Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Topshiriq: “Navro’z” bilan bog’liq qadriyatlar haqida davra suhbati



Yüklə 18,78 Mb.
səhifə32/39
tarix22.09.2023
ölçüsü18,78 Mb.
#146906
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Topshiriq: “Navro’z” bilan bog’liq qadriyatlar haqida davra suhbati.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jon’uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
27-mavzu: Amir Temur tuzuklarida ilm-fan, axloq odob haqida (9 aprel Amir Temur tavalludi munosabati bilan)
Kun shiori: “Har kimdan kengash oldim, har kimdan fikr o’rgandim: qaysi biri foydaliroq bo’lsa, uni ko’ngil xazinasida saqlab, ishlata bildim”
Amir Temur
Maqsad: O’quvchilarning buyuk davlat arbobi va jahongir lashkarboshi, Sohibqiron Amir Temurga bo’lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish hamda ular ongiga Amir Temur bobomiz faxrimiz-g’ururimiz ekanligini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Men “Temur tuzuklari” ni har gal o’qir ekanman, xuddiki o’zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo’laman”
O’qituvchi
Shaxsan men “Temur tuzuklari” ni har gal o’qir ekanman, xuddiki o’zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo’laman. O’z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun bugun ham oziq bo’ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko’p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, “Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir”, degan so’zlar bugungi kunda ham ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon.
Sohibqiron Amir Temur o’gitlari:

  • Shijoatli kishilarni do’st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi;

  • Men o’z saltanatimni dini islom, to’ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatni boshqarishda uchragan har qanday voqea va ishni tuzuk asosida bajardim;

  • Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar qurishni, musofir yo’lovchilar uchun yo’l ustiga rabotlar bino qilishni, daryolar ustiga ko’priklar qurishni buyurdim;

  • Ochiq yuzlilik, rahm-shavqat bilan xalqni o’zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo’lishga intildim;

  • Yoshi ulug’, keksa sipohiylarni hurmatlab, aziz tutsinlar. Ulardan foydali maslahatlar olsinlar, chunki ular aytadigan gaplar o’z tajribalarida ko’rib, bilganlaridir. Ularni saltanat korxonasining ustunlari deb bilsinlar. Ulardan keyin o’g’illarini o’rinlariga o’tkazsinlar;

  • Sher yigitni nomus o’ldirar.




Yüklə 18,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin