Topshiriq: O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasidagi “Bag’ri keng o’zbekning o’chmas imoni ” so’ziga kichik hikoya tuzish.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil 15- mavzu: Maktab o‘quvchilari jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaydi Kun shiori: Baxtli hayot sari M aqsad: O’quvchilarda davlat ramzlariga bo’lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zbekistonda har payshanba jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni deb e’lon qilinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni ichki ishlar organlari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ushbu taklifni o‘rtaga tashladi.
O‘zA xabariga ko‘ra, shu kuni hududlar prokurorlari va ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari mahalliy telekanallarda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish bo‘yicha tadbirlar va profilaktikasi haqida axborot beradi.
Davlat rahbari ayrim hollarda ichki ishlar organlari faoliyati odamlarning e’tirozlariga sabab bo‘layotganini ta’kidladi. Prezident mol-mulkka jinoiy tajovuz, qasddan tan jarohati yetkazish, firibgarlik, yo‘l-transport hodisalari kamaymaganidan xavotirini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev jinoiy ishlarning yetarlicha ochilmay qolayotganiga alohida diqqat qaratdi. Davlat rahbari tomonidan keltirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlik va firibgarlik bo‘yicha har beshinchi jinoyat ochilmay qolmoqda.
Jinoyat-qidiruv faoliyatida jiddiy nuqsonlar uchramoqda, huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlik talab darajasida emas. Qidiruvda yurgan aksariyat shaxslar qo‘lga olinmagan, ular jinoiy qilmishlarini davom ettirmoqda.
Prezident ta’kidlaganidek, ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berishda jinoiy ishlarni odilona va sifatli tergov qilish, shaxsning jinoiy qilmishiga munosib, adolatli huquqiy baho berish muhim o‘rin tutadi. Lekin tergov idoralari ixtiyorida qisqa muddatda tezkor qonuniy qarorlar qabul qilish imkoniyati mavjud ekaniga qaramay, qo‘shimcha surishtiruv yoki tergov harakatlari talab etilmaydigan materiallar bo‘yicha asossiz ravishda muddatni uzaytirish, cho‘zish, fuqarolarni sarson qilish kabi salbiy amaliyot hamon uchramoqda.
Shavkat Mirziyoyev tergov va ayblash bilan cheklanmay, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning shart-sharoit va omillarni o‘rganish, profilaktika maqsadida har bir jinoyat tafsilotlarini ichki ishlar organlari rahbarlari, profilaktika inspektorlari va mahalla faollari ishtirokida chuqur tahlil qilish zarurligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlarining tadbirkorlar faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishi yoki to‘sqinlik qilishi kabi holatlarga batamom chek qo‘yish zarurligini alohida ta’kidladi.
Murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish ichki ishlar idoralarining eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shu bois fuqarolar bilan munosabatlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish, odamlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, xalq bilan hamnafas bo‘lib yashash va inson manfaatlaridan kelib chiqib ishlash lozim, dedi davlat rahbari.