lib, urib burg‘i- lashni va aylanib tog‘ jinsiga ta'sir etishning asosiy xususiyatlarini birlashtiradi.


Tog‘ jinsiga urib ta'sir qilganda, ishchi organining tog‘ jinsiga ta'sir joyida va undan ancha uzoqda ishchi organning ta'siri namoyon bo‘ladi. Ishchi organi qayta ta'sir etganda oldingi ta'sir natijasida ancha bo‘shab qolgan tog‘ jinsi ko‘proq hajmda buzila boshlaydi. hunday qilib, qancha ko‘p kuch bilan urib ta'sir qilsa, keyingi urishda shuncha oson va ko‘proq tog‘ jinsi buziladi. Urganda hosil bo‘lgan darzlar tog‘ jinsining qattiqligini kamay- tiradi. Bu hol ishchi asbobining tog‘ jinsiga ko‘proq, chuqurroq botishini ta'minlaydi. Ishchi asbobiga berilgan o‘q bo‘yicha bosim va aylanish momenti uncha katta bo‘lmagan kuch bilan tog‘ jinsini aylanib buza boshlaydi. Bu hol kuchlarning kamligi hisobiga ishchi asbobini kam yedirilishiga olib keladi, burg‘ilash tezligini zarb- buralib burg‘ilashga nisbatan birmuncha oshiradi. Tog‘ jinsining qattiqligiga qarab, buzilgan tog‘ jinsining hajmi, asosan, zarb be- rish hisobiga va, shuningdek, ishchi asbobining aylanishi hisobi- ga oshadi. Bu usulda energiyaning sarfi ham boshqa burg‘ilash usullariga nisbatan ancha kam bo‘ladi.
Zarb-aylanma va aylanma-zarb mashinalari alohida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan zarb va aylanish mexanizmlaridan tuzilgan. Ular bitta korpusda yoki boshqa korpusda joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Zarb-aylanib ta'sir etuvchi mashinaning konstruksiyasi bo‘yicha asosiy farqi, o‘zida maxsus cho‘kib (пoFpyжнoй) urib ishlaydigan mexanizmi — pnevmozarb beruvchisining borligi hamda burg‘ilash koronkasi bilan skvajinaning ichida ta'sir ko‘rsatishi va zarb hiso- biga tog‘ jinsiga botirilishidir. Yana aylanib-zarb berib ta'sir etuv- chi mashina aylantiruvchisi bilan skvajinaning tashqarisida qoluv- chi zarb mexanizmining borligi bilan ham farq qiladi. Bu ma- shinada zarb beruvchi mexanizmga asosiy aylanish mexanizmiga nisbatan yordamchi vazifa ham yuklatiladi.
53
Ko‘p hollarda zarb-aylanma va aylanma-zarb mashinalaridagi zarb beruvchi mexanizmlar pnevmoenergiya bilan ishlaydi, aylanuvchi va uzatuvchi mexanizmlari pnevmatik, elektr va gidrav- lik energiya bilan ishlaydi. Zarb-aylanma mashinalarining asosiy ustunligi burg‘ilash koronkasida zarb energiyasini saqlab qolishidir. Energiyani saqlashi skvajinaning chuqurligiga, burg‘ilash asbobi- ga beriladigan aylanish momenti qiymatining kattaligiga bog‘liq emas. Lekin skvajinada uzluksiz aylanuvchi pnevmatik zarb beruv- chi anchagina yediriladi.
Aylanma-zarb bilan ta'sir etuvchi mashinalar og‘ir perforator- larga nisbatan burg‘ilash asboblarida katta aylanish momenti tashkil etadi, lekin burg‘ining buralishi porshen zarbining harakati bilan mos bo‘lmagan holda ta'sir etadi. huning uchun zarb- aylanma ta'sir etuvchi mashinalar chuqur ishlatiladigan va qidiruv skvajinalarda, aylanma-zarb bilan ta'sir etuvchi mashinalar deyarli chuqur bo‘lmagan ishlatiluvchi skvajinalar yoki shpurlar hamda lahim o‘tishda qo‘llaniladi.
Zarb-aylanma burg‘ilash mashinalari. Zarb-aylanma burg‘ilash- da cho‘ktirilgan pnevmozarb mashinalari qo‘llanilib, ularda shtanga orqali aylanish va zaboyga uzatish skvajinadan tashqarida joylashtirilgan aylantiruvchi va uzatuvchi mexanizm orqali beriladi. Cho‘ktirilgan pnevmozarb, perforator kabi pnevmatik burg‘i- lash mashinalarida porshen odatdagidek ikki tomonga harakatla- nib ishchi yurishida burg‘ilash asbobining orqasi (xbocтobиk)ga
zarb beradi.
Cho‘ktirilgan pnevmozarb ishlash prinsipiga ko‘ra cho‘ktiril- gan perforatorga o‘xshash bo‘lib, burilish qurilmasisiz bo‘ladi va havo-suv aralashmasida ishlaydi, bu esa uning tuzilishini ancha soddalashtiradi. Yana cho‘ktirilgan perforatordagi eng muhim kamchilik — aylanish momentining kichikligi va kichik diametrli skvajinalarni maxsus burg‘ilash dastgohlari yordamida pnevmo- zarbning aylanishini hamda uzatishni ta'minlab burg‘ilaydi.
GO T 13879—73 ga binoan cho‘ktirilgan pnevmozarb beruv- chilar to‘rt xilda: I, II, III va IV, mos ravishda diametri 105, 125, 160 va 200 mm, skvajinalarga beriluvchi zarb quvvati 3; 4,2; 5,8 va 8 ot kuchidan kam emas, siqilgan havoning bosimi 5 kgk/sm2. Pnevmozarbning tashqi diametri odatda burg‘ilash ko- ronkasining diametridan 10—25 mm ga kam bo‘ladi va 92, 110, 140 va 175 mm dan ko‘p bo‘lmaydi.
54
Pnevmozarbni I va II xili qattiqligi f = 6—20 bo‘lgan tog‘ jinsini, III va IV xillari f = 12—20 bo‘lgan tog‘ jinsini burg‘i- lashga hisoblangan bo‘lib, siqilgan havoning sarfi 1 ot kuchi quvvatiga 1,7 m3/min dan ko‘p bo‘lmaydi.
Pnevmozarb silindr 2, porshen S, shponka 6 bilan qotirilgan, ichiga burg‘ilash koronkasi 4 o‘rnatilgan, oldingi 5 va orqa 1 bosh qismidan iborat (19-rasm, a). Pnevmozarblarda havo perforator- dagi kabi taqsimlanadi. Jumladan, M—1—75 tipidagi pnevmo- zarbda havo porshen yordamida o‘zi taqsimlanadi. Porshenning bo‘sh (xoлocтoй) yurishida siqilgan havo orqa bosh qismidan va kanal 12 dan silindrning oldingi 1S bo‘shlig‘iga o‘tadi. ilindr 7 ning orqa bo‘shlig‘idan, shu vaqtda 11 kanaldan va chiqaruvchi teshik 10 dan havo atmosferaga chiqib ketadi. Porshenning ishchi yurishida silindrning orqa bo‘shlig‘iga havo kanal 9 orqali o‘tadi, shu vaqtda xuddi oldingi bo‘shliqdan chiqqandek havo chiqib ke- tadi.
kvajinani shamollatish ishlatilgan havo hisobiga amalga oshi- riladi. Burg‘ilashdan chiqqan tog‘ jinslarini kanaldan 8 chiqadi- gan siqilgan havo hisobiga tozalanadi.
M—1900 tipidagi pnevmozarb yuqorida qayd etilgan M—1—75 pnevmozarbdan tekis klapanli havotaqsimlagichi bilan farq qiladi. Bu pnevmozarb zaboyga siqilib tiralgan holda ishlaydi. Agar pnev-

19-rasm. M—1—75 pnevmozarbi:


a — pnevmozarbning kesimi; b — pnevmozarbning oldidan ko‘rinishi.
55
mozarb zaboyga tiralmasa, koronka oldiga chiqadi va zaboyga be- malol havo beruvchi teshikni ochadi. Bu holda klapan joyidan ko‘cha olmaydi va porshenzarb oldingi oxirgi holatda qoladi, siqilgan havo chiquvchi (bыxлoпнoй) teshikdan skvajinaga kirib uni jadallik bi- lan shamollatadi.
M—48 pnevmozarbning ishlash prinsipi M—1900 ga o‘xshash, lekin uni silindrining qoplama (pyбamka)si M—1—75 nikiga o‘xshamagan, bu uning unumdorligini birmuncha oshirishga olib keladi. iqilgan havo-suv aralashmasi halqali klapan orqali taq- simlanadi va silindrning old bo‘shlig‘iga maxsus markaziy naycha hamda porshenzarb orqali o‘tadi. M—32K va M—29T pnevmo- zarblar tuzilishiga nisbatan mos ravishda M—1900 va M—48 pnevmozarblarga o‘xshash. Ko‘proq qo‘llaniladigan pnevmozarb- larning texnik tavsifi 6-jadvalda keltirilgan.

6-jadval



PNEVMOZARBLARNING TEXNIH TAVSIFI



O‘lchamlari

Pnevmozarblarning turlari

M—55

M—29T

M—7

M—1900

M—31

YY—4

M—1—75

M—32K

M—48

Diametri, mm:

55

85

85

105

105

105

105

155

105

koronka




























korpus

48

68

73

90

90

90

90

135

92

zarb beruvchi

32

54

60

62

62

80

75

100

74

Porshenzarbning

50

65

40

70



45

45





yurish masofasi, mm




























Pnevmozarbning

350



475

522

475

475

540





uzunligi, mm




























1 minutdagi zarb soni

2500

1700

2500

1900

2150

2400

2200

1900

1800

1 ta zarbning

1,5

5

5,5

7,5

9,5

6

8

14

9,3

energiyasi, kgk·m




























Quvvati, ot kuchi

0,8

2,35

3

3,2

4,4

3,2

3,8





iqilgan havo sarfi,

1

4,5

3

7,3



7,3

3,5

10

6,8

m3/min




























Massasi, kg

3

10

13,3

12,8

15

15,6

20





56
Pnevmozarblarni moylash avtomoydonlar yordamida amalga oshiriladi.
Burg‘ilash asboblari sifatida pnevmozarblarda ko‘proq dolotali, krestli va uchta qirrali ilgarilantirilgan (oпepeжaющий) tig‘li ko- ronkalar qo‘llaniladi.
Koronkalar yasalgan qattiq qotishmaning yedirilishga chidam- liligini va qattiq tog‘ jinslarida ishchanliligini oshirish uchun mar- kaz atrofi (пepифepия)dagi lezviyalarni pnevmozarb o‘qiga 70˚— 78˚ burchak ostida o‘rnatiladi (19-rasm, b). Koronkalar legirlangan po‘latdan (45XH, 35XFCA, 30XFT va boshq.) ishlanib, unga qat- tiq qotishma (BK15, BK11 va boshq.) dan tayyorlangan plastin- kalar o‘rnatiladi.
Pnevmozarb skvajinaga ichi bo‘sh burg‘ilash shtangasi yorda- mida kiritiladi va aylantiriladi. htanga diametri 50 va 63,5 mm bo‘lgan quvurlardan (35CF, 36F2C, 45 va boshq.) maxsus ishlov berib tayyorlanadi. htangalarni uch xil usul bilan o‘zaro ulanadi: rezba, mufta va nippel bilan. Oxirgi vaqtlarda ko‘proq qulfli ulash qo‘llaniladi, uning soddaligi yig‘ish va bo‘laklarga bo‘lishda kam vaqt talab qiladi. Muftali va nippelli ulash ishonchliroq bo‘lsa ham, shtanganing yurishida, aylanishida, shuningdek, havo yuri- shida ham katta qarshilik ko‘rsatadi.
Aylanma-zarb burg‘ilash mashinalari, asosan, katta ko‘nda- lang kesimli yerosti lahimlarini o‘tishda shpur va skvajinalarni burg‘ilashda ishlatiladi. Bu mashinalar og‘ir kolonkali perfora- torlar kabi burg‘ilash asbobini boshqa qismlarga bog‘liq bo‘lmagan holda aylantiradi. Keyingi yillarda aylanma-zarb burg‘ilash ma- shinalari ishlatiladigan skvajinalarni burg‘ilashda qo‘llashga harakat qilinmoqda.
Bu mashinalarning boshqa mashinalardan asosiy farqi zarb me- xanizmlariga bog‘liq bo‘lmagan maxsus aylantiruvchidan katta ay- lanish momentining uzatilishidir. Bu aylantiruvchi mexanizm bur- g‘ilash mashinasi bilan bitta korpusga joylashtirilgan. Burg‘ilash mashinasi va avtouzatkich kompleksi burg‘ilash qurilmasi deb ataladi.
БУ—1 burg‘ilash mashinasi qattiqlik koeffitsiyenti f = 4—10 bo‘lgan tog‘ jinslarini burg‘ilashda ishlatiladi. Burg‘ilash mashina- sining aylantiruvchisi shesterna tipidagi pnevmoyuritma 1, ichki tishlashishli tishli uzatkich 11, shuningdek, to‘g‘ri tishli uzatkich 2 va 4, bosh qismning korpusi 15 ga o‘rnatilgan shpindel 5 dan iborat (20-rasm, a). Bosimi 5 kgk/sm2 bo‘lgan siqilgan havo
57

58

www.ziyouz.com kutubxonasi



20-rasm. БY—1 burg‘ilash mashinasi.
avtomoydondan dvigatelga shtutser 10 orqali keladi va rotorni aylantiradi. Rotordan aylantirish momenti tishli uzatkich 11 va 2 dan oraliq o‘qqa S va uzatkich 4 ga so‘ng shpindel 5 ga uzatiladi.
hpindel patron 6 bilan jihozlangan, u doimo prujina 7 bilan siqib turiladi va 150 ayl/min tezlik bilan aylanib aylanish mo- mentini (2500 kgk·sm) burg‘ilash asbobining xvostovigiga uza- tadi. Yuvuvchi suyuqlik burg‘ilash bosh qismining oldingi qismi — shtutserli 12 yurituvchi mufta 14 orqali burg‘ilash asbobining shtangasiga uzatiladi.
Burg‘ilash asbobining xvostovigiga zarb porshen 8 va plastin- kali klapani bo‘lgan havotaqsimlagich bilan jihozlangan pnevmozarb 9 orqali beriladi. U minutiga 2500 marta zarb berib har gal 4 kgk·m ish bajaradi. iqilgan havo pnevmozarbga avto- moydondan shtutser 1S orqali keladi.
Aylanma-zarb burg‘ilash mashinasi kolonkali perforatorlarga o‘xshab, tirgak kolonkalarga o‘rnatilgan manipulator uzatkich- larga o‘rnatilgan holda ishlatiladi. Bularning hammasi burg‘ilash aravachalariga yoki o‘ziyurar qurilmalariga joylashtiriladi. Masa- lan, БY—1 burg‘ilash mashinasi dvigatel 21 va reduktor 20 bilan vintli pnevmatik uzatkichga o‘rnatilgan uzatkich 1900 kgk gacha uzatish kuchini oldiga 4 m/min va orqaga 6 m/min tezlik bilan 2,75 va 4 m masofaga uzatishi mumkin (20-rasm, b).
Burg‘ilash mashinasida burg‘ilash shtangasi 18 koronka 19 bi- lan qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas lyuneta 16 va 22 orqali ushlab turiladi, uzatkichning o‘zi pnevmatik tirgak 17 bilan lahimga qotirilib qo‘yiladi. Bu qurilma taxminan 10—12 m3/min siqilgan havo sarflaydi, massasi 325 kg. Burg‘ilash qurilmasi БFA—1 rusumli burg‘ilovchi bosh qismi bilan qattiqlik koeffitsiyenti f?14—16 bo‘lgan tog‘ jinsini burg‘ilash uchun ishlatiladi.
БFA—1 burg‘ilash mashinasi (bosh qismi) БY burg‘ilash quril- malaridan o‘zining katta zarb energiyasi (7 kgk·m) va o‘zida dinamik urishlarni yumshatish maqsadida qo‘llangan aralash pnev- morezinali amortizatori borligi bilan farq qiladi. БFA—1 ning aylantiruvchi bosh qismi quvvati 4,5 ot kuchi va shpindeli 100 ayl/min aylanganida aylanish momentini 2200 kgk·sm gacha yetkazuvchi pnevmodvigatel bilan jihozlangan. Pnevmozarb minu- tiga 2200 zarb berishga hisoblangan. Zarb energiyasini ko‘paytirish hisobiga maksimal uzatish kuchi 800 kgk gacha kamaytirilgan, uning maksimal massasi 362 kg.
59




21-rasm. Aylanma- zarb burg‘ilash mashinasining koronkasi.


Aylanma-zarb burg‘ilash mashinalarining burg‘ilash asboblari perforatorlarnikiga o‘xshash bo‘lib, diametri 30—32 mm bo‘lgan burg‘ilovchi shtanga va koronkadan iborat, perforatorlarni- kidan farqi ularni simmetrik bo‘lmagan charx- langan yumshoq va o‘rtachadan past qattiq- likdagi tog‘ jinsiga burchagi = 10—15˚, qat- tiq jinslarga 45—60˚ bo‘lishi kerak. Ularning qirqish qismiga maxsus BK 6B qotishmani qo‘llash yaxshi natija beradi (21-rasm).
Zarb-aylanma va aylanma-zarb mashina- larining istiqbollari. Zarb-aylanma va aylan-

ma-zarb ta'sirida ishlovchi mashinalar alohida katta quvvatli bo‘lib, qattiq tog‘ jinslarida skvajinalar burg‘ilashda maksimal unumdorlikda ishlashi mumkinligi ularga keng istiqbol ochib beradi.
Mashinalarning kinematikasini, pnevmozarb aylantiruvchisini va bosh qismi konstruksiyasini takomillashtirish bilan birga kelajakda har xil energiya qo‘llash hamda burg‘ilash asbobini tako- millashtirish ko‘zda tutiladi. Masalan, burg‘ilash mashinalarining uzatish kuchini, aylantirish momentini, zarb berish chastotasi va energiyasini boshqarishni ta'minlash taqozo qilinadi. Bu mashina- lar burg‘ilash asboblarining universalligini ta'minlab, tog‘ jinsla- rini fizik-mexanik xususiyatlariga qarab burg‘ilashning optimal rejimlarini tanlashga imkon beradi. Bunday hollarda gidroyurit- ma qo‘llash katta imkoniyat tug‘diradi.
Burg‘ilash mashinalarida elektryuritma qo‘llash borasida tad- qiqotlar olib borilayapti, bu ularni FIK larini oshirish va ishlatish sifatini yaxshilashga olib keladi.
Yana muhim masalalardan avtomatik rejalashtiriladigan bur- g‘ilash asbobining tog‘ jinsini fizik-mexanik xususiyatlari o‘zgar- ganda optimal ishlash rejimini tanlay olishi ustida ilmiy izlanishlar olib borish lozim.
Cho‘ktirilgan pnevmozarb burg‘ilash asboblari diametri katta (100—150 mm) bo‘lgan katta chuqurlikdagi skvajinalar burg‘i- lashda yaxshi samara beradi, chunki kichik diametrli pnevmo- zarb asboblarining quvvati kamlik qiladi. Pnevmozarbning bunday kam quvvatliligi porshen diametrining koronka diametridan ki- chikligi bilan tushuntiriladi, bu muammo ikki porshenli mashina qo‘llashni talab qiladi, lekin ikki porshenli mashinaning konst-
60

ruksiyasi birmuncha murakkab bo‘lib, uni yasash ancha qiyin vazifa bo‘lib qolmoqda. Masalan, M—1900 pnevmozarbning nisbiy quvvati MT—29 perforatornikidan 3 marta kam.
Cho‘ktirilgan pnevmozarbning quvvatini oshirish va diamet- rini kamaytirish siqilgan havo bosimini 25—30 kgk/sm2 gacha oshirish, mashina konstruksiyasini takomillashtirish va element- lari ishchanligini oshirish hisobiga amalga oshirishning to‘g‘ri yo‘l ekanligini ko‘rsatmoqda. Burg‘ilash mashinalaridagi siqilgan havo bosimini oshirish maxsus yuradigan yuqori bosimli kompressor- lar hisobiga amalga oshiriladi.



    1. BURG‘ILASH STANOHLARI VA AGREGATLARI

Burg‘ilash stanoklari va agregatlari o‘rtacha va qattiq tog‘ jins- larida chuqur skvajinalar burg‘ilashda ishlatiladi. Ishga belgilani- shiga qarab burg‘ilash stanoklari ishlatiladigan, qidiruv va max- sus katta diametrli skvajina (sboyka, gezenk)larni burg‘ilashda ishlatiladigan turlarga bo‘linadi. Tog‘ jinsini buzish usuliga qarab, aylanib, zarb-aylanma va aylanma-zarb bilan tog‘ jinsiga ta'sir ko‘rsatib buzadigan stanoklarga bo‘linadi.


Chuqur skvajinalarni aylanib burg‘ilaydigan stanoklar qo‘lla- niladigan burg‘ilash asboblariga qarab koronkali — keskichli, olmosli, drobli va sharoshkali dolotasi bo‘lgan uskunalarga bo‘li- nadi. Zarb-aylanma burg‘ilash stanoklarining cho‘ktirilgan pnev- mozarb va bir necha mashinalarning alohida yuritmalari (aylan- tiruvchi, uzatuvchi, zarb mexanizmi, shtangani uzaytiruvchi mexanizm, yuvuvchi suyuqlik beradigan va h.k.) bilan bo‘lgan to‘plamiga burg‘ilash agregati deyiladi.
Burg‘ilash agregatlariga, shuningdek, cho‘ktirilgan, uzatuvchi mexanizmi o‘rnatilgan perforatorlar ham kiradi. Burg‘ilash sta- noklarida, odatda, bitta burg‘ilash mashinasi bo‘lib, ular o‘zi- yurar va o‘zi yurmaydigan turlarga bo‘linadi. Burg‘ilash sta- noklarini va, ayniqsa, agregatlarini qo‘llash burg‘ilash jarayonini qisman yoki to‘la mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga imkon beradi.
Skvajinalarni aylanib burg‘ilovchi stanoklar. Yerosti sharo- itlarida qo‘llaniladigan burg‘ilash stanoklari keskichlari sifatida, olmosli va alohida hollarda pitrali (дpoбobыe) koronka, shuning- dek, chuqur ishlatiladigan skvajina va qidiruv skvajinalar burg‘i-
61
lashda sharoshkali dolotalardan foydalaniladi. GO T bo‘yicha aylanib burg‘ilovchi stanoklar ikki turda — o‘zi yuradigan (I tur) va o‘zi yurmaydigan (II tur) ko‘rinishda ishlab chiqariladi. II turi chuqurligi 15 m dan kam bo‘lmagan, diametri 40—50 mm bo‘lgan qattiq qotishmali koronka va diametri 45—60 mm bo‘lgan olmosli koronka bilan qattiqlik koeffitsiyenti f<6 va f>12—18 bo‘lgan tog‘ jinslarida ishlatiladi. O‘zi yurmaydigan burg‘ilash stanoklari tirgakli kolonkalarda o‘rnatilishi mumkin. Ular kesimi 2,5×2,5 m bo‘lgan lahimlarda hamma yo‘nalishda skvajina bur- g‘ilay oladi.
O‘zi yuradigan stanoklar yuruvchi qismiga o‘rnatilib, ko‘nda-
lang kesimi 3×3 m bo‘lgan lahimlarda bitta qurilma bilan aylanma shamollatuvchi (beep) skvajinalarni burg‘ilash uchun ishlatiladi. Yerosti sharoshkali burg‘ilash mashinalari bitta xilda chiqarilib, diametri 110—150 mm, chuqurligi 100 m dan kam bo‘lmagan skvajinalar, ko‘ndalang kesim yuzasi 2,8×2,8 m bo‘lgan lahim o‘tishda qo‘llaniladi.
tanoklar tirgakli kolonkalarga o‘rnatilib sharoshkali dolota, shuningdek, qattiq qotishmali koronka bilan jihozlanib, mos ravishda qattiqlik koeffitsiyenti f=8—20 va f < 6 bo‘lgan tog‘ jinsi va rudalarni burg‘ilashda qo‘llanishi mumkin. Aylanib burg‘ilay- digan hamma stanoklar elektr, pnevmo yoki gidroyuritmalar bilan ishlashi mumkin.
Aylanib burg‘ilovchi stanoklarning asosiy qismlari aylanuvchi mexanizm, burg‘ilash asbobining uzatuvchi qismi, boshqaruvchi va yuruvchi qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. Burg‘ilash qismini uzatish reykali, vintli, differensial-vintli, pnevmatik, gidravlik va aralash mexanizmdan iborat bo‘ladi. Yuruvchi qismi relsli-g‘il- dirak, pnevmog‘ildirak yoki gusenitsali bo‘lishi mumkin. Burg‘i- lash stanogi shpindelli burg‘ilash asbobini skvajinadan yon to- monga og‘dirib chiqarib olishi mumkin. Burg‘ilash asbobini ko‘ta- rish va tushirish uchun ko‘tarish chig‘iri bilan jihozlanadi.
Differensial-vintli uzatkichi bo‘lgan stanoklarda o‘q bo‘yicha
beriladigan uzatish kuchi odatda 1000 kgk dan oshmaydi va uning qiymati quyidagi ifoda bilan topilishi mumkin:
R 2Mayl. , kgk,
u d tg (α  ρ)
bu yerda: Mayl — uzatuvchi gaykadagi aylanish momenti, kgk;
d — shpindel qirqimining o‘rtacha diametri, sm; α — rezbaning
62
ko‘tarilish burchagi, gradus; ρ — vintli juftlikning ishqalanish burchagi, gradus.
IM—1 burg‘ilash stanogida aylanish momenti elektryuritma 1 dan tekstropli uzatkich 2 orqali, tezliklar qutisi 6—21 konussi- mon shesternalar juftligidan 5, 6 aylanuvchi vtulka 7 ga, undan keyin ichi bo‘sh shpindelning shponkasi 14 va patron 15 ga uza- tiladi (22-rasm). hpindelning aylanish tezligi boshqarish dastagi S orqali suriluvchi shponkali holatini o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. hpindel o‘q bo‘ylab, bo‘ylama yo‘nalishda bemalol aylanuvchi vtulkada surilishi mumkin. huning natijasida uch juft shesternalardan biri 16—19, 17—20 yoki 18—21 boshqarish dastagi orqali harakat uzatishga ulanadi. hpindelni uzatish uzatish gay- kasi 1S da qattiq o‘tirgan shesterna 12 va shpindel 14 bilan rezba orqali tishlashgan va shesternalar 8—9, 11—12 hamda aylanish momenti orqali uzatiladi.
Bunda boshqarish dastagi 26 friksion mufta 10 yordamida, 11 shesterna 9 shesterna bilan ulanishi mumkin. Bu uchta holat shpindelning oldinga, neytral holatini va shpindelni orqaga hara- katlantirish holatini ta'minlaydi.
22-rasm. Differensial-vintli uzatuvchi ГM—1 stanogining kinematik sxemasi.
63
Yukli chig‘irning barabani 22 ga aylanish momenti shesternalar 27—25 va planetar reduktor SS orqali uzatiladi. Planetar reduk- torning venesli shesternasini to‘xtatish tormoz 24 yukli sim arqonining baraban 22 ga o‘ralishi bilan amalga oshiriladi. Venesli shesternaning tormozi bo‘shatilsa, chig‘irning barabani bo‘sh aylanadi va tormozlovchi tasma 4 bilan tormozlab to‘xtatish mumkin.
Pnevmatik va ayniqsa, gidravlik uzatkich bilan jihozlangan stanoklar katta o‘q kuchini berish imkoniyatlari bilan ajralib turadi bu, ayniqsa, skvajinani sharoshkali burg‘ilashda muhim rol o‘ynaydi.
Gidravlik uzatkichli stanoklarda aylanish momenti elektr dvi- gatel 11 dan shpindel 15 ga beriladi (23-rasm). Aylanuvchi vtulka 7 yordamida 12—9 konussimon shesternalar va reduktor 1S or- qali beriladi. Bunda maxsus mufta 14 orqali ishga galma-galdan shpindelni yoki ko‘taruvchi chig‘ir 10 ni ulash mumkin. Chig‘ir
10 o‘zining planetar reduktoriga ega. Gidravlik, pnevmatik va reykali uzatkichli chig‘irlarning asosiy farqi, shpindeliga uzatish kuchining maxsus mufta 8 orqali uzatilishidir.
Mufta 8 uzatkichning yuritmasidan flanets shpindeliga uning o‘qi bo‘ylab kuch beruvchi tayanch podshipnikka o‘rnatilgan.

2S-rasm. Gidravlik uzatkichli stanokning kinematik sxemasi.


64
Muftaga kuch beruvchi uzatuvchi yuritmasining turiga qarab, uzatuvchi muftaga uzatuvchi reyka, pnevmo yoki gidrotsilindr yoki ularning shtoklari 6 ulanadi.
Burg‘ilash stanoklarining gidrosistemalari nasos 2, elektr dvigatel 1, moy baki S, saqlovchi klapan 4 va bosimni rejalovchi drosseldan iborat. Klapan orqali moy bosim ostida silindr 5 ga yuboriladi va porshen hamda shtokni 6 uzatish kuchi bilan shpin- del va unga mahkamlangan burg‘ilash asbobini zaboyga uzatadi yoki zaboydan orqaga yo‘naltiradi.
Pnevmatik yoki gidravlik uzatkichli burg‘ilash stanoklarida o‘q bo‘yicha uzatish kuchi havo yoki moyning bosimi bilan rejalash- tiriladi. Gidravlik va pnevmatik uzatkichli burg‘ilash stanoklarida o‘q bo‘yicha uzatish kuchi havo yoki moy bosimi bilan reja- lashtiriladi, uning qiymati mos ravishda 4000—2000 yoki 10000— 16000 kgk ni tashkil qilib, quyidagi ifoda orqali aniqlanishi mumkin:

Ru = KnYρ, kgk,


bu yerda: K — stanokda o‘q bo‘yicha beriladigan kuchning yo‘qo- lishini hisobga oluvchi koeffitsiyent (K = 0,7—0,8); n — ishchi silindrlar soni; Y — porshenning ishchi yuzasi, sm2; ρ — uzatuv- chi silindrlardagi ishchi bosim, kgk/sm2.
Yerosti sharoshkali burg‘ilash stanoklari odatda gidravlik uzatkichli bo‘lib, ularda moyning bosimi 50—100 kgk/sm2 gacha va uzatish kuchi 1000—16000 kgk gacha bo‘lib, o‘zi yurmaydigan va o‘ziyurar qilib tayyorlanadi. Masalan, sharoshkali БШ—145M stanogi yerosti portlatuvchi skvajinalarni, qattiqlik koeffitsiyenti f = 8—20 bo‘lgan tog‘ jinslarini burg‘ilashga mo‘ljallangan. Burg‘i- lash diametri 145 m bo‘lgan sharoshkali dolota yordamida chuqur- ligi 50 m gacha skvajinalar burg‘ilaydi.
БШ—145M stanogi rama 1, uzatuvchi gidrosilindr 2 lar, tayanchli ushlab turuvchi mexanizm S, yo‘naltiruvchi 4, burg‘i asbobi 5, moy stansiyasi 6, boshqarish pulti 7, gidroshlang 8, gidrokalit 9, elektr dvigatel va aylantiruvchi reduktordan tashkil topgan (24-rasm).
Aylanuvchi moment (140 kgk·m dan ko‘p) quvvati 28 kVt bo‘lgan o‘zgaruvchan tok elektr dvigatelidan 1, ponasimon tas- ma uzatkichi 2 va bitta pog‘onali konussimon reduktor S orqali
5—A.M. Isaxodjayev 65

24-rasm. БШ—145M sharoshkali burg‘ilash uchun stanok.


aylantiruvchi shpindel 5 ga uzatiladi, undan o‘z navbatida burg‘- ilash shpindeli 8 hamda sharoshkali dolota S aylanadi (25-rasm). O‘q orqali ta'sir (10000 kgk dan katta) kuchi ikkita gidrosilindrlar


6 yordamida uzatiladi, gidrosilindrning shtogi tayanch uzatkich 7 mexanizmi bilan qo‘zg‘almas ulangan, u shpindel orqali kuchni burg‘ilash shtangasi 8 ga uzatadi.
Mustahkamligini oshirish va tayanch-uzatish sistemasining tit- rashini kamaytirishga to‘rtta yo‘naltiruvchi 9 xizmat qiladi. Bur- g‘ilash stanogini bo‘laklarga bo‘lish gidrokalit 10 orqali yengil- lashtiriladi, bu burg‘ilash shtangalarining rezbali ulanishlarini kuchsizlantiradi.
kvajinani burg‘ilashdan hosil bo‘lgan mayda tog‘ jinslari dolota S ga mufta 11, gidroshlang orqali shpindel 5 va ichi kovak shtanga orqali keluvchi suv bilan tozalanadi. Gidrosistemada moyning bosimi unumdorligi 12 l/min bo‘lgan nasos 12 bilan tashkil qilinadi, uni manometr 24 bilan nazorat qilinadi. Gidrosistemani saqlovchi klapan 14 yordamida oshiqcha bosimdan saqlanadi. Nasosdan moy teskari klapan 1S, boshqarish pulti 15 da joylash- gan zolotniklarga 16 va 22 o‘tadi. Zolotnik 16 bosim ostidagi moyni silindr 6 bo‘shlig‘iga uzatib shpindelni oldiga va orqaga
66

25-rasm. БШ—145M stanogining gidrokinematik sxemasi.


yuritish uchun xizmat qiladi. Bosimning uzatish kuchi drossel


17 bilan rejalashtiriladi.
Burg‘ilash shtangalarining qo‘zg‘alish tezligini chaqqon oshirish uchun gidrosistemaga unumdorligi 60 l/min bo‘lgan qo‘shimcha nasos 18 o‘rnatilgan. Qo‘shimcha nasosning magistraliga moy filtri 21, teskari va saqlovchi klapan 19 va 20 o‘rnatilgan. ilindr 10 bo‘shlig‘ida moyning yo‘nalishini zolotnik 22 orqali o‘zgartiriladi.
tanokning gidrosistemasi moy uchun moy stansiyaning ra- masiga joylashgan hajm 2S bilan jihozlangan. Qattiqlik koeffitsi- yenti f=18—20 bo‘lgan tog‘ jinsini burg‘ilashda burg‘ilash stano- gining unumdorligi 6—8 m/smenani tashkil qiladi.
Kelajakda БШ—145M stanogining uzatish kuchini 20—22 tk, shuningdek, aylantiruvchi elektr dvigatel o‘rniga quvvati 60 kVt dan kam bo‘lmagan gidroyuritma ishlatish hisobiga unumdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
67

26-rasm. AБШ—1 sharoshkali burg‘ilash stanogi.


AБH rusumidagi stanok ham yerosti sharoshkali burg‘ilovchi mashinalarga mansub bo‘lib, o‘ziyurar platforma 1 ga ega (26- rasm). Platformaga aylantiruvchining yuritmasi, gidroyuritma 2 va boshqarish S mexanizmi joylashtirilgan. hpindel 4 uzatuvchi- ning gidrosilindri 5 bilan sharnirli birlashtirilgan va bo‘ylama o‘qda aylanishi mumkin, shuning uchun bitta stanok yordamida vertikal tekislikda bir necha skvajinalarni burg‘ilash imkoniga ega. hpin- del reduktorini yerosti lahimlarida vintli tirgak 6 kolonka orqali qo‘shimcha mahkamlangan.


Pnevmouzatkichli aylanib burg‘ilaydigan stanoklar, odatda, drob — pitra, keskich yoki olmos koronkalar bilan burg‘ilashda ishlatiladi. Lekin yerostida drobli koronka bilan burg‘ilash nis- batan kam qo‘llaniladi.
Reykali uzatkichli stanoklar ishonchli konstruksiyaga ega bo‘l- gani uchun, drobli, keskich (peзeц)li va olmosli koronkalar bilan burg‘ilashda ishlatilib kelinmoqda. Ularda uzatish kuchi 500 kgk dan oshmaydi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

R  R l

, kgk,



u r rsh
bu yerda: Rr — uzatuvchi richagga ishchi tomonidan ta'sir kuch (Rr≤15—20), kgk; l — uzatuvchi richag uzunligi, sm; rsh — rey- kali uzatkich shesternasining o‘rtacha radiusi, sm.
Keyingi yillarda titrab-aylanib burg‘ilovchi stanoklarni qo‘llash sohasida katta ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu stanok-
68

larning oldingi stanoklardan farqi, ishchi organiga aylanish mo- menti, uzatish kuchidan tashqari yana titrash kuchi berilib, bu tog‘ jinsini buzish samaradorligini oshiradi.
Titratish ishchi organiga unga mahkamlangan elektr, pnev- matik yoki gidravlik yuritmasi bo‘lgan titratkich o‘rnatib amalga oshiriladi. Vibroburg‘ilash hozircha eksperimental izlanish bos- qichida bo‘lib, olingan natijalar, bu usulning istiqbolli ekanligini ko‘rsatmoqda.
HHP—100M burg‘ilash agregati burg‘ilash stanogi 4 (HKP— 100M toifali) aylantiruvchi va uzatuvchi mexanizmlari, cho‘kti- rilgan pnevmozarb 6, skvajinaning ichida ishlaydigan salnigi 1S bilan shtanga S, avtomoydon 1, yuk ko‘taruvchi chig‘ir 7 va tirgakli kolonka 5 dan tashkil topgan (27-rasm). Zarb-aylanma burg‘ilash chig‘irlari pnevmoenergiya yoki pnevmozarb va elektryuritma bilan harakatga keltiriladi.
Burg‘ilash stanoklari konstruksiyasiga qarab aylanib burg‘ilay- digan, pnevmatik uzatuvchisi bo‘lgan stanoklarga o‘xshash bo‘ladi, lekin rejimi mos kelganda skvajinani keskichli va olmosli koronka bilan burg‘ilashi mumkin.
tanokka elektr yoki pnevmoyuritma o‘rnatilishi mumkin. Pnevmoyuritmaning o‘rnatilishi burg‘ilash asbobining aylanish tez- ligini rejalash imkonini beradi, ishda xavfsiz, lekin FIK past va shovqini nisbatan kuchli bo‘ladi. Amalda uzun yurish uzatuvchi

27-rasm. HHP—100M stanokli burg‘ilash agregati.


69

28-rasm. HHP—100M stanogining kinematik sxemasi.


(1000—1200 mm)li, ya'ni yurish yo‘li shtanga uzunligiga teng, masalan БA—100 stanogida yurish yo‘li qisqartirilgan (400 mm gacha) (HKP—100 va HKP—100M).
HKP—100M stanogining asosiy qismlari yo‘naltiruvchi shtangada 14 uzatuvchi qo‘zg‘aluvchi patron 8, reduktor 9 va pnevmoushlagich bilan birga qo‘zg‘aluvchi patron, dvigatel 10, boshqaruv pulti 11 dan iborat (28-rasm). Uzatuvchi qo‘zg‘aluvchi patron 2 reduktor 15—16 (shesternalar bilan), pnevmoushlagich
17 va stanokning o‘qiga parallel bo‘lgan ikkita yo‘naltiruvchi shtangadan iborat.
Qo‘zg‘almas patron 1 shesternali 10—11 bir pog‘onali reduktor- ning korpusiga o‘rnatilgan dvigatel 4 va pnevmoushlagichdan 12 tashkil topgan. Aylanuvchi moment dvigateldan, planetar reduktor 1S dan shlitsali o‘qqa 14, undan shesterna 10—11, pnevmoush- lagich va shesterna 15—16 orqali qo‘zg‘aluvchi patron 2 hamda pnevmoushlagich 17 ga uzatiladi. hunday qilib, aylanuvchi moment dvigateldan shtanga 18 ga va pnevmozarb 19 ga uzatilishi mumkin yoki qo‘zg‘almas patronning pnevmoushlagichi orqali va qo‘zg‘aluvchi pnevmoushlag‘ich orqali uzatilishi mumkin. Uzatuvchisining shtogi yuruvchi patron 2 ga ulangan ikkita pnevmosilindr S ko‘rinishida bajarilgan. Diafragmalar 7 va 5 porshenga o‘xshab siqilgan havo hisobiga qisuvchi plashkani su- radi. iqilgan havo galma-galdan yo‘nalishini o‘zgartirib turadi.
htangani burg‘ilash jarayonida avtomatik uzatish qo‘l bilan qo‘shimcha boshqariladigan maxsus havotaqsimlagich yordamida amalga oshiriladi.
Ishchi yurishida, burg‘ilash vaqtida, siqilgan havo kameraga 8 va 20 kiradi. Bunda yuruvchi patron 2 ning siquvchisi 17 shtan- gani siqib, unga aylanish momentini uzatadi va silindr S ta'sirida
70
zaboyga uzatadi, pnevmoushlagich 12 esa bo‘shatiladi va shtangani bemalol qo‘yib yuboradi.
Qo‘zg‘aluvchi patron yurib oxirgi holatiga yetganda, havotaq- simlagichni qayta ulaydi va siqilgan havo bo‘shliqqa 6 va 9, shu- ningdek, pnevmouzatgich silindrining bo‘shlig‘iga o‘tadi. Bu holda burg‘ilash shtangalari ushlagich 12 bilan qisib, o‘q bo‘yicha qo‘zg‘alishdan ushlab qoladi va unga aylanish momentini uzata- di, ushlagich 17 esa bo‘shashadi va qo‘zg‘aluvchi patron uzatuvchi orqali orqaga suradi. Oxirgi orqa holatida yana havotaqsimlagich qayta o‘zining oldingi holatiga ulanadi va orqa patron orqali kuch va aylanish momenti berib burg‘ilash davom etadi. Zarb-aylanma va burg‘ilash agregatlarining ko‘pchiligi diametri 105 mm bo‘lgan skvajina burg‘ilashga mo‘ljallangan, skvajinaning chuqurligi 35—
50 m, siqilgan havoning bosimi 5—6 kgk/sm2, suvning bosimi 6—8 kgk/sm2, tog‘ jinsining qattiqlik koeffitsiyenti f = 8—18 bo‘l- ganda burg‘ilash unumdorligi 6—20 m/sm, suvning sarfi 10—20 l/min ni tashkil etadi (7-jadval).
7-jadval

BURG‘ILASH MASHINALARINING TEXNIH TAVSIFI





O‘lchamlari

tanoklarning turlari

БA—100K

БMK—4M


Ypaл—1

БMH—3A

ЛMC—3


HKP—100M


MC—1


kvajina diametri, mm

105

105

105

105

105

105

105

Burg‘ilash chuqurligi, m

50

35

50

50

35

50

50

hpindelning aylanish

83

41

76

77,5

30—40

76

0—160

tezligi, ayl/min






















Uzatish kuchi, kgk

400

1030

1000

1100

1000

365

360

Uzatish tezligi, m/min

30

25

25

25

25

20

20

iqilgan havo sarfi,

3

3,6

6

8—10

10

6

9

m3/min






















Elektr dvigatel quvvati,

2,8

2,8

2,6

1,7

2,9

2,8

3,3

kVt






















Pnevmozarb turi

M—

M—

M—

M—

M—150

M—1—

M—1—




1—75

1900YK

1900

1900




75

75

Massasi, kg

370

360

200

167

469

350

300



71

29-rasm. БMH—3A burg‘ilash agregati.


Qiymati uzaytirilgan burg‘ilash stanogi va agregatlari uzatgi- chining uzunligi burg‘ilash shtangasining (ЛMC—3, БMH—3A, БMK—4M va h.k.) uzunligiga teng bo‘ladi, tuzilishi ancha sod- daligi bilan ajralib turadi. Masalan, БMH—3A burg‘ilash agregati tross-porshenli uzatgich 1 bilan jihozlangan bo‘lib, uzatgichning uzunligi uning shtangasi uzunligiga teng (29-rasm). Agregat o‘rtacha qattiqlikdagi va qattiq tog‘ jinslarida xohlagan yo‘na- lishda portlatuvchi skvajinalar burg‘ilashda ishlatiladi.


Agregat pnevmozarb 2, uzatgich 1, dvigateli S bilan aylanti- ruvchi 4, tirgakli kolonka 6 va chang so‘rib oluvchi 7 qurilma- dan iborat. Pnevmozarb burg‘ilash shtang staviga 8 o‘rnatiladi, u aylantiruvchining planetar reduktorli va siqilgan havo beruvchi shlang 9 ga taqsimlagichdan 5 chiqib patronga qotiriladi. Tross- porshenli uzatgichning asosiy kamchiligi pnevmosilindr zich- lovchilari resursining kamligi bo‘lib, bu trossning kon suvi ta'sirida zanglashining oqibatida ro‘y beradi. Bu borada ЛMC—3 va БMK—4M porshenli uzun uzatgichli stanoklarning nisbatan ishonchliligini eslatib o‘tish o‘rinli bo‘ladi.
72
Aylanma-zarb burg‘ilash stanogi va agregatlari zarb-aylanma mashinalariga o‘xshab o‘rtacha va qattiq tog‘ jinslarida chuqur ishlatadigan skvajinalar burg‘ilashda ishlatiladi, lekin bu stanok va agregatlarda pnevmozarb yoki perforatori skvajinaning tashqa- risida joylashgan bo‘lib, 50—80 mm diametrdagi chuqur skvajina- larni burg‘ilaydi. Albatta, skvajinaning chuqurligi oshishi bilan koronkada zarb energiyasi kamayib boradi, lekin zarb mexaniz- mi cho‘ktirilgan pnevmozarbga nisbatan yaxshi sharoitda bo‘lib, kichik diametrli skvajinalarda katta kuchli zarb tashkil qilish im- koniyatini beradi.
Aylanma-zarb burg‘ilash stanoklari tirgakli kolonkalarda yoki yuruvchi aravachalarda o‘rnatilishi mumkin va ularda uzatgichda bitta yoki ikkita burg‘ilash mashinalari o‘rnatiladi. Masalan, БУ— 70A rusumidagi yengil aylanma-zarb burg‘ilash stanogi, diametri 60—70 mm va chuqurligi 50 m gacha bo‘lgan portlatuvchi skvajinalarni qattiqlik koeffitsiyenti f = 10—20 bo‘lgan tog‘ jinslari- da burg‘ilashda ishlatiladi. tanok aylanma-zarb bilan ta'sir etuvchi burg‘ilash mashinasi 1 dan, klapan tipidagi pnevmozarb va amortizator, pnevmoyuritmali zanjir tipidagi uzatgich 2, vintli tirgak kolonka S, ko‘taruvchi chig‘ir 4, sirpangich 5, boshqa-

S0-rasm. БY—70A aylanma-zarb burg‘ilash stanogi.
73
riladigan taqsimlovchi klapan 6 va energiya beruvchi shlanglardan iborat.
tanok balandligi 2—3 m bo‘lgan yerosti lahimlarida tirgakli kolonkalarga teleskop orqali o‘rnatiladi, u joydan-joyga salazka yordamida suriladi.
kvajina burg‘ilanayotganda burg‘ilangan tog‘ jinsi mufta or- qali shtanganing yon tomonidan suv berish yordamida tozalana- di. Uzatuvchining yurish masofasi shtanganing uzunligiga mos bo‘lib, 800 mm ni tashkil etadi. O‘q bo‘yicha beriladigan uzatuvchi kuch 700 kgk ni tashkil qilib, uning maksimal tezligi 11 m/min, quvvati 2,75 ot kuchiga teng. Aylantiruvchining yuritmasi burg‘i- lash asbobiga 150 ayl/min aylanish va 4,5 ot kuchi quvvat beradi.
tanok БFY yoki БFB—7 rusumli pnevmozarb bilan jihozlan- gan, uning zarbi 3000 va 2100 zarb/min va zarb energiyasi 15 kgk·m. tanokning uzunligi, kengligi va balandligi mos ravish- da 1900, 1200 va 900 mm, umumiy massasi 720 kg.
S1-rasm. CБY—70 o‘ziyurar burg‘ilash mashinasi.
74
GБ—70 o‘ziyurar burg‘ilash stanogi БY—70A ning o‘lcham- lariga mos o‘lchamli burg‘ilash mashinasi 1 bilan jihozlangan, lekin uzatish uzunligi 1200 mm gacha uzaytirilgan uzatuvchisi 2 vertikal tekislikda pnevmoyuritma bilan aylanma yo‘nalishda skvajina burg‘ilay olishga mo‘ljallangan (30-rasm).
Burg‘ilash mashinasi uzatuvchisi bilan o‘ziyurar gusenitsaga S o‘rnatilgan, gusenitsa 1 km/soat tezlikda yurish qobiliyatiga ega, uning pnevmoyuritmasi 14 m3/min gacha havo sarflaydi. tanok to‘la gidrofikatsiya qilingan bo‘lib, 4—5 gidrodomkratlar yorda- mida tez o‘rnatilishi bilan birga gorizontal yoki qiya (15˚ gacha), kesim yuzasi 2,5×2,5 yoki 3×3 m lahimlarda transport holatini ham tez oladi, uning uzunligi 3100, kengligi 1200, balandligi 1900 mm, massasi 3,4 t.
GБУ—50 o‘ziyurar burg‘ilash stanogi chuqurligi 50 m gacha va diametri 60—85 mm bo‘lgan portlatuvchi skvajinalarni, o‘rta-



75
cha, qattiq va o‘ta qattiq tog‘ jinslarida kesimi 2,3×2,3 m bo‘lgan yerosti lahimlarini o‘tishda qo‘llaniladi. Agregat bitta katta quvvatli kolonkali perforator 1 bilan jihozlangan (32-rasm). Perforatorning xili MK—75 bo‘lib, mustaqil aylanuvchi diametri 38 mm va uzun- ligi 1000 mm bo‘lgan burg‘ilash shtangasiga ega. Perforatorning uzatuvchisi 2 o‘q bo‘yicha 1000 kgk li bosimni aylanish tezligi 8,3 m/min bo‘lgan holda amalga oshiradi.
CБY—50 agregati moy stansiyasi bilan jihozlangan va to‘la gidrofikatsiyalangan, bu uni lahimlarda tez o‘rnatish yoki joydan- joyga o‘tkazish, tashish holatiga keltirish, shuningdek, vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda skvajina burg‘ilashni ta'minlaydi. Yurish gusenitsasi S agregatga 22,3 m/min tezlikda yurishni ta'minlaydi. Aylanma-zarb burg‘ilash stanoklari ko‘pincha bitta yoki uchta burg‘ilash mashinalari bilan jihozlanadilar va burg‘ilash qurilmalari deb atalib hamma yo‘nalishda chuqur skvajina burg‘ilaydigan (2CБY—70, БYB—2 va boshq.) stanok hisoblanadilar. Bu stanok- lar oldin o‘rganilgan stanoklarga o‘xshaydi, lekin ulardan o‘zida o‘rnatilgan va bir vaqtda ishlay oladigan ikkita yoki uchta ma- shinalari bilan farq qiladilar. Masalan, БYB—2 tipidagi stanok hamma yo‘nalishda portlatuvchi, diametri 55—65 mm va chuqur- ligi 20 m gacha bo‘lgan skvajina burg‘ilay oladi, chunki u ikkita БY—70 tipidagi burg‘ilash mashinasi va ikkita zanjirli yoki vintli uzatgich bilan jihozlangan. Bu o‘ziyurar stanokning boshqa sta- noklardan asosiy farqi bitta o‘qda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda buriladigan ikkita avtouzatgichni bir tomonidan (konsol)
osilganidadir.
tanok gusenitsali yurish organiga ega bo‘lib, har bir gusenitsaning alohida ДP—10Y rusumidagi 12 ot kuchli pnevmoyuritmasi bor.
2CБY—70 o‘ziyurar zarb-aylanma ta'sir etuvchi burg‘ilash qurilmasi 1 ikkita БY—70 tipli burg‘ilash mashinasi, zanjirli uzatgich 2 (yurish uzunligi 1800 mm, o‘q bo‘yicha beriladigan kuch 700 kgk) bilan jihozlangan (33-rasm). Boshqa qurilmalar- dan farqi, uzatgichlarining gidrofikatsiyalashgan manipulatorda S joylashganidir. Bu ishlash jarayonida burg‘ilash mashinasini gidrosilindr 5 yordamida tez pastga tushirish yoki tepaga ko‘ta- rishga imkon beradi hamda gidrosilindr 4 yordamida uni o‘rnatish burchagini oson o‘zgartira oladi.
Pastga qarab burg‘ilashga mo‘ljallangan qurilma qattiqlik ko- effitsiyenti f = 10—20 bo‘lgan tog‘ jinslarida diametri 60—70 mm
76

SS-rasm. kCБY—70 o‘ziyurar burg‘ilash stanogi.


va chuqurligi 50 m gacha skvajinalar burg‘ilashga mo‘ljallangan, u har qaysi burg‘ilash mashinasini mustaqil pnevmogidravlik boshqaruvga ega bo‘lib, pnevmoyuritma 6 gusenitsali yurish orga- niga ega. Burg‘ilash mashinasi burg‘ilash asbobini aravachaning oldida ulab uzaytirish imkoniga ega.





    1. BURG‘ILASH MASHINALARINING UNUMDORLIGI

Kon mashinalarining unumdorligi deb, vaqt birligi (soat, smena, yil) ichida ishlab chiqargan mahsulotining miqdori bilan og‘irlik (t/soat), hajm (m3/soat), kvadrat (m2/soat) yoki chiziqlik (m/soat) birlikdagi o‘lchangan ifodasiga aytiladi. Amalda kon mashinalari- ning nazariy, texnik va ishlatishdagi unumdorligi bir-biridan farq qiladi.


Kon mashinalarining nazariy yoki konstruktiv unumdorligi (Qn) ularning butun konstruktiv imkoniyatlaridan to‘la foydalangandagi
77
hisoblangan unumdorligiga teng bo‘ladi. Nazariy unumdorlik bir soat mobaynida uzluksiz uning pasportidagi va ishlab chiqargan zavodning kon mashinasiga bergan tavsifidagi o‘lchamlari chega- rasida ishlab chiqargan mahsuloti orqali aniqlanadi.
Kon mashinalarining texnik unumdorligi (Qtex) berilgan aniq sharoitlarda yondosh jarayonlarni tashkil qilingan holdagi unum- dorligining miqdori bilan aniqlanadi. Texnik unumdorlik xuddi nazariy unumdorlik kabi hisoblanadi, lekin nazariy unumdorlik- dagi koeffitsiyentlardan to‘la foydalanmaganligi hisobga olinadi:



Qtex
V n n , m3/soat ,
r

bu yerda: yn — kovshning to‘lalik koeffitsiyenti; V — kovshning

r
nazariy hajmi, m3; y — tirnab olgan tog‘ jinsining haqiqiy hajmi
va maydalanish koeffitsiyenti.
Kon mashinalarini ishlatish vaqtidagi unumdorligi (Qi) uning haqiqiy unumdorligi bo‘lib, u aniq sharoitlarda ishlab chiqargan haqiqiy mahsuloti miqdori bilan o‘lchanadi. Ishlatish vaqtidagi unumdorlik, texnik unumdorlik kabi aniqlanadi, ammo mashina- dan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsiyenti soat, smena, yil hisobida olinadi:

Qi = Qtex·TyB, m3/smena,


bu yerda: yB — mashinadan foydalanish koeffitsiyenti; T — sme- na davomiyligi, soat.
Mashinadan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsiyenti mashi- naning bir me'yorda ishlamasligini, tayyorlov-oxirgi jarayonlarni va har xil sabablarni, tashkiliy sabablarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Bu koeffitsiyent mashinaning sof ishlagan vaqtini, ko‘rilayotgan vaqtning davomiyligiga nisbati (soat, smena, yil) bilan aniqlanadi. Mashina qulay sharoitlarda ishlaganda, ilg‘or ishlash usullari bilan mashinani ishlatganda ishlatish vaqtidagi unumdorlik uning nazariy unumdorligidan oshib ketishi mumkin. Kon mashinalarini ishlatish davrida, ularni uzluksiz ravishda energiya, yoqilg‘i, suv, moylash mahsulotlari va artish materiallari bilan ta'minlab turish kerak. hu bilan birga kon mashinalari o‘z vaqtida nazorat qilinib, ta'mirlanib turishi lozim. Bu bilan ularni to‘xtamasdan ishlashlari kafolatlanadi, detallari yedirilmay uzoq vaqt ishlaydi hamda ta'mirlash vaqtining kamayishiga olib keladi.
78

Aylanib burg‘ilovchi mashinalarning unumdorligi, ya'ni bir soat uzluksiz ishlash davrida necha shpurometr shpur qazish mumkinligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

Q  60 60 , shpurometr/soat,



tex
tbur tyord
1 (t
t t )

Kon
man o.q. k

bu yerda: tbur va tyord — 1 shpurometr burg‘ilash uchun sarf qilin- gan sof vaqt va yordamchi texnologik jarayonlarga sarflangan vaqt, min; n — bir vaqtda burg‘ilanayotgan shpurlar soni; Ko — bir vaqtda burg‘ilash koeffitsiyenti (n = 2 bo‘lganda, Ko= 0,7); v — tog‘ jinsini (hisoblangan) burg‘ilash tezligi, m/min; tman, to.q. va tk — 1 shpurometr shpurni burg‘ilashda burg‘ilash mashinasini joydan-joyga ko‘chirishga sarflangan (tman), burg‘ilash koronka- sini orqaga qaytarishga ketgan (to.q) va koronkani almashtirishga ketgan (tk) vaqt, min.


Burg‘ilash vaqtidagi yoki smena davomida tayyorlov-oxirgi ja-
rayonlarni va tashkiliy hamda texnik sabablarga ko‘ra ishlamay bo‘sh turib qolgan vaqtni hisobga olgan holda mashinani ishla- tish davridagi unumdorligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

Q 60T (tt.o. tt.o. td.o. tport ) ,
i 60Qtex

shpurometr/smena,



bu yerda: T — smena davomiyligi, soat; tt.o. + t't.o. + td.o. + tport — tayyorlov-oxirgi jarayonlarga (umumiy va burg‘ilash jarayonida), mashinistning dam olishi va portlatish uchun texnologik jarayonga sarflangan vaqt. Amalda tt.o. = 2,5 min; t't.o. = 9 min; td.o. = 10 min; va tport =12 % T, min qabul qilinadi.
Perforatorning unumdorligi quyidagi ifoda orqali aniqlanishi
mumkin:

Q To Tt.o. ,
b (tb B)Ko
shpurometr/smena,

bu yerda: To — smena davomiyligi, min; Tt.o. — burg‘ilash vaq- tida tayyorlov-oxirgi jarayonlarga sarflangan vaqt; qo‘lda burg‘i- lovchi, teleskopik va kolonkali perforatorlar uchun mos ravishda 30, 35 va 45 min qabul qilinadi; tb — bir shpurometr shpurni burg‘ilash uchun sarflangan vaqt, min. Uning qiymati quyidagi ifoda orqali topiladi:
79


b
t  1000 , min,
1

bu yerda: v1
— havo bosimi p = 4 kgk/sm2 bo‘lganda bir shpu-

rometr shpurni burg‘ilash tezligi, min; b — havo bosimini bur-
g‘ilash vaqtida magistralda o‘zgarishi hisobiga burg‘ilash tezligi- ning nisbatan o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent (b= 25 p); B — bir shpurometrga keltirilgan yordamchi ishlarga sarflangan vaqt, min, uning qiymati quyidagi ifoda orqali topiladi:
B = B1no + B2 + B3, min,
bu yerda: B1, B2, B3 — mos ravishda burg‘ini almashtirishga, yangi shpurni burg‘ilashga tayyorlashga va shpurni tozalash hamda sha- mollatishga sarflangan vaqt, qo‘lda burg‘ilovchi, teleskopik va kolonkali perforatorlar uchun ularning qiymati mos ravishda 0,7; 0,8 va 1 min, 0,5; 1,3 va 2 min va 1,5; 1 va 2 min qabul qilinadi; no — bir shpurometr shpur burg‘ilashda almashtirilgan burg‘ilar soni; Ko — burg‘ilovchi mashinistning dam olishini hisobga oluvchi koeffitsiyent; qo‘lda burg‘ilovchi, kolonkali va teleskopik perfo- ratorlar uchun ularning qiymati mos ravishda 1,12; 1,06 va 1,05 % qabul qilinadi.
Ochiq konlarda qo‘llaniladigan zarb-buralib burg‘ilovchi bur-
g‘ilash stanoklarining unumdorligi yoki burg‘ilash tezligi quyi- dagicha aniqlanadi:

2PhZ
 d 2 (tg  )Kz  sk
4 AZ
 d 2sk (tg  )Kz
, sm/min,

2 2

bu yerda: A — alohida zarbning bajargan ishi, kgk·sm; Z — burg‘ilash mashinasi ishchi organining bir minutda bergan zarblari soni; d — koronkaning diametri, sm; α — koronka tig‘ining o‘tkirlik burchagi, gradus; f — koronkaning tog‘ jinsiga botirilib kirishidagi ishqalanish koeffitsiyenti; Kz — koronka tig‘ining o‘tmaslashishini hisobga oluvchi koeffitsiyent, Kz=1,2—1,3; σsk — tog‘ jinsining parchalanishga bo‘lgan vaqtinchalik qarshiligi, kgk/sm2; 8 — qirquvchi organ (peзeц)ning qirqish burchagi:


  arctg n ,
p
bu yerda: vn — uzatish tezligi; vp — qirqish tezligi.
80

Amalda burg‘ilash mashinalarining smena davomidagi unum- dorligini hisoblashda hisobli burg‘ilash tezligidan yoki tog‘ jinsi burg‘ilanuvchanligining maxsus shkalasidan, standart sharoitlar- dagi burg‘ilash tezligi (vst) dan foydalanish mumkin. tandart sha- roitlardan o‘zgacha sharoitlarda burg‘ilash mashinasining bur- g‘ilash tezligi quyidagicha aniqlanadi:




sh

f
v = 0,6 v ·T
K Pf d 2

 m , m/smena;






d
yoki
sm st
sm i Psh 2

vsm = 0,6vst·TstKim, m/smena.
bu yerda: vst — standart sharoitlarda burg‘ilash tezligi, sm/min; Tsm — smena davomiyligi, soat; Ki — burg‘ilash mashinasidan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsiyenti (Ki = 0,4—0,75); Pf, Psh — burg‘ilanuvchanlik shkalasidagi haqiqiy va kerak bo‘lgan havo

f

sh
bosimi, kgk/sm2; d , d — burg‘ilanuvchanlik shkalasidan shpur-
ning haqiqiy va kerak bo‘lgan diametri, mm; m — burg‘ilash ko-
ronkasining shaklini hisobga oluvchi koeffitsiyent, dolotali koronka uchun m = 1, krestli koronka uchun m = 0,8 qabul qilinadi.

NAZORAT SAVOLLARI



  1. Tog‘ jinslari zarb bolg‘alari yordamida qanday burg‘ilanadi?

  2. Zarb bolg‘alari va havotaqsimlagichlar qanday tuzilgan?

  3. Perforatorning ishlash prinsipi.

  4. Burg‘ilashda changni bostirish usullarini bayon qiling.

  5. Aylanib burg‘ilovchi mashinalar to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  6. Kolonkali burg‘ilar va ularni qo‘llash ko‘lamlari.

  7. Zarb-aylanma va aylanma-zarb burg‘ilash mashinalari to‘g‘risida ma'lumot bering.

  8. Burg‘ilash mashinalarining unumdorligi qanday aniqlanadi?

6—A.M. Isaxodjayev 81






    1. Yüklə 1,56 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin