Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Yer yuzasining o‘zlashtirilishi tarixidan



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Yer yuzasining o‘zlashtirilishi tarixidan.
Madaniy tafovutlam ing vujudga kelishi va evolutsiyasi.
Etnologiya fanining ma’ lumotlariga qaraganda, zamonaviy bio- 
logik (jismoniy tip) turdagi odamlar so‘nggi paleolitda bundan 5 0 - 
40-ming yilliklarda shakllangan. Ushbu davrda ajdodlarimiz Osiyo, 
Afrika, Yevropaning katta qismini (muzlik qoplamagan hududlarni) 
o‘zlashtirganlar. Aynan o ‘sha kezlarda Amerikaga ilk odamlar gu­
ruhlari shimoldan - hozirgi Bering bo ‘g ‘ozidan o ‘ta boshlaganlar. 
So‘nggi paleolitda insonlar Avstraliyaga ham o‘tganlar.
So‘nggi paleolit davri odamlarini etnik mansubligi haqida aniq fikr 
aytish mushkul, tadqiqotchilar ulam i urug‘-qabilalargabo‘linganligini 
ehtimol qilishadi.
Yuqori paleolitda bir-biridan farq qiluvchi bir nechta yirik madaniy 
viloyatlar shakllana boshlagan. Ulardan biri yevropa muzligidan ke­
yingi viloyati bo‘lib, u murakkab iqlimi bilan xususiyatlangan, unda 
odamlar yirik hayvonlami (jumladan mamontlami) ovlab, hayvon 
suyaklari va terilaridan turar joylar qurishgan. Deyarli shu xildagi sha- 
roitlarda Sibir-Xitoy viloyati aholisi ham yashagan. A frika-0‘rtayer 
dengizi viloyati iqlimi mayin bo‘lib, unda yashovchilar kiyik, yirik 
yirtqichlarga ov qilganlar, turli o ‘simliklar va mevalami terib, taomlari 
go‘shtli hamda o‘simliklardan tashkil topgan. Janubiy-Sharqiy Osiyo 
neolit madaniyati ham ayrim xususiyatlarga ega, undagi aholi asosan 
termachilik bilan shug‘ullanib, vaqtinchalik turar joylarda yashagan.
Neolit davrida (m il.aw . VIII—III mingyillik) insoniyatning 
madaniy tafovutlari bir necha baravar yuksaladi. 0 ‘zlashtirish 
xo‘jaligidan (termachilik, ovchilik) ishlab chiqarish xo‘jaligiga o ‘tish 
(dehqonchilik, chorvachilik) ro ‘y beradi. To‘qimachilik, toshni sil- 
liqlash-teshish, sopol yasash o'zlashtiriladi. Dehqonchilik va chorva­
chilik bilan shug‘ullanish aholi sonining tez sur’atlarda o ‘sishiga im- 
kon beradi. Dehqonchilik va chorvachilik xalqlari ovchi va termachi- 
laming aholi kam yashaydigan hududlariga ko ‘chib joylasha boshlay­
dilar. Olimlaming farazicha, ushbu paytda ayrim til oilalari: jum ladan 
hind-yevropa tillari va oltoy tillarining turkiy til guruhi - Yevropa va 
Osiyoda, bantu va afrosiyo tillari - Afrikada keng tarqalgan.
15


Mil.avv. IV -I mingyilliklarda eng qulay janubiy hududlarda deh­
qonchilik xo‘jaligi asosida yirik daryolar havzalarida dastlab Misr 
va Mesopotamiyada, so‘ngra Hind vohasi va Sharqiy Xitoy da, ke­
yinchalik M eksika va Peruda ilk davlatlar vujudga kelgan. Yirik sivi- 
lizatsiya markazlari: Bobil va Ossuriya, Urartu, Qadimgi Yunoniston, 
keyinchalik Qadimgi Rimda shakllangan.
Ushbu davlatlaming qo‘shnilari k o ‘p sonli dehqonchilik va 
ko‘chmanchilik hamda yarim ko ‘chmanchi chorvachilik qabilalari, 
ulaming hududlariga hujumlar qilib turgan. Bu esa turli xalqlar- 
ning aralashuvi va b a’zida yangi etnoslaming vujudga kelishiga asos 
bo‘ladi.
Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrika etnik tarixiga xalqlarning 
buyuk k o ‘chishlari ham (III-IX asrlar) katta ta’sir etadi. Bu davrda 
slavyanlar Sharqiy Yevropa va Bolqon yarimorolida, germanlar -
Markaziy va Shimoliy Yevropada sobiq Rim imperiyasining lotinlash- 
gan aholisi bilan aralashib, roman tilli xalqlarga asos bo‘lgan. Janubiy 
Sibir va Markaziy Osiyodan turkiy xalqlarning ommaviy ko‘chishlari 
boshlanib, ular Sharqiy Yevropagacha hududlarga tarqaladi.
XIII asrdan Osiyo va Yevropa hududlari m o‘g ‘ul, turk va boshqa 
qabilalaming kelib chiqishi turli qabilalar bilan aralashuvi ro ‘y be- 
radi. Taxminan shu paytda Afrikada bantu tilli aholining Sharqiy va 
Markaziy rayonlardan qit’aning janubidagi ulkan hududlarga tarqali- 
shi kuzatiladi. Hozirgi kunda Yevropa, Osiyo va Afrikada yashayot- 
gan xalqlar XV asm ing oxirida shakllangan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin