TOG‘ JINSLARINI BUZISHNING USULLARI VA ULARNI QO‘LLASH HO‘LAMLARI
Foydali qazilmalarni qazib olishning amaldagi usullarida va lahim o‘tishda texnologik jarayonlarning majburiy qismlaridan biri tog‘ jinsini va ko‘mirni massivdan ajratib olish va yuk tashuvchi vositalarga yuklab berishdir. Bu jarayonga, albatta, ma'lum miqdorda energiya sarflanadi. Zamonaviy qazib olish mashinalari ishlaganda energiyaning katta qismi ko‘mirni maydalashga sarflanadi, bu esa ko‘mirning sifatini pasaytirib, shu bilan birga chang ajralib chiqishini ko‘paytirib yuboradi.
huning uchun tog‘ jinslarini buzishning ratsional usullarini izlab topish, kon mashinalari ishchi organlarining ratsional konstruksi- yasini barpo qilish, kon mashinalarini optimal ish rejimi bilan ta'min- lash muhim vazifa hisoblanadi. Tog‘ jinslarini buzishda ularga ta'sir etishning uch guruhi mavjud bo‘lib, ular energiyaning uch turiga mos keladi: mexanik, issiqlik va elektromagnit usullari. Tog‘ jinsini elektromagnit usuli bilan buzish hozircha izlanish bosqichidadir.
MEXANIH USUL
Mexanik usul bilan tog‘ jinslarini buzganda, buzilgan tog‘ jin- si boshqa holat (gazsimon)ga aylanmasdan tabiiy ko‘rinishda buziladi. Zamonaviy qazib oluvchi va lahim o‘tuvchi, shuningdek, ko‘p turdagi burg‘ilash mashinalarida tog‘ jinsini mexanik asbobli ishchi organlari: baraban, koronka, sharoshka va boshqalar yorda- mida buziladi. Bu usul M. M. Protodyakonov shkalasi bo‘yicha f<5—6 qattiqlikdagi tog‘ jinslarini buzishda ishlatiladi.
Mexanik usul bilan buzishga shartli ravishda quyidagi usullarni ham qo‘shish mumkin:
tog‘ jinsini titratib (bибpaция) buzish usuli bilan amalda skvajinalar burg‘ilanadi. Bunda, odatdagi aylanib burg‘ilash bi- lan birga, burg‘ilash uskunasi ma'lum amplituda va chastota (100—250 Gs) bilan maxsus mexanik vibrator yordamida tebra- nadi, natijada burg‘ilash sodir bo‘ladi;
16
ultratovush yordamida tog‘ jinsini buzish. Bu usul ham vib- ratsion buzishga kirib, bunda yuqori chastotali (1000—20000 Gs) tebranish sodir bo‘ladi. Tebranish maxsus ultratovush manbalarida sodir bo‘ladi. Bu usul hozircha izlanish bosqichidadir;
portlatish bilan tog‘ jinsini buzish eng keng tarqalgan usul hisoblanib, hamma tog‘ jinslarini buzishda ishlatiladi;
gidravlik usul bilan buzish ochiq va yerosti konlarida massivni katta bosimli (100 kgk/sm2) suv oqimidan foydalanib buzishda qo‘lla- niladi. Gidravlik usul bilan gidromonitorlar yordamida o‘ta yuqori (1000—40000 kgk/sm2) bosim tashkil qilib ma'lum qattiqlikdagi tog‘ jinsini buzish mumkin. Bu usul bilan nisbatan yumshoq, qum, tuproq va ko‘mir qatlamlarini buzish mumkin;
elektrogidravlik usulda suvda elektr zaryadi tashkil etib, shu energiyadan massivni buzishda foydalaniladi. Bu usul istiqbolli usul hisoblanib, hozircha yaxshi o‘rganilmagan.
k.k. TERMIH USUL
Termik usul tog‘ jinsini suyuq yoki gaz holatga aylantirib buzishga, ya'ni slanets qatlamlarini haydab suyuq yonilg‘iga va ko‘mir qatlamini gazga aylantirib undan foydalanishga asoslangan. Tog‘ jinslarini termik (issiqlik) usul bilan buzish ham qo‘lla- niladi. Bu usul mexanik va fizik-kimyoviy xarakterga ega bo‘li- shi mumkin. Birinchi holda tog‘ jinsining ustki qatlamida kuchli qizdirish hosil qilinadi. Alanga yoki gaz yordamida hosil bo‘lgan issiqlik tog‘ jinsi yuzasida kuchlanishlar farqini hosil qilib uni buzishga olib keladi. Ikkinchi holda, tog‘ jinsiga yuqori haroratli gaz oqimi bilan ta'sir qilinadi, unda tog‘ jinsi erib va bug‘lanib buziladi. Termik burg‘ilash ochiq konlarda yuqori qattiqlikdagi
tog‘ jinslarini burg‘ilashda ishlatilib kelinmoqda.
NAZORAT SAVOLLARI
Foydali qazilmalarni qazib olishdagi asosiy jarayonlar nimalardan iborat?
Tog‘ jinslarini buzish usullarining bir-biridan farqli tomonlari.
Mexanik usul bilan buzishga qanday usullarni kiritish mumkin?
Tog‘ jinslarini titratib va ultratovush yordamida buzish usullari.
Tog‘ jinsini gidravlik, portlatish va elektr gidravlik usul bilan buzish usullari.
Tog‘ jinslarini termik usul bilan buzishni ta'riflang.
2—A.M. Isaxodjayev 17
Dostları ilə paylaş: |