1-mavzu: O‘zbekiston –muqaddas diyor! Kun shiori: “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” Maqsad: Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug’, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo’lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,
“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar
Doskada: O, sen Vatan, kindik qoni tomgan joy
Seni so’rmay, ko’rmay bo’lurmi?
Ko’z ko’rgani yoshu qarining –
Ona bag’rin sevmay bo’lurmi?
Abdulla Oripov
O’zbekiston- kelajagi buyuk davlat. Bu-mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir.
Z ar unadi tuproqlarida,
Hayot kular quchoqlarida,
Jannat oqar gulbog’larida,
Biling, bu yurt O’zbekistondir!
Dillarida duolari bor,
Daholari, donolari bor,
Kelajakka nidolari bor,
Biling, bu yurt O’zbekistondir!
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda. BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT Do‘stim bekor o‘tmasin kuning,
Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.
Qara axir bizga sharoit,
Yaratmatmoqda beshta tashabbus.
Topshiriq: Bayram munosabati bo’lganligi uchun ko’tarinki, kayfiyat ila o’quvchilardan ona-yurtimiz O’zbekistonimizni madh etuvchi she’r va qo’shiqlardan bahramand bo’linadi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.