Tushuncha, hukum va xulosaning fikr teranligini ta'minlanishidagi ro'li reja


Birlashtiruvchi (kon’Yunktiv) hukmlar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə76/109
tarix20.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#187328
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109
Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол-fayllar.org

Birlashtiruvchi (kon’Yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning «va» «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog‘lovchilar vositasida o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan hukmlarga aytiladi. Masalan: 1."Qo‘ngirok chalindi va dars boshlandi». 2. «A. Navoiy shoir va davlat arbobi bo‘lgan». 3. «Muhammad Xorazmiy va Axmad Farg‘oniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar».
Ayiruvchi (dizYunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy bog‘lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog‘lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni, yoki bir qancha sub’ektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan: «Qodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo‘limida o‘qiydi». «Ikkinchi soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo‘ladi». Ayiruvchi bog‘lamalar «V» - dizYunksiya belgisi orqali ifodalanadi.
Shartli (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar... unda» mantiqiy bog‘lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. SHartli hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va etarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo‘lmasa, hodisa ham bo‘lmaydi. Masalan: «Agar o‘simlik suvsiz qolsa, u quriydi».
4. Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.
Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi.
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o‘tishdan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalam bor, asoslar chin mulohazalar bo‘lishi, o‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak.
Masalan, «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Platon Yunon faylasufidir» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. CHunki bu mulohazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q.
Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa chiqmaydi. Masalan: «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra, aniqrog‘i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi.Mazkur klassifikatsiyada xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to‘liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin