Kasb-hunar haqida hadislardan namunalar aytish.
Kasbning eng yaxshisi kishining o’z qo’li bilan
bajaradigan ishi va halol savdodir.
Ilm o’rganish har bir mo’min uchun farzdir.
III:Mashg’ulotni yakunlash:
O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni
javoblari baholanadi.
1.Hunar deganda nimani tushunasiz ?
2.Kasb- hunarlarning birini ikkinchisidan ustun
qo’yish mumkinmi?
3.Kasb-hunar haqidagi hadislarni o’qing ?
4.Rasmlarda qaysi kasb- hunar egalari tasvirlangan?
5.Siz katta bo’lganingizda kim bo’lmoqchisiz ?
”Ilm-hunarning foydasi “matni ustida ishlash.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
23-mavzu: Tejamkorlik – farovonlik manbai.
Kun shiori: “Mol-mulkni behuda isrof qilish–aqlsizlik, boylikni o’ylamasdan sarflash – tanazzul alomatidir” Maqsad: O’quvchilarni tejamkorlikka o’rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirishdan iborat.
M illiy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirish.Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: ”, “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Har qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilik qilishda bo’lmaydi”
“Otalar so’zi”
O’qituvchi:
Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur.
Mol qadrini biluvchi kishilar o’rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o’rni kelganda so’mni ayamas. Saxovatning ziddi baxillik o’ldig’i kabi iqtisodning ziddi isrofdur. Alloh taolo isrof qiluvchilarni suymas. Iqtisodni riyoya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yasharlar, arilar qish kunida yemak uchun bol yig’ganidek, boshlariga keladurgan qora kunlarni o’ylab, oq pul yig’urlar. “Toma-toma ko’l bo’ur”, - demishlar. Har narsa ozdan ko’payur.
Ko’pni ozayturg’uchi xotun kishi,
Ozni ko’payturmak erur er ishi.
Hozirgi zamonda maqsudga yetmak, o’z millatiga xizmat qilmak, xalqg’a maqbul bo’lmak uchun ilm va mol lozimdur. Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratli mol va boyliklari ila o’lchanadur. Har yerda boy millatlar og’ir kelub, pallani bosub, xo’ja o’lganidek faqirlari yengil kelub, qul va asir bo’lub,osilib qoladur. Mol topmakning eng barakatli yo’llari: hunarchilik, ekinchilik, chorvachilik, savdogarlikdur.
Xalq ichinda mo’tabar bir narsa yo’q davlat kabi,
Bo’lmag’ay davlat jahonda quvvat-u sihhat kabi.
Iqtisod, insof ziynatdur vujudi odama,
Yaxshi ne’mat yo’q kishiga sa’y ila g’ayrat kabi. Abdulla Avloniy
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. (O’qituvchi Avloniyning fikrlariga bugungi kundagi oilaga tajamkorlikda nimalarga e’tibor berish kerakligini bog’lab ketadi)
Dostları ilə paylaş: |