Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Maktab MMIBDO‘_________ __________________________________sana_____ _____20__yil



Yüklə 18,78 Mb.
səhifə11/39
tarix22.09.2023
ölçüsü18,78 Mb.
#146906
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Maktab MMIBDO‘_________ __________________________________sana_____ _____20__yil
7-mavzu: Tilga e’tibor-elga e’tibor (Filologiya fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “Til – millat ko’zgusi”
Maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, so’zning inson hayotidagi o’rnini to’g’ri tushuntirish, so’z sehriga bo’lgan hurmatni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”Ma’naviyat qalbim quyoshi, Tursunoy Sodiqovaning “So’z sehri”, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Adabiyot yashasa – millat yashaydi”
Cho’lpon

O’qituvchi:


Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo’lsa, so’z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta.
Uzoq yillar davomida o’zbek adabiyotini to’g’ridan-to’g’ri ona tilimizdan tarjima qilib kelgan chet ellik tarjimonlar bilan birga, mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan iste’dodli o’g’il-qizlarimizni mana shu mashaqqatli, ayni paytda olijanob ishga jalb etish, bu masalaning yechimi bilan bevosita bog’liq bo’lgan tashkiliy-amaliy vazifalarni hal qilishimiz maqsadga muvofiq bo’lur edi.
Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug’ adib Cho’lpon aytganidek, adabiyot yashasa — millat yashaydi.
(Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch)
Topshiriq: “Men biladigan shoir va yozuvchilar” mashqi.



Shoirlar

Yozuvchilar





Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.





Yüklə 18,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin