Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 18,78 Mb.
səhifə20/39
tarix22.09.2023
ölçüsü18,78 Mb.
#146906
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

III:Mashg’ulotni yakunlash:
O’quvchilarni navbat bilan qish fasli haqida fikrlar so’raymiz.Mazmunini savollar yordamida mustahkamlaymiz:
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.


Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
16-mavzu: Yangi yilga yangicha qadam (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)
Kun shiori: “Kelayotgan yilimiz qutlug’ bo’lsin”
Maqsad: O’quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo’lishi lozimligini singdirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
N atija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, ,,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yangi yilingiz qutlug’ bo’lsin”
O’qituvchi:
Har bir kelayotgan yil o’zgacha bir yangiliklarga boy bo’ladi. Yangi yilni hamma o’zgacha bir hayojon va umidlar bilan qarshi oladilar. Ayniqsa, yangi yilda bolalar juda ham zavqu-shavqqa to’ladilar. Yangi yil yana qish faslida kelganligi bilan ajralib turadi. Qorning oppoq va mayin yog’ishi, bundan bolalar xursand bo’lib, chanalarini olib ko’chalarda mazza qilib, quvnab qish havosidan bahramand bo’ladi.
Har yili Mustaqillik maydonida va barcha viloyat va shahar markaziy maydonlarida ko’m-ko’k archaning turli o’yinchoqlar bilan yal-yal tovlanishi har bir insonning qalbida tinch kunlarga shukronalik tuyg’usini uyg’otadi. Har bir maktabda, jamoat joylarida bayram tantanalari zo’r ko’tarinki, kayfiyat bilan o’tkaziladi.
Yangi yil o’zga yurtlarda masalan, Hindistonning janubida mart, shimolida aprel va g’arbida oktabr oylarida nishonlanadi.
Afrika davlatlari bo’lmish Efiopiya va Myanmada yil almashinuvi sentabr va aprel oylariga to’g’ri keladi.
O’zbekistonda yangi yil 31 dekabrdan 1 yanvarga o’tar kechasi boshlanadi. Soat millari 24-00 ko’rsatganda yangi yil bongi jaranglaydi va televideniya orqali Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning tabrigi butun O’zbekiston xalqiga o’zbek va rus tilida taqdim etiladi. Hamma yurtdoshlarimiz bir-birini tabriklay boshlaydilar.
Yana shohidi bo’lamizki, xalqimizning mehribonchiligi va oqibatliligiga.
Ko’rdingizmi, yangi yil bizga qo’shaloq keladi. Biz yangi yilni yangi reja, yangi qadam, yangi orzular bilan qarshi olamiz.

Yüklə 18,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin