Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 26,87 Mb.
səhifə27/42
tarix21.09.2023
ölçüsü26,87 Mb.
#146379
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
5-sinf sinf soati ish reja va konspekti

III.Yakuniy qism:
Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
20-mavzu: Inson qalbining quvonch-u qayg’usi kuychisi (G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan).
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: Alisher Navoiy hayoti ijodini aks ettiruvchi lavhalar. Asarlaridan namunalar.
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: Mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II.Asosiy qism: O’qituvchi:
Jahonki, muqaddas neni ko’ribdi, Shu buyuk o’g’lingni ardoqlab dildan
Bariga onasan, ey qodir hayot. Xalqim, ta’zim etsang arzigay tamom.
Asrlar qa’ridan boqib turibdi, Uning nomi bilan birga bitilgan
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot. Dunyo daftariga o’zbek degan nom.
N izomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil, 9-fevralda Hirotning Bog’i Davlatxona atalmish joyida dunyoga kelgan. Otasi G’iyosiddin Muhammad ( G’iyosiddin Kichkina) Тemuriylar saroyida amaldorlardan, onasi Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher 7-8 yoshlarida she’r yoza boshladi.
U Mavlono Lutfiyni o’z ustozi deb bilar edi. Lutfiy yosh Alisherning qobiliyatiga qiziqdi, iste’dodiga yuksak baho berdi. Aziz bolalar , bu misralar orqali kimni yodga olyapmiz? Bobomiz Alisher Navoiyni “Navoiy va bulbul ”hikoyasini bolalar sahna ko’rinishida ijro etishadi va Navoiy taxallusi qanday qo’yilgani eslatiladi. Alisher Navoiyning ulug’ligi yozib qoldirgan asarlarida, betakror obidalarida oz aksini topgan .Turli sohadagi iste’dodli kishilarga o’z shaxsiy jamg’armasidan homiylik qilib, o’nlab san’at asarlarini yaratishga o’z hissasini qo’shgan. Shulardan biri odamlarning uzog’ini yaqin qilayotgan qo’shni Afg’oniston viloyatidagi Saripul ko’prigidir .Ko’prik bunyodkori bilan teng umr ko’rib, 5 asrdan beri odamlarga xizmat qilib kelmoqda.Alisher Navoiy qay manzilda yashab ijod qilmasin, adabiyotga, el-yurt obodligi yo’lida xayrli va savobli ishlarga o’z hissasini qo’shgan. Uning oqil va donoligiga Husayn Boyqaro va butun saroy ahli lol qolgan “Non isi ” hikoyasi o’qib beriladi. Har bir insonning bolaligidan mehr qo’ygan jonivori bo’ladi. Ularga shunchalik bog’lanib qolishadiki, undan ayrilib qolish juda og’ir bo’ladi.

Yüklə 26,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin