Hozirgi zamon fransuz germenevtikasining vakili Pol Rikerning fikricha, tushunish hech qachon bilishdan ajralmaydi, balki «ma’noni o’zlashtirish faoliyatining bosqichi» hisoblanadi
Hozirgi zamon fransuz germenevtikasining vakili Pol Rikerning fikricha, tushunish hech qachon bilishdan ajralmaydi, balki «ma’noni o’zlashtirish faoliyatining bosqichi» hisoblanadi.
Tushunish – fikr yuritish orqali simvolda yashirin ma’noni aniqlash demak. Bunda Riker quyidagi

holatlardan kelib chiqadi:
a) germenevtika – izchil talqin qilish jarayoni;
b) talqinlarning xilma-xilligi germenevtikaning mohiyatini tashkil etadi;
v) tushunish – bir ong tomonidan uzatiladigan, ikkinchi ong esa uni tashqi ifodalar orqali qabul qilib oladigan belgilar ma’nosini tushunib yetish jarayoni;
g) ayni bir matn bir nechta ma’noga ega va bu ma’nolar bir-biriga qo’shilib, qatlam hosil qiladi.
Shunday qilib, tushunish - muayyan hodisaning ma’nosini, uning dunyodagi o’rnini, yaxlit bir butun tizimdagi funksiyalarini tushunib yetish demak. U borliqning ma’nolarini teran anglab yetishga ko’maklashadi. Tushunish jarayoni sodir bo’lishi uchun quyidagilar zarur: har qanday tabiatli matnda ifodalangan predmet; unda ma’noning mavjudligi; mazkur ma’no to’g’risidagi dastlabki tasavvur; matnni talqin qilish, ya’ni matnning mazmunini tushunish; talqin qiluvchida o’z-o’zini tushunishning mavjudligi, muloqot, aloqa; «til stixiyasi»; dialog yuritish qobiliyati; o’z fikrini bildirishga intilish, boshqacha fikrlaydigan odamga so’z berish, uning aytganlarini hazm qila olish; ayni bir matn (unga muallif yuklagan ma’nodan tashqari) bir nechta ma’noga ega bo’lishini nazarda tutish; matnning predmet mazmunini hozirgi davrning madaniy tafakkuri tajribasi bilan bog’lash.