III.Yakuniy qism: O’quvchilar fikrlarini xulosalab,faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil 22-mavzu: Fan, texnika – sirli tilsim (Matematika, informatika fanlari oyligi doirasida)
Kun shiori: “O’zbekiston- bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlar zamini” Maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol bo’lishga, matematika, informatika fanlariga bo’lgan qiziqishini rivojlantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Dunyoni lol qoldirgan buyuk matematik allomalrimiz –bizning faxru-g’ururimiz” O’qituvchi:
“…Zaminimizda yashab o’tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g’urur bilan ta’kidlash lozim.
Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647 yili nashir qilingan “Selenografiya” kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz – Ahmad Farg’oniy va Mirzo Ulug’bek nomi bilan ataladi.
Milliy tariximizning yana bir yorqin yulduzi Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni “Beruniy asri’ deb ta’riflaydi.
Buyuk Amir Temurning nabirasi, benazir alloma Mirzo Ulug’bekning o’rta asrlar sharoitida namoyon etgan ilmiy jasorati bugungi kun olimlarini ham hayratga solmasdan qo’ymaydi.
1996 yili Parijda YUNESKO ning o’sha paytdagi Bosh kotibi Federiko Mayor janoblari bilan bo’lgan bir suhbat yodimga tushadi. O’shanda janob Mayor Ulug’bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko’rilganda atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi, degan gapni aytib qoldi. Shunda men unga javoban, yo’q janob Federiko Mayor, Ulug’bek xato qilgan bo’lishi mumkin emas, balki kompyuterlar xato qilgan bo’lishi mumkin, degan edim. Garchi bu gap do’stona lutf tariqasida aytilgan bo’lsa-da, o’ylaymanki, uning zamirida chuqur haqiqat mujassam. ”
(Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)