I.Tashkiliy qism; O'quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.
II.Asosiy qism; Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz tarixini o'rganishga alo-hida e'tibor qaratildi. Istiqlol sharofati bilan ko'plab tarixiy obidalar, yodgorliklar tiklandi, buyuk ajdodlarimiz dafn etilgan joylar obodonlashtirildi.
Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband insonlarni ezgu-likka, halol mehnat qilishga va go'zal axloqli bo'lishga un-dagan. 1993-yilda yurtinnizda alloma tavalludining 675 yil-ligi keng nishonlandi. Hozir bu zotning milliy uslubda qayta tiklangan maqbarasi ziyoratchilar bilan gavjum.
1998-yil Samarqandda Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi tantana qilindi. Xartang qishlog'ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. Shu yili jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan ajdodimiz Ahmad al-Farg'oniy tavalludining 1200 yilligi ham keng nishonlan-di. Farg'ona shahrida Ahmad al-Farg'oniy nomidagi istirohat bog'i ochilib, Quva shahrida uning haykali o'rnatildi.
Shuningdek, istiqlol yillarida jasur sarkarda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, «Alpomish» dostonining 1000 yilligi nishonlandi. Xorazmda Jaloliddin Manguberdi, Termizda esa Alpomish haykallari ochildi. 2000-yilda islom huquqshunosi Imom Burhoniddin Marg'inoniy tavalludining 910 yilligi nishonlandi. Marg'ilonda yodgorlik majmui bunyod etilib, allomaning ramziy maqbarasi o'rnatildi.
Urganchda «Avesto» kitobining 2700 yilligiga ba-g'ishlangan tantanalar bo'lib o'tdi. Yubiley munosabati bilan u yerda «Avesto» nomidagi yodgorlik majmui qad rostladi.Tiklangan yodgorliklar, tarixiy obidalar ota-bobolarimiz ruhiga hurmat-ehtirom ramzidir. Milliy ma'naviyatimizning yuksalishiga bebaho hissa qo'shgan ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.Buni yodda tuting!
«Avesto» - Sharq xalqlarining eng qadimgi yozma yod-gorligi, zardushtiylarning muqaddas kitobi.
«Alpomish» - turkiy xalqlarning yirik va qadimiy dostoni. Unda mardlik, qahramonlik, insoniylik, ezgulik ulug'langan.Yubiley - buyuk shaxslar tavalludining yoxud qut-lug' sanalarning keng miqyosda nishonlanishi. Maqbara - arabcha so'z bo'lib, «qabr» degan ma'noni bildiradi. Imorat ko'rinishidagi bino. Qadim-da mashhur insonlarning qabrlari ustiga qurilgan.