14- seminar. Islom dini va ta’limoti. (2 soat) Islom ta’limoti va ruknlari.
Johiliya davrida Arabiston yarim orolidagi ijtimoiy va diniy holat.
Muhammad alayhis salomning vahygacha bo‘lgan hayoti.
Payg‘ambarlik faoliyatining boshlanishi.
Islom dini Makka davrida.
Madina Islom davlati.
Xulafo ar-Roshidin davrida islom.
Vahyning nozil bo‘la boshlashi.
Makka davrida nozil bo‘lgan suralar.
Madina davrida nozil bo‘lgan suralar.
Qur’onning jamlanishi.
Tafsirlar
Hadis - Payg‘ambar haqidagi rivoyatlar.
Hadislarning jamlanishi va mashhur to‘plamlari.
Imom al-Buxoriy - hadis ilmining sultoni.
15- seminar. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi. (2 soat) Kibermakon tushunchasi va uning mazmun-mohiyati.
Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish shakllari.
Yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlaridan asrashning dolzarb masalalari.
IV. Talabalar mustaqil ishining mazmuni va hajmi (60 soat). Mustaqil ta’lim shakllari Talabalarning mustaqil ta’limi har bir modul bo‘yicha o‘qituvchi rahbarligida (O‘RTMI) va mustaqil tarzda (TMI) quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi.
O‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi (O‘RTMI) Ushbu fanda me’yorlashtirilmaydigan O‘RTMI shakllari rejalashtirilgan bo‘lib, ular har bir amaliy mashg‘ulot bo‘yicha yakuniy hisobot shaklida qabul qilinadi. O‘RTMI amaliy mashg‘ulotda yoki undan keyin amalga oshirilishi mumkin. Har bir amaliy mashg‘ulotdan so‘ng masofaviy ta’lim platformasida O‘RTMI uchun o‘qituvchining maslahat darslari tashkil etiladi.
Ushbu fanda masofaviy ta’lim platformasida quyidagi O‘RTMI shakllarini qo‘llash nazarda tutilgan:
Q/A (savollarga cheklangan hajmda javob yozish).
Chart (jadval, diagramma va sxemalarni cheklangan hajmda tahlil qilish).
Link (Internet-havolaga annotatsiya yozish).
Review (berilgan manbaga sharh yozish).
SWOT (muammoni SWOT-tahlil qilish).
Google Apps (Google ilovalarda guruh bo‘lib hujjat, jadval, prezentatsiya va testlar tayyorlash).
Interview (boshqalarning muammoga nisbatan fikrini o‘rganish).
LabReport (laboratoriya ishlari bo‘yicha hisobot tayyorlash)