Tushuncha, hukum va xulosaning fikr teranligini ta'minlanishidagi ro'li reja



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə63/109
tarix20.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#187328
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109
Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол-fayllar.org

Imkoniyat va voqelik - olamdagi narsa, hodisa va x.k.lar taraqqiyotining davomiyligini, ularning bir-biriga o‘tib turishini anglatadigan falsafiy kategoriyalar. O‘zgarish, rivojlanish va hodisalarning vujudga kelishi, namoyon bo‘lishi jarayonidagi o‘zaro bog‘liqlikni taraqqiyot va rivojlanish deganda biz asosiy va muhim xususiyati bo‘lgan olamdagi o‘zgarishni, yangilanishni, bir shakldagi narsalarning ikkinchisi bilan almashinishini, quyi organizmlarning, jism va oddiy hodisalarning murakkabroq shakl va mazmundagilarga aylanish jarayonini tushunamiz. Tabiiyki, bu jarayonlar o‘z – o‘zicha, mexanik tarzda sodir bo‘la bermaydi, balki muayyan zaruriyat, qonuniyat asosida ro‘yobga chiqadi.
Imkoniyat yangi narsa, hodisa va tamoyillar kelib chiqishini ifodalovchi muayyan shart – sharoit va vaziyat majmuidir. Narsa hamda hodisaning ichki tabiatiga ko‘ra zaruriy ravishda reallashishi lozim bo‘lgan, biroq hali Yuzaga chiqmagan voqelikdir.
Voqelik esa imkoniyatning nisbatdoshi bo‘lib, real holat va mavjud bo‘lib turgan hodisalarni ifodalaydigan kategoriyadir. Voqelik tushunchasi o‘z mazmuniga ko‘ra, fan va falsafada ikki ma’noni anglatadi: birinchidan, olamdagi barcha mavjud narsalar reallikdan iborat, ikkinchidan esa ayrim narsa yoki hodisalarning ro‘yobga chiqishini anglatuvchi imkoniyatning Yuzaga chiqmaganligi ma’nosini anglatadi. Ikkinchi ma’nodagi voqelik umumiy olamning bir bo‘lagi sifatida konkret narsa va hodisalar tarzida namoyon bo‘lishi bilan birga inson ongidagi ifodasi hamdir. Demak, voqelik olam qonunlarining zaruriyat asosida ro‘yobga chiqqan imkoniyatni, mavjud bo‘lib turgan narsa va hodisalarni bildiradi.
Mazmun va shakl - olamdagi turli narsa, hodisa va jarayonlarning dialektikasini o‘rganishda, ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni bilishda muhim o‘rin tutadigan kategoriyalar. Mazmun muayyan narsa, hodisa, jarayonlarning o‘ziga xos sifati, xususiyatlari, muhim belgilari, elementlarning yig‘indisini anglatsa, SHakl mazmunning mavjudlik usuli, narsa va hodisalarning ichki hamda tashqi tuzilishini ifoda etadi. Masalan, narsa va jismning mazmuni moddiyligida va harakatda ekanligidadir. Xuddi shunday, atomning mazmuni uning tarkibidagi 30dan ortiq manfiy, musbat va nol zaryadli elementar zarralar, ularning rezonanslari, elektron maydon kabilarning shunchaki mexanik birligidangina iborat emas. Ayni paytda, ularning harakati muayyan maydonlar orqali bir – biriga ta’sir va aks ta’sir ko‘rsatishini ham bildiradi. Atomning shakl uning tarkibiga kiruvchi elementar zarralarning joylanish tartibi, zarralar va maydon orasidagi munosabat asosida Yuzaga keluvchi aloqalar, bog‘lanishning xususiyati bilan belgilanadi. Shuningdek, har qanday badiiy asarning mazmuni unda aks ettirilgan voqea orqali g‘oya va obrazlar tizimini bildirsa, shakli shu asarning tuzilishi, tili, hamda hikoya, roman va shu kabilar tarzida ifodalanadi.
Faylasuflardan ayrimlari shakl va mazmunning mavjudligini inkor etsalar, boshqalari shakl va mazmunning o‘zaro birligini anglamaganlar. Jumladan, Aristotel marmardan xaykal yo‘nayotgan haykaltaroshni kuzatar ekan, shakl mazmundan bo‘lak va mustaqil mavjud bo‘ladi, unga mazmun tashqaridan kiritiladi, shu tufayli marmar jonlanadi, degan xulosaga keldi. I.Kant esa mazmun va shaklni faqat inson aqli, tafakkurining mahsuli, natijasi deb tushundi. Gegel mazmun va shakl dialektikasini tan olgan bo‘lsa ham, lekin mazmun ham, shakl ham mutlaq g‘oya rivojlanishining bosqichlari, turli ko‘rinishlardagi ifodasidir, degan fikr Yuritgan. Hozirgi zamon falsafasi vakillaridan biri, fizik olim E. Shredingerning fikricha, voqelikda narsalardan mustaqil shakllargina mavjud, jumladan, «elementar» zarralarning moddiylikka aloqasi yo‘q, ular har qachongiday, sof shakl olamda shakldan bo‘lak hech nima bo‘lishi mumkin emas.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin