Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil



Yüklə 18,78 Mb.
səhifə35/39
tarix22.09.2023
ölçüsü18,78 Mb.
#146906
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
30-Mavzu: Shaxsiy layoqatlar
Kun shiori: “Ilm yo’lida izlanishdan tolmang”.
Maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol ishtirok etishini, fanlarga qiziqishini rivojlantirish, mehnatsevarlikka o’rgatish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lur chiroylik”.

O’qituvchi:


Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o’zingiz, kelgusi hayotingiz uchun iborat bo’ladigan ko’p narsalarga guvoh bo’lasiz. Oyog’ingiz ostiga qarang – yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko’rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelayapti, birortasi chetga chiqib, “qo’l qovushtirib” turgani yo’q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o’tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa qalqtirgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo’llariga g’ayrat baxsh etgan. Holbuki bular – biz “ongsiz”, “aqlsiz” sanaganimiz qumursqalar, xolos. Holbuki, Siz bilan biz INSON degan nomni ardoqlamog’imiz lozim.
Bu o’rinda hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilmoqdalar:
Tuxum yerga kirib chechak bo’ldi,
Qurt jondin kechib ipak bo’ldi.
Lola tuxmicha g’ayrating yo’qmu,
Pilla qurticha himmating yo’qmu?
Aksincha, mehnatni sevmaydigan inson borki, demak, u o’zini ham sevmaydi. Bunday kishilarning dangasaligi, ishqoymasligi oxir-oqibat beuquv va beburd bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Ayni shunday odamlar qorin to’yg’azish, kunni bir amallab o’tkazish ilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo’l uradilar.
Yalqovlik inson hayotining, kelajagining zavoli, kambag’allikka eltuvchi asosiy yo’ldir. Go’zal va boy hayot kechirmoq uchun esa bor kuch-imkoniyatni ishga solmoq, hunar o’rganmoq, g’ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoq zarur. Zero, baxt, boylik, obro’-e’tibor, xotirjamlik o’z-o’zidan kelmaydi. Hayotdagi jamiki ro’shnoliklarga inson faqat o’z aql-u zakovati, mehnati tufayli erishadi.
Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli ham mehnat tufayli yuksaladi. Oila a’zolarining mavqeyi, mahalla-ko’ydagi obro’si, ularga nisbatan o’zgalar munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosiga quriladi. Bir kun kelib inson olamdan o’tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so’zlar bilan esga olinadi. Ota-onaning oilada farzandlariga o’rgatgan mehnat saboqlari, kasb-kori avlodlari uchun bebaho boylik bo’lib qoladi.

Yüklə 18,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin