Turon zarmed universiteti


Haq yo'linda kim senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamoq bo'lmas ado haqin oning yuz ganj ila



Yüklə 87,77 Kb.
səhifə3/3
tarix26.03.2023
ölçüsü87,77 Kb.
#90064
1   2   3
o\'zbekiston tarixi

Haq yo'linda kim senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamoq bo'lmas ado haqin oning yuz ganj ila.
Qaysi bir o'quvchi-talabaning ustozi haqqini ado qilmoqlik umri davomida tugamasligini anglagani uning saodatmand ekanini bildiradi. Zero, ustoz haqi ado etib, tugatib bo'lmaydigan haqdir. Inson nima eksa, shuni o'radi.
O'z vujudingga tafakkur aylagil, Har ne istarsen — o'zingdin istagil.
Ilm-ma'rifat va hunar o'rgatgan ustozini qadrlamaydigan o'quvchi el-yurtiga naf keltira olmaydi. Agar ustozlariga mehr-muruvvatli va tavozeli bo'lsalar, Vatan, ota-ona oldidagi o'z burchlarini bajargan xayrli bir avlod bo'lib, YAratganning hidoyatiga erishadi. SHoir aytganidek:
SHogird agar shayx ul islom, agar qozidir, Agar ustod andin rozidir — tangri rozidir.
Illo, ilm o'rganishdan maqsad YAratganni tanish, ota-onani rozi qilish, bilim va kasb-hunar mahoratini o'rgatgan ustozlar duosini olishdan iborat bo'lmog'i kerak.
Onang rozi etsang zamon seniki, Na zamon, zaminu osmon seniki.
Agar otangni ham rozi etolsang, O'n sakkiz ming olam — jahon seniki.
Buyuk ajdodlarimizining betakror va noyob ilmiy-ma'naviy merosini o'rganish ma'nosida, ikkinchi Renessans — ma'naviy-madaniy taraqqiyot gullab-yashnagan davrda yashab ijod qilgan hazrat Navoiy hayoti va ijodi misolida tarbiya, bilim, ilm, ustozlar haqidagi hikmatlaridan bahramand bo'ldik. Xulosa qildikki, Navoiyni anglash uchun, avvalambor, o'sha davrda ilmiy muomalada bo'lgan tillarni yaxshi o'zlashtirish, Navoiy bilgan va foydalangan bilimlarni va shu ilmlarga aloqador bo'lgan istilohiy atamalarni o'rganish kerak bo'ladi.
YAna bir misolni keltirsak. Aytishlaricha, faylasuf shoir Boborahim Mashrabni dastlabki bilimlarni olish uchun maktab (madrasa)ga olib borishadi. Ustozi “Alif”, “Be”, deb alifboni o'rgatar ekan, Mashrab “Alif”ning ma'nosini bilmasdan, “Be”, demasman”, degan ekan.
SHu ma'noda, har bir so'zni o'qib, uqish uslubini hozirgi zamonaviy ilm-fanlarni o'qitish jarayonida ham qo'llashni tavsiya etamiz. CHunki har bir fanda faqat ungagina tegishli lug'at-istilohlar mavjud va bu o'qitish uslubi mazkur fanni ilmiy asosda o'rganish uchun zamin bo'lib xizmat qiladi.
AlisherNavoiyningulug`ligiyozibqoldirganasarlarida, betakrorobidalaridaozaksinitopgan .Turlisohadagiiste`dodlikishilargao`zshaxsiyjamg`armasidanhomiylikqilib, o`nlabsan`atasarlariniyaratishgao`zhissasiniqo`shgan. Shulardan biri odamlarning uzog`ini yaqin qilayotgan qo`shni Afg`oniston viloyatidagi Saripul ko`prigidir.Ko`prik bunyodkori bilan teng umr ko`rib, 5 asrdan beri odamlarga xizmat qilib kelmoqda.Alisher Navoiy qay manzilda yashab ijod qilmasin, adabiyotga, el-yurt obodligi yo`lida xayrli va savobli ishlarga o`z hissasini qo`shgan. Uning oqil va donoligiga Husayn Boyqaro va butun saroy ahli lol qolgan “Non isi ” hikoyasi o`qib beriladi.
Har bir insonning bolaligidan mehr qo`ygan jonivori bo`ladi. Ularga shunchalik bog`lanib qolishadiki, undan ayrilib qolish juda og`ir bo`ladi.
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Temuriylar avlodining vakili bo`lib,bolaligidan ot bilan sirlashib katta bo`lgan. Bu haqda “Boburnoma”asarida yozib qoldirgan. Unga ko`ra Bobur 10 yoshida yurib ketayotgan ot ustida turib raqsga tusha olgan, tengqurlari bilan ot sportiga oid barcha o`yinlarda qatnashgan.
Bobur Samarqand uchun olib borilgan kurashlarda oz askarlari bilan qurshovda qolishadi. Uzoq kunlik qamalda otlarni yo`qotmaslik chorasini o`ylab topadi. Suvga yog`ochlarni ivitib, ularning qipig`lari bilan otlarni oziqlantirishadi. Uzoq safarga chiqqanda otlarni toliqtirib qo`ymaslik uchun ot qadamlarini sanaydigan kishilarni tayinlab qo`yadi. Ma`lum masofani bosib o`tgach, ularni oziqlantirishgan,dam berishgan. Chunki,ko`p yurgan otlar tashnalikdan, yoki tez chopganidan og`izlari ko`pirib, nobud bo`lishi mumkin edi.
Bobur Samarqandda bir necha yil yashab ijod qildi, Xalqning farovonligi uchun bor kuchini ayamadi. Uning hayoti xavf ostida qolganda ham o`z yurtini tashlab ketish oson bo`lmagan . Hayotining so`nggi yillari Hindistonda o`tgan , hind xalqi shoirning san`atiga, uning asarlariga hurmat bilan qarashgan, unga yordam berishgan . Hindistonda Bobur tomonidan qurilgan Tojmahal saroyi yer yuzining tirli yerlaridan borgan sayyohlarning muqaddas qadamjolariga aylangan.
Bobur mehribon ota sifatida ham tan olingan. O`g`li Humoyun mirzo qattiq betobligida ollohdan yolvorib” unung dardini menga ber-u, bolamni darddan xalos qil,” degan nolalari tufayli balki Humoyun mirzo darddan xalos bo`lgandir.
Inson uchun ona diyoridan muqaddas maskan bo`lmasa kerak.Uning obodligi va tinchligi dillarimizga huzur va xotirjamlik bag`ishlaydi. Yurt Mustaqilligi uchun jonini fido qilgan vatandoshlarimiz xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi. Ularning fidoyiliklari tillardan-tillarga o`tib, avlodlarga vatanni sevishga o`rnak bo`ladi. Shunday ekan, o`tmish ajdodlarimizning jasoratlari , hamda dorilomon kunlarimiz gashtini surayotgan vatandoshlarimiz haqida suhbatlashamiz.
Bu yorug` kunlarimiz uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz ruhini shod etish, mo`tabar keksalarimiz duolarini olish, tinch va osoyishta zamonning qadriga yetish va shukronalik tuyg`ularini his etish bizga katta quvvat bag`ishlaydi , yangidan –yangi bunyodkorlik ishlariga chorlaydi.
1995 yil Yurtboshimiz tashabbuslari bilan “Xotira kitobi” tashkil etilib, unda qahramon Vatandoshlarimiz nomlari qayta tiklandi. 1999 yilda esa, shahrimiz markazida “Xotira maydoni” barpo etildi.Bu maydonda ikki qator ayvonchalarga zarhal harflar bilan urushda halok bo`lgan vatandoshlarimiz nomlari bitilgan.
Bu muqaddas dargoh har doim ziyoratchilar bilan gavjum. Ular bu yerga shunchalik tomosha yoki sayr uchun emas, balki o`zbek o`g`lonlari, bobolari xotirasini yod olish uchun keladilar. Motamsaro ona haykali hamisha anvoyi gullarga burkangan.Urushning beshavqat girdobida qolgan o`zbek yigitlari kimningdir o`g`li, kimningdir jigarporasi , kimningdir otasi, shu yurtning farzandidir.har birining ortidan qanchadan- qancha qondoshlari yig`lab qolgan. Urushda farzandlarini, jigarlarini yo`qotgan motamsaro onalarimiz qancha.
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan zaxiriddin muhammad bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan joriy yilning 14 fevral kuni toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz” shiori ostida boburday ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi yoshlar internet aksiyasida nizomiy nomidagi tdpu “musiqiy ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdi. Nizomiy nomidagi tdpu yoshlari uchun ajratilgan soat 15:30 dan 17:00ga qadar musiqiy dasturda “musiqiy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi i.matyoqubov rahbarligida musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari ozodbek soipov, oyto‘rayev azizxon, qosimov aziz, majidov bobur, avetesyan david, burxonova moxinur, bekmirzayeva feruzalar o‘zlarining bobur g‘azallari bilan aytiladigan kuy-qo‘shiqlarni ijro etdilar
Poytaxtimiz Toshkent shahrining markazida ulug` bobomiz nomi bilan ataluvchi go`zal xiyobonda sohibqiron Amir Temur bobomiz va uning avlodlariga bag`ishlab Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi.
Toshkent,Samarqand,Shahrisabz shaharlarida bobomiz savlatlariga mos purviqor haykallari qad ko`tardi.Bobomiz Amir Temur butun umrini xalqimiz,Vatanimiz ozodligi uchun bag`ishladi.Yurtimizning har bir qarich yeri uning uchun muqaddas edi.Buni Sohibqironning mamlakat tuprog`ini mo`g`ul bosqinchilaridan ozod qilish yo`lida olib brogan xaloskorlik kurashlari misolida ham ko`rishimiz mumkin.Bobomizdan bizlarga “Temur tuzuklari”nomli mashhur asar meros bo`lib qoldi.
Amir Temur siymosidagi o’quvchi:
Biz kim mulki Turon
Amiru Turkistonmiz.
Biz kim-millatlarning
Eng qadimi va eng ulug’i
Turkning bosh bo’g’inimiz.
O’quvchilar navbat bilan Amir Temur hayoti, o’gitlari haqida so’z yuritadi.
1-o’quvchi: Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Kesh, hozirgi Shahrisabzga qarashli Xo’jailg’or qishlog’ida tug’ilgan. Otasi Amir Tarag’ay badavlat kishi bo’lib, o’g’liga yaxshi ta’lim-tarbiya bergan.
2-o’quvchi: Temur bilim olishni 7 yoshidan boshladi. U 9 yoshga to’lganda madrasadagi hamma bolalardan ustun bo’lib oladi. 12 yoshida bolalar bilan o’ynashni kamaytiradi. Ta’til vaqtlarida otasidan va boshqa kishilardan harbiy san’at sirlarini o’rganadi. Xullas, Temurbek mard, jasur, odobli bo’lib o’sadi.
3-o’quvchi: Buyuk sarkarda Amir Temur ko’plab o’gitlar, pand-nasihatlar, naql va rivoyatlar aytgan. “Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni”. Bunda bobomiz biz yoshlarni bilim olishga undaydi. Bilimli hech qachon yengilmasligini uqtiradi.
4-o’quvchi: “Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar”. Bu o’gitda har bir kishini shirinso’z bo’lishga, muomala madaniyatini saqlashga chorlaydi.
5-o’quvchi: “Bir tayoqni sindirmoq mumkin, ko’p tayoqni bukib ham bo’lmas”. Bu o’gitda ahil bo’lishga, hamfikr bo’lishga undaydi.
6-o’quvchi: “Boshga qilich kelsada, rost so’zla”. Rostgo’ylik ajoyib fazilat, shuning uchun bobomiz rostgo’y bo’lishni ulug’lagan.
7-o’quvchi: “Yemsiz ot dovon osholmaydi”. Bu hikmatda doimo otga yoki insonlarga muhtoj bo’lgan jonivorlarga o’z vaqtida yemini, suvini berish kerakligini ta’kidlaydi.
Guruh bilan ishlash
8-o’quvchi: “Oltmishga kirgan otadan osh so’rama”. Bunda yoshlarni kasb o’rganishga undaydi. Keksa ota-onalarga e’tiborli bo’lish ko’zda tutiladi.
Bolalar Amir Temir haqida she’rlar aytishadi.
9-o’quvchi: Temur bobom
Tilla bobom,
Donolardan
Dono bobom.
Der edilar
Ona elim,
Murodidir
Erku-ilm. 10-o’quvchi: Amir Temur bobomiz,
Mardu jasur bobomiz.
Jangu jadallar kezgan,
Ulug davlat, yurt tuzgan.
Abadiy o’chmas nomi,
Dilimizda kalomi.
Unutmaymiz hech qachon,
Sizni ulug’ bobojon.
O’quvchilar tomonidan Amir Temur o’gitlarini aytish davom etadi. Bunda “Yuz ming otliq qila olmagan ishni, bir to’g’ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin”, “Bugungi ishni ertaga qoldirma”, “Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulm va sitam yo’lini tosdim”, “Kuch adolatdadir”, “Birni ko’rib fikr qil, birni ko’rib shukur qil”, “Filning dumi bo’lguncha, chumolining boshi bo’l”, “Avval yo’ldosh, keyin yo’l”, “Adovat emas, adolat yengadi”, “Ishon, ammo shubha qil”, “Til qilichdan o’tkir”, “El tupursa ko’l bo’lur”, “Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar”, “Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi” o’gitlarining ma’nosi ochib beriladi.
O’quvchilar tomonidan aytilgan fikrlar o’qituvchi tomonidan izohlanadi, mazmuni savol-javob asosida tushuntiriladi.
Mustahkamlash
-Sohibqiron Amir Temur odob-axloq, ta’lim-tarbiyada namuna bo’lgan siymolardan biridir. Bobomiz farosati, aqlu idroki bilan kishilarni o’ziga jalb qiladigan shaxs bo’lgan. Uning o’gitlari siz yoshlarni halollikka, rostgo’ylikka, ota-onani hurmat qilishga, Vatanni sevishga, hayotda o’z o’rnini topishga undaydi. Shunday ekan siz ham ajdodlarga xos avlod bo’lishga intiling.
Uyga vazifa: Amir Temur o’gitlarini o’rganib, hayotda unga amal qilishga odatlanish.

Ba’zan, rejissyorlarimiz kino sohasida tarixiy filmlar ham borligini unutib qo‘yishmadimikin, deb o‘ylab qolasan, kishi. Bir safar milliy kinematografiya san’atini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar mavzusidagi matbuot anjumanida qatnashdim. Anjuman oxirida qatnashchilardan biri anchadan beri ko‘nglimga tugib yurgan savolimni berdi: “Bugungi kunda hech kimga sir emas, eshitgandan ko‘ra ko‘rgan narsasi inson yodida ko‘proq qoladi. Shu tufayli tariximizni o‘rganishda kinofilmlarning roli ham juda katta deb o‘ylayman. Rejissyorlarimizning bu yaqin orada tarixiy film olish rejasi bormi?”. To‘g‘risini aytsam, bu savolni oldinroq bermaganim uchun o‘zimni koyidim. Savolga javoban Zulfiqor Musoqov “Bugungi kunga qadar olingan 8 ga yaqin tarixiy filmlarimiz mavjud. Televidenie xodimlaridan iltimos qilardimki, oldin o‘sha kinofilmlarni ommaga taqdim qilishsa”, — dedi va qo‘llaridagi qog‘ozga yozilgan “Ulug‘bek yulduzi”, “Alisher Navoiy” kabi 8 kinofilm nomini sanadi. Oldin ham ko‘p berilganligi uchunmi, bu savolga tayyorlanib kelganligi sezilib turardi. U yoshlarga qarata shu filmlarning qay birini ko‘rishganini so‘radi. Ha, jim turgandan ko‘ra savol berganda odam ancha aqlli ko‘rinadi. Ham bu muammodan qochishda ancha samarali yo‘l. Lekin bu vaqtinchalik qochish muammoni yengillashtirarmikan…
Uning bu javobiga qoniqmagan holda anjuman tugagach yana yoniga borib savolni qayta berdim. Ko‘ziga yosh ko‘ringanim uchunmi, yoki boshqa sababmi nimani ham bilarding, degandek nopisand ohangda:
“Pul yo‘q, shuning uchun tarixiy filmlar olmayapmiz” — deya qisqa javob qaytardi. 
Ajabo, qo‘pol qilib aytganda, yuzlab bemaza filmlarga topilayotgan pul nahotki buyuk tariximizni yoritishga topilmasa?
Bizning o‘tmishimiz buyuk. Dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan ajdodlarimizning son-sanog‘i yo‘q. Alisher Navoiy, Amir Temur, Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Shiroq, To‘maris, Buxoriy, Zamaxshariy va hokazo. Bu buyuk insonlarning nomlarini doim faxr bilan yodga olamiz. Bu kabi dunyo tan olgan shaxslar nomini sanaydigan bo‘lsak, qog‘oz bilan siyoh yetmaydi. Ko‘p joylarda eshitganman “Bolalarimiz qilich o‘ynab yurishadi. Kimsan deganimda Jumongman deb javob beradi. Nima uchun Amir Temurman yoki Jaloliddinman demaydi?” — deb nolishadi. Buning javobi oyinai jahonga nazar solganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Televizorlarda keti uzilmay qo‘yiladigan chet el filmlaridan boshqa narsani ko‘rmagan bola Jangbogo bilan Jumongdan boshqa yana kimga taqlid qilsin? Ancha qo‘pol o‘xshatish bo‘lsa-da, bu borada bolalarni yosh maymunchaga o‘xshatgan bo‘lardim. Ular ham maymunchalar kabi taqlidchi bo‘lishadi. Chunki bu yoshda ularning ongi shunga qodir bo‘ladi, xolos. Maymuncha ko‘rdi, maymuncha qaytardi. Oldinlari bolalar otalariga taqlid qilib o‘sgan bo‘lsa, hozir televizorda ko‘rganini qaytaradi. Bizda esa yoshlarni ota-bobolarimizga nisbatan faxr tuyg‘usi bilan tarbiyalash uchun na tarixiy film, na multfilm bor.
Bu jumlalarni o‘qib, “Bekor aytibsan”, mana bular bor, deb almisoqdan qolgan, badiiy jihatdan qiyomiga yetmagan, ruhsiz, filmlarmi bir nimalarni ko‘rsatadiganlar ham topiladi.
Shoshiqmang, bu sohada qilingan ishlardan ko‘ra, bizni kutib turgan muammolar hali juda ko‘p.
O‘sha anjumandagi savolga Hilol Nasimov: “Tarixiy film olganga yarasha dunyo xalqlari ko‘radigan qilib olish kerak. Bunday film olish uchun esa bizga hali biroz vaqt kerak”, — deb javob qaytardi. Shunda anglar, bugungi rejissyorlarning haminqadar savodi bilan, bunaqa filmlarni suratga olib bo‘lmaydi. 
O‘zimcha bu “biroz” deb tilga olingan o‘n yoki o‘n besh yilni qisqartirish chorasini o‘ylay boshladim. Oxiri, “Rejissyorlarimizni qayta o‘qitish kerakmikin” degan hulosaga keldim. Shu voqeaga qadar siyqasi chiqqan sevgi-muhabbat filmlarini ko‘rmay qo‘yganimni o‘z aybim deb bilardim. Hilol Nasimovning gaplaridan so‘ng ayb rejissyorlarning o‘ziga ishonmay suratga olayotgan filmlarida ekanini tushundim. Bugun biz jahon talablariga to‘la mos keladigan texnika-texnologiyalarga egamiz. Shunday ekan, nafaqat tarixiy, balki ishlanayotgan har bir film dunyo xalqlari orasida biz o‘zbeklarning obro‘sini ko‘taradigan bo‘lishi darkor emasmi?
Biror xushxabar eshitarmikanman, degan niyatda O‘zbek Milliy akademik drama teatriga, Yodgor Sa’dievning yonlariga bordim. Ularga ham o‘sha, rejissyorlar me’dasiga tegkan, lekin millatimiz, qolaversa, o‘zim uchun muhim deb bilgan savolni berdim. Teatr eshigi yonida turarkanmiz, Yodgor Sa’diev biroz o‘ylanib turdi va “Nega tayyor emas ekanmiz, agar yaxshi stsenariy bo‘lsa, hamma narsaga tayyormiz. Pul ham bor, saviya ham yetarli. Yaxshi stsenariy chiqmayapti xolos, to‘rt-besh yil ichida qidirib topish niyatim bor”, — deb qisqa javob berdi.
Yüklə 87,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin