Topshiriq: “O’zbekiston Davlat bayrog’i- g’ururim” mavzusida insholar tanlovini o’tkazish.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
12-Mavzu: Yo’l qoidasi-umr foydasi. (yo‘l harakati qoidalari)
ta’limiy: o’quvchilarga yo’l belgilari haqida tushunchalar berish, ko’chada yurish qoidalarini orgatish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Sinf soati: ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatlarni shakllantirish;
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Asosiy qism:
Ma’lumki, transport vositalarining soni va yo’llarda harakat jadalligi yil sayin o’sib bormoqda. Bu esa o’z navbatida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo’l-transport hodisalarining oldini olish, sodir etilayotgan hodisalarning oqibatlariga, ularning yuzaga kelishi shart-sharoitlariga e’tiborni kuchaytirish lozimligini taqozo qiladi.
Yo‘l harakatining yosh nazoratchilari guruhi bu —o‘quvchilaming ko‘ngilli birlashmasidir. Ular kichik va o ‘rta yoshdagi bolalar o'rtasida, ko‘cha hamda yollarda to ‘g‘ri harakatlanish qoidalarini tashviq etadilar
.
Dostları ilə paylaş: |