uchish yo ‘nalishiga, bulutlaming ko'rinishiga qarab belgilashgan.
Polineziyaliklaming navigatsiyaga oid bilimlari yevropaliklami lol
qoldirgan. Tupia ismli polineziyalik zodagon 1777-yili J. Kukga Po-
lineziyaning ko ‘plab arxipelaglari haqida axborot bergan, ularni xari-
taga tushirgan ingliz kapitani keyinchalik keksa oqsoqol m a’lumotlari
aniq ekanligiga ishonch hosil qiladi.
3.3. Polineziyaliklar vatanini izlab
Til va madaniyat borasidagi polineziyaliklar yaqinligini turli arxi-
pelaglar orasida doimiy aloqalarni ta ’minlagan dengizchilik san’ati
yuksakligi bilan izohlash mumkin. Ularning madaniyatidagi, ijtimoiy
tashkilotlaridagi va jism oniy tiplaridagi tafovutlar
alohida tadqiqot-
larga ehtiyoj tug‘diradi. Ushbu muammoni o ‘rganish XVI asrda yev
ropaliklar kelganidan keyin boshlangan. Polineziyaliklaming kelib
chiqishi borasida avtoxton (mahalliy), osiyoliklar va Amerikadan
kelganlar kabi nazariyalar o ‘z tarafdorlariga ega. Dastlabki nazari-
ya vakillari L Forster, J. Dyumon-Dyurvil, M. Braun, L. Jakolio va
boshqalar bo ‘lgan.
Osiyo polineziyaliklar vatani bo‘lganligi g ‘oyasi V.Gumboldt,
A.Shamisso
va boshqalar til, madaniy o‘simliklar hamda hayvonlar-
ning birligi, g‘arbiy shamollar hukmronligi va h.k.larga asoslangan.
Polineziyaliklar vatani Janubiy Amerika g ‘oyasining eng taniqli
vakili Tur Xeyerdal 1947-yili balsa daraxtidan yasalgan solida Pe-
rudan Tuamotu orollariga qadar masofani suzib o ‘tgan. Olimning
«Amerikalik hindular Tinch okeanda» asarida batat (kumar), qamish-
dan qayiq yasash va h.k. birligiga asoslangan.
So‘nggi o ‘n yilliklar davomida etnologiya fani katta hajmdagi
arxeologik, lingvistik va antropologik m a’lum otlarga asoslanib po-
lineziyaliklarning kelib chiqishi muammosini yechdi. Uning asosini
Osiyo
nazariyasi tashkil etsa-da, qolgan g ‘oyalar ham inkor etil-
masdan, polineziyaliklar madaniyati mazkur hududda yaratilgani,
ular ulkan m asofalardagi orollarni o ‘zlashtirishlari davom ida Janu-
39
biy Amerikagacha suzib borib, ayrim
hindu madaniyati elementla-
rini o ‘zlashtirganlari ta ’kidlanmoqda. Xususan, m ongoloidlik bel-
gilariga ega aholi guruhlari Polineziyaga bundan 5 ming yil avval
Janubiy-Sharqiy Osiyodan kirib kelganlar. Mil. avv. II m ingyillik
o‘rtalaridan Tonga va Samoa orollaridagi aholining yangidan mig-
ratsiyasi to'lqini hozirgi aholi guruhlariga
asos boTgani tasdiqlan-
di. Eng muhimi, Polineziya m adaniyati Polineziyada shakllangani,
uning Osiyodan ham, Am erikadan ham tayyor holatda keltiril-
maganidir.
Dostları ilə paylaş: