Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Topshiriq: “Maqollar olamiga xush keldingiz” mashqi



Yüklə 18,78 Mb.
səhifə36/39
tarix22.09.2023
ölçüsü18,78 Mb.
#146906
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Topshiriq: “Maqollar olamiga xush keldingiz” mashqi. Mehnat bilan, mehnatkashlik xislatiga oid o’zbek maqollaridan va ularning ahamitati haqida.
Masalan: Yurti boyning o’zi boy, Mehnat qilganning qo’li moy… davom ettiring.
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
31-mavzu: Xotira –ulug’ qadriyat (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan).
Kun shiori: “Bugungi tinch kunlarga shukronalik bilan yashaylik”
Maqsad: O’quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
M illiy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Xotira va qadrlash muqaddas ma’naviy tuyg’u”
O’qituvchi:
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999-yil 2-martdagi Farmoniga asosan Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok bo’lganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan O’zbekistonning barcha o’g’lonlari xotirasini abadiylashtirish muhimligini nazarda tutgan holda, bugun ham saflarda turib Vatan obro’-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyashlashga hissa qo’shayotgan barcha kishilarning hurmatini joyiga qo’yish maqsadida Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 9-mayni –“Xotira va Qadrlash kuni” deb e’lon qildi va bu kun umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
Inson chindan ham ulug’ nomga sazovor bo’lsa, u o’z qadriga yetish bilan birga o’zgalar qadrini ham baland tutib, odamiylik burchini to’g’ri ado etadi. Ana shu insoniylik burchlaridan biri o’tganlar ruhini shod etib, ular xotirasini, qadr-qimmatini o’z joyiga qo’yishdir.
“Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, bor kuch-quvvatini ayamagan biror bir faxriy, biror bir kishi unutilmasligi kerak. Ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom ko’rsatilishi shart”,- deb ta’kidlaydi Har bir insonning o’z o’rni o’z qadr-qiymati va munosib xotirasi bor.

Yüklə 18,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin