III.Yakuniy qism: Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil 16-mavzu: Yangi yilda yangi orzular (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)
Kun shiori: “Yangi yil, Qorbobo kelmoqda, eshikni qoqib” Maqsad: O’quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo’lishi lozimligini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’quvchilar tomonidan qo’lda tayyorlangan yangi yil o’yinchoqlari, archa, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yangi yil qalblarimizga qorday oppoq tilaklar olib kelsin ”. O’qituvchi:
Yangi yil har bir davlatda turlicha nishonlanadi.
Bizning yurtimizda ham yangi yilga o’zgacha bir yangiliklar bilan tayyorgarlik ko’riladi. Butun shahar va qishloqlarimizda bayram oldi tozaliklar, ko’chalarda yangi yilning kelayotganligini bildiruvchi Qorbobo,qorqiz, archa va bayram bilan bog’liq shiorlar, multfilm qahramonlari rasmlari chizilib,kayfiyatni ko’taradigan kechalar va tadbirlar amalga oshiriladi.
Ayniqsa, bu bayramda farzandlarimizning quvonchlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Yangi yil qish fasli bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham u insonlarda boshqacha tuyg’u aks ettiradi.
Topshiriq: “O’quvchilar yangi yil qahramonlari roli” ni ijro etib beradilar
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. (yangi yil tadbirlarda har bir sinfda o’zgacha bir kengaytirilgan qiziqarli o’yinlar orqali ham amalga oshiriladi)