Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Topshiriq: Har bir o’quvchi o’zi orzu qilgan kasb haqida ma’lumot beradilar



Yüklə 18,78 Mb.
səhifə29/39
tarix22.09.2023
ölçüsü18,78 Mb.
#146906
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Topshiriq: Har bir o’quvchi o’zi orzu qilgan kasb haqida ma’lumot beradilar.


Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
24-mavzu: Jannat onalar oyog’i ostidadir ( 8 mart - Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan)
Kun shiori: “Dunyodagi jamiki go’zalliklar va ezguliklar sizga aziz Onajonlar”
Maqsad: O’quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
N atija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,
“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Onajon, menga suyan, menga ishon,kerak bo’lsa jonim fido Sizga!”
O’qituvchi:
Ona! Onajon- mehri ummondan buyuk zot. Olloh onani shunday mehribon qilib yaratdiki, hech kim farzandga onadek mehribonlik qila olmaydi. Ayting, bu dunyoda hech bir zot o’zini onasiz his eta olmaydi. Buyuk zotlarni dunyoga keltirib, ularga uzoq-umr tilab, erta-yu kech duo qilib o’tirgan munis onajonlardir.
Ona haqida she’r yozmagan shoir, asar bitmagan yozuvchi, qo’shiq kuylamagan birorta hofiz bo’lmasa kerak. Hatto, Vatanni Onaga, Onani Vatanga qiyoslashadi. Darhaqiqat, inson ona vujudida paydo bo’lib, Vatanda kamol topadi. Payg’ambarimiz hadislarida ham, “Jannat onalar oyog’i ostidadir” deb aytadilar.
Namozi bomdoddan keyin volidangni ziyorat qil va xizmatida bo’l deydilar- Muhammad Siddiq Rushdiy.
O h mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Har baloni ko’rib yorug’ dunyoda,
Toshkanni ko’rmagan bechora onam.
Bolang bo’lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o’g’il bo’ldimmi?
Muhammad Yusuf
Ko’rdim dunyo yetti mo’jizasini,
Topmadim qalampirmunchoq isini.
Ko’zlarimga suray bosgan izini,
Jannat bog’laridan nishonam, onam!
Iqbol Mirzo

Yüklə 18,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin