Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil



Yüklə 18,78 Mb.
səhifə13/39
tarix22.09.2023
ölçüsü18,78 Mb.
#146906
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
9-mavzu: O‘smirlik yoshidagi qizlarning salomatligi va o’ziga xos psixologik xususiyatlari
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni kuchaytirish orqali ularni jismoniy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, o’quvchilar ongiga sog’lom turmush tarzi asosida yashash qoidalarini singdirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: Odam tanasi a’zolari va chiniqishga oid foto va illyustratsiyalar, plakatlar hamda slayd va SD, DVD disklar.
T ashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash. Mashg’ulot mavzusining maqsad va vazifasi bilan o’quvchilarni tanishtirish.
II.Asosiy qism. Bolalikdan o‘smirlik yoshiga qadam qo‘ygan har bir o‘g‘il-qiz organizmida o‘ziga xos o‘zgarishlar kuzatiladi. Ayniqsa, bu pallada qiz bola salomatligiga alohida e’tibor berish lozim. Tobora tashqi ko‘rinishning o‘zgarishi qiz bolaning ruhiyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu pallada farzandingiz bilan yaqindan sirdosh bo‘lishingiz, unga bunday holatlarda nima qilish zarurligini o‘rgatishingiz lozim. Balog‘at yoshiga yetgach, o‘cmirning fe’l-atvori, tashqi ko‘rinishida sezilarli darajada o‘zgarishlar yuz beradi. Avvalo, ota-onalar bu davrda o‘z farzandlari bilan yaqindan do‘st bo‘lishlari, kelajakda kelib chiquvchi jiddiy muammolarning oldini olgan bo‘ladi.
Inson organizmidagi har bir gormonning o‘z vazifasi bor. Bulardan farqli ravishda, ayollarda uchraydigan gormon (estrogen) o‘z navbatida farzand ko‘rish qobiliyatini yuzaga keltiradi va ayol jinsiga monand qomat, xulq-atvor va nafosatni belgilaydi. Estrogen gormonining kamayib ketishi asosan, qalqonsimon bez xastaligi bilan bog‘liq muammolardan biridir. Chunki ushbu a’zo orqali butun tana boshqariladi va gormonlar faoliyatiga ham mas’ul. Bu gormonning kamayib ketishi nafaqat qirq yoshdan oshgan ayollarda ko‘p uchraydi, balki balog‘at yoshidagi qiz bolalar organizmida ham ro‘y berishi kuzatiladi.
Gormonal buzilishlar o‘z navbatida organizm uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Buning uchun avvalo, gormonal balansni me’yorga keltirish bilan bir qancha kasalliklarning oldini olish mumkin.
Estrogen gormoni ayol bachadoni tuxumdonida ishlab chiqariladi va hayz siklini bir maromda ushlab turadi. Hayz siklining buzilishi esa ushbu gormon bilan bog‘liq muammolardan darak beradi. Shunday hollarda darhol shifokorga uchrashish va kerakli analizlarni topshirib, o‘z vaqtida muolajalarni olish zarur.


Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantiriladi.



Yüklə 18,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin