Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil



Yüklə 26,87 Mb.
səhifə31/42
tarix21.09.2023
ölçüsü26,87 Mb.
#146379
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
5-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
24-mavzu: Har doim bo’lsin onam! (8 mart – Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan)
Kun shiori: “Jannat onalar oyo’i ostidadur”
Hadisdan
Maqsad: O’quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
M illiy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: ”, “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,
“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.Doskada:
Bir umr axtardim samimiyatni
Va uni onalar ko’zida ko’rdim.
Zaminday kimgadir topinmoqchiydim,
Uni ham onaning o’zida ko’rdim.
Abdulla Oripov O’qituvchi:
Ona aziz, ona mo’tabar, ona do’st, ona jismu-jonimiz, o’z jonidan farzandini aziz bilgan zot. Ona ertadan kechgacha farzandi tani-jonini, kamolini Ollohdan so’rab duo qilguvchi zot. Kasal bo’lsang, yoki biror –bir g’amga botsang sen uchun qayg’urgan mehribon zot bu mushtipar onajoning. To’qqiz oy seni vujudida asragan, hattoki o’sha davrda ham tug’ilajak farzandini, har qanday balolardan saqlashini so’ragan, uni o’zicha katta bo’lsa farzandim buyuk ishlarga qodir farzand bo’ladi deb, orzu qiladi. Ona bir umr farzandi kelajagi uchun qayg’uradi.
Qadim zamonda buyuk kushoniylar davlati sarkardasi Pahlavon Shukrilloh o’tgan ekan. Uning pahlovonligi, dovyurakligi el og’zida doston bo’lib, jangga sobut-dubulg’asiz, qalqonsiz qo’lida qilich bilan kirar va doim g’alaba qilar ekan. Davrlar o’tib Pahlavonning yoshi ellikka boribdi.
Bir kuni temirchining oldiga borib, o’ziga qalqon, sovut buyurtiribdi. Navbatdagi jangda pahlavon sovut-qalqon va qilich bilan paydo bo’libdi. Shunda atrofdagilar hayron bo’lib so’rashibdi:
Ey, sarkarda, bu holda hech janggakirmas edingiz-ku…
Sarkarda bir xo’rsinib debdi:
Janglarda meni duo qilib turguvchi onaizorim olamdan o’tdi. Bu duo menga qolqon, sovut edi, o’q o’tkazmas dubulg’a edi. Endi u kishi yo’q.



Yüklə 26,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin