sa, eskimoslar, chukchalar, saamlar Arktikaning qahraton sovuqlarida
qanday hayot kechirish mumkinligini ko‘rsatmoqdalar.
Bugunga qadar etnologiya haqida XIX asrda shakllangan faqat
antiqa xalqlar, qadimgi, arxaik jamiyatlar, taraqqiyoti jihatidan orqa-
da qolgan etnik jamoalarni o ‘rganuvchi fan degan eski tasavvurlar
saqlangan. Lekin ushbu fikr butunlay noo‘rin bo‘lib, endilikda et-
nologiyada yuksak rivojlangan millatlar bilan bir qatorda Tinch
okeanning uzoq orollarida yashayotgan k o ‘p
sonli b o im ag an etnik
jam oalar ham tadqiq qilinmoqda.
Bugungi etnologiyaning dolzarb masalalari:
• xalqlarning kelib chiqishi yoki ularning etnogenezi;
• xalqlarning taraqqiyoti tarixi yoki etnik tarix;
• etnoslar moddiy va m a’naviy madaniyatining (qishloqlar, kiyim-
kechaklar, taqinchoqlar, taomlar, xalq og‘zaki ijodi yoki folklor, xalq
san’ati) o‘ziga xos xususiyatlari;
• dunyo dinlari va diniy tasavvurlar, udumlar, urf-odatlar, ma
rosimlar, bayram va h.k.lar.
Etnolog olimlar, odatda, an’anaviy, o ‘tgan ajdodlardan meros
qolgan, madaniyatning xalq, eng aw alo , dehqonlar (qishloqliklar)
da saqlangan elementlarini o‘rganishga alohida e’tibor qilishadi. Hat-
to zamonaviy shahar aholisini o ‘rganganda ham etnolog an’anaviy
udumlar, urf-odatlar, moddiy va m a’naviy
madaniyatning qanday ji-
hatlari saqlanganligini aniqlashga urinadi.
Ayni paytda etnologiya faqat etnik jamiyatlaming o ‘tmishi, uning
bugungi kunga qadar saqlangan unsurlarinigina o‘rganmaydi. Uni
xalqlarning zamonaviy hayoti ham qiziqtiradi. Zamonaviy etnoslar-
ning hayot faoliyati so‘nggi asrda vujudga keigan qator yordamchi
fanlar vositasida tadqiq qilinadi. Xususan, etnik sotsiologiya turli et-
noslaming ijtimoiy toifalarini, sinflar, tabaqalar, ijtimoiy birlashma-
lami o ‘rganadi. Etnik ekologiya etnik jam iyatlam ing tabiiy-geografik
muhit bilan qanchalik o ‘zaro ta ’sirini tadqiq etadi.
Bugungi dunyoda u yoki bu etnosning
istiqboldagi taraqqiyoti,
etnoslararo munosabatlarning qanday rivojlanishi haqida prognozlar-
ning ahamiyati oshib bormoqda.
6
Shuni alohida ta ’kidlash zarurki, etnologiya fani xalqlar-etnoslar-
ni o ‘rganadi. Etnologlar zamonaviy insoniyatning asrlar davomida
to ‘plagan etnik va madaniy xilma-xilligini imkon darajasida saqlash
tarafdorlaridir.
Etnologlar doimo ishlatadigan tushunchalardan biri - madaniyat-
dir. Bugungi kunda madaniyatning barchani qoniqtiradigan qoidasi
(aniqlovchisi) mavjud emas. Zamonaviy etnologlar madaniyat de-
ganda insonlar aqli va qo‘li bilan yaratilgan, ularni hayot faoliyatlari
uchun zarur vositalar va usullar deb tushunadilar. Madaniyat - bu in-
sonlaming hayot kechirishi uchun yaratilgan sun’iy muhitdir.
Bir xil ehtiyojlarni (mehnatda, taomda, uyquda,
muloqotda, ki-
yimda va h.k.) qoniqtirish uchun harakatlar turli xalqlarda turlicha
bo‘ladi. Masalan, zamonaviy o ‘zbeklarda ayrim toifa kishilari stol-
stullarda o'tirib. qoshiq, vilka, pichoqlardan foydalanib taom yesa,
boshqalari xontaxta atrofida o ‘tirib nonushta, tushlik, kechki ovqat
tanovul qiladilar. 0 ‘zbeklar yostiqda yotishsa, Sharqiy Osiyo xalqlari
yog‘ochdan kichikkina moslamaga bosh qo‘yib uyquga yotadilar.
Etnik va hududiy tafovutlar odamlami qanday qurollar vositasida
mehnat
qilishlari, qanday uy-joylami, kiyimlami, taomlami m a’qul
ko‘rishlarida ham namoyon bo‘ladi.
Xalqshunoslik ijtimoiy, shuningdek tarix fani qatoriga kirib, bir
qancha ilmiy sohalar: geografiya, lingvistika,
folklorshunoslik, ar-
xeologiya, san’atshunoslik va boshqalar bilan uzviy bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: