Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil 27-mavzu: Amir Temur – komillik namunasi (Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan). Kun shiori: “Amir Temur faxrimiz-g’ururimiz”
Maqsad: O’quvchilarning buyuk davlat arbobi va jahongir lashkarboshi, Sohibqiron Amir Temurga bo’lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish hamda ular ongiga Amir Temur bobomiz faxrimiz-g’ururimiz ekanligini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta, DVD.
Sinf soati mashg’ulot borishi: Tashkiliy qism
O’qituvchi: Doskada: Amir Temur besh narsaga e’tiqod qo’ygan:
1 . Alloh.
2. Tafakkur.
3. Qilich.
4. Imon.
5. Kitob.
O’qituvchi: AmirTemur, Sharafuddin Ali Yazdiyning bergan ma’lumotiga ko’ra, xijriy 736 yil ( milodiy 1336 yil 9 aprel) da Qashqadaryo vohasining Shaxrisabz (Kesh) bekligiga qarashli Xo’ja Ilg’or qishlog’ida, barlos Tarag’ay xonadonida tavallud topgan.
Temur o’smirlik yoshidanoq Qur’onni yod bilgan. Uni ulamolar imtihon qilishib, quvvai xotirasiga tasannolar aytishgan. O’n ikki yoshga to’lganida u: “ bolalarcha o’yinlardan orlanadigan bo’ldim va vaqtimni o’zimga tengqur o’spirinlar bilan o’tkazishga harakat qildim ”, deydi.
Sohibqiron Amir Temur Movaounnahrning yagona hukmdori bo’lib olgach, buyuk saltanat barpo etishni o’z odiga maqsad qilib qo’yadi. O’zining porloq istiqboliga katta umid va ishonch bilan qaragan Temur ruhiyatini nafaqat o’zining tug’ma bahodirligi va jasorati bilan, balki ayni zamonda Allohga va Qur’onga bo’lgan ishonchu e’tiqodi bilan ham mustahkamlagan edi. Bu hol uning har qanday og’ir va qiyin sharoitlarda ham to’g’ri tadbir belgilash va undan chiqib ketishini ta’minlar edi. Taqdirni bilishda Qur’oni Karim, ilmi nujumga, tush tabirlariga, turli xil bashoratlarga va mushkul masalani hal qilmoqchi bo’lsa, avval Qur’onni dasturlamal deb bilardi.
Amir Temurning buyuk saltanat barpo qilish bobidagi say-harakatini shartli ravishda ikki davrga bo’lish mumkin. Birinchi davr 1370-1388 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda Amir Temur asosan turkiy xalqlardan tashkil topgan Chig’atoy mulkini markazlashgan qudratli davlatga birlashtirish uchun kurashadi.
Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo’ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug’laydi.
Topshiriq: “Ta’rif” metodi, bunda o’quvchilar Amir Temur bobomizga o’zlarining mustaqil ta’riflarini beradilar. Bunda avvalo o’quvchilarning so’z boyligi, shaxsiy dunyoqarashi, erkin fikrlashi, insonlarning xususiyatlarini anglay olish qobiliyati,zukkoligi shakllanadi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.