Topshiriq: “Kelajak ovozi” tanlovining vazifasi nimadan iborat? “Davra suhbati” o’tkaziladi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
11-mavzu: Bayrog’imiz-faxrimiz (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “Bayrog’imiz-nomusimiz, orimiz,faxrimiz-g’ururimiz”
Maqsad: O’quvchilarda davlat ramzlariga bo’lgan hurmatni rivojlantirish,O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ini yuksaklarga ko’tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i o’zga yurtlarda ko’tarilganda g’urur va iftixor tuyg’usini oshirishini singdirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “O’zbekistonimiz bayro’i ilohim jahon uzra yuksaklarga ko’tarilaversin!”
O’qituvchi: O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i, o’z ko’rinishiga ko’ra, butun uzunligi bo’ylab o’tgan to’q moviy rang, oq rang va to’q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. Bayroqning o’rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o’tkazilgan. Bayroqning yuqori qismidagi moviy rang enning yuza tomonida va orqa tomonida, dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o’n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i tasdiqlanishi munosabati
bilan chop etilgan maxsus namoyishnoma plakatda bunday deyiladi:
1) Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog’i ham moviy rangda edi;
2) Bayroqdagi oq rang-Muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg’uborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsolidir;
3)Yashil rang-tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi;
4) Qizil chiziqlar vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir;
5) Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq.Ayni paytda qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir;
6) Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir.Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. Davlat bayrog’imizdagi o’n ikki yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim”.
Dostları ilə paylaş: |