Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Topshiriq: Ikkinchi jahon urushida front ortida kimlar va qanday xizmat qilgan



Yüklə 18,78 Mb.
səhifə37/39
tarix22.09.2023
ölçüsü18,78 Mb.
#146906
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Topshiriq: Ikkinchi jahon urushida front ortida kimlar va qanday xizmat qilgan mavzusida fikr-mulohazalar o’tkaziladi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jon’uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
32-mavzu: Mening xarakterim, kamchilik va yutuqlarim
Kun shiori: “Orzusiz inson bo’lmaydi, orzusiz yashab bo’lmaydi”
Maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, kelajakda o’z orzulari uchun harakat qila olishlikni, izlagan imkon topa olishini ular ongiga singdirish. Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Intilganga tole yor, o’z orzularingiz, tanlagan kasbingiz yo’lida hech tolmang!”
O’qituvchi: Kasbning eng yaxshisi kishining , o’z qo’li bilan bajarilgan ishi va halol savodidir. Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar.
Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar. Bunday natijaga erishish uchun ta'limning ilk bosqichlaridayoq mustahkam bilim olish talab etiladi. Bu esa o'z o'rnida pedagog xodimlar zimmasiga bir qancha vazifalarni yuklaydi. Kasb-hunarga yo'naltiruvchi o'qituvchilar va psixologlar o'z vazifalarini sidqidildan ado etib, o'quvchilarga mavjud kasblar, hunarlar haqida to'liq va aniq ma'lumotlar berib borishlari zarur.
Kundan-kunga mamlakatimiz taraqqiy etib bormoqda. Taraqqiyot bor joyda har bir kasbning o’z o’rni bor. Biz bugun taraqqiyotni aloqa vositalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Aloqa vositalari esa yildan-yil rivojlanib, sohalari kengayib bormoqda. Zamon talabi esa bu soha vakillarini yetkazib berish.
I kki narsa dunyoda eng azizdir.Biri qo’l mehnati bilan topilgan boylik. Ikkinchisi dilda do’stlik barqaror bo’lgan sodiq do’st. Muiniddin Juvayniy.

Azaldan xalqimizda bir yigitga qirq hunar oz, demaganlar, vaholanki, bugungi kunda esa bir yigitga yettmish hunar oz. Shu maqsadda har bir yigitning qo’lida hunari bo’lgani yaxshi. Hunarli kishi xor bo’lmas. Yurtimizda qurilayotgan keng ko’lamli zamonaviy va milliylik ufurib turgan inshootlar, parklar, sport inshootlarini loyihasini chizib beruvchi soha vakillari orangizda ko’pchilikni tashkil qiladi. Arxitextura san’ati azaldan xalqimizning eng chiroyli kasbi bo’lib, u ham boshqa kasblar singari juda sharafli va ma’suliyatli kasbdir. Ayniqsa, bugun hech bir xonadonni zamonaviy arxitexturasiz tasavvur eta olmaysiz.
Siz mustaqillik farzandlarining omadi, juda katta imkoniyatlar yurtida ta’lim olayotganingiz.
Xudo xohlasa, oldingizga juda katta maqsadlar qo’yingki, shu maqsadlardan foydalangan holda yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiling. Faqat orzu bilan inson chegaralanib qolmasdan, o’z kasbining haqiqiy ustasi bo’lishi uchun tinmasdan, o’z ustida ishlashi kerak. Sizga ma’lum qilgan kasblar bularsiz yurtni va xalqni tasavvur eta olmaymiz. Shundagina ertaga hech qachon qoqilmaysiz.
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ ____20___yil



Yüklə 18,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin