Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 26,87 Mb.
səhifə18/42
tarix21.09.2023
ölçüsü26,87 Mb.
#146379
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
5-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Avtomagistral
5.1 belgi bilan belgilangan yo’l.
Belgilangan yo’nalishli transport vositasi
Belgilangan yo’nalishi va bekatlari bo’lgan, yo’lovchi tashish uchun mo’ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, avtobus, tramvay, yo’nalishli taksi).
Chorraha
Yo’lning o’zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari ohiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoqroqdagi burila boshlagan joylarini tutashuvchi hayoliy chiziqlan bilan aniqlanadi.
Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi.
Yo’l harakati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali boshqarilayotgan chorraha tartibga solingan chorraha deb hisoblanadi.
Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo’lmagan chorraha tartibga solimanagan chorraha deb hisoblanadi.
Etarli ko’rinmaslik
Yomg’ir, qor yog’ishi, tuman tushishi va shunga o’xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g’ira-shira vaqtida yo’lning ko’rinishi 300 metrdan kam bo’lishi.
Harakatlanish bo’lagi
Avtomobillarning bir qator bo’lib harakatlanishi uchun kengligi etarlicha bo’lgan, yo’l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo’l qatnov qismining har qanda bo’ylama bo’lagi.
Haydovchi
Yo’llarda biron-bir transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs.
Boshqarishni o’rgatuvchi, miniladigan hayvonlarda ketayotgan yoki ularni etaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydam borayotgan shaxslar ham haydovchiga tenglashtiriladi.
Imtiyoz
Mo’ljallangan yo’nalishda boshqa yo’l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.
Majburiy to’xtash
Texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi, yo’lovchining holati, yo’ldagi biror to’siq tufayli xavf tug’ilganda yoki ob-havo sharoitiga bog’liq holda transport vositasi harakatlanishining to’xtatilishi.
Motosikl
Kajavali yoki kajavasiz ikki g’ildirakli mexanik transport vositasi.
Yuklanmangan holatdagi vazni 400 kilogrammdan oshmaydigan uch g’ildirakli mexanik transport vositalari ham motisikllarga tenglashtiriladi.

Yüklə 26,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin