Dunyo xalqlari dinlari.
Xalqlarni etnologik tavsiflashda ushbu
etnoslaming e ’tiqod qiluvchi qismining qanday dinga mansubligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Din o ‘tgan tarixiy bosqichlarda turli
jam iyatlar hayotida katta o ‘rin tutib, moddiy va m a’naviy madaniyat-
lariga, ijtimoiy hamda oilaviy munosabatlarga sezilarli ta ’sir etgan.
Dinning qadimgi turlari ilk urug‘chilik davrida paydo bo ‘lib,
hozirga qadar saqlangan. Ularga:
• «totemizm» - m a’lum guruh odamlarini (odatda, urug‘chilik ja-
moasini) va totemlar - m a’lum hayvon turlari, o ‘simliklar, ba’zida
buyumlar orasida qarindoshlik mavjudligiga ishonch. Hozirda tote
mizm Avstraliya aborigenlarida nisbatan to ‘liq saqlangan;
• «animizm» - ruh va hayvonlarga e ’tiqod - deyarli barcha din-
laming tarkibiy elementi;
• «shomonlik» - ayrim kishilarga (shomon, kohinga) marosimlar
paytida ruhlar bilan muloqot qilishiga ishonch. Shomonlik Shimoliy va
Sharqiy Osiyoning ko‘plab xalqlari, Amerika hindularida keng tarqalgan;
• «fetishizm» - jonsiz buyumlaming g‘ayritabiiy xususiyatlari-
ga ishonish, jum ladan daraxtlar, g‘orlar, mehnat qurollari (masalan,
cho‘ponning tayog‘i) va maxsus tayyorlangan sig‘inish buyumlari
(niqoblar, but va sanamlar);
• «afsungarlik» - odamning sehrgarlik xususiyatlariga ishonch,
(g ‘ayritabiiy usulda boshqa kishilarga, hayvonlarga) tabiatga ta ’siriga
e ’tiqod ko‘plab dinlarga singib ketgan.
13
U m g ‘chilik janiivatidan davlatga o ‘tish bosqichida dinlaming nis
batan murakkab ko'ptarm oqli turlari vujudga kela boshlaydi. Ulardan
uchtasi - buddaviylik, xristianlik va islom - keng tarqalib, keyincha-
lik dunyo dinlari deb atala boshlandi.
Eng erta, mil. a w . V I-V asrlarda vujudga kelgan buddaviy
lik Hindistonda paydo b o ‘lib, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Markaziy
Osiyo, qisman Sibirda tarqalgan. Dunyoda buddaviylik diniga e ’tiqod
qiluvchilar soni 350 million kishidan к о ‘p.
Xristianlik - milodiy I asrda Falastinda vujudga kelib, IV asrdan
Rim imperiyasida hukmron dinga aylandi. XI asrdan xristianlik ras-
man katolik va pravoslav mazhablariga bo ‘lingan. XVI asrdan katolik
mazhabidan protestantlik cherkovi ajralib chiqqan.
Xristianlik dunyo dinlari ichida eng keng tarqalgani bo‘lib, hozir-
da 2 milliard kishi Yevropa, Amerika, Avstraliya va Okeaniyada ush
bu dinga e ’tiqod qiladi.
Islom - eng yosh dunyo dini VII asrda Arabistonda vujudga kel
gan. Uning asoschisi Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ga Q ur’oni
karim nozil bo ‘lgan. Arablar istilosi orqali Janubiy-Sharqiy Osiyo va
Shimoliy Afrikada, 0 ‘rta Osiyo, Eron, A fg‘oniston va boshqa hudud
larda tarqalgan. Ural - Volgabo‘yi - Janubiy Sibir va Janubiy-Sharqiy
Osiyoda, Afrikaning g ‘arbida islom dini targ‘ibot orqali yoyilgan.
Bugungi kunda yer yuzida 2 milliardga yaqin musulmonlar mavjud.
Yana bir yirik din - hinduiylik bo ‘lib, uning vakillari 1 milliarddan
ortiq. Bu din dunyo dinlari qatoriga kirmaydi, sababi u faqat Hindis
ton va Nepalda tarqalgan.
Dunyo dinlaridan tashqari ko ‘rlab boshqa dinlar, diniy oqimlar,
sektalar, regional va mahalliy va hatto qabilaviy e ’tiqodlar mavjud.
Masalan, konfutsiylik va daosizm asosan Xitoyda tarqalgan. Sintoizm -
sof yapon dini, yahudiylik (yahudiylik) - yahudiylar dini va hokazo
lar. Afrikada va Okeaniyaning ayrim orollarida qabilaviy e ’tiqodlar
kam sonli xalqlar orasida kichik hududlarda saqlanib kelmoqda.
Etnologiyada qator boshqa klassifikatsiyalar uy-joylar, kiyimlar,
taomlar, mehnat qurollari va hokazolarda ham mavjud.
14
|