Tushuncha, hukum va xulosaning fikr teranligini ta'minlanishidagi ro'li reja



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə16/109
tarix20.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#187328
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол-fayllar.org

Abu Ali ibn Sino (980-1037). O’rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir. Buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir. Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,”Donishnoma”, “Xay ibn yakzon”ayniqsa keng dovruq qozongan.
Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma’noda qomusiy bilimlar egasi bo’lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning ularni tadqiqot ob’ektlariga ko’ra ajratishga asoslangan tasnifini taklif qilgan.
Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o’z-o’zidan o’zgarmaydi va inson ularni anglab etishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan.
O’sha davrda u shug’ullanmagan fanning o’zi bo’lmagan. Tibbiyot bilan bir qatorda, Ibn Sino falsafa, xususan bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan.
Ibn Sino moddiy dunyo predmet larini sezgilar manbai deb hisoblab, ularning ob’ektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo in’ikosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb e’tirof etadi. Alloma sezgini materiyaning oliy shakllari bilan bog’laydi. Ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar ekan, sezgi hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi7.
Temuriylar sulolasi davri. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida gumanizm g’oyalari.
Amir Temur ibn Tarag`ay Bahodir (1336-1405) Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo`ja ilg`or qishlog`ida dunyoga keldi. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shundan iboratki, u mug`ullarning bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib,O’rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning o`zaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat bar’o qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta`minladi. Uning davrida «Kuch - adolatda» tamoyili amalga
oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o`zga mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar o`rnatildi.
Amir Temur mohir sarkarda sifatida nom qozondi. U o`z hayotini Movarounnahr xalqining farovonligi, yurt obodonchiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish inshootlari, go`zal bog`lar buned qilindi, maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go`zal hududiga aylandi.
Temurning yana bir ulkan hizmati shuki, u madaniyat va ilm-fan homiysi sifatida mashhur bo`ldi, o`z saroyiga olimu fuzalo va din arboblarini to`pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badiy ijod bilan mashg`ul bo`ldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, o`sha davrda Samarqand eng go`zal shahar edi. Ispan sayyohi R.G.Klavixo Samarqandning go`zalligiga qoyilqolgan edi. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi. Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e`tibor berildi.
Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo`shgan siymolardan biri, ulug` o`zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501). U Temuriylar xonadoniga taaduqli bo`lib, otasi G`iyosiddin kichkina Shahrisabzdan Qobulga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda
Husain Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, dastlab muhrdor, so’ng vazir etib tayinlandi. Shoir mamlakat obodonchiligi ravnaqi va osoyishtaligi yo`lida ko`p ishlar qildi. Maktab, madrasa, masjid va xonaqolar, ko`prik, rabotlar, shifoxonalar qurdirdi, muhtoj va kambag`allarga yordam berdi, olimu shoirlarga homiylik qildi.
Navoiy ijodi boy bo`lib, asarlari turli mavzularga bag`ishlangan. «Xamsa» ya`ni «Hayrat-ul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Lison ut-tair», «Majolis-un nafois», «Mahbub-ul qulub», «Holati pahlavon Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug`atayn» va boshqalar. Bulardan tashqari, Navoiy «Hazoyyinul maoniy» («Ma`nolara xazinasi») nomli she`riy to`plam yaratgan bo`lib, g`azal, ruboiy, qit`a va fardlardan tashkil topgan.
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o’xshatish va ramziy iboralar o’rdamida, zohiriy va botiniy ma`nolarda bayon qilinadi.
Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g`oyasi muhim o`rinni egallaydi - shoirning «Xamsa»siga kirgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlarining asosiy qahramonlari Iskandar, Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqalar komil inson sifatida talqin qilinadi. Ular mehnatsevar, o`z kasbini ustasi, doimo o`zgalarga yordam beruvchi, shijoatkor va jasur, aqlli va bilimdon, saxovatli, to`g`ri so`z, sofdil, kamtar, o`zida xulq-odob, adolat, sabr-toqat, nafsni tiyish, olijanoblik kabi fazilatlarni mujassamlashtirgan shaxslardir.
Navoiy xalq orasida inson’arvarlik g`oyalarini tarqatdi, turli millat va elatlar o`rtasidagi do`stlikni ulug`ladi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqalar singari, mukammal jamiyat haqida fikr yuritdi. Xalqni farovonlikka, baxt-saodatga eltuvchi, hamma teng, zulm-istibdoddan holi bo`lgan davlat tuzumini orzu qildi. U ilm-fan egallashni afzal bildi, mol-mulkka, boylikka hirs qo`yishni, tamagirlikni qoraladi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik, muhabbat, do`stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go`zal fazilatlar, ma`naviy-axloqiy qadriyatlar to`g`risidagi qimmatli fikrlari, nasihatomuz so`zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin