Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
28-mavzu: Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik
Kun shiori: “Dunyodagi asl boylik – o’z halol mehnating samarasi”
Maqsad: O’quvchilarda mehnatga bo’lgan to’g’ri munosabatni shakllantirish orqali ularga halol mehnat bilan topilgan boylik hech qachon yo’q bo’lmasligi haqidagi tushunchalarni singdirish, o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnatga o’rgatish hamda ularda jamoa bilan birgalikda mehnat qilish ko’nikmalarini tarbiyalash.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta
Doskada: Yoz oftobi – qishga dori.
Mehnat salomatlik garovi.
Miskin
O’qituvchi:
Har bir xalq mehnarsiz, san’atsiz va musiqasiz hech qachon yashay olmaydi. Lekin, o’sha mehnat, tasviriy san’at va musiqa ham milliy va jahon talablariga javob bersagina.
Mehnat, asosan, ikki turli bo’ladi: aqliy mehnat va jismoniy mehnat. Insoniyat qo’llari yordamida jismoniy kuch sarflab amalga oshiriladigan ishlar jismoniy mehnatni aqliy mehnatdan ajralgan holda tushunish mumkin emas. Jismoniy mehnat aql yordamidagina mazmunli, yaxshi sifatli va mahsuldor bo’ladi: aqlli odam ketmon chopsa ham, traktor haydasa yoki zavod-fabrikada biror jismoniy vazifani amalga oshirsa, uning ishi yaxshi natija beradi. Aql aralashmagan ishning mahsuli bo’lmaydi.
Aqliy mehnat egalari – o’qituvchilar, shifokorlar, olimlar, shoir-yozuvchilar, noshirlar va boshqalar bo’lib, ular ma’naiyat egalaridir. Agar jismoniy mehnat egalari jamiyatni iqtisodiy tomondan ta’min etishsa, aqliy mehnat egalari insoniyatning ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladilar.
O’quvchi aqliy mehnat egasi bo’lib, hamisha o’qiydi, yozadi va o’z ma’naviy olamini boyitish yo’lida mehnat qiladi. Oilada, jamoat orasida jismoniy mehnat bilan shug’illanishga to’g’ri keladi, maktabda esa o’z sog’lig’ini mustahkamlash uchun badantarbiya darslariga qatnashadi. O’quvchining o’z odabini namoyish qiladigan yana bir imkoniyati borki, bu uning jamoa mehnatida faol ishtirok etishidir.
Topshiriq: O’quvchilarning I-guruhiga: “Maktabda hashar” mavzusida rasm chizadilar, II-guruhiga: “Musiqa” asboblarini tezlik bilan aytish.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘______________________ ___________________________ sana______ _______ 20___yil
Dostları ilə paylaş: |