Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Anglo-avstraliyaliklar millatining shakllanishi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

1.2. Anglo-avstraliyaliklar millatining shakllanishi
Yangi millatning shakllanishi boshlanish sanasi 1788-yil 26-yan- 
var hisoblanadi. Ushbu sanada Britaniyaning o ‘n bir kemasi 736 ta 
surgun qilinganlar hamda 194 ta harbiyni keltiradi. 1851-yili qit’adan 
oltin topilishi natijasida o ‘n yil ichida Avstraliya aholisi 438 ming 
kishidan 1 mln. 168 ming kishiga yetadi. Bugungi kunda inglizlar 
aholining 3/5 qismini, irlandiyaliklar 1/4 qismini, shotlandiyaliklar 
1/8 va uelsliklar 1,5% ni tashkil etadi. Q it’a aholisining 2% italiya­
liklar, 1% nemislar, 1% niderlandiyaliklar, 1,5% yunonlardan iborat.
Avstraliya aholisi diniy mansubligi ham anglikanlar, katoliklar, 
presviterian cherkovlari shaklida k o ‘pdan kamayib boradi. XX asr- 
ning boshlariga qadar mamlakatning ingliz tilli aholisi milliy ongi 
Britaniya fuqarosi ekanligi bilan belgilangan. Hududlaming yaxlitligi 
uchun kurash 1901-yili Avstraliya ittifoqining tuzilishi va Britaniya 
dominioni deb e ’lon qilinishi bilan yakun topdi.
Avstraliya milliy o ‘zligining sinovlaridan biri Birinchi jahon uru­
shi davrida ro ‘y berdi. Avstraliya qo‘shinlari Britaniya qo‘mondonligi 
tomonidan 1915-yil 25-aprelda Dardanell bo ‘g ‘ozidagi Gallipol 
yarimoroli sohiliga turklar pulemyotlari o‘qlariga qarshi tashlandi. 
Minglab avstraliyalik askarlar halok bo ‘lgan ushbu kun hozirga qadar 
milliy motam kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Avstraliyaliklar milliy ongi 20-30-yillarda iqtisodiy inqiroz tu­
fayli yana katta sinovlardan o ‘tdi. 1949-yildan «Britaniya fuqarosi» 
o ‘miga «avstraliyalik» atamasi rasman kiritildi. 1972-yilda Avstrali­
ya pasporti, 1970-yillar oxiridan metr tizimi joriy etildi. 1984-yildan 
«01g‘a, sohibjamol Avstraliya» milliy madhiyasi ijro etilmoqda. Qi- 
rolicha Yelizaveta II 1986-yili Avstraliyaga qonun, ijroiya va sud ho- 
kimiyatlarida mustaqillik berdi.
0 ‘tgan davr mobaynida avstraliyaliklar yuksak rivojlangan iqti- 
sodiyotni, dunyoda eng yuqori hayot ko‘rsatkichlaridan birini, milliy 
madaniyatni yaratdilar. Avstraliyalik yozuvchi Patrik Uayt Nobel mu-
25


kofotiga sazovor bo‘ldi. Bugungi kunda Avstraliyada 140 dan ortiq 
etnos vakill'dri yashab. ular 90 ta tilda so‘zlashadi.
N isbatan qisqa davr mobaynida anglo-avstraliyaliklaming kunda- 
lik niaishiy turm ushida ko ‘plab o ‘ziga xos xususiyatlar shakllandi. 
Jumladan, qishloq uy-joylari an’anaviy asosda vujudga keldi. Farqli 
xususiyati avstraliyada g ‘isht emas, yog‘ochdan qurilish, katta ayvon, 
uydan alohida oshxona va nihoyat, suv uchun katta sistema, hozirgi 
kunda basseyn (hovuz) bo ‘lishidadir. Farqli jihatlar tabiiy iqlim sha- 
roitlari bilan izohlanadi.
Avstraliyaliklaming ingliz tilida deyarli uning aholisi tili b i­
lan bog‘liq besh mingdan ortiq «yashil qit’a»ga xos so‘zlar mujas- 
samlangan. Avstraliyaning sobiq bosh vaziri R.Menzis XX asrning 
o ‘rtalarida nafaqaga ketguniga qadar qirolicha Yelizaveta II dan lord 
unvonini olishdan bosh tortishi ham millatning o ‘z g ‘ururi, ongining 
shakllanishi yuqori darajaga ko ‘tarilganidan dalolat beradi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin