Tushuncha, hukum va xulosaning fikr teranligini ta'minlanishidagi ro'li reja



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə102/109
tarix20.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#187328
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109
Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол-fayllar.org

Terrorizm (lotincha “qo’rqitish”, “vahimaga solish”) – aholining keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. Bunday shaklda u xalqaro ijtimoiy-siyosiy aks-sado beradigan qo’poruvchilik sifatida namoyon bo’lmoqda.
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo’lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo’lgan g’oyalarni aldov va zo’rlik bilan targ’ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog’liq bo’lgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir.
Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Mutaassiblik muayyan g’oyalarning to’g’ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, “o’zgalar” va “o’zgacha” qarash va g’oyalarga murosasiz munosabatda bo’lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo’ladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo’nalishlar orasida keskin nizo va to’qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik g’oyalarning tarqalishiga sabab bo’lishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati o’z nomini muqaddas islom dini bilan bog’lashga urinadi. Ular o’zlarini “najot topgan guruh”, qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar.
“Islom” so’zining lug’aviy ma’nolaridan biri “tinchlik” bo’lib, u hech qachon buzg’unchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Zamonaviy terrorchilar esa buzg’unchilik va qotillik, odamlarni dahshatga solishni o’zlarining maslaklariga aylantirib olganlar.
Qur’oni karimda begunoh odamlarning joniga qasd qilish qoralanadi. Jumladan, “Niso” surasining 93-oyatida bunday marhamat qilinadi: Kimda-kim qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh g’azab qilgay, la’natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo’ygay”.
Hadislarda ham bu borada ko’plab xabarlar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: Rasululloh (s.a.v.): “Alloh taoloning nazdida bir musulmon kishining nohaq qatl etilishidan ko’ra, yorug’ dunyoning barbod bo’lib ketishi yengilroqdir”, dedilar”.
Hozirda dunyoda ko’plab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud bo’lib, afsuski, ularning muayyan qismi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatorida “al-Qoida”, “Hizbut-tahrir al-islomiy” (Ozodlik islomiy partiyasi), “al-Jihod”, “at-Takfir val-hijra” (Takfir va xijrat), “Turkiston islom harakati”, “Islomiy jihod ittihodi” (Islomiy jihod uyushmasi), “Katibatul Imam al-Buxari” (Imom Buxoriy bataloni), “Jamoat Ansorulloh” (Allohning yordamchilari jamoasi), “Jabhatun-nusra” (G’alaba fronti) va “Islom davlati” kabi tashkilotlarni sanash mumkin.
Darhaqiqat, hozirgi kunga kelib diniy-ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur o’ylangan strategiyaning bir qismidir.
Avvalo, barcha ekstremistik tashkilotlar bir tadqiqot markazi, ta’bir joiz bo’lsa, “g’oyaviy laboratoriya”lar mahsuli ekanini alohida qayd etishimiz lozim. SHu o’rinda, diniy-ekstremistik oqimlarni bajaradigan funktsiyalariga ko’ra shartli ravishda 3 guruhga bo’lishimiz mumkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin